Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-374-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
2. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-378-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
3. “Inson organlari, toʻqimalari va (yoki) hujayralarini transplantatsiya qilish toʻgʻrisida”gi QL-376-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
4. “Inson organlari, toʻqimalari va (yoki) hujayralarini transplantatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish hakida”gi QL-377-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
5. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-382-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining “Sogʻliqni saqlash sohasiga oid islohotlarning amalga oshirilishi holati toʻgʻrisida”gi axboroti haqida.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining “Mamlakatimizda nogironlikni belgilash amaliyoti va uni takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti haqida.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziriga “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning sogʻlom ovqatlanishini tashkil etilishining holati hamda amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida”gi masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovi haqida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 5-iyul,
1814-III-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2018-y., 04/18/1814-III/1898-son)