04.10.2018 yildagi 793-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.10.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xoʻjalik departamentining Davlat rezidensiyalari direksiyasi negizida issiqxona, chorvachilik va mehmonxona komplekslarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oziq-ovqat tovarlari turlarini koʻpaytirish va ularni ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xoʻjalik departamentining Davlat rezidensiyalari direksiyasi faoliyatini, mehmonxona xizmatlari koʻrsatishni tashkil etgan holda rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xoʻjalik departamentining Davlat rezidensiyalari direksiyasi tashkilotlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Agro Servise” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda loyiha tashabbuskori deb ataladi) tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xoʻjalik departamenti Davlat rezidensiyalari direksiyasining Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan va pomidor hamda bodring yetishtirish uchun oynali blokdan (3 ga) iborat boʻlgan “Agro Servise” DUKning mavjud issiqxona-parnik xoʻjaligi negizidagi issiqxonalarni rekonstruksiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YESO” zamonaviy ixtisoslashtirilgan issiqxona bloki (1,2 ga) va gul yetishtirish uchun issiqxona blokini (0,5 ga) tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatida qoramollar boqish uchun chorvachilik kompleksi va echkilarni boqish boʻyicha sut fermasini tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Turkiston mehmonxonalar kompleksi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda loyiha tashabbuskori deb ataladi) tomonidan — Toshkent shahri, Yunus Rajabiy koʻchasi, 64-uydagi mavjud mehmonxona binolarini rekonstruksiya qilish va restoran qurish orqali xalqaro standartlar boʻyicha premium-klass toifasidagi mehmonxona xizmatlari koʻrsatishni yoʻlga qoʻygan holda, zamonaviy mehmonxona kompleksini tashkil etish loyihalari amalga oshirilayotgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qarorning 1-bandida qayd etilgan loyihalarni amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xoʻjalik departamentining Davlat rezidensiyalari direksiyasi — buyurtmachi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Bauraum Group” MCHJ — bosh pudratchi etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturi parametrlarida nazarda tutiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari — “YESO” zamonaviy ixtisoslashtirilgan issiqxona bloki va gul yetishtirish uchun issiqxona blokini tashkil etish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining kreditlari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Moliya-xoʻjalik departamentining Davlat rezidensiyalari direksiyasining “Agro Servise” DUK issiqxona-parnik xoʻjaligi negizidagi issiqxonalarini rekonstruksiya qilish, Toshkent viloyatida qoramollar boqish uchun chorvachilik kompleksi va echkilarni boqish boʻyicha sut fermasini tashkil etish, xalqaro standartlar asosida premium-klass toifasidagi mehmonxona xizmatlari koʻrsatishni yoʻlga qoʻygan holda zamonaviy mehmonxona kompleksini tashkil etish boʻyicha moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Loyihalar tashabbuskorlari manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarni amalga oshirishning tarmoq jadvali bir oy muddatda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarning loyiha-smeta hujjatlari va texnik-iqtisodiy asosi ikki oy muddatda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan eng yaxshi takliflarni tanlash asosida shartnomalar tuzilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Loyiha va import kontraktlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish markazi” DUKda loyihalar va import shartnomalarning texnik-iqtisodiy asosini ekspertizadan oʻtkazishni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toshkent viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoramollar boqish uchun chorvachilik kompleksi va echkilarni boqish boʻyicha sut fermasini qurishga yer uchastkalari, ozuqa ekinlarini yetishtirish, shuningdek, “YESO” zamonaviy ixtisoslashtirilgan issiqxona bloki va gul yetishtirish uchun issiqxona blokini tashkil etishga zarur yer maydonlari ajratilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻztransgaz” va “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyatlari, loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda Toshkent viloyatida qoramollar boqish uchun chorvachilik kompleksi va echkilarni boqish boʻyicha sut fermasini, “YESO” zamonaviy ixtisoslashtirilgan issiqxona bloki va gul yetishtirish uchun issiqxona blokini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga belgilangan tartibda ulash, shu jumladan energiya resurslarining zarur limitlari va sugʻorish uchun suv taʼminoti hajmlari ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yil birinchi yarim yilida kapital qoʻyilmalarning oʻzlashtirilishi yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Moliya-xoʻjalik departamenti Davlat rezidensiyalari direksiyasining “Agro Servise” davlat unitar korxonasiga 2018-yil uchun tasdiqlangan kapital qoʻyilmalarning umumiy limitlari doirasida budjet mablagʻlari ajratilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturining parametrlarini shakllantirishda zarur boʻlganda, ushbu qarorga muvofiq amalga oshiriladigan loyihalar doirasida obyektlar qurilishini yakunlash uchun kapital qoʻyilmalar limitlarini nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Moliya-xoʻjalik departamenti Davlat rezidensiyalari direksiyasining “Agro Servise” DUK issiqxona-parnik xoʻjaligi bazasidagi issiqxonalarni rekonstruksiya qilish, Toshkent viloyatida qoramollar boqish uchun chorvachilik kompleksi va echkilarni boqish boʻyicha sut fermasini, shuningdek, xalqaro standartlar boʻyicha premium-klass toifasidagi mehmonxona xizmatlari koʻrsatishni yoʻlga qoʻygan holda zamonaviy mehmonxona kompleksini tashkil etish loyihalarini amalga oshirish doirasida zarur boʻlgan import uskunalarni xarid qilishni moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori boʻlmagan stavkada 10 yil muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davrga milliy valyutada kredit ajratish hamda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ kafolatini kredit boʻyicha taʼminot sifatida qabul qilish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Bosh vazir oʻrinbosari Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 4-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
793-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2018-y., 09/18/793/1997-son)