Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Buyrugʻi
“Toshkent davlat yuridik universitetining magistraturasiga qabul qilishda yozma imtihon oʻtkazish va uning natijalarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 5-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2491-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-iyuldagi 502-son “Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 26-iyuldagi 223-mh-son “Toshkent davlat yuridik universitetining magistraturasiga qabul qilishda yozma imtihon oʻtkazish va uning natijalarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2491, 2013-yil 26-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 30-son, 406-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 12-avgustdagi 208-mh-son “Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilishda yozma imtihon oʻtkazish va uning natijalarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2491-1, 2016-yil 12-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 32-son, 395-modda).
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Adliya vaziri R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2018-yil 5-oktabr,
477-mh-son
Kelishilgan:
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. MADJIDOV
2018-yil 4-oktabr
Adliya vaziri oʻrinbosari — Toshkent davlat yuridik universiteti rektori E. KANYaZOV
2018-yil 4-oktabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2018-y., 10/18/2491-2/2003-son)