Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari hududida joylashgan, bino va inshootlarini (uskunalaridan tashqari) investitsiyalar kiritish hamda 5 yil muddatga boʻlib toʻlash sharti bilan baholash qiymatida sotish taklif etilayotgan paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlash punktlarining roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-son Farmoniga muvofiq hamda paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi hududida joylashgan paxta tozalash korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan yanada samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 253-son qarori bilan tasdiqlangan Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari hududida joylashgan, bino va inshootlarini (uskunalaridan tashqari) investitsiyalar kiritish hamda 5 yil muddatga boʻlib toʻlash sharti bilan baholash qiymatida sotish taklif etilayotgan paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlash punktlarining roʻyxatida:
a) “Paxta tozalash korxonalari” ustunining 1 va 2-pozitsiyalaridagi “–” belgisi “1” raqami bilan almashtirilsin;
b) “Jami” pozitsiyasidagi “13” raqami “15” raqami bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov va “Oʻzpaxtasanoat” AJ boshqaruvi raisi A.I. Maksudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 25-sentabr,
760-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/760/1959-son)