Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli “Davlat xaridlari tizimida raqobat muhiti va shaffoflikni taʼminlash boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan 2026-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunining samarali ijrosini, davlat buyurtmachilari faoliyatining uzluksizligini taʼminlash, shuningdek, davlat xaridlarining amalga oshirilishini tartibga solishni takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunining amal qilishi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq davlat xaridlari strategik subyektlari amalga oshiradigan davlat xaridlariga, rivojlantirish davlat dasturlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan loyihalarni roʻyobga chiqarishda amalga oshiriladigan davlat xaridlari bundan mustasno;
davlat tomonidan himoya qilinishi lozim boʻlgan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasida mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni taʼminlash va ichki tartibni saqlash uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlariga, shuningdek, davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlgan davlat xaridlariga;
favqulodda vaziyatlar yuz bergan hollarda Oʻzbekiston Respublikasining ehtiyojlarini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlariga;
agar donor mamlakatlarning, tegishli xalqaro, hukumatga qarashli boʻlgan va hukumatga qarashli boʻlmagan chet el tashkilotlarining tartib-taomillarida yoki Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida chet el kreditlarini va chet el grantlarini taqdim etish shartlarida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilishning boshqacha tartibi belgilangan boʻlsa;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining referendumlariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlariga;
sud muhokamalarida ishtirok etish uchun advokat (vakil) tayinlanishi bilan bogʻliq davlat xaridlariga;
narxlari qonun hujjatlariga muvofiq qatʼiy belgilangan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlariga nisbatan tatbiq etilmasligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridi:
a) xarid komissiyalari tomonidan baholanadigan eng yaxshi takliflarni saralab olish yoʻli bilan:
davlat tomonidan himoya qilinishi lozim boʻlgan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasida mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni taʼminlash va ichki tartibni saqlash uchun, shuningdek davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlgan hollarda;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining referendumlariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
b) toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha:
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha favqulodda holatlarni bartaraf etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining ehtiyojlarini taʼminlash uchun;
sud muhokamalarida ishtirok etish uchun advokat (vakil) tayinlanishi bilan bogʻliq;
narxlari qonun hujjatlariga muvofiq qatʼiy belgilangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat xaridlariga nisbatan amalga oshirilishi belgilansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Hisob palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining davlat buyurtmachilari tomonidan ilovadagi roʻyxatga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni keyinchalik ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shartnoma tuzilgan sanadan boshlab 3 kundan kechiktirmasdan davlat xaridlarining maxsus axborot portaliga joylashtirgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida xarid qilish tartibini belgilash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Belgilansinki, davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarining maxsus axborot portaliga:
boshlangʻich narxni tushirish boʻyicha auksion oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon — uni oʻtkazishdan kamida besh kun oldin;
tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon — tanlov ishtirokchilaridan takliflarni qabul qilish muddatining tugashidan kamida oʻn kun oldin joylashtiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda davlat xaridlarini sifatli va uzluksiz oʻtkazishga toʻsqinlik qiladigan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrish bilan bogʻliq davlat xaridlari sohasidagi huquqni qoʻllash amaliyoti tahlilini doimiy ravishda oʻtkazib borsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda davlat xaridlarining sifatli va uzluksiz amalga oshirilishini taʼminlash, davlat buyurtmachilari uchun qulayliklar yaratish maqsadida, shuningdek huquqni qoʻllash amaliyotidagi, shu jumladan joylardagi kamchiliklarni bartaraf etgan holda davlat xaridlarining maxsus axborot portalining funksionalini takomillashtirish choralarini koʻrsin;
davlat buyurtmachilari xodimlari ishtirokida davlat xaridlari sohasida seminar-treninglar, master-klasslar va boshqa oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazib borsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati, Davlat xavfsizlik xizmati, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat tomonidan himoya qilinishi lozim boʻlgan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasida mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni taʼminlash va ichki tartibni saqlash uchun zarur boʻlgan, shuningdek davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxatini tasdiqlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasining kiritilishini taʼminlasin;
mazkur qaror talablarini, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotida yuzaga kelayotgan muammolarni hisobga olgan holda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqsin va oʻrnatilgan tartibda kiritsin;
bir oy muddatda xarid komissiyalarining faoliyatini tashkil etish va eng yaxshi takliflarni tanlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlasin;
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda mazkur qarorning 2 va 3-bandlariga muvofiq xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning narxlari shakllanishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
8. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov va Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi M.M. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 27-sentabr,
PQ-3953-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-sentabrdagi PQ-3953-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Davlat buyurtmachilari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)
roʻyxati
1. Qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining alohida maxsus savdo maydonchalaridagi elektron (birja) savdolari natijalariga koʻra xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar).
2. Davlat buyurtmachisi faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq xizmat safarlari uchun va boshqa holatlardagi chiptalar (avia, temir yoʻl va yoʻnalish transportiga).
3. Davlat buyurtmachisi faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq xizmat safarlari va boshqa holatlardagi yashash xarajatlari.
4. Avval tuzilgan shartnomalar doirasida kelgusi yil uchun aloqa, internet va teleradiouzatish xizmatlari toʻlovi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Boshqa yetkazib beruvchi tomonidan xizmat koʻrsatish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, yetkazib beruvchi tomonidan avval olib kelingan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga kafolat muddati tugagandan keyin va joriy xizmat koʻrsatish (ehtiyot qismlarni xarid qilish), shuningdek, avval xarid qilingan dasturiy mahsulotni kuzatish va (yoki) uni funksional kengaytirish.
6. Giyohvand vositalar va psixotrop moddalarni saqlash va olib kirish (olib chiqish).
7. Bank (banklararo) xizmatlar va operatsiyalar.
8. Mualliflik nazorati (hamrohligi) boʻyicha xizmatlar.
9. Ayni bir vazirlik (idora, muassasa)ning tarkibidagi tashkilotlar (muassasalar) oʻrtasida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning xarid qilinishi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Sport, madaniy-ommaviy tadbirlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar, anjumanlar, seminarlar va oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish hamda oʻtkazish uchun binolar, inshootlar va asbob-uskunalarni ijaraga olish.
11. Xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning rasmiy delegatsiyalari tashriflarini taʼminlash (mehmonxona, transport xizmatlari koʻrsatish, asbob-uskunalarni ijaraga olish, oziq-ovqat taʼminoti, tarjimon xizmati), esdalik suvenirlari, sovgʻalar, gullar hamda gul bilan bezatish, vakolatxonalar uchun qabullar (kechki ovqat, furshet, kofe-breyk va boshqalar) oʻtkazish, konsert dasturlari, bannerlar va bukletlar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi davlat delegatsiyasining xorijiy mamlakatlarga tashrifi bilan bogʻliq xarajatlar.
12. Ommaviy axborot vositalarida reklama xizmatlari, maqolalar chop etish hamda matbuot konferensiyalari, brifinglar, mavzuli telekoʻrsatuvlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Epidemiyaga qarshi (shu jumladan veterinariyaga oid) preparatlar, qishloq xoʻjaligi zararkunandalariga qarshi kurashish uchun kimyoviy vositalar, shuningdek, favqulodda holatlarda vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanadigan tabiat hodisalari, epidemiyalar, kasalliklar tarqalishining oldini olish yoki uning oqibatlarini bartaraf etish uchun boshqa zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar).
Keyingi tahrirga qarang.
14. Turar yoki noturar joyni (inshootni) xarid qilish yoki ijaraga olish, shuningdek uning taʼminoti boʻyicha ekspluatatsiya xarajatlari.
15. Tabiiy ofatlar va texnogen halokatlar oqibatlarini bartaraf etish;
davlat buyurtmachisining toʻlaqonli faoliyat olib borishiga taʼsir koʻrsatuvchi kommunikatsiyalar, mexanizmlar, jihozlar va boshqa asbob-uskunalarning ishdan chiqishi holatlarida avariyalarni bartaraf etish uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar).
16. Davriy nashrlar (gazetalar, jurnallar)ga, shu jumladan ularning elektron variantlariga obuna boʻlish.
17. Majburiy sugʻurtalash boʻyicha xizmatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha dori vositalari va tibbiyotda qoʻllaniladigan buyumlar.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Madaniy-ommaviy tadbirlarga chiptalar.
20. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, vazirliklar, idoralar va davlat korxonalarining sihatgohlari va sogʻlomlashtirish muassasalariga, shuningdek, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga yoʻllanmalar.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Oʻzbekiston Respublikasi ishlab chiqaruvchilari yoki ularning rasmiy dilerlari va distribyutorlaridan xarid qilingan yangi avtotransport vositalari, maxsus va qishloq hoʻjaligi texnikalari.
22. Benzin, suyultirilgan va siqilgan gaz, dizel yoqilgʻisi va koʻmir mahsulotlari.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti, tuman va shaharlar budjetlari zaxira fondlaridan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar).
24. Mualliflik huquqi uchun mukofotlar (mualliflik gonorari).
Keyingi tahrirga qarang.
25. Maxsus va xizmat avtotransporti vositalarini, shuningdek, tibbiyot uskunalarini taʼmirlash boʻyicha xizmatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Mamlakatimiz, hukumatimiz rahbarlari, xorijiy davlatlar va hukumatlar boshliqlari hamda ularning vakillarining qabullar uyiga tashrifi bilan bogʻliq boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar), shu jumladan ularning yashashi, ovqatlanishi, tashkiliy masalalarni hal etish va ushbu maqsadlar uchun koʻzda tutilgan boshqa xarajatlar.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishilgan roʻyxat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati gospitallari;
Keyingi tahrirga qarang.
davolash-profilaktika va taʼlim muassasalari;
mehmonxona va restoran xizmatlari koʻrsatish;
muruvvat va nogironlar uylari;
Keyingi tahrirga qarang.
mehribonlik uylari va internatlar;
qariyalar uylari uchun oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilish.
28. Xalqaro va davlatlararo darajadagi tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar.
29. Shartnoma boʻyicha uning umumiy boshlangʻich summasining 10 foizidan oshmaydigan miqdordagi qoʻshimcha xizmatlarni amalga oshirish uchun xarajatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2018-y., 07/18/3953/1972-son; 02.02.2019-y., 07/19/4151/2569-son, 29.04.2019-y., 07/19/4300/3032-son, 24.08.2019-y., 07/19/4424/3631-son, 01.10.2019-y., 07/19/4467/3825-son, 05.12.2019-y., 06/19/5887/4116-son, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son; 06.03.2020-y., 07/20/4629/0258-son; 16.04.2020-y., 07/20/4678/0440-son; 20.06.2020-y., 07/20/4755/0783-son, 13.08.2020-y., 07/20/4805/1174-son, 28.11.2020-y., 06/20/6119/1570-son, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son; 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2021-y., 07/21/5124/0487-son, 16.07.2021-y., 07/21/5186/0683-son, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son; 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son; 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son, 12.04.2022-y., 06/22/102/0291-son, 18.10.2022-y., 06/22/234/0935-son, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 10.07.2023-y., 07/23/216/0457-son; 03.08.2023-y., 07/23/257/0552-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son; 08.05.2024-y., 06/24/74/0332-son; 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son; 23.05.2024-y., 07/24/183/0362-son; 05.12.2024-y., 07/24/408/1005-son; 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)