Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli “Davlat xaridlari tizimida raqobat muhiti va shaffoflikni taʼminlash boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan 2026-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunining samarali ijrosini, davlat buyurtmachilari faoliyatining uzluksizligini taʼminlash, shuningdek, davlat xaridlarining amalga oshirilishini tartibga solishni takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunining amal qilishi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq davlat xaridlari strategik subyektlari amalga oshiradigan davlat xaridlariga, rivojlantirish davlat dasturlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan loyihalarni roʻyobga chiqarishda amalga oshiriladigan davlat xaridlari bundan mustasno;
davlat tomonidan himoya qilinishi lozim boʻlgan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasida mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni taʼminlash va ichki tartibni saqlash uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlariga, shuningdek, davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlgan davlat xaridlariga;
favqulodda vaziyatlar yuz bergan hollarda Oʻzbekiston Respublikasining ehtiyojlarini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlariga;
agar donor mamlakatlarning, tegishli xalqaro, hukumatga qarashli boʻlgan va hukumatga qarashli boʻlmagan chet el tashkilotlarining tartib-taomillarida yoki Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida chet el kreditlarini va chet el grantlarini taqdim etish shartlarida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilishning boshqacha tartibi belgilangan boʻlsa;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining referendumlariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlariga;
sud muhokamalarida ishtirok etish uchun advokat (vakil) tayinlanishi bilan bogʻliq davlat xaridlariga;
narxlari qonun hujjatlariga muvofiq qatʼiy belgilangan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlariga nisbatan tatbiq etilmasligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridi:
a) xarid komissiyalari tomonidan baholanadigan eng yaxshi takliflarni saralab olish yoʻli bilan:
davlat tomonidan himoya qilinishi lozim boʻlgan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasida mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni taʼminlash va ichki tartibni saqlash uchun, shuningdek davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlgan hollarda;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining referendumlariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlari;
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-apreldagi PQ-4678-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2020-y., 07/20/4678/0440-son)
b) toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha:
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha favqulodda holatlarni bartaraf etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining ehtiyojlarini taʼminlash uchun;
sud muhokamalarida ishtirok etish uchun advokat (vakil) tayinlanishi bilan bogʻliq;
narxlari qonun hujjatlariga muvofiq qatʼiy belgilangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat xaridlariga nisbatan amalga oshirilishi belgilansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Hisob palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining davlat buyurtmachilari tomonidan ilovadagi roʻyxatga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni keyinchalik ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shartnoma tuzilgan sanadan boshlab 3 kundan kechiktirmasdan davlat xaridlarining maxsus axborot portaliga joylashtirgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida xarid qilish tartibini belgilash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Belgilansinki, davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarining maxsus axborot portaliga:
boshlangʻich narxni tushirish boʻyicha auksion oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon — uni oʻtkazishdan kamida besh kun oldin;
tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon — tanlov ishtirokchilaridan takliflarni qabul qilish muddatining tugashidan kamida oʻn kun oldin joylashtiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda davlat xaridlarini sifatli va uzluksiz oʻtkazishga toʻsqinlik qiladigan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrish bilan bogʻliq davlat xaridlari sohasidagi huquqni qoʻllash amaliyoti tahlilini doimiy ravishda oʻtkazib borsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda davlat xaridlarining sifatli va uzluksiz amalga oshirilishini taʼminlash, davlat buyurtmachilari uchun qulayliklar yaratish maqsadida, shuningdek huquqni qoʻllash amaliyotidagi, shu jumladan joylardagi kamchiliklarni bartaraf etgan holda davlat xaridlarining maxsus axborot portalining funksionalini takomillashtirish choralarini koʻrsin;
davlat buyurtmachilari xodimlari ishtirokida davlat xaridlari sohasida seminar-treninglar, master-klasslar va boshqa oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazib borsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati, Davlat xavfsizlik xizmati, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat tomonidan himoya qilinishi lozim boʻlgan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasida mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni taʼminlash va ichki tartibni saqlash uchun zarur boʻlgan, shuningdek davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxatini tasdiqlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasining kiritilishini taʼminlasin;
mazkur qaror talablarini, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotida yuzaga kelayotgan muammolarni hisobga olgan holda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqsin va oʻrnatilgan tartibda kiritsin;
bir oy muddatda xarid komissiyalarining faoliyatini tashkil etish va eng yaxshi takliflarni tanlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlasin;
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda mazkur qarorning 2 va 3-bandlariga muvofiq xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning narxlari shakllanishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
8. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov va Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi M.M. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 27-sentabr,
PQ-3953-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-sentabrdagi PQ-3953-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Davlat buyurtmachilari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)
roʻyxati
1. Qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining alohida maxsus savdo maydonchalaridagi elektron (birja) savdolari natijalariga koʻra xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar).
2. Davlat buyurtmachisi faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq xizmat safarlari uchun va boshqa holatlardagi chiptalar (avia, temir yoʻl va yoʻnalish transportiga).
3. Davlat buyurtmachisi faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq xizmat safarlari va boshqa holatlardagi yashash xarajatlari.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Avval tuzilgan shartnomalardagi yetkazib beruvchilar bilan aloqa, internet va teleradiouzatish xizmatlari boʻyicha xaridlar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
5. Boshqa yetkazib beruvchi tomonidan xizmat koʻrsatish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, yetkazib beruvchi tomonidan avval olib kelingan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga kafolat muddati tugagandan keyin va joriy xizmat koʻrsatish (ehtiyot qismlarni xarid qilish), shuningdek, avval xarid qilingan dasturiy mahsulotni kuzatish va (yoki) uni funksional kengaytirish.
6. Giyohvand vositalar va psixotrop moddalarni saqlash va olib kirish (olib chiqish).
7. Bank (banklararo) xizmatlar va operatsiyalar.
8. Mualliflik nazorati (hamrohligi) boʻyicha xizmatlar.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Vazirlik (idora, muassasa) va uning tarkibidagi tashkilot (muassasa) oʻrtasida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning xarid qilinishi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
Keyingi tahrirga qarang.
10. Sport, madaniy-ommaviy tadbirlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar, anjumanlar, seminarlar va oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish hamda oʻtkazish uchun binolar, inshootlar va asbob-uskunalarni ijaraga olish.
11. Xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning rasmiy delegatsiyalari tashriflarini taʼminlash (mehmonxona, transport xizmatlari koʻrsatish, asbob-uskunalarni ijaraga olish, oziq-ovqat taʼminoti, tarjimon xizmati), esdalik suvenirlari, sovgʻalar, gullar hamda gul bilan bezatish, vakolatxonalar uchun qabullar (kechki ovqat, furshet, kofe-breyk va boshqalar) oʻtkazish, konsert dasturlari, bannerlar va bukletlar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi davlat delegatsiyasining xorijiy mamlakatlarga tashrifi bilan bogʻliq xarajatlar.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Ommaviy axborot vositalarida matbuot anjumani, brifing, mavzuli telekoʻrsatuv va boshqa tadbirlarni oʻtkazish, reklama joylashtirish, maqola chop etish.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-apreldagi PQ-4678-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2020-y., 07/20/4678/0440-son)
13. Epidemiyaga qarshi (shu jumladan veterinariyaga oid) preparatlar, qishloq xoʻjaligi zararkunandalariga qarshi kurashish uchun kimyoviy vositalar, shuningdek, favqulodda holatlarda vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanadigan tabiat hodisalari, epidemiyalar, kasalliklar tarqalishining oldini olish yoki uning oqibatlarini bartaraf etish uchun boshqa zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar).
Keyingi tahrirga qarang.
14. Turar yoki noturar joyni (inshootni) xarid qilish yoki ijaraga olish, shuningdek uning taʼminoti boʻyicha ekspluatatsiya xarajatlari.
15. Tabiiy ofatlar va texnogen halokatlar oqibatlarini bartaraf etish;
davlat buyurtmachisining toʻlaqonli faoliyat olib borishiga taʼsir koʻrsatuvchi kommunikatsiyalar, mexanizmlar, jihozlar va boshqa asbob-uskunalarning ishdan chiqishi holatlarida avariyalarni bartaraf etish uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar).
16. Davriy nashrlar (gazetalar, jurnallar)ga, shu jumladan ularning elektron variantlariga obuna boʻlish.
17. Majburiy sugʻurtalash boʻyicha xizmatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha dori vositalari va tibbiyotda qoʻllaniladigan buyumlar.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-apreldagi PQ-4678-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2020-y., 07/20/4678/0440-son)
Keyingi tahrirga qarang.
19. Madaniy-ommaviy tadbirlarga chiptalar.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, vazirliklar, idoralar, davlat korxonalari va muassasalarining sihatgohlari va sogʻlomlashtirish muassasalariga, shuningdek, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga yoʻllanmalar.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4629-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2020-y., 07/20/4629/0258-son)
21. Oʻzbekiston Respublikasi ishlab chiqaruvchilari yoki ularning rasmiy dilerlari va distribyutorlaridan xarid qilingan yangi avtotransport vositalari, maxsus va qishloq hoʻjaligi texnikalari.
22. Benzin, suyultirilgan va siqilgan gaz, dizel yoqilgʻisi va koʻmir mahsulotlari.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti, tuman va shaharlar budjetlari zaxira fondlaridan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar).
24. Mualliflik huquqi uchun mukofotlar (mualliflik gonorari).
Keyingi tahrirga qarang.
25. Maxsus va xizmat avtotransporti vositalarini, shuningdek, tibbiyot uskunalarini taʼmirlash boʻyicha xizmatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Mamlakatimiz, hukumatimiz rahbarlari, xorijiy davlatlar va hukumatlar boshliqlari hamda ularning vakillarining qabullar uyiga tashrifi bilan bogʻliq boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar), shu jumladan ularning yashashi, ovqatlanishi, tashkiliy masalalarni hal etish va ushbu maqsadlar uchun koʻzda tutilgan boshqa xarajatlar.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ bilan kelishilgan roʻyxat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati gospitallari;
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-apreldagi PQ-4678-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2020-y., 07/20/4678/0440-son)
davolash-profilaktika va taʼlim muassasalari;
mehmonxona va restoran xizmatlari koʻrsatish;
muruvvat va nogironlar uylari;
Keyingi tahrirga qarang.
mehribonlik uylari va internatlar;
qariyalar uylari uchun oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilish.
28. Xalqaro va davlatlararo darajadagi tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Shartnoma boʻyicha uning umumiy boshlangʻich summasining 10 foizidan oshmaydigan miqdordagi qoʻshimcha ish va xizmatlarni amalga oshirish uchun xarajatlar.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Taʼlim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik jamlamalarni nashr etish (qayta nashr etish) uchun moʻljallangan qogʻoz va boshqa sarflash materiallari.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-fevraldagi PQ-4151-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2019-y., 07/19/4151/2569-son)
Oldingi tahrirga qarang.
301. Xalq taʼlimi tizimidagi umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari uchun oʻquvchilarning muhandislik, robototexnika, mexatronika va dasturiy taʼminot yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarda foydalanish hamda innovatsion ishlanmalarni amalga oshirish yuzasidan respublikada ishlab chiqarilmaydigan, xorijdan olib kelinadigan xom ashyolar va jihozlar.
(301-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-sentabrdagi PQ-4467-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.10.2019-y., 07/19/4467/3825-son)
Oldingi tahrirga qarang.
302. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi futbol mahorat maktablari uchun elektron hisoblash uskunalari, oʻyinlar va oʻquv-mashq yigʻinlarini tahlil qilish dasturiy taʼminot va uskunalar, Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasi talablari boʻyicha futbol toʻplari, sport kiyimlari va ekipirovkalar hamda futbol uchun oyoq kiyimlar
(302-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi PF-5887-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 06/19/5887/4116-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy boʻlinmalariga, shu jumladan xorijiy tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan xususiylashtiriladigan yoki xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlariga davlat ulushi sifatida oʻtkaziladigan davlat aktivlarini baholash xizmatlari.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Davlat aksiyalar (ulushlar) paketlarini sotish hamda mahalliy va xorijiy fond birjalarida IPO (SPO) boʻyicha emissiyalarni joylashtirish uchun jalb qilinadigan investitsiya vositachilari, maslahatchilari, shu jumladan xorijiy maslahatchilarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy boʻlinmalariga koʻrsatadigan xizmatlari.
(31 va 32-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PQ-4300-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 07/19/4300/3032-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimidagi tashkilotlar tomonidan yetishtirilgan koʻchat va nihollar.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-avgustdagi PQ-4424-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2019-y., 07/19/4424/3631-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Xodimlari umumiy sonining kamida 50 foizi nogironligi boʻlgan shaxslardan iborat va nogironligi boʻlgan shaxslar mehnatiga haq toʻlash fondi umumiy mehnatga haq toʻlash fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yagona ishtirokchisi nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslardan, ular uchun belgilangan tartibda ajratilgan kvotalar doirasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Davlat rezidensiyalariga xizmat koʻrsatish va tadbirlarni tashkil etish boshqarmasi tuzilmasiga kiradigan davlat rezidensiyalari hududlarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish uchun hukumat qarorlari va topshiriqlari asosida, shu jumladan pudratchilar tomonidan, ushbu maqsadlarga ajratilgan mablagʻlar hisobiga tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilish.
(34 va 35-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Davlat va strategik buyurtmachining ishlab chiqarish faoliyatida foydalanish uchun boshqa yetkazib beruvchi tomonidan mahsulot yetkazib berish imkoniyati boʻlmagan taqdirda litsenziya bitimiga (shartnomasiga, kontraktiga) asosan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning intellektual faoliyat natijalari muallifidan yoki intellektual faoliyat natijalaridan mutlaq foydalanish huquqiga ega yetkazib beruvchidan, shuningdek, fan, adabiyot va sanʼat asarlari, ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlarning koʻrsatuvlari yoki eshittirishlari kabi intellektual faoliyat natijalarining ushbu intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqqa ega boʻlgan yagona shaxsdan davlat xaridlari.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-apreldagi PQ-4678-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2020-y., 07/20/4678/0440-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Oʻzbekiston Respublikasi turizm salohiyatini targʻib qilishga yoʻnaltirilgan xorijiy kompaniyalarning prodyuserlik va reklama xizmatlari, xorijiy teleradiokompaniyalar va boshqa ommaviy axborot vositalarining reklamalar, reportajlar va boshqa roliklarni tayyorlash va translyatsiya qilish boʻyicha xizmatlari.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PQ-4755-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2020-y., 07/20/4755/0783-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2018-y., 07/18/3953/1972-son; 02.02.2019-y., 07/19/4151/2569-son, 29.04.2019-y., 07/19/4300/3032-son, 24.08.2019-y., 07/19/4424/3631-son, 01.10.2019-y., 07/19/4467/3825-son, 05.12.2019-y., 06/19/5887/4116-son, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son; 06.03.2020-y., 07/20/4629/0258-son; 16.04.2020-y., 07/20/4678/0440-son; 20.06.2020-y., 07/20/4755/0783-son, 13.08.2020-y., 07/20/4805/1174-son, 28.11.2020-y., 06/20/6119/1570-son, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son; 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2021-y., 07/21/5124/0487-son, 16.07.2021-y., 07/21/5186/0683-son, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son; 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son; 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son, 12.04.2022-y., 06/22/102/0291-son, 18.10.2022-y., 06/22/234/0935-son, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 10.07.2023-y., 07/23/216/0457-son; 03.08.2023-y., 07/23/257/0552-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son; 08.05.2024-y., 06/24/74/0332-son; 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son; 23.05.2024-y., 07/24/183/0362-son; 05.12.2024-y., 07/24/408/1005-son; 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)