Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.11.2020 28.09.2018 yildagi 774-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.11.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada parrandachilik tarmogʻini yanada rivojlantirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-noyabrdagi 686-sonli ““Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankini moliyaviy barqarorligini taʼminlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada parrandachilik tarmogʻini yanada rivojlantirish, sohaga zamonaviy va ilgʻor texnologiyalarni joriy etish hisobiga ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish va ichki isteʼmol bozorini parrandachilik mahsulotlari bilan taʼminlash hamda tarmoqning eksport salohiyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Parrandasanoat” uyushmasi va “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankining “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki raisining oʻrinbosari — “Parrandasanoat” uyushmasi kengashi raisi hamda “Parrandasanoat” uyushmasi ijrochi direktori lavozimlarini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki raisining oʻrinbosari — “Parrandasanoat” uyushmasi kengashi raisi hamda “Parrandasanoat” uyushmasi ijrochi direktori zimmasiga parrandachilik xoʻjaliklarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, sohaga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish, zamonaviy va ilgʻor texnologiyalarni keng joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish vazifalari yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki raisining oʻrinbosari — “Parrandasanoat” uyushmasi kengashi raisi hamda “Parrandasanoat” uyushmasi ijrochi direktori lavozimlariga nomzodlar boʻyicha bir hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Parrandasanoat” uyushmasi “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki bilan birgalikda ushbu qarordan kelib chiqib “Parrandasanoat” uyushmasining ustaviga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 28-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
774-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2018-y., 09/18/774/1983-son)