1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanitariya jihatidan tozalash sohasida xizmatlar koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish uchun hududlarni biriktirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 18-maydagi PQ-3730-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun xizmatlar koʻrsatish boʻyicha namunaviy ommaviy shartnoma 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga biriktirilgan hududlar ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning maxsus avtotransport vositalarining yuk tashish quvvati biriktirilgan hududlarda qattiq maishiy chiqindilarni yigʻish va oʻz vaqtida olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlarning zarur sifatini taʼminlashga muvofiqligi yuzasidan xatlovdan oʻtkazilishini va oʻrganib chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xatlov natijalari boʻyicha sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga biriktirilgan hududlar ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning maxsus avtotransport vositalarining haqiqiy quvvatini hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqilishini va qayta koʻrib chiqish natijasi boʻyicha boʻshagan uchastkalar “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi orqali elektron auksion vositasida tanlov savdolariga qoʻyilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 25-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
765-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-sentabrdagi 765-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga davlat-xususiy sheriklik asosida, nol stavkadan boshlanuvchi “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi orqali elektron auksion yoʻli bilan biriktirish tartibini belgilaydi (keyingi oʻrinlarda elektron tanlov deb ataladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom hududlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq biriktirish holatlariga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi — elektron tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun zarur maʼlumotlarni kiritish, saqlash va qayta ishlash imkoniyatini, shuningdek, manfaatdor shaxslarning elektron tanlovlar jarayonida bevosita ishtirok etishini taʼminlaydigan axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududni biriktirish — tanlov asosida tadbirkorlik subyektlariga maʼlum bir hududda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish huquqini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bildirishnoma — Internet jahon axborot tarmogʻida, shu jumladan, buyurtmachining veb-saytlariga joylashtiriladigan “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida kelgusida oʻtkaziladigan elektron tanlov haqidagi maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov taklifi — tanlov hujjatida belgilangan shartlarga muvofiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga taklif;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lot — elektron tanlovga qoʻyilgan hudud;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy hisobvaraq — operator tomonidan operatorning ichki elektron tizimida operator maʼlumotlari bazasida roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilarning pul mablagʻlarini jamlash va hisobini yuritish uchun elektron tanlov ishtirokchisiga ochiladigan hisobvaraq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operator — “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida elektron tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazishga vakolatli boʻlgan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan va taklif etilgan sharlarga muvofiq elektron tanlovda ishtirok etish uchun ariza bergan tadbirkorlik subyekti (yuridik shaxs);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zakalat puli — elektron tanlovda ishtirok etish uchun ariza beruvchilar tomonidan toʻlanadigan pul miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hudud — maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha elektron tanlovga qoʻyiladigan zona (shahar, tuman, tuman markazi, qishloq va boshqa aholi punktlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasidagi texnik uzilish — ishtirokchilardan biriga elektron tanlovda ishtirok etishga imkon bermaydigan yoki operator xodimiga elektron tanlov oʻtkazilishiga xizmat koʻrsatishning texnik imkoniyatini taʼminlamaydigan elektron savdo maydonchasidagi texnik nosozliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov ishtirokchisi — elektron tanlovda ishtirok etishga qoʻyilgan ariza beruvchi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Elektron tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish, shuningdek, hududlarni biriktirish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ariza beruvchilarga qoʻyiladigan umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ariza beruvchi quyidagi majburiy talablarga muvofiq boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov hujjatlariga muvofiq hududga toʻliq xizmat koʻrsatish uchun yuk tashish quvvatini taʼminlab beradigan, talab etiladigan miqdordagi texnik soz chiqindi tashish mashinalarining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun amaldagi litsenziya va arizada koʻrsatilgan har bir transport vositasiga litsenziya kartochkasining mavjudligi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan davlat unitar korxonalari va muassasalari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmanoma taqdim etilishi sanasida ariza beruvchiga nisbatan tugatish jarayoni oʻtkazilishining mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmanoma taqdim etilishi sanasida sud organlarining ariza beruvchining nochor (bankrotligi) va/yoki faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarorining mavjud emasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ariza beruvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tanlovda ishtirok etish uchun boshqa hududlarda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun foydalanishda boʻlgan chiqindi tashish mashinalarini koʻrsatgan holda ariza berishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov taklifiga avvalgi elektron tanlovlar natijasi boʻyicha ushbu Nizomga muvofiq unga biriktirilgan hudud uchun arizada koʻrsatilgan aynan oʻsha chiqindi tashish mashinalarini kiritishga haqli emas (hududni biriktirish muddatining yakunlanishi yoki ariza beruvchining ushbu hududdagi faoliyati toʻxtatilishi hollari bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Elektron tanlovni oʻtkazish uchun zarur materiallarni tayyorlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mahalliy davlat hokimiyati organlari elektron tanlov buyurtmachisi hisoblanadilar (keyingi oʻrinlarda buyurtmachi deb yuritiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Buyurtmachi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq ishchi organning namunaviy tarkibiga asosan ishchi organ tarkibini tasdiqlaydi (keyingi oʻrinlarda ishchi organ deb ataladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov hujjatlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator bilan elektron tanlov oʻtkazish boʻyicha xizmat koʻrsatishga shartnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ishchi organ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi tanlov hujjatlarini tayyorlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlar roʻyxati (ikki va undan ortiq hudud mavjud boʻlganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha elektron tanlovga qoʻyilayotgan har bir hududning pasporti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tanlovlar gʻoliblarining chiqindi toʻplash shoxobchalarida va tutash hududda lozim darajadagi tozalikni taʼminlash, shuningdek, maishiy chiqindilarni mustaqil ravishda saralashni amalga oshirish, sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasini yaratish yoki yaxshilashni (chiqindi toʻplash shoxobchalarini taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va qurish, konteynerlar bilan jihozlash) nazarda tutuvchi majburiyatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) hududlarni elektron tanlovga qoʻyish uchun buyurtmachi nomidan avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali operatorga elektron buyurtma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organ qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Buyurtmaga tanlov hujjatlari va elektron tanlovni oʻtkazish boʻyicha xizmatlar uchun pul toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjatining elektron (skaner qilingan) nusxasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Elektron tanlov oʻtkazish boʻyicha xizmat koʻrsatish shartnomasiga bir vaqtning oʻzida bir nechta hududlar kiritilishi mumkin. Elektron tanlov bir nechta lot uchun oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Elektron tanlovni oʻtkazishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Operator buyurtmachi bilan elektron tanlov oʻtkazish boʻyicha xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaga va ushbu Nizomga muvofiq elektron tanlovlarning tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Elektron tanlovni oʻtkazish boʻyicha xizmatlar uchun operator har bir lot boʻyicha eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida pul mukofoti oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agar buyurtmaga ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan barcha hujjatlar ilova qilinmagan yoxud ular zarur tarzda rasmiylashtirilmagan hollarda operator elektron buyurtmani olgan kundan keyingi ish kunidan kechikmay elektron xat bilan buyurtmachiga uning buyurtmasini qaytaradi. Bunda, bartaraf etilishi lozim boʻlgan kamchiliklar xatda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Buyurtmachi bir hafta muddatda operator tomonidan koʻrsatilgan barcha kamchiliklarni tuzatadi va elektron buyurtmani ushbu Nizomning 8 va 9-bandlari talablariga muvofiq qaytadan yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Operator belgilangan talablarga javob beradigan buyurtma va unga ilova qilingan hujjatlarni olgan sanadan keyingi ish kunidan kechiktirmay elektron tanlovni oʻtkazish haqidagi bildirishnomani oʻzining veb-portaliga joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir vaqtning oʻzida elektron tanlov oʻtkazilishi haqidagi maʼlumot buyurtmachining veb-saytiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Elektron tanlov oʻtkazish haqidagi bildirishnoma uni oʻtkazish kuniga kamida 30 kalendar kun qolganda operatorning veb-portaliga joylashtirilishi va veb-portalda elektron tanlov boshlangunga qadar turishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron tanlov yakunlanganidan keyin veb-portalda elektron tanlov yakunlanganligi va uning natijalari haqidagi maʼlumot avtomatik tarzda yangilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bildirishnomada quyidagi maʼlumotlar boʻlishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tanlov oʻtkaziladigan sana va vaqt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lot raqami va nomlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tanlovda ishtirok etishga buyurtmanomalarni qabul qilishning oxirgi sanasi va vaqti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 4 va 5-bandlarida ariza beruvchilar uchun koʻrsatilgan majburiy talablar va cheklovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq elektron tanlovga qoʻyilayotgan hududning pasporti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov hujjatlariga muvofiq elektron tanlov gʻoliblarining majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tanlovda ishtirok etish uchun ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq buyurtmanoma shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq tanlov taklifi shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchilar tomonidan ushbu Nizomning 20-bandi talablariga muvofiq ilova qilinishi kerak boʻlgan hujjatlar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tanlovda ishtirok etish uchun zakalat pulining miqdori, zakalat puli oʻtkazilishi lozim boʻlgan operatorning bank rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachining nomi, manzili va telefon (faks) raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Operatorning veb-portalida barcha xohlovchilarga bildirishnoma bilan erkin tanishish imkoniyati taʼminlanishi lozim. Shuningdek, operatorning veb-portalida, buyurtmachining veb-saytlarida elektron tanlov oʻtkazish qoidalari bilan tanishish imkoniyati yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator ommaviy axborot vositalari orqali, shuningdek, boshqa usullarda tadbirkorlik subyektlarini elektron tanlovda ishtirok etish tartibi haqida muntazam tanishtirib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Elektron tanlovda ishtirok etish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Elektron tanlovda ishtirok etishga buyurtmanomalarni qabul qilish bildirishnoma joylashtirilgan kundan boshlab operatorning veb-portalida avtomatik tarzda amalga oshiriladi va elektron tanlovni oʻtkazish sanasidan ikki ish kuni oldin soat 13.00 da yakunlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmanomalarni qabul qilish uchun belgilangan muddat oʻtgandan keyin tushgan buyurtmanomalar qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Elektron tanlovda ishtirok etish uchun buyurtmanoma elektron koʻrinishda, tanlov taklifini toʻldirgan holda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmanoma va tanlov taklifi elektron raqamli imzo bilan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmanomaga quyidagi hujjatlarning elektron (skaner qilingan) nusxalari ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun amaldagi litsenziya va buyurtmanomada koʻrsatilgan har bir transport vositasiga litsenziya kartochkasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan davlat unitar korxonalari va muassasalari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov taklifida koʻrsatilgan har bir transport vositasiga transport vositasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma (texnik pasport, texnik talon) nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abonentlar hisobini yuritish boʻyicha avtomatlashtirilgan tizimining dasturiy taʼminotini joriy qilish va unga xizmat koʻrsatishga shartnoma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)ni joriy qilish va unga xizmat koʻrsatishga shartnoma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish bazasi (avtopark, garaj)ning ijara shartnomasi nusxasi (agar xususiy ishlab chiqarish bazasi mavjud boʻlmasa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda tasdiqlangan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlovlar tariflari (agar mavjud boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zakalat puli ariza beruvchi tomonidan maʼlum bir (tanlangan) lot boʻyicha buyurtma berayotganida uning shaxsiy hisobvaragʻidan yechib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ariza beruvchining shaxsiy hisobvaragʻidagi mavjud pul mablagʻlari zakalat pulini toʻlashga yetarli boʻlmasa, elektron tanlovda ishtirok etish uchun buyurtma qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ariza beruvchi buyurtmanomani qabul qilishning oxirgi muddatidan kechiktirmasdan ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakldagi va elektron raqamli imzo bilan imzolangan bildirishnomani operatorga yuborish orqali elektron tanlovda ishtirok etishga buyurtmanomani oʻzgartirish yoki chaqirib olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron tanlovda ishtirok etishga buyurtmanoma chaqirib olingan hollarda operator toʻlangan zakalat pulini buyurtmanoma chaqirib olingan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay ishtirokchiga qaytaradi. Zakalat puli ariza beruvchining elektron tanlovda ishtirok etishga bergan buyurtmanomada koʻrsatilgan bank hisob raqamiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchiga qaytarilgan zakalat puli u tomonidan bank hisobvaragʻi rekvizitlari notoʻgʻri koʻrsatilganligi sababli yoki boshqa sabablarga koʻra operatorning bank hisobvaragʻiga qayta tushgan taqdirda, operator bank rekvizitlari toʻgʻrisidagi aniq maʼlumotlar soʻrovnomasini yuborib, ariza beruvchini bu haqda xabardor qiladi. Ushbu holatda zakalat puli ariza beruvchi murojaat qilgan kundan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmay qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ishtirok etish uchun ariza qabul qilingandan keyin u quyidagi talablarga rioya etilganligi yuzasidan tekshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmanoma va tanlov taklifi belgilangan talablarga muvofiq toʻldirilganligi, shuningdek elektron raqamli imzoning ariza bergan shaxsga tegishliligi va asli ekanligi (shu jumladan, amal qilishi toʻxtatilishi, bekor qilinishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bildirishnomada koʻrsatilgan buyurtmanoma berish muddati tugaguniga qadar buyurtmanoma berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmanoma dastur yordamida avtomatik tarzda tekshiriladi, tekshiruv natijasi va qabul qilingan qaror haqida ariza beruvchiga zudlik bilan xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Buyurtmanoma ushbu Nizomning 23-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlgan taqdirda, bir vaqtning oʻzida ariza beruvchi elektron tanlov ishtirokchisi maqomini olganligi haqida xabardor qilingan holda, u elektron tanlovda ishtirok etishga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron tanlov ishtirokchilariga ular elektron tanlovda ishtirok etishda foydalanish uchun shaxsiy tartib raqamlari beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Buyurtmanoma ushbu Nizomning 23-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmagan taqdirda, elektron tanlovda ishtirok etishga buyurtmanoma zudlik bilan rad etiladi va bir vaqtning oʻzida bu haqda ariza beruvchiga aniq sabablarni koʻrsatgan holda bildirishnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ariza beruvchi bildirishnomada koʻrsatilgan arizani qabul qilish vaqti yakunlanguniga qadar elektron tanlovda ishtirok etishga buyurtmanomani undagi kamchiliklarni bartaraf qilgan holda takroran yuborishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Operator buyurtmanomalarning saqlanishini, shuningdek, ular sir tutilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmanomalarni qabul qilish davrida, shuningdek, elektron tanlovni oʻtkazish davomida operatorning veb-portalida tanlov ishtirokchilari haqidagi maʼlumotlarni (yuridik shaxsning nomi va pochta manzili, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, ishtirokchini aniqlash imkonini beradigan boshqa maʼlumotlarni) aks ettirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Elektron tanlovni oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Elektron tanlov operatorning veb-portalida bildirishnomada koʻrsatilgan kun va vaqtda boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tanlov takliflarini baholash va elektron tanlov gʻolibini aniqlash ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq tanlov takliflarini baholash shakli boʻyicha balli tizimdan foydalangan holda dastur yordamida avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov takliflarini baholash yakuni boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan ishtirokchi elektron tanlov gʻolibi deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki va undan ortiq tanlov ishtirokchilari teng ball toʻplagan taqdirda buyurtmanomani oldinroq roʻyxatdan oʻtkazgan ishtirokchi gʻolib deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Elektron tanlov unda ishtirok etishga qoʻyilgan ikki yoki undan ortiq ishtirokchi mavjud boʻlgan taqdirda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Yagona elektron savdo maydonchasining ishlashida elektron tanlovni oʻtkazishga toʻsqinlik qiladigan texnik uzilish sodir boʻlgan hollarda, elektron tanlovni oʻtkazish sanasi va vaqti haqida elektron tanlov ishtirokchilarini majburiy xabardor qilgan holda elektron tanlov texnik uzilish bartaraf qilingan kundan keyingi kunda davom ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Elektron tanlov yakunlanganda operatorning veb-portalida avtomatik tarzda elektron tanlov gʻolibining nomi aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Elektron tanlov quyidagi hollarda oʻtkazilmagan deb eʼtirof etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bironta ariza beruvchi elektron tanlovda ishtirok etish uchun qoʻyilmagan boʻlsa, shu jumladan, unda ishtirok etish uchun bironta buyurtmanoma tushmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tanlovda ishtirok etish uchun faqat bitta ishtirokchi qoʻyilgan va u ushbu Nizomning 37-bandi uchinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda shartnoma tuzishni rad etsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 38-bandida nazarda tutilgan tartibda hududda jismoniy va yuridik shaxslarga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga buyurtmachi bilan shartnoma tuzish taklif etilgan elektron tanlov gʻolibi va tanlovning ikkinchi ishtirokchisi ushbu taklifni rad etsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Elektron tanlov oʻtkazilmagan deb eʼtirof etilganda bu haqdagi maʼlumot oʻtkazilmagan deb eʼtirof etishning sabablari koʻrsatilgan holda operatorning veb-portalida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir vaqtning oʻzida elektron tanlov oʻtkazilmagan deb eʼtirof etilganligi toʻgʻrisida buyurtmachiga maʼlumot yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Agar elektron tanlovda ishtirok etish uchun faqat bitta ishtirokchi qoʻyilgan boʻlsa, u elektron tanlov gʻolibi deb eʼtirof etiladi va ushbu Nizomning 35 va 36-bandlarida nazarda tutilgan tartibda elektron tanlov natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Hisob-kitob qilish va elektron tanlov natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomani rasmiylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Operator keyingi ish kunidan kechiktirmay:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tanlovda ishtirok etish uchun elektron tanlov gʻolibi tomonidan toʻlangan zakalat pulini buyurtmachining buyurtmada koʻrsatilgan bank hisob raqamiga oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus blankada elektron tanlov natijalari haqidagi bayonnomani (keyingi oʻrinlarda bayonnoma deb ataladi) rasmiylashtiradi, uni asosiy muhr bilan tasdiqlaydi va elektron nusxasini (skaner qilingan) elektron tanlov natijalari haqida xabardor qilgan holda belgilangan tartibda elektron tanlov gʻolibi hamda buyurtmachiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnomaning asl nusxasi elektron tanlov gʻolibi (yoki uning ishonchnoma boʻyicha vakili)ga imzo qoʻydirilgan holda topshiriladi (yoki elektron tanlov gʻolibining roziligiga koʻra pochta joʻnatmasi bilan yuboriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Elektron tanlov natijalari haqidagi bayonnomada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tanlov oʻtkazilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tanlov gʻolibi va elektron tanlovning boshqa ishtirokchilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hudud va u haqidagi maʼlumotlar tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlarini koʻrsatishga shartnoma tuzish hamda buyurtmachi tomonidan hududni elektron tanlov gʻolibiga biriktirish haqida qaror qabul qilish muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Elektron tanlov gʻolibi bayonnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida bayonnomani taqdim etgan holda jismoniy va yuridik shaxslarga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatishga shartnoma tuzish hamda unga hududni biriktirish toʻgʻrisidagi tegishli qarorni rasmiylashtirish uchun buyurtmachiga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi hududni elektron tanlov gʻolibiga biriktirish toʻgʻrisidagi qabul qilingan qarorning elektron (skaner qilingan) nusxasini qaror qabul qilinganidan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmay operatorga yuborishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar elektron tanlov gʻolibi bayonnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida buyurtmachini jismoniy va yuridik shaxslarga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatishga shartnoma tuzishni hamda hududni biriktirish toʻgʻrisidagi tegishli qarorni rasmiylashtirishni rad etish toʻgʻrisida xabardor qilsa (yozma) yoki murojaat qilmasa, u rad etgan deb hisoblanadi va buyurtmachi keyingi ish kunidan kechiktirmay bu haqida operatorga elektron tizim yordamida maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Operator, oʻz navbatida, elektron tanlov gʻolibining shartnoma tuzishni rad etganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni olganidan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmay jismoniy va yuridik shaxslarga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatishga buyurtmachi bilan shartnoma tuzish toʻgʻrisidagi taklif bilan tanlov ishtirokchilari orasida tanlov gʻolibidan keyin yuqori ball toʻplagan navbatdagi ishtirokchiga (agar ballar teng boʻlsa — arizani oldinroq berganga) (keyingi oʻrinlarda tanlovning ikkinchi ishtirokchisi deb yuritiladi) elektron xat yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, agar tanlovning ikkinchi ishtirokchisi besh ish kuni mobaynida ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq shakldagi va elektron raqamli imzo bilan imzolangan bildirishnomani operatorga yuborish orqali taklifni qabul qilganligini tasdiqlasa, u elektron tanlov gʻolibi deb eʼtirof etiladi va unga ushbu Nizomning 35 va 36-bandlarida nazarda tutilgan tartibda elektron tanlov natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlovning ikkinchi ishtirokchisi bayonnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida bayonnomaning asl nusxasini taqdim etgan holda jismoniy va yuridik shaxslarga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatishga shartnoma tuzish hamda unga hududni biriktirish toʻgʻrisidagi qarorni rasmiylashtirish uchun buyurtmachiga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Buyurtmachi hududni elektron tanlov gʻolibiga biriktirish toʻgʻrisida qabul qilingan qarorning elektron (skaner qilingan) nusxasini qaror qabul qilinganidan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmay operatorga yuborishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tanlovning ikkinchi ishtirokchisi taklif yuborilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida buyurtmachini jismoniy va yuridik shaxslarga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga shartnoma tuzishni hamda hududni biriktirish toʻgʻrisidagi tegishli qarorni rasmiylashtirishni rad etish toʻgʻrisida xabardor qilsa (yozma) yoki murojaat qilmasa, u rad etgan deb hisoblanadi va buyurtmachi keyingi ish kunidan kechiktirmay bu haqida operatorga elektron tizim yordamida maʼlum qiladi. Bunda elektron tanlov oʻtkazilmagan deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Zakalat pulini qaytarish tartibi va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Ushbu Nizomning 35 va 36-bandlarida nazarda tutilgan tartibda elektron tanlov natijalari toʻgʻrisida bayonnoma rasmiylashtirilgan tanlov ishtirokchilariga zakalat pullari qaytarilmaydi va mablagʻlarni elektron tanlovlarni oʻtkazish ishlarini tashkil etishga yoʻnaltirish uchun buyurtmachining bank hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Elektron tanlov yakunlanganidan yoki oʻtkazilmagan deb eʼtirof etilganidan soʻng zakalat puli quyidagi tarzda qaytariladi, ushbu Nizomning 40-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tanlovning ikkinchi ishtirokchisining hisobvaragʻiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 37-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda buyurtmachining hududni elektron tanlov gʻolibiga biriktirish toʻgʻrisidagi qarorining elektron (skaner qilingan) nusxasi olingan kundan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmay;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 39-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda — tanlovning ikkinchi ishtirokchisi rad etgan deb eʼtirof etilgandan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmay;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boshqa ishtirokchilarning hisobvaragʻlariga elektron tanlov yakunlangan yoki uni oʻtkazilmagan deb eʼtirof etilgan kunda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Ishtirokchining shaxsiy hisobvaragʻidagi pul mablagʻlari uning elektron tanlovda yoki boshqa savdolarda ishtirok etish istagi yoʻqligi va pul mablagʻlarini qaytarish toʻgʻrisidagi arizasiga asosan uning bank hisobvaragʻiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Hududlarni biriktirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Buyurtmachi elektron tanlov gʻolibi murojaat qilganidan soʻng uch ish kuni mobaynida va bayonnomaga asosan u bilan ushbu Nizomga 9-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga shartnoma tuzadi hamda shartnoma imzolangan kundan boshlab uch kun muddatda hududni elektron tanlov gʻolibiga 5 yilga biriktirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Agar elektron tanlov ushbu Nizomning 32-bandida nazarda tutilgan hollarga asosan oʻtkazilmagan deb eʼtirof etilgan taqdirda, buyurtmachi hududni elektron tanlov oʻtkazmasdan tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar “Toza hudud” yoki Toshkent shahar “Maxsustrans” davlat unitar korxonalariga biriktirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Elektron tanlov gʻoliblari buyurtmachi tomonidan ularga hududni biriktirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga kirishadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ariza beruvchining tanlov taklifida koʻrsatilgan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlov tariflarining miqdori qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Chiqindilarning hosil boʻlishi, toʻplanishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, koʻmilishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasi va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari apparatlaridagi hududiy inspeksiyalari, shuningdek shaharlar va tumanlarga biriktirilgan davlat inspektorlari maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha faoliyatning amalga oshirilishi ustidan doimiy tarzda davlat nazoratini amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish jadvalining bajarilishi, maxsus avtotransport vositasining belgilangan hududga oʻz vaqtida yetib kelishi va maishiy chiqindilarning olib ketilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish, shuningdek, hududlarni biriktirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sxemasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Mahalliy davlat hokimiyati organlari (keyingi oʻrinlarda buyurtmachi deb ataladi)
1. Tanlov hujjatlarini tayyorlash.
2. Tanlov hujjatlarini tasdiqlash.
3. “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK (keyingi oʻrinlarda operator deb ataladi) bilan elektron tanlovlarni oʻtkazish boʻyicha xizmat koʻrsatishga shartnoma tuzish.
4. Elektron tanlovlarni oʻtkazish uchun toʻlovni oʻtkazish.
5. Hududlarni elektron tanlovga qoʻyish uchun operatorga elektron buyurtma berish.
6. Elektron tanlov oʻtkazilishi haqida veb-saytga maʼlumot joylashtirish.
1. Zaruratga koʻra yoki hududni biriktirish muddatining yakunlanishidan 2 oy oldin.
2-3. Elektron tanlovni eʼlon qilish sanasiga qadar.
“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK
1. Elektron tanlov oʻtkazilishi haqida veb-portalga bildirishnoma joylashtirish.
2. Ariza beruvchilardan elektron buyurtmanomalarni qabul qilish.
1. Buyurtmachining elektron buyurtmasi qabul qilib olingan kundan soʻng 1 ish kuni mobaynida va elektron tanlov oʻtkazish kunidan kamida 30 kalendar kun oldin.
2. Bildirishnoma joylashtirilgan kundan boshlab elektron tanlovni oʻtkazish sanasidan ikki kun oldin (soat 13.00 da) yakunlanadi.
3-bosqich
Ariza beruvchi
1. Veb-portalda roʻyxatdan oʻtish.
2. Shaxsiy hisobvaraqni zakalat pulini oʻtkazishga talab etiladigan miqdordagi pul mablagʻlari bilan toʻldirish.
3. Ariza berish.
1-2. Elektron tanlovda ishtirok etish uchun ariza berish sanasiga qadar.
3. Bildirishnoma joylashtirilgan kundan boshlab va elektron tanlovni oʻtkazish sanasidan ikki kun oldin (soat 13.00 da) yakunlanadi.
4-bosqich
“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK
1. Dastur yordamida avtomatik tarzda bildirishnomalarni tekshirish.
2. Ariza beruvchini tekshirish va qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabardor qilish.
3. Ariza beruvchilarning tanlov takliflarini baholash va elektron tanlov gʻolibini aniqlash.
4. Elektron tanlov natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomani rasmiylashtirish, elektron tanlov gʻolibi va buyurtmachiga topshirish (yuborish).
5. Elektron tanlov gʻolibi tomonidan toʻlangan zakalat pulini buyurtmachining bank hisobvaragʻiga oʻtkazish.
1-2. Elektron tanlovda ishtirok etish uchun ariza qabul qilingan kunda, zudlik bilan.
3. Elektron tanlovni oʻtkazish uchun belgilangan kun va vaqtda.
4-5. Elektron tanlov yakunlanganidan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmay.
5-bosqich
Elektron tanlov gʻolibi
Bayonnomani taqdim etgan holda jismoniy va yuridik shaxslarga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatishga shartnoma tuzish hamda unga hududni biriktirish toʻgʻrisidagi tegishli qarorni rasmiylashtirish uchun buyurtmachiga murojaat qilish.
Bayonnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida.
6-bosqich
Mahalliy davlat hokimiyati organi
1. Tanlov gʻolibi bilan jismoniy va yuridik shaxslarga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatishga shartnoma tuzish;
2. Hududni elektron tanlov gʻolibiga biriktirish toʻgʻrisidagi tegishli qarorni qabul qilish.
1. Elektron tanlov gʻolibi murojaat qilgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida.
2. Shartnoma tuzilgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunaviy TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lavozimi boʻyicha
—
tuman (shahar) hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari — ishchi organ raisi
lavozimi boʻyicha
—
tuman (shahar) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat inspektori — ishchi organ raisi oʻrinbosari
lavozimi boʻyicha
—
tuman (shahar) moliya boʻlimi boshligʻi
lavozimi boʻyicha
—
tuman (shahar) sanitariya-epidemiologiya markazining bosh vrachi
lavozimi boʻyicha
—
tuman (shahar) uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi boshligʻi
lavozimi boʻyicha
—
tuman (shahar) tadbirkorlikka koʻmaklashish markazi boshligʻi
lavozimi boʻyicha
—
tuman (shahar) hokimligining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha masʼul xodim — ishchi organ kotibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: ishchi organ aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoxud zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Elektron tanlovga qoʻyilayotgan hudud pasporti
1. ________________________________________________________________________________________ viloyati 2. ______________________________________________________________________ tumani (qishloq va boshqalar) 3. Aholi soni — ____ ming kishi shu jumladan: — koʻp kvartirali uylarda — _________________ ming kishi — yakka tartibdagi turar joy sektorida — _________________ ming kishi 4. Yuridik shaxslar soni: — _________________ ta shundan: — budjet tashkilotlari — _________________ ta shu jumladan: — maktabgacha taʼlim muassasalari (tarbiyalanuvchilar soni) — _______ta (______kishi) — maktablar, kollejlar, oliy taʼlim muassasalari va boshqa oʻquv muassasalari — _______ta (______kishi) — shifoxonalar, sanatoriylar, pansionatlar, boshqa davolash-profilaktika muassasalari va h.k. — ________ta (______yotoq oʻrni) 5. Qattiq maishiy chiqindilar (QMCH)ning sutkalik toʻplanish hajmi*_________________ kg, _________________ m3 6. Bir kunda hududga toʻliq xizmat koʻrsatishni taʼminlab berish uchun talab etiladigan chiqindi tashish mashinalarining yuk tashish quvvati **______________ m3 7. Hududni elektron tanlov gʻolibiga biriktirish muddati _________________ yil 8. Bazaviy tarif***: — jismoniy shaxslarga QMCH toʻplash va olib chiqish xizmati koʻrsatishga ______ soʻm (bir oyda bir kishi uchun) — yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatishda ______ soʻm (1 m3 QMCH olib chiqish uchun) 9. Elektron tanlovga qoʻyilayotgan hududga kiruvchi fuqarolar yigʻini, koʻchalar, mavzelar va uylar roʻyxati:
a) koʻp kvartirali uylar: — raqamlari — №___, №___, №___, …; — aholi soni — ______ ming kishi; b) chiqindi toʻplash shoxobchalari soni ____ ta shu jumladan: naʼmunaviy (qoʻriqlanadigan) ____ ta; modulli (qoʻriqlanmaydigan) ____ ta; v) konteynerlar soni ____ ta; g) “signal” usulida xizmat koʻrsatiladigan yakka tartibdagi uylar: — raqamlari — №___, №___, №___, …; — aholi soni — ______ ming kishi.
2.
…
10. Quyidagilar: a) chiqindi toʻplash shoxobchalari boʻyicha: — ____ ta chiqindi toʻplash shoxobchalarini taʼmirlash; — ____ ta chiqindi toʻplash shoxobchalarini rekonstruksiya qilish; — ____ ta chiqindi toʻplash shoxobchalarini qurish; b) chiqindi toʻplash shoxobchalarini ____ ta konteynerlar bilan jihozlash talab etiladi.
II. Tanlov takliflarini baholash mezonlari
T/r
Mezonlar nomi
1.
Ishlab chiqarish bazasining mavjudligi (avtopark, garaj)
2.
Xizmat koʻrsatiladigan aholi sonidan kelib chiqqan holda chiqindi tashish mashinalarining yuk tashish quvvati
3.
Chiqindi tashish mashinalarining ishlab chiqarilgan yiliga qarab ulardan necha yil foydalanilganligi
4.
Abonentlar hisobini yuritish boʻyicha avtomatlashtirilgan tizimining mavjudligi
5.
Chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)ning mavjudligi
6.
Jismoniy shaxslarga QMCH toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga bazaviy tarifdan past tarif taklifi
7.
Yuridik shaxslarga QMCH toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga bazaviy tarifdan past tarif taklifi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* QMCHning sutkalik toʻplanish hajmi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
massa boʻyicha (Msum, kg):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Msum = N x Nm, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
N — aholining umumiy soni, kishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nm — yuridik shaxslardan hosil boʻladigan QMCHni hisobga olgan holda bir kishi uchun qabul qilingan oʻrtacha QMCHning toʻplanish meʼyori (Nm=1,17 kg/sutka);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hajm boʻyicha (Vsum, m3):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vsum = Msum / G, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
G — QMCHning qabul qilingan oʻrtacha solishtirma ogʻirligi (G=445 kg/m3).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Bir kunda hududga toʻliq xizmat koʻrsatishni taʼminlab berish uchun talab etiladigan chiqindi tashish mashinalarining yuk tashish quvvati quyidagi formula yordamida hisoblanadi (Rmex, m3):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rmex=Vsum / Kisn/ 2, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vsum — QMCHning sutkalik toʻplanish hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kfoy — parkdan foydalanish koeffitsiyenti (Kfoy=0,75);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 — chiqindi tashish mashinalarining bir kunlik oʻrtacha qatnov soni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** bazaviy tarif — chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan davlat unitar korxonalari uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha tasdiqlangan xizmatlar narxi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron tanlovda ishtirok etish uchun BUYURTMANOMA 1. ______________________________________________________________________________________________ (yuridik shaxsning toʻliq nomi)
STIR __________________________________ Davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami: ___________________________________________________________________ Joylashgan joyi (pochta manzili): ____________________________________________________________________ Elektron pochta manzili: ___________________________________________________________________________ Telefon va faks raqami (agar mavjud boʻlsa): __________________________________________________________,
(mamlakat va shahar kodini koʻrsatgan holda)
elektron tanlovni oʻtkazish haqidagi bildirishnomani va Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilishini tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (keyingi oʻrinlarda Nizom deb yuritiladi) bilan tanishib 20____ yil “___” _______da soat ______da __________ saytida boʻlib oʻtadigan elektron tanlovda qatnashish uchun ushbu buyurtmanomani qabul qilishingizni soʻraydi. Lot raqami: № ________________________ Lotning nomlanishi: _______________________________________________________________________________ 2. Ushbu bilan: a) ______________________________________________________________________________________________:
(yuridik shaxsning toʻliq nomi)
yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaga ega ekanligini; tanlov hujjatlariga muvofiq hududga toʻliq xizmat koʻrsatish uchun yuk tashish quvvatini taʼminlab beradigan, talab etiladigan miqdordagi texnik soz chiqindi tashish mashinalariga ega ekanligini; yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun amaldagi litsenziya va buyurtmanomada koʻrsatilgan har bir transport vositasi uchun litsenziya kartochkasiga ega ekanligini (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tashkil etilgan davlat unitar korxonalari va muassasalari bundan mustasno); tugatish, bankrot deb topish, yoki faoliyatini toʻxtatish jarayonida emasligini tasdiqlayman; b) quyidagilar toʻgʻrisida ogohlantirildi: ushbu buyurtmanomada koʻrsatilgan maʼlumotlar ishonchsizligi hollarida elektron tanlov natijalari haqiqiy emas deb eʼtirof etilishi va jismoniy va yuridik shaxslarga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatishga shartnomani bekor qilish hamda buyurtmachi tomonidan elektron tanlov natijalari boʻyicha hududni biriktirish toʻgʻrisida qabul qilingan qarorni bekor qilish yuzasidan qaror qabul qilishga asos boʻlishi mumkinligi; Shuningdek, elektron tanlov gʻolibi deb eʼtirof etilgan, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatishga shartnoma tuzishni rad etish yoki bosh tortish holatida oʻtkazilgan zakalat puli summasi qaytarilmaydi. 3. Elektron tanlovda qatnashishga ushbu buyurtmanomani taqdim qilib, Nizomdagi elektron tanlovni oʻtkazish shartlariga roziligimni tasdiqlayman. \ 4. Elektron tanlov gʻolibi deb eʼtirof etilgan taqdirda, buyurtmachining hududni elektron tanlov gʻolibiga biriktirish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmay maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilishini oʻz zimmamga olaman. 5. “E-IJRO AUKSION” YAESM operatori tomonidan yuborilgan barcha xatlarni quyidagi elektron pochta manzili orqali olishni rasman maʼlum qilaman ________________________________________________________________________________________________
(elektron pochta manzili)
“E-IJRO AUKSION” YAESM operatori tomonidan mazkur elektron pochta manziliga yuborilgan xatlar ular yuborilgan vaqtida rasman qabul qilib olingan deb hisoblanishini va “E-IJRO AUKSION” YAESM mazkur xatlarning oʻz vaqtida oʻqilmaganligining oqibatlari uchun javob bermasligini tasdiqlayman. 6. Zakalat puli summasini qaytarish uchun _____________________________________________________________________________ning bank rekvizitlari
7. Buyurtmanomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya nusxasi va tanlov takliflarida koʻrsatilgan har bir transport vositasiga va maxsus texnikaga litsenziya kartochkalari (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan davlat unitar korxonalari va muassasalari bundan mustasno); tanlov taklifida koʻrsatilgan har bir transport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma (texnik pasport, texnik talon) nusxasi; abonentlar hisobini yuritish boʻyicha avtomatlashtirilgan tizimining dasturiy taʼminotini joriy qilish va unga xizmat koʻrsatishga shartnoma nusxasi; chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)ni joriy qilish va unga xizmat koʻrsatishga shartnoma nusxasi; ishlab chiqarish bazasi (avtopark, garaj)ning ijara shartnomasi nusxasi (agar xususiy ishlab chiqarish bazasi mavjud boʻlmasa); qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda tasdiqlangan, maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlovlar tariflari (agar mavjud boʻlsa). ________________________________________________________________________________________________ Toʻldirilgan sana _______________________________________ Ariza beruvchining ERI __________________________________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov taklifi I. Ishlab chiqarish bazasining mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Ishlab chiqarish obyektining nomi
Ishlab chiqarish obyektining joylashgan joyi
Egallagan hudud maydoni
Ishlab chiqarish obyektining mol-mulki
Avtopark (garaj)
II. Chiqindi tashish mashinalarining yuk tashish quvvati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
T/r
Rusumi
Yuk koʻtarish quvvati (kg)
Parkdan foydalanish koeffitsiyenti hisobi bilan yuk koʻtarish quvvati (kg) (3-ustun x 0,75*)
Aholiga xizmat koʻrsatish quvvati (kishi) (4-ustun /1,17***x5-ustun)
1
2
3
4
5
6
7
1.
ISUZU
3000
2250
2
10
3 846
2.
MAN
6000
4500
2
20
7 692
…
Jami
30
11 538
III. Chiqindi tashish mashinalarining ishlab chiqarilgan yiliga qarab ulardan necha yil foydalanilganligi
T/r
Rusumi
Ishlab chiqarilgan yili
Davlat raqami
1.
2.
...
IV. Abonentlar hisobini yuritish boʻyicha avtomatlashtirilgan tizimning mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumot
T/r
Dasturiy taʼminotning nomi
Dasturiy taʼminot joriy qilingan sana
Dasturiy taʼminotni joriy qilish va unga xizmat koʻrsatishga shartnoma
shartnoma raqami va sanasi
shartnoma muddatining tugash sanasi
1.
2.
...
V. Chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)ning mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumot
T/r
Nazorat tizimining nomi
Nazorat tizimi joriy qilingan sana
Chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)ni joriy qilish va unga xizmat koʻrsatishga shartnoma
shartnoma raqami va sanasi
shartnoma muddatining tugash sanasi
1.
2.
VI. Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha taklif etilayotgan xizmatlar qiymati toʻgʻrisida maʼlumot
T/r
Tarif
Tarif miqdori
1.
Jismoniy shaxslarga qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmati koʻrsatishga (bir oyda bir kishi uchun)
______________ soʻm.
2.
Yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatishda 1 m3 qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 0,75 — parkdan foydalanish koeffitsiyenti (PFK);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** 445 — QMCHning qabul qilingan oʻrtacha solishtirma ogʻirligi (kg/m3);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** 1,17 — yuridik shaxslardan hosil boʻladigan QMCHni hisobga olgan holda bir kishi uchun qabul qilingan oʻrtacha QMCHning toʻplanish meʼyori (kg/sutka);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jadvalda keltirilgan raqamlar misol tariqasida koʻrsatilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov taklifining barcha bandlari boʻyicha toʻliq va batafsil maʼlumotlar taqdim etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron tanlovda ishtirok etishga buyurtmanomani chaqirib olish haqida bildirishnoma
________________________________________________________________________________________________ (yuridik shaxsning toʻliq nomi)
STIR _____________________
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami: ________________________________________________
Joylashgan joyi (pochta manzili): ____________________________________________________________________
Elektron pochta manzili: ____________________________________________________________________________
Telefon va faks raqami (agar mavjud boʻlsa): ___________________________________________________________,
(mamlakat va shahar kodini koʻrsatgan holda)
ushbu bildirishnoma bilan _____-son lot boʻyicha ____________ (elektron tanlov oʻtkazish sanasi) kuni oʻtkazish belgilangan elektron tanlovda ishtirok etishga bergan buyurtmanomani chaqirib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov takliflarini baholash mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Mezon nomi
Ballar
Jami
100
shu jumladan:
1.
Ishlab chiqarish bazasining mavjudligi (avtopark, garaj)*
20
2.
Xizmat koʻrsatiladigan aholi sonidan kelib chiqqan holda chiqindi tashish mashinalarining yuk tashish quvvati:
20
5000 kishiga qadar
5
5 001 kishidan 10 000 kishiga qadar
10
10 001 kishidan 20 000 kishiga qadar
15
20 000 kishidan ortiq
20
3.
Chiqindi tashish mashinalarining ishlab chiqarilgan yiliga bogʻliq ravishda ulardan necha yil foydalanilganligi**
30
3 yilgacha (3 yil ham qoʻshilgan holda)
30
3 yildan 5 yilgacha
25
5 yildan 10 yilgacha
15
10 yildan yuqori
10
4.
Abonentlar hisobini yuritish boʻyicha avtomatlashtirilgan tizimining mavjudligi
5
5.
Chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)ning mavjudligi
5
6.
Jismoniy shaxslarga QMCH toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga bazaviy tarifdan past tarif taklifi:
10
5 % gacha (5% ham qoʻshilgan holda)
2
5% dan 10 % gacha
4
10% dan 15 % gacha
8
15% dan yuqori
10
7.
Yuridik shaxslarga QMCH toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga bazaviy tarifdan past tarif taklifi:
10
5 % gacha (5% ham qoʻshilgan holda)
2
5% dan 10 % gacha
4
10% dan 15 % gacha
8
15% dan yuqori
10
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Xususiy ishlab chiqarish bazasi mavjud boʻlmagan taqdirda ishlab chiqarish bazasining ijara shartnomasi nusxasi taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Ishlab chiqarilgan yiliga bogʻliq ravishda har bir chiqindi tashish mashinasi boʻyicha aniqlangan ballar jamlanadi, soʻngra elektron tanlov ishtirokchisi tomonidan taklif etilgan chiqindi tashish mashinalari soniga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatishga buyurtmachi bilan shartnoma tuzish haqidagi taklif qabul qilinganligini tasdiqlash toʻgʻrisida bildirishnoma
________________________________________________________________________________________________ (yuridik shaxsning toʻliq nomi)
STIR _____________________
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami: ________________________________________________
Joylashgan joyi (pochta manzili): ____________________________________________________________________
Elektron pochta manzili: ____________________________________________________________________________
Telefon va faks raqami (agar mavjud boʻlsa): ___________________________________________________________,
(mamlakat va shahar kodini koʻrsatgan holda)
ushbu bildirishnoma bilan ____________ (elektron tanlov oʻtkazish sanasi) kuni oʻtkazilishi belgilangan elektron tanlovga qoʻyilgan, _____-son lot boʻyicha maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatishga buyurtmachi bilan shartnoma tuzish haqidagi taklif qabul qilinganligini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 9-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxslarga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatishga namunaviy shartnoma
nomidan nizom asosida faoliyat yurituvchi _______________________________________________________ hokimi
(viloyat, tuman, shahar)
_________________________________________________________, bundan buyon matnda “Buyurtmachi”deb ataluvchi
(F.I.O.)
bir tomondan va __________________________________________________________________________________
(yuridik shaxs — elektron tanlov gʻolibining toʻliq nomi)
nomidan __________________________________________ asosida faoliyat yurituvchi tashkilot rahbari (direktori)
(ustav, nizom)
___________________________________________________________, bundan buyon matnda “Ijrochi” deb ataluvchi,
(F.I.O.)
ikkinchi tomondan, birgalikda “Tomonlar” deb ataluvchilar, ushbu shartnomani Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20__ yil “___” __________dagi ______-son qarori bilan tasdiqlangan Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:
1. Shartnoma mavzusi
1.1. Buyurtmachi ushbu shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan ilovaga muvofiq hududni (keyingi oʻrinlarda hudud deb ataladi) maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun Ijrochiga biriktirib beradi. 1.2. Ijrochi oʻziga biriktirib berilgan hududda qonunchilikda va ushbu shartnomada belgilangan tartibda jismoniy va yuridik shaxslarga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish majburiyatini oladi.
2. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
2.1. Buyurtmachi quyidagilarga majbur: ushbu shartnoma imzolangan kundan boshlab uch kun muddatda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun hududni Ijrochiga biriktirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish va Ijrochi (yoki uning ishonchnoma boʻyicha vakili)ga imzo qoʻydirgan holda topshirish (yoki Ijrochining roziligiga koʻra pochta joʻnatmasi bilan yuboriladi); Ijrochiga biriktirilgan hududda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish faoliyatini amalga oshirishiga toʻsqinlik qilmaslik. 2.2. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega: Ijrochiga biriktirilgan hududda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish faoliyatini amalga oshirilishiga koʻmaklashish; Ijrochi tomonidan ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi monitoringi olib borilishi; Ijrochidan ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi bilan bogʻliq hujjatlar va materiallarni soʻrash. 2.3. Ijrochi quyidagilarga majbur: Buyurtmachining tegishli qarori qabul qilingan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida qonun hujjatlarida va ushbu shartnomada belgilangan tartibda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga kirishish; sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasini yaxshilashni amalga oshirish, shu jumladan:
Tadbir nomi
Soni (ta)
Bajarish muddatlari
Mavjud chiqindi toʻplash shoxobchalarini taʼmirlash
Mavjud chiqindi toʻplash shoxobchalarini rekonstruksiya qilish
Yangi chiqindi toʻplash shoxobchalarini qurish
Chiqindi toʻplash shoxobchalarini konteynerlar bilan jihozlash
chiqindi toʻplash shoxobchalarida va tutash hududda lozim darajadagi tozalikni taʼminlash; maishiy chiqindilarni mustaqil ravishda saralashni amalga oshirish; Ijrochining shartnoma boʻyicha huquqiy munosabatlaridagi huquqiy holatga taʼsir qiladigan barcha oʻzgarishlar toʻgʻrisida oʻzgarishlar roʻy bergan kundan boshlab 10 kundan kechikmay Buyurtmachiga xabar berish; ushbu shartnoma boʻyicha Ijrochi majburiyatlarining bajarilishi monitoringi olib borilishida Buyurtmachiga toʻsqinlik qilmaslik; 2.4. Ijrochi quyidagi huquqlarga ega: qonun hujjatlarida va ushbu shartnomada belgilangan tartibda, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan barcha usullarda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish; Buyurtmachidan ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrash.
3. Shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish
3.1. Shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish Tomonlarning roziligi boʻyicha amalga oshirilishi mumkin; 3.2. Buyurtmachi quyidagi hollarda shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqli: ushbu shartnomaning 2.3-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan majburiyatlarning Ijrochi tomonidan muddatida bajarilmasligi; jismoniy va yuridik shaxslardan, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan muntazam ravishda xizmatlar koʻrsatilmayotganligi va (yoki) lozim darajadagi sifatda boʻlmagan xizmatlar koʻrsatilayotganligini tasdiqlovchi shikoyatlar tushishi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hududiy organlarining Ijrochi tomonidan xizmatlar koʻrsatilmayotganligini va (yoki) lozim darajadagi sifatda boʻlmagan xizmatlar koʻrsatilayotganligini tasdiqlovchi tegishli materiallari talab etiladi. elektron tanlov gʻolibining “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi va Buyurtmachining veb-saytiga joylashtirilgan bildirishnomada koʻrsatilgan, majburiy talablar va cheklovlarga mos kelmasligi aniqlanganda; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa asoslar boʻyicha. 3.3. Ijrochi ushbu shartnomaning 2.1-bandida nazarda tutilgan majburiyatlar Buyurtmachi tomonidan bajarilmagan hollarda shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqli. 3.4. Quyidagi hollarda shartnomani bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yoʻl qoʻyiladi: Ijrochining faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻxtatilishi yoki toʻxtatib qoʻyilishi; oʻz faoliyatini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida faoliyatning toʻxtatilishi kutilayotgan sanadan 3 oy oldin Buyurtmachini xabardor qilgan holda Ijrochining tashabbusi bilan. 3.5. Ushbu shartnomani bekor qilish tashabbusi bilan chiqqan Tomon ikkinchi tomonga yozma bildirishnoma yuboradi.
4. Nizolarni hal qilish tartibi
4.1. Ushbu shartnoma doirasida kelib chiqadigan nizolar Tomonlarning oʻzaro kelishuvi boʻyicha hal etiladi. Kelishuv bilan hal etilmagan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud orqali hal etiladi.
5. Shartnomaning amal qilish muddati
5.1. Ushbu shartnoma imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi va 20___ yil “____”_________gacha amal qiladi.
6. Yakunlovchi qoidalar
6.1. Shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish Tomonlarning ikki tomonlama yozma roziligi boʻyicha amalga oshiriladi. Kelishuvga erishilmagan taqdirda shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 6.2. Ushbu shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ikki asl nusxada tuzildi. Bir nusxasi Buyurtmachida, ikkinchisi — Ijrochida saqlanadi.
a) koʻp kvartirali uylar: — raqamlari — №___, №___, №___, …; — aholi soni — ______ ming kishi; b) chiqindi toʻplash shoxobchalari soni ____ ta shu jumladan: naʼmunaviy (qoʻriqlanadigan) ____ ta; modulli (qoʻriqlanmaydigan) ____ ta; v) konteynerlar soni ____ ta; g) “signal” usulida xizmat koʻrsatiladigan yakka tartibdagi uylar: — raqamlari — №___, №___, №___, …; — aholi soni — ______ ming kishi.
a) koʻp kvartirali uylar: — raqamlari — №___, №___, №___, …; — aholi soni — ______ ming kishi; b) chiqindi toʻplash shoxobchalari soni ____ ta shu jumladan: naʼmunaviy (qoʻriqlanadigan) ____ ta; modulli (qoʻriqlanmaydigan) ____ ta; v) konteynerlar soni ____ ta; g) “signal” usulida xizmat koʻrsatiladigan yakka tartibdagi uylar: — raqamlari — №___, №___, №___, …; — aholi soni — ______ ming kishi.
…
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: roʻyxatga biriktirilgan hududga xos va zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-sentabrdagi 765-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun xizmatlar koʻrsatish boʻyicha namunaviy ommaviy shartnoma ______-son shartnoma
20__ yil “___” _________________ _____-son Ushbu Ommaviy shartnoma (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 358-moddasi talablariga muvofiq tuzilgan va jismoniy shaxslarga qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish tartibini, shuningdek, _______________________________________________________________________________ , bundan buyon matnda
(tashkilot nomi)
“Ijrochi” deb ataluvchi nomidan ustav asosida faoliyat yurituvchi tashkilot rahbari (direktori) _______________________________________________________________________________ va ushbu shartnomani
(F.I.O.)
tuzish toʻgʻrisidagi ommaviy taklif (oferta)ni qabul qilgan (akseptlagan) turar joy mulkdori (ijaraga, arendaga oluvchi), bundan buyon matnda “Isteʼmolchi” deb ataluvchi (keyingi oʻrinlarda Tomonlar deb yuritiladi) oʻrtasidagi oʻzaro huquq va majburiyatlar hamda munosabatlar tartibini belgilaydi.
1. Mazkur shartnomada qoʻllanilgan asosiy tushunchalar:
qattiq maishiy chiqindilar — jismoniy shaxslarning hayoti va faoliyati hamda yuridik shaxslarning faoliyati natijasida hosil boʻluvchi organik va noorganik chiqindilar, shuningdek, ular hududida va obodonlashtirish obyektlaridagi tabiiy jarayonlar natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar (oziq-ovqat va oʻsimlik chiqindilari, toʻqimachilik mahsulotlari, oʻrash-joylash (qadoqlash) materiallari, shisha, rezina, qogʻoz, plastmassa, yogʻoch chiqindilari, oʻzining foydalanish xususiyatlarini yoʻqotgan uy-roʻzgʻor buyumlari, supurindi, shuningdek, qattiq yoqilgʻida ishlovchi maishiy pechkalar va isitish bugʻ qozonlaridan foydalanish natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar); suyuq maishiy chiqindilar — jismoniy shaxslarning hayoti va faoliyati hamda yuridik shaxslarning faoliyati natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar (oqova suvlar, chiqindi toʻkiladigan oʻralar va septiklarda yigʻilgan turli xil suyuq chiqindilar, ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻladigan yuvindi chiqindilari, markazlashtirilmagan kanalizatsiyaning najas chiqindilari); qurilish chiqindilari — uylar, maʼmuriy bino, koʻp kvartirali uy kvartiralarini qurishda, rekonstruksiya qilishda, taʼmirlashda va buzishda hosil boʻladigan chiqindilar; “signal” usuli — chiqindi tashish texnikasi bilan aholi yashash punktlarini aylanib chiqib, signal berish yoʻli bilan Isteʼmolchilarni xabardor qilish orqali yakka tartibdagi turar joy sektoridagi qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish.
2. Shartnoma mavzusi
1. Quyidagilar shartnoma mavzusi hisoblanadi: a) Ijrochi tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash uchun maxsus ajratilgan maydonlar (chiqindi toʻplash shoxobchalari)dan va yakka tartibdagi turar joy sektoridan “signal” usulida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha pullik xizmatlar koʻrsatish; b) Isteʼmolchi tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar haqini toʻlanishi. 2. Yirik gabaritli maishiy chiqindilar va qurilish chiqindilari, chorvachilik, shuningdek, daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishdan hosil boʻladigan chiqindilar va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish Isteʼmolchilarning buyurtmanomasi asosida alohida toʻlov evaziga amalga oshiriladi.
3. Isteʼmolchining huquq va majburiyatlari
3. Isteʼmolchi quyidagi huquqlarga ega: shartnomaga muvofiq zarur koʻlamda, belgilangan sifatda, uning hayoti va salomatligi uchun xavfsiz boʻlgan, mulkiga zarar yetkazmaydigan xizmatlardan foydalanish; Ijrochidan xizmat koʻrsatishning amaldagi tartibi, talablari, qoidalari va oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi, shuningdek, qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar tariflari toʻgʻrisida maʼlumot olish; Ijrochi tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqishning minimal davriyligiga rioya etilishini talab qilish: chiqindi toʻplash shoxobchalaridan — bir kunda bir marotaba va yakka tartibdagi turar joy sektoridan “signal” usulida — uch kunda bir marotaba; oʻn ikki oydan ortiq boʻlmagan davr uchun oldindan haq toʻlash, keyinchalik tegishli tariflar oshganda qaytadan hisob-kitob qilmaslik; Ijrochi tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvaliga rioya qilinmagan hollarda Ijrochining operativ tartibda qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish choralarini koʻrishi lozim boʻlgan dispetcherlik xizmatiga _______________ telefon raqami orqali buyurtmanoma berish; Ijrochi tomonidan shartnoma majburiyatlari sifatsiz bajarilgan hollarda Ijrochiga yozma, elektron yoki ogʻzaki shaklda shikoyat qilish va Ijrochidan xizmatlar toʻliq koʻrsatilmaganligi yoki tegishlicha boʻlmagan sifatdagi xizmatlar koʻrsatilganligi holatini tasdiqlovchi dalolatnomani tuzishni, shuningdek, aniqlangan kamchiliklarning belgilangan muddatlarda bartaraf etilishini talab qilish; xizmatlar koʻrsatilayotganda Ijrochi aybi bilan yuzaga kelgan kamchiliklarning bepul bartaraf etilishini va penya toʻlanishini talab qilish; doimiy yashash joyida vaqtincha boʻlmaganligining hujjatlar bilan tasdiqlangan davr yoki shartnomada belgilangan tartibda xizmatlar koʻrsatilmagan davr uchun qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlarga haq toʻlash majburiyatlaridan toʻliq ozod boʻlish; qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha sifatsiz xizmat koʻrsatilganligi sababli, agar Ijrochi oʻz vaqtida shartnomani bajarishga kirishmasa yoki sifatsiz xizmat koʻrsatsa, zararlar undirilishini talab qilib sudga murojaat qilish. Isteʼmolchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. 4. Isteʼmolchi quyidagilarga majbur: qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni ushbu shartnomada belgilangan muddatlarda oʻz vaqtida va toʻliq miqdorda toʻlash; konteynerda toʻplash tizimida — chiqindi toʻplash shoxobchalarida chiqindilarni joylashtirishda chiqindilarni konteynerlarga tashlash; toʻplashning “signal” usulida — qattiq maishiy chiqindilarni oʻz uylarida saqlash va Ijrochining qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish jadvali boʻyicha yetib kelgan maxsus avtotransport vositasiga joylashtirish; qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarga va obyektlarga tashlamaslik hamda joylashtirmaslik (koʻchalarga, suv yoʻllariga, ariq va qattiq hamda suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va koʻmish uchun belgilanmagan boshqa joylarga, shu jumladan, avtotransport vositalaridan ularning toʻxtashi, toʻxtab turishi yoki harakatlanishi vaqtida); qattiq maishiy chiqindilarni ularni joylashtirish obyektlarida (idishlar, yer oʻralari va hokazolar), tashkilot hududida, dalalarda va aholi yashash punktlarida yoqmaslik; koʻp kvartirali uyning umumiy foydalanishdagi joylarida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va saqlash joylari tashkil etilishiga yoʻl qoʻymaslik; qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni maxsus avtotransport vositasiga ortish uchun Ijrochining ortish joyiga bemalol oʻtishini taʼminlash; chiqindi toʻplash konteynerlari, chiqindi toʻplash shoxobchalari, chiqindi toʻplash kameralari va boshqa uskunalarning nosozliklari aniqlanganda Ijrochini d?rhol xabardor ?ilish; oʻzlarining mulki boʻlgan koʻp kvartirali va yakka tartibdagi uylarda propiska qilingan (shu jumladan, vaqtincha propiska qilingan) yoki haqiqatda istiqomat qiluvchi shaxslar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻzgarganligi toʻgʻrisida Ijrochini oʻn ish kuni mobaynida xabardor qilish; yirik gabaritli maishiy chiqindilar va qurilish chiqindilari, chorvachilik, shuningdek daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishdan hosil boʻladigan chiqindilarni xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, professional boshqaruv tashkilotlari tomonidan belgilangan, vaqtinchalik maxsus ajratilgan joylarga joylashtirish va ular chiqindi toʻplash shoxobchalaridagi konteynerlarga tashlanishiga yoʻl qoʻymaslik; Isteʼmolchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
4. Ijrochining huquq va majburiyatlari
5. Ijrochi quyidagi huquqlarga ega: xizmatlar uchun toʻlovlarni Isteʼmolchidan oʻz vaqtida va toʻliq hajmda olish hamda toʻlovlarni toʻlash muddatlari buzilgan hollarda shartnomada nazarda tutilgan choralarni koʻrish; Isteʼmolchiga qarzdorlik toʻgʻrisida ogohlantirish xati yuborish (shaxsan, pochta aloqasi vositalari orqali); Isteʼmolchilardan va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan, shuningdek, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlaridan koʻp kvartirali va yakka tartibdagi uylarda propiska qilingan (shu jumladan, vaqtincha propiska qilingan) va haqiqatda istiqomat qilayotgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soʻrash va olish; yirik gabaritli, qurilish chiqindilari va boshqa chiqindilarni alohida toʻlov evaziga olib chiqish boʻyicha qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish; daʼvo muddati doirasida Isteʼmolchilardan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun qarzdorliklarni undirish choralarini qoʻllash, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda penya undirish; qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni undirish boʻyicha sudga daʼvolar taqdim qilish. Ijrochi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. 6. Ijrochi quyidagilarga majbur: oʻziga biriktirilgan hududda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan kelishilgan jadvalga muvofiq belgilangan tartibda qattiq maishiy chiqindilar muntazam olib chiqib ketilishini amalga oshirish; qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqishning minimal davriyligiga rioya etish: chiqindi toʻplash shoxobchalaridan — bir kunda bir marotaba va yakka tartibdagi turar joy sektoridan “signal” usulida — uch kunda bir marotaba; Isteʼmolchilarga qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish boʻyicha qonun hujjatlari va ushbu shartnoma talablariga muvofiq zarur sifatdagi xizmatlarni koʻrsatish; Ijrochi tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvaliga rioya qilinmagan hollarda Isteʼmolchilarning dispetcherlik xizmatiga tushgan buyurtmanomalarini operativ tartibda bajarish; qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar uchun elektron toʻlov tizimini joriy etish; Isteʼmolchilarning maʼlumotlar bazasini yuritish va muntazam ravishda yangilab borish; qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning rejimi va sifati boʻyicha Isteʼmolchilarning murojaatlari, shuningdek, ularning ijrosi hisobini olib borish; aholining toʻliq qamrab olinishini taʼminlovchi va qonun hujjatlari talablariga muvofiq zarur miqdordagi chiqindi toʻplash shoxobchalarining qurilishini amalga oshirish; chiqindi toʻplash shoxobchalarining holatini nazorat qilib borish va ularning tegishli holatda saqlanishini taʼminlash; chiqindi toʻplash shoxobchalarini qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash uchun zarur miqdordagi konteynerlar bilan jihozlanishini taʼminlash; chiqindi toʻplash shoxobchalari va transport vositalarining zarur tarzdagi sanitariya holatini taʼminlash; chiqindi toʻplash shoxobchalarini joriy va kapital taʼmirlashni amalga oshirish; fuqarolarning hayoti va salomatligi, atrof muhit uchun xavfli boʻlgan bakteriyalarning va boshqa zararli moddalarning rivojlanishiga, chiqindilarning koʻplab toʻplanib qolishiga qarshi rejali ishlarni olib borish (konteyner va chiqindi toʻplash shoxobchalarini dezinfeksiyalash yoki yuvib turish yoʻli bilan va shu kabilar); qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning tartibi va tariflarining oʻzgarganligi toʻgʻrisida ushbu tariflar kuchga kirishidan oʻn besh kun avval Ijrochining stendida, eʼlonlar taxtasida eʼlonlar osish yoʻli bilan, shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali Isteʼmolchini xabardor qilish; Isteʼmolchilarga ularning soʻroviga asosan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning amaldagi tartibi, talablari, qoidalari va xizmatlar koʻrsatish tartibining, shuningdek, tariflarining oʻzgarganligi toʻgʻrisida bepul maʼlum qilish, shuningdek, qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlovlar hisob-kitobining holati, koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikning mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Isteʼmolchiga bepul taqdim etish; qattiq va suyuq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishda buzilgan yer uchastkalarini qayta tiklash ishlarini amalga oshirish; Ijrochining stendida, eʼlonlar taxtasida koʻrsatilayotgan xizmatlar, ularning amaldagi tariflari, toʻlov shartlari, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish jadvali, mazkur shartnoma, kvitansiyalar va boshqa toʻlov hujjatlarining namunalarini joylashtirish; Isteʼmolchiga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va yangi kamchiliklarning oldini olish choralarini koʻrish; maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq maʼlumotlar va buxgalteriya hujjatlari besh yil mobaynida but holatda saqlanishini taʼminlash. Ijrochi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
5. Hisob-kitob qilish tartibi va shartlari
7. Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlovlar majburiy hisoblanadi. 8. Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar tasdiqlangan tariflarga asosan toʻlov amalga oshirilayotgan, xizmat koʻrsatilgan oydan keyingi oyning oʻninchi sanasidan kechikmay amalga oshiriladi. Bunda, yirik gabaritli maishiy chiqindilar va qurilish chiqindilari, suyuq maishiy chiqindilar, chorvachilik, shuningdek, daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishdan hosil boʻladigan chiqindilarni olib chiqish boʻyicha alohida xizmatlar uchun umumiy xizmat narxining 15 foizi miqdorida boʻnak toʻlovi undiriladi. Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlov jismoniy shaxslarning ixtiyoriga koʻra cheklanmagan holda tijorat banklari va toʻlovlarni qabul qilish kassalari, elektron toʻlov tizimi, shuningdek, yollanma kassirlar (koʻchma kassalar) orqali naqd hamda naqdsiz shaklda amalga oshiriladi. 9. Toʻlovlarni hisoblash, maishiy chiqindilarni olib chiqish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlovni amalga oshirish davrida amalda boʻlgan tarif boʻyicha koʻp kvartirali va yakka tartibdagi uylarda propiska qilingan (shu jumladan, vaqtincha propiska qilingan) yoki istiqomat qilayotgan shaxslar sonidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni (yirik gabaritli maishiy chiqindilar va qurilish chiqindilari, chorvachilik, shuningdek, daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishdan hosil boʻladigan chiqindilar bundan mustasno) olib chiqish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlov tariflari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi. 10. Isteʼmolchilar boʻnak tariqasida toʻlangan toʻlovlar uchun, ushbu davrda tegishli tariflar oshgan taqdirda, toʻlov amalga oshirilgan sanadan oʻn ikki oydan oshmaydigan davrga qayta hisob-kitob qilishdan ozod etiladilar. 11. Ijrochi qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlovlarning qayta hisob-kitobini quyidagi hollarda tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda amalga oshiradi: hisob-kitob qilish vaqtida arifmetik xatoga yoʻl qoʻyilganda; Isteʼmolchiga xizmat koʻrsatilmagan yoki tegishli sifatda boʻlmagan xizmatlar koʻrsatilganda; jismoniy shaxslar doimiy yashash joyida vaqtincha boʻlmaganda; propiska qilingan (shu jumladan, vaqtincha propiska qilingan) yoki istiqomat qiluvchi shaxslar toʻgʻrisida Ijrochi oʻz vaqtida xabardor qilinmagan shaxslar aniqlanganda. 12. Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha tegishli boʻlmagan sifatdagi xizmatlar koʻrsatilganda yoki xizmat koʻrsatilmagan taqdirda Isteʼmolchi tegishli davr uchun toʻlovlardan ozod etiladi. 13. Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilmagan yoki tegishli boʻlmagan sifatdagi xizmatlar koʻrsatilganligi holati aniqlangan hollarda manfaatdor shaxslar tomonidan Isteʼmolchi, Ijrochining vakili, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati vakili tomonidan imzolanadigan, xizmatlar koʻrsatilmaganligi yoki tegishlicha boʻlmagan sifatdagi xizmatlar koʻrsatilganligi holatini tasdiqlovchi dalolatnoma tuziladi. Xizmatlar koʻrsatilmaganligi yoki tegishlicha boʻlmagan sifatdagi xizmatlar koʻrsatilganligi toʻgʻrisida tuzilgan dalolatnoma qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlovlar miqdorini qayta hisob-kitob qilish, shuningdek oʻz majburiyatlarini buzganligi uchun Ijrochining penya toʻlashi uchun asos hisoblanadi. Ijrochi tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar bilan bogʻliq ravishda Isteʼmolchiga yoki uning mol-mulkiga zarar yetkazilgan taqdirda, Isteʼmolchi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda yetkazilgan zarar holati qayd etilgan dalolatnoma tuziladi. Dalolatnoma Isteʼmolchining imzosi, Ijrochi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati vakillarining imzolari boʻlgandagina haqiqiy hisoblanadi. Ijrochining vakili kelmagan taqdirda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati vakilining imzosi yetarli hisoblanadi. Ijrochining vakili dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda u ushbu dalolatnomaga imzo qoʻyishdan bosh tortganlik sabablarini yozma ravishda asoslashi shart. Aks holda Isteʼmolchi maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlovlarni sud qarori qabul qilinguniga qadar toʻxtatishga haqlidir. Mulk egalari tomonidan Ijrochiga koʻp kvartirali va yakka tartibdagi uylarda haqiqatda istiqomat qilayotgan shaxslar yoʻqligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlov undirilmaydi.
6. Isteʼmolchining javobgarligi
14. Isteʼmolchi quyidagilar uchun javob beradi: shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik yoki zarur darajada bajarmaslik; qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirmaslik; oʻzlarining mulki boʻlgan koʻp kvartirali va yakka tartibdagi uylarda propiska qilingan (shu jumladan, vaqtincha propiska qilingan) yoki haqiqatda istiqomat qiluvchi shaxslar soni oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning notoʻgʻriligi va ularni oʻz vaqtida taqdim etmaslik. 15. Propiska qilingan (shu jumladan, vaqtincha propiska qilingan) yoki istiqomat qiluvchi shaxslar toʻgʻrisida Ijrochi oʻz vaqtida xabardor qilinmagan shaxslar aniqlanganda, tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan (fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan yashash yoki vaqtincha turar joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar), propiska qilingan (shu jumladan, vaqtincha propiska qilingan) yoki haqiqatda yashab kelayotgan davrdan boshlab amaldagi tariflar boʻyicha qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlarning toʻliq hisob-kitobi amalga oshiriladi. Tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda — oʻtgan 3 oy uchun hisob-kitob qilinadi. 16. Mablagʻlar oʻz vaqtida oʻtkazilmagan taqdirda muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun qarzdorlik summasining 0,1 foizi miqdorida, biroq qarzdorlik umumiy summasining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda penya undiriladi.
7. Ijrochining javobgarligi
17. Ijrochi quyidagilar uchun javob beradi: shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik yoki zarur tarzda bajarmaslik; maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar muddatining va ushbu xizmatlar koʻrsatilayotganda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish muddatlarining buzilishi; xizmat koʻrsatmaslik yoki sifatsiz koʻrsatilgan xizmatlar natijasida Isteʼmolchining hayoti, salomatligi va mulkiga yetkazilgan zarar. 18. Isteʼmolchiga xizmat koʻrsatilmagan yoki tegishli sifatda boʻlmagan xizmatlar koʻrsatilgan taqdirda Ijrochi Isteʼmolchiga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun xizmat qiymatining 0,1 foizi miqdorida, biroq umumiy xizmat qiymatining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda penya toʻlaydi.
8. Shartnomaning amal qilish muddati
19. Shartnoma ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. 20. Shartnoma Isteʼmolchi tomonidan ommaviy taklif (oferta) qabul qilgan (akseptlagan) paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi. Isteʼmolchi tomonidan ushbu shartnomada koʻrsatilgan shartlarni bajarish yuzasidan qilingan harakatlar (chiqindi toʻplash shoxobchalarida chiqindilarni joylashtirishda, chiqindilarni konteynerlarga tashlash yoki Ijrochining maxsus avtotransport vositasiga joylashtirish, koʻrsatilgan xizmatlar uchun tegishli summani toʻlash va shu kabilar) aksept hisoblanadi. 21. Shartnoma nusxalari u kuchga kirgan sanadan boshlab bir kun mobaynida xizmat koʻrsatiladigan hududdagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga yuboriladi (shaxsan imzo qoʻydirilgan holda yoki taqdim etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta orqali). 22. Shartnoma nomuayyan muddatga tuziladi.
9. Nizolarni hal qilish
23. Tomonlar oʻrtasidagi kelishmovchiliklar boʻyicha nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.