11.02.1992 yildagi 60-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOSHKENT SHAHAR SOBIR RAHIMOV NOHIYASIDAGI OLIY OʻQUV YURTLARI SHAHARCHASI HUDUDIDA TALABALARNING OʻZINI OʻZI BOSHQARISH HUDUDIY ORGANLARINI TUZISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabalar va oʻquvchi yoshlarning ijtimoiy himoyalanganligini kuchaytirish, ularning moddiy taʼminotini yaxshilash, yashash sharoitlarini, tibbiy va savdo xizmati koʻrsatishni, madaniy hordiq chiqarishni tashkil etishni yaxshilash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, talabalarning oʻzini oʻzi boshqaruvida demokratik asoslarni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent shahar hokimining mustaqil maʼmuriy-hududiy birlik sifatida, Toshkent shahar hududiy tuzilmasiga tegishli oʻzgartishlar kiritgan holda, Sobir Rahimov nohiyasi tarkibida “Yoshlik” talabalar shaharchasini (Oliy oʻquv yurtlari shaharchasini) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent shahar hokimi belgilangan tartibda “Yoshlik” talabalar shaharchasi chegarasini aniqlab chiqsin, talabalarning oʻzini oʻzi boshqaruvi tuzilishini va uning toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent shahar hokimi 1992-yilning 1-martiga qadar talabalarning oʻzini oʻzi boshqarish apparati uchun zarur xizmat xonalarini ajratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1992-yildan boshlab Toshkent shahar hokimiga “Yoshlik” talabalar shaharchasi boshqaruvining 23,5 xodimi oʻrnini saqlash uchun zarur mablagʻ ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qoʻmitasi, Moddiy texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi 1992-1994-yillarda talabalar shaharchasi infrastrukturasini rivojlantirish uchun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga moddiy-texnika resurslari ajratishni nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshkent shahar hokimining farmoyishi bilan 1992-yil 5-fevralda Toshkent shahar talabalarining oʻzaro yordam va tadbirkorlik konserni tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalliy sanoat vazirligi, “Oʻzmaishmarkaz” mazkur konsernga “Yoshlik” talabalar shaharchasida talabalar va oʻquvchi yoshlarni oʻqishdan boʻsh boʻlgan vaqtlarida turli xil ishlarni bajarishga jalb etish uchun mehnatni tashkil etish va mehnatga haq toʻlashning ilgʻor usullarini qoʻllagan holda kichik korxonalar, sexlar va filiallarni tashkil etishga yordam koʻrsatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimi talabalar oʻzini oʻzi boshqaruvi organlari bilan birgalikda “Yoshlik” talabalar shaharchasi hududida sport-sogʻlomlashtirish bandlarini va maydonchalarini, teatr-tomosha va madaniy-maʼrifiy muassasalarni, ularning ishini yoshlar uchun qulay boʻlgan vaqtlarda tashkil etgan holda, rivojlantirish dasturini amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzmaishmarkaz” 1992-yilning 1-apreliga qadar talabalar shaharchasi hududida Toshkent shahar hokimi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining takliflariga muvofiq qoʻshimcha ravishda sogʻliqni saqlash, maishiy xizmat koʻrsatish muassasalarini ochsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent shahar hokimi bilan birgalikda 1992-yilning 25-fevraliga qadar talabalar shaharchasi hududida savdo maydonlarini kengaytirish, oshxonalarda oʻrinlar sonini koʻpaytirish boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrsinlar, talabalar va oʻquvchi yoshlarni kundalik tovarlar bilan taʼminlashni tubdan qayta koʻrib chiqsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Toshkent shahar hokimi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, respublikaning boshqa manfaatdor vazirliklari va idoralari bilan birgalikda hamda oliy oʻquv yurtlari rektoratlari, talabalarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari ishtirokida uch oy muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga “Yoshlik” talabalar shaharchasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish ijtimoiy rivojlanish, Fan va madaniyat kompleksiga, umumiqtisodiyot kompleksiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 11-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60-son