Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Qayta tiklanuvchi energiya manbalari toʻgʻrisida”gi QL-384-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari B. Alixanov, S. Djakbarov, I. Xushvaqtov, D. Atodjonov, S. Samoylov, N. Aytjanova va D. Tangirov tomonidan 2018-yil 30-iyunda kiritilgan “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari toʻgʻrisida”gi QL-384-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy muddat ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 14-iyul,
1833-III-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2018-y., 04/18/1833-III/1915-son)