10.08.2018 yildagi 646-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 11.08.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berishning samarali tizimini yaratish, huquqiy asoslarini aniqlash va ushbu sohada yagona tashkiliy-texnik talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-yilda respublikada neft, neft mahsulotlari, tabiiy gaz va suyultirilgan gaz ishlab chiqarilishi va isteʼmol qilinishi toʻgʻrisida” 2017-yil 26-yanvardagi PQ-2745-son qaroriga muvofiq “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan suyultirilgan uglevodorod gazi ishlab chiqarish hajmlarini yiliga 200,0 ming tonnaga koʻpaytirishga yoʻnaltirilgan investitsiya loyihalari amalga oshirilayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Vazirlar Mahkamasining “Aholiga kundalik hayotda isteʼmol qilish uchun sotiladigan suyultirilgan gazning respublika boʻyicha yagona chakana narxini bosqichma-bosqich joriy etish toʻgʻrisida” 2017-yil 29-dekabrdagi 1033-son qarori bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-avgustdan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olgan holda aholiga kundalik hayotda isteʼmol qilish uchun “Oʻztransgaz” AJ va/yoki uning hududiy gaz taʼminoti filiallari orqali 1 kilogramm suyultirilgan gaz sotishning yagona chakana narxi belgilanganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kundalik hayotda isteʼmol qilishga aholi uchun 1 kilogramm suyultirilgan gazning chakana narxi aholiga sotiladigan tabiiy gaz narxining oʻzgarishiga mutanosib ravishda oʻzgarishi tartibi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekneftgaz” AJning — suyultirilgan uglevodorod gazi isteʼmol qiladigan ijtimoiy soha obyektlariga aholiga belgilangan narxlarda 2-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekneftgaz” AJning — 2018-yilda 3-ilovaga muvofiq jadval boʻyicha maishiy gaz ballonlarini tayyorlash hamda respublika aholisi va ijtimoiy soha obyektlariga yetkazib berish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Oʻzbekneftgaz” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda 2018-yilgi suyultirilgan uglevodorod gazini ishlab chiqarish va sotish balanslari koʻrsatkichlarining choraklik va oylik bajarilishi jadvaliga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kundalik hayotda isteʼmol qilish uchun aholi va ijtimoiy soha obyektlariga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish belgilangan narxlarda “Oʻztransgaz” AJ va/yoki uning hududiy gaz taʼminoti filiallari orqali amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suyultirilgan uglevodorod gazi bilan taʼminlash uni aholi va ijtimoiy soha obyektlarigacha yoki olis hududlarda joylashgan hududiy gaz taʼminoti hududiy filiallarining maishiy gaz ballonlarini almashtirish punktlari orqali yetkazib berish yoʻli bilan amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl transportida tashiladigan suyultirilgan uglevodorod gazini gaz toʻldirish stansiyalariga oʻz vaqtida yetkazib berish uchun masʼuliyat “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Oʻztransgaz” AJga yuklanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suyultirilgan uglevodorod gazining maishiy gaz ballonlarini sotib olish, servis xizmati koʻrsatish va davriy tekshiruvdan oʻtkazish “Oʻztransgaz” AJ mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suyultirilgan uglevodorod gazining maishiy gaz ballonlarini oʻz vaqtida va sifatli davriy tekshiruvdan oʻtkazishni tashkil qilish uchun masʼuliyat “Oʻztransgaz” AJning hududiy gaz taʼminoti filiallari rahbarlari zimmasiga yuklanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib beruvchilar, jumladan, suyultirilgan uglevodorod gazini birja savdolarida sotib oluvchi va shartnomaviy narxlarda sotuvchi korxonalar uning normativ hujjatlar bilan belgilangan sifati uchun javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻztransgaz” AJ:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik uskunalar va maxsus texnikani xavfsiz ishlatish qoidalari talablariga rioya qilgan holda aholi va ijtimoiy soha obyektlari belgilangan tartibda ajratilgan hajmlar doirasida suyultirilgan uglevodorod gazi bilan uzluksiz taʼminlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy priborlar va hisoblash usullarini joriy etgan holda suyultirilgan uglevodorod gazining qatʼiy hisobi yuritilishini, pul tushumlari toʻliqligini, suyultirilgan uglevodorod gazi yoʻqotilishini, asossiz va nooqilona sarflanishini qisqartirish choralari koʻrilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda suyultirilgan uglevodorod gazini tashish va sotish sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmini joriy etish haqidagi takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish va sotishda oʻgʻirlik va suiisteʼmollarning oldi olinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi suyultirilgan uglevodorod gazining sifati va hajmlarini oʻlchash vositalari ustidan metrologik tekshirish va nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzdavneftgazinspeksiya” davlat inspeksiyasi suyultirilgan uglevodorod gazini tashish va saqlash obyektlarini montaj qilish va ishlatishda hamda uning ajratilgan hajmlar doirasida yetkazib berilishi va taqsimlanishida texnologik talablarga rioya etilishi qatʼiy nazorat qilinishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻztransgaz” AJning 2018-yil avgust-dekabr oylarida Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida har bir isteʼmolchini suyultirilgan uglevodorod gazini hisobga olish va hisob-kitoblar uchun individual elektron kartalar bilan taʼminlashni nazarda tutadigan yetkazib berilgan suyultirilgan uglevodorod gazining avtomatlashtirilgan hisobi va oʻzaro hisob-kitoblar boʻyicha tajriba loyihasini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, “Oʻztransgaz” AJ, “Oʻzdavneftgazinspeksiya” va “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyalari gaz priborlari va maishiy gaz ballonlaridan xavfsiz foydalanish hamda suyultirilgan uglevodorod gazini belgilangan maqsadda oqilona ishlatishni taʼminlash ishlarini tashkil qilsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, manfaatdor vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida ushbu qaror hamda tasdiqlangan Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning mazmun va mohiyati keng yoritilishini tashkil qilsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov, Bosh vazir oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va “Oʻztransgaz” AJ boshqaruvi raisi Sh.A. Tursunov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 10-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
646-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-avgustdagi 646-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tizimidagi tashkiliy-texnik talablarni belgilaydi, yetkazib beruvchilar, gaz taʼminoti tashkilotlari, aholi va ijtimoiy soha obyektlari oʻrtasida suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish borasidagi oʻzaro munosabatlarni tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomning amal qilishi aholi va ijtimoiy soha obyektlari tomonidan suyultirilgan uglevodorod gazidan maishiy ehtiyojlar — ovqat tayyorlash uchun (keyingi oʻrinda maishiy ehtiyojlar deb ataladi) foydalanishga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suyultirilgan uglevodorod gazi — tabiiy gaz, neft va gaz kondensatini qazib olishda va qayta ishlashda olinadigan, asosiy komponentlari propan va butan boʻlgan suyultirilgan uglevodorod gazi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib beruvchi — suyultirilgan uglevodorod gazini ishlab chiqarishni hamda gaz taʼminoti hududiy filiallariga yetkazib berishni amalga oshiradigan neft-gaz qazib oluvchi, gazni qayta ishlovchi, neftni qayta ishlovchi korxona;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gaz taʼminoti tashkiloti — suyultirilgan uglevodorod gazini qabul qilish, saqlash, taqsimlash va isteʼmolchiga yetkazib berishni taʼminlaydigan tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gaz toʻldirish stansiyasi, gaz toʻldirish punkti — suyultirilgan uglevodorod gazini qabul qilish, saqlash va gaz taʼminoti hududiy filiallariga va isteʼmolchilarga berish faoliyatini amalga oshirish imkonini beruvchi mulkiy majmua;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maishiy gaz balloni — suyultirilgan uglevodorod gazini saqlash, tashish va undan foydalanish uchun moʻljallangan yopqich moslamali payvandlangan poʻlat ballon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezervuar sigʻimi — gazni qabul qilish va isteʼmolchilarga berishdan oldin saqlash uchun statsionar poʻlat qurilma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
individual ballon qurilmalari — isteʼmolchilarning gaz taʼminoti manbai sifatida xizmat qiladigan, suyultirilgan uglevodorod gazi uchun bir yoki ikkita ballonni, gaz bosimining sozlagichini oʻz ichiga olgan texnologik moslama;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guruhli ballon qurilmalari — isteʼmolchilarning gaz taʼminoti manbai sifatida xizmat qiladigan, suyultirilgan uglevodorod gazi uchun ikki va ikkitadan ortiq ballonni, quvurlarni, yopqich armaturasini, gaz bosimining sozlagichini oʻz ichiga olgan texnologik moslama;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchi — suyultirilgan uglevodorod gazini gaz taʼminoti tashkilotlaridan suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berishga tuziladigan shartnomaga asosan sotib oladigan va undan foyda olish bilan bogʻliq boʻlmagan maishiy ehtiyojlar uchun foydalanadigan, roʻyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan jismoniy shaxs (aholi) yoki ijtimoiy soha obyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soha obyektlari — aholiga ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi davlat tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gazdan foydalanuvchi uskuna — energiya unumdorligi, energiya tejalishi talablariga javob beruvchi va suyultirilgan uglevodorod gazidan yonilgʻi sifatida maishiy ehtiyojlar uchun foydalanuvchi asbob;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻlchov vositalari — suyultirilgan uglevodorod gazining hajmini, miqdorini, bosimini, harorati va suyuq fazasining sathini oʻlchash asboblari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob yuritish pribori — suyultirilgan uglevodorod gazining sarfini (hajmini) oʻlchash boʻyicha vazifalarni bajarish uchun moʻljallangan oʻlchov texnikasi vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish shartnomasi — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan bitim, unga muvofiq gaz taʼminoti tashkiloti isteʼmolchiga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish, isteʼmolchi esa suyultirilgan uglevodorod gazidan faqat ovqat tayyorlash uchun foydalanish va qabul qilingan suyultirilgan uglevodorod gazi uchun toʻlovlarni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maishiy gaz ballonini isteʼmolchilarga vaqtincha foydalanishga berish toʻgʻrisidagi shartnoma — ushbu bitimga muvofiq gaz taʼminoti tashkiloti isteʼmolchiga uning balansida boʻlgan maishiy gaz ballonini, toʻlov olmagan holda vaqtincha foydalanishga berish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Suyultirilgan uglevodorod gaziga boʻlgan ehtiyojni aniqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Gaz taʼminoti tashkilotlari isteʼmolchilar bilan birgalikda bitta isteʼmolchi uchun kamida bir oyda bitta maishiy gaz balloni (20 kg) yetkazib berish hamda texnologik yoʻqotishlarning tabiiy kamayishini hisobga olgan holda joriy yil 1-iyulgacha kelgusi yil uchun suyultirilgan uglevodorod gazini isteʼmol qilishning prognozlashtiriladigan hajmini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Gaz taʼminoti tashkilotlari har yili 1-avgustga qadar keyinchalik “Oʻzbekneftgaz” AJga taqdim etish uchun “Oʻztransgaz” AJga suyultirilgan uglevodorod gaziga boʻlgan ehtiyojning prognoz hajmini davrlar (qishki, yozgi), choraklar va oylarga boʻlgan holda taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Taqdim etilgan buyurtmalar asosida “Oʻzbekneftgaz” AJ resurs imkoniyatlarini hisobga olib belgilangan tartibda choraklar va oylarga boʻlib kelgusi yilga respublika boʻyicha suyultirilgan uglevodorod gazi resurslari va taqsimotini tuzadi hamda uni joriy yilning 1-sentabriga qadar respublika boʻyicha kelgusi yil uchun suyultirilgan uglevodorod gazi resurslari balansi va taqsimoti loyihasini ishlab chiqish maqsadida koʻrib chiqish va kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kelgusi yil uchun tasdiqlangan respublika boʻyicha suyultirilgan uglevodorod gazining resurslari va taqsimoti balansiga muvofiq “Oʻzbekneftgaz” AJ “Oʻztransgaz” AJ, “Oʻzneftgazqazibchiqarish” AJ va “Oʻzneftmahsulot” AJga yetkazib beruvchilar boʻyicha isteʼmolchilarga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berishning yillik, choraklik va oylik hajmlarini keyinchalik gaz taʼminoti tashkilotlariga yuborish uchun taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻztransgaz” AJ tasdiqlangan respublika boʻyicha kelgusi yil uchun suyultirilgan uglevodorod gazining resurslari va taqsimoti balanslari asosida yillik, choraklik va oylik limitlarni viloyatlar va yetkazib beruvchilar boʻyicha taqsimlaydi hamda ularni “Oʻzneftgazqazibchiqarish” AJ, “Oʻzneftmahsulot” AJ va gaz taʼminoti tashkilotlariga ijro etish uchun yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Gaz taʼminoti tashkilotlari besh ish kuni mobaynida texnologik yoʻqotishlarni hisobga olgan holda tumanlar (shaharlar), ijtimoiy soha obyektlari boʻyicha suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berishning yillik, choraklik va oylik hajmlari va jadvallarini tumanlar va shaharlar hokimliklariga tasdiqlash uchun kiritadi va ularni gaz toʻldirish stansiyalari va gaz toʻldirish punktlariga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yil davomida suyultirilgan uglevodorod gaziga qoʻshimcha ehtiyoj paydo boʻlganda bu masala “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda koʻrib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Maishiy gaz ballonlariga boʻlgan ehtiyojni aniqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Gaz taʼminoti tashkilotlari isteʼmolchilar bilan birgalikda mavjud gaz ballonlari, mintaqalar boʻyicha xonadonlar (oilalar) soni va tabiiy gazni yetkazib berishda uzilishlarni hisobga olgan holda joriy yilning 1-sentabrigacha muddatda kelgusi yilga maishiy gaz ballonlariga boʻlgan ehtiyojning prognozlashtirilayotgan miqdorini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Gaz taʼminoti tashkilotlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda har yili joriy yilning 15-sentabriga qadar “Oʻztransgaz” AJga kelgusi yil uchun maishiy gaz ballonlariga boʻlgan ehtiyojning prognozlashtirilayotgan miqdorini oylarga taqsimlagan holda taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Oʻztransgaz” AJ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yil 1-dekabrga qadar “Oʻzbekneftgaz” AJ bilan birgalikda belgilangan tartibda maishiy gaz ballonlari yetkazib beruvchilarni aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelgusi yil uchun viloyatlar va yetkazib beruvchilar boʻyicha respublika boʻyicha maishiy gaz ballonlarini yetkazib berishning tasdiqlangan jadvallarini gaz taʼminoti tashkilotlariga ijro etish uchun yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Gaz taʼminoti tashkilotlari besh ish kuni mobaynida tumanlar va shaharlar hokimliklariga tumanlar (shaharlar) va ijtimoiy soha obyektlari boʻyicha maishiy gaz ballonlarini yetkazib berishning yillik va oylik jadvallarini tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yil mobaynida maishiy gaz ballonlariga qoʻshimcha ehtiyoj paydo boʻlganda ushbu masala “Oʻztransgaz” AJ tomonidan “Oʻzbekneftgaz” AJ bilan birgalikda koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Maishiy gaz ballonlarini isteʼmolchilarga yetkazib berish va ularning hisobini yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Gaz taʼminoti tashkiloti isteʼmolchining arizasi asosida uning balansida boʻlgan maishiy gaz ballonini toʻlov undirmasdan vaqtincha foydalanishga berish majburiyatini oladi, isteʼmolchi esa undan xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda foydalanish majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Isteʼmolchilarga maishiy gaz ballonini vaqtincha foydalanish uchun yetkazib berish imkoniyatini koʻrib chiqish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) aholi uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchi gaz taʼminoti tashkilotiga maishiy gaz balloni berish haqidagi arizani yozma yoki elektron shaklda isteʼmolchi pasportining nusxasi va oʻzini oʻzi boshqarish organidan berilgan yashovchilar sonini tasdiqlaydigan maʼlumotnoma ilova qilingan holda taqdim etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilgan ariza uch ish kuni mobaynida gaz taʼminoti tashkilotining mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib suyultirilgan gaz bilan taʼminlanganlik va ovqat tayyorlash uchun gazdan foydalanuvchi uskunaning mavjudligi jihatidan oʻrganiladi. Oʻrganish yakunlari boʻyicha dalolatnoma tuziladi va gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan bitta isteʼmolchiga bir dona gaz balloni yetkazib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ijtimoiy soha obyektlari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchi gaz taʼminoti tashkilotiga maishiy gaz balloni berish haqidagi arizani yozma yoki elektron shaklda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasini ilova qilingan holda taqdim etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilgan ariza uch ish kuni mobaynida gaz taʼminoti tashkilotining mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib suyultirilgan gaz bilan taʼminlanganlik va ovqat tayyorlash uchun gazdan foydalanuvchi uskunaning mavjudligi jihatidan oʻrganiladi. Oʻrganish yakunlari boʻyicha dalolatnoma tuziladi va gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan loyiha yechimiga muvofiq zarur miqdordagi gaz ballonlari yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda isteʼmolchilarga maishiy gaz ballonlari yetkazib berilishi tasdiqlangan maishiy gaz ballonlari yetkazib berish jadvallariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yetkazib beriladigan maishiy gaz ballonlari texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Maishiy gaz balloni tegishlicha markalangan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkazilgan navbatdagi texnik koʻrikdan oʻtganligi haqida oʻyib tushirilgan tamgʻaga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Gaz ballonlarini taʼmirlash va koʻrikdan oʻtkazish gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Yetkazib berilayotgan gaz balloni gaz taʼminoti tashkilotining maxsus jurnalida qayd etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Maishiy gaz ballonlarini gaz taʼminoti tashkilotlarining almashtiriladigan idishda gaz yetkazib beradigan xodimlariga berishga ruxsat etiladi. Bunda beriladigan gaz ballonlarining soni unga biriktirilgan avtotransport vositasining sigʻimidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Isteʼmolchilarni gazlashtirish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Isteʼmolchilarni gazlashtirish texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq bajarilgan gazlashtirish loyihalari yoki eskizlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Isteʼmolchilarni gazlashtirishni koʻrib chiqish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) aholi uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchi gaz taʼminoti tashkilotiga gazlashtirish toʻgʻrisida arizani yozma yoki elektron shaklda isteʼmolchi pasportining nusxasi va oʻzini oʻzi boshqarish organining yashovchilar sonini tasdiqlaydigan maʼlumotnomasi ilova qilingan holda taqdim etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilgan ariza uch ish kuni mobaynida gaz taʼminoti tashkilotining mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib gaz taʼminotining texnik imkoniyati jihatidan oʻrganiladi. Oʻrganish yakunlari boʻyicha gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan isteʼmolchi hisobiga individual gaz ballonlari, gazdan foydalanuvchi uskuna (turi va miqdori) va shamollashtirish uchun tuynuklarning joylashuvini oʻz ichiga olgan gazlashtirish eskizi ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda koʻp qavatli uylardagi kvartiralarni gazlashtirish uchun ichki gaz quvurlariga, rezervuar sigʻimlari joylashtirilgan joyga va suyultirilgan uglevodorod gazi isteʼmolini oʻlchash priboriga qoʻyiladigan talablarni oʻz ichiga oladigan loyiha ishlab chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ijtimoiy soha obyektlari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchi gaz taʼminoti tashkilotiga gazlashtirish toʻgʻrisidagi arizani yozma yoki elektron shaklda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, gazdan foydalanuvchi uskunalar soni va ularning joylashuv rejasi nusxalarini ilova qilgan holda taqdim etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilgan ariza uch ish kuni mobaynida gaz taʼminoti tashkiloti mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib gaz taʼminotining texnik imkoniyati jihatidan oʻrganiladi. Oʻrganish yakunlari boʻyicha isteʼmolchi hisobiga ichki gaz quvuriga, gazdan foydalanuvchi uskunalarga (turi va miqdori), individual, guruhli gaz ballonlari, rezervuar sigʻimlar va suyultirilgan uglevodorod gazi isteʼmoli hisobini yuritish asbobining joylashuviga qoʻyiladigan talablarni oʻz ichiga olgan gazlashtirish loyihasi ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Gazlashtirish loyihasi (ichki gaz quvuri, gazdan foydalanuvchi uskunalar, guruhli gaz ballonlari, rezervuar sigʻimlari va suyultirilgan uglevodorod gazi isteʼmoli hisobini yuritish priborlarining joylashuvi) ushbu faoliyat turini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan loyiha tashkilotlari tomonidan isteʼmolchi bilan tuziladigan shartnoma asosida ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha ishlari loyihalash ishlarini amalga oshirish shartnomalarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Gazlashtirish loyihasi yoki eskizi gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan qurilish-montaj ishlari boshlangunga qadar roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suyultirilgan uglevodorod gazining rezervuar sigʻimlari va guruhli ballon qurilmalarini qurish va montaj qilish gazlashtirish loyihasiga muvofiq amalga oshiriladi va belgilangan tartibda ijro-texnik hujjatlar tuzilgan holda bunday ishlarni bajarish huquqiga ega boʻlgan tashkilot tomonidan bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suyultirilgan gaz rezervuar sigʻimlarni va guruhli ballon qurilmalarni taʼmirlash, saqlash va foydalanish gaz taʼminoti tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ishga tushirish-sozlash ishlari tugaganidan keyin ishga tushirish dalolatnomasi tuziladi va isteʼmolchi bilan suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanish qoidalari boʻyicha yoʻl-yoʻriq beriladi. Yoʻl-yoʻriq berilgandan keyin isteʼmolchi ishga tushirish dalolatnomasini imzolaydi va gaz taʼminoti tashkiloti va isteʼmolchi oʻrtasida suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish shartnomasi tuziladi (ishga tushirish dalolatnomasining bir nusxasi gaz taʼminoti tashkilotida saqlanadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Isteʼmolchilarni suyultirilgan uglevodorod gazi bilan rezervuar sigʻimlari orqali gazlashtirish “Oʻzdavneftgazinspeksiya” va “Sanoatgeokontex-nazorat” davlat inspeksiyalarining ijobiy xulosalari mavjud boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Suyultirilgan uglevodorod gazi va maishiy gaz ballonlarini yetkazib berish shartnomalarini tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Gaz taʼminoti tashkiloti va aholi oʻrtasida suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish boʻyicha shartnoma ushbu Nizomga 1-ilovaga binoan namunaviy shartnomaga muvofiq ikki nusxada tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gaz taʼminoti tashkiloti va ijtimoiy soha obyektlari oʻrtasida suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish boʻyicha shartnoma ushbu Nizomga 2-ilovaga binoan namunaviy shartnomaga muvofiq ikki nusxada tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suyultirilgan gazni aholiga va ijtimoiy soha obyektlariga taqsimlash va yetkazib berish ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Hududiy gaz taʼminoti filiali va isteʼmolchi oʻrtasida maishiy gaz ballonini vaqtincha foydalanishga berish toʻgʻrisidagi shartnoma ushbu Nizomga 4-ilovaga binoan namunaviy shartnomaga muvofiq ikki nusxada tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maishiy gaz ballonlarini aholiga va ijtimoiy soha obyektlariga taqsimlash va yetkazib berish ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Suyultirilgan uglevodorod gazi va maishiy gaz ballonlarini gaz taʼminoti tashkiloti va isteʼmolchi oʻrtasida shartnoma tuzmasdan yetkazib berish va qabul qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Gaz taʼminoti hududiy filiali tomonidan suyultirilgan uglevodorod gazini yuklash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib beruvchi tomonidan yuklanadi hamda temir yoʻl va avtomobil transporti orqali gaz toʻldirish stansiyalari va gaz toʻldirish punktlarigacha yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda suyultirilgan uglevodorod gazi yuklangan temir yoʻl va avtomobil sisternalari yetkazib beruvchi tomonidan plombalangan va tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Suyultirilgan uglevodorod gazini gaz toʻldirish stansiyalarigacha oʻz vaqtida yetkazib berish uchun javobgarlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil transportida yetkazib berishda — “Oʻztransgaz” AJning gaz taʼminoti tashkilotlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl transportida yetkazib berishda — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boʻlinmalariga va “Oʻztransgaz” AJning gaz taʼminoti tashkilotlariga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ishlab chiqarilgan va gaz toʻldirish stansiyalariga, gaz toʻldirish punktlariga yetkazib beriladigan suyultirilgan uglevodorod gazi texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suyultirilgan uglevodorod gazining sifati akkreditatsiyalangan laboratoriyalarda belgilangan tartibda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Gaz toʻldirish stansiyalari va punktlari gaz taʼminoti hududiy filiallari tomonidan maishiy gaz ballonlarini va/yoki maxsus jihozlangan avtotsisternalarni suyultirilgan gaz bilan toʻldirish orqali suyultirilgan uglevodorod gazini qabul qilish, saqlash va berish ishlarini amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Suyultirilgan uglevodorod gazini isteʼmolchilarga yetkazib berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Suyultirilgan uglevodorod gazini gaz toʻldirish punktlarigacha va stansiyalarigacha hamda gaz toʻldirish punktlari va stansiyalaridan isteʼmolchilargacha avtomobil transporti bilan tashish qatʼiy ravishda qonun hujjatlari va texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ballonlarni avtomashinalardan qalpoqchalarini pastga qilib tushirish va tashish hamda kuzovdan tashlash qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Gaz taʼminoti tashkiloti isteʼmolchiga suyultirilgan uglevodorod gazini tumanlar (shaharlar) va ijtimoiy soha obyektlari boʻyicha tasdiqlangan suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish jadvallariga muvofiq yetkazib berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Isteʼmolchi tomonidan gaz taʼminoti tashkilotidan oʻlchov birligiga belgilangan yagona chakana narx boʻyicha sotib olingan suyultirilgan uglevodorod gazi faqat maishiy ehtiyojlar uchun ishlatiladi va qayta sotilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Suyultirilgan uglevodorod gazini isteʼmolchilarga yetkazib berish maxsus avtotransport vositalari va rezervuar sigʻimlari vositasida gaz ballonlarida yoki guruhli gaz balloni qurilmalarida gaz taʼminoti tashkiloti bilan tuzilgan shartnomalar asosida tegishli hujjatlar (gazlashtirish loyihasi yoki eskizi) mavjud boʻlganda tasdiqlangan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Isteʼmolchilarga suyultirilgan uglevodorod gazi gaz ballonlarida boʻsh ballonlarni toʻldirilgan ballonlarga almashtirgan xolda oluvchigacha yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Isteʼmolchi gaz taʼminoti tashkilotidan gaz ballonlarida sotib olingan suyultirilgan uglevodorod gazini faqat gaz taʼminoti tashkilotining xodimi tomonidan tegishli yoʻriqnomadan oʻtkazilganidan keyin mustaqil almashtirishi mumkin. Buning uchun isteʼmolchi yashash joyiga koʻra gaz taʼminoti tashkilotiga yozma ariza bilan murojaat qilishi zarur. Bunda gaz ballonini oʻrnatish joyi loyihaga va/yoki eskizlarga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Texnik nosoz boʻlgan va texnik koʻrikdan oʻtmagan maishiy gaz ballonlarini suyultirilgan uglevodorod gazi bilan toʻldirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Suyultirilgan uglevodorod gazini qabul qilish, saqlash, toʻldirib berish va undan foydalanish amaldagi texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Yetkazib berishning qoʻshimcha shartlari suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish shartnomalarida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Yetkazib berilgan suyultirilgan uglevodorod gazi uchun hisob-kitob qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Isteʼmolchi yetkazib beriladigan suyultirilgan uglevodorod gazi uchun toʻlovni tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Isteʼmolchi suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berilganligi holati boʻyicha toʻlovni amalga oshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Olingan suyultirilgan uglevodorod gazi uchun toʻlov isteʼmolchilarning tanloviga koʻra istalgan toʻlovlarni qabul qilish shoxobchalari orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Gaz taʼminoti tashkilotiga isteʼmolchilardan yetkazib berilgan suyultirilgan uglevodorod gazi uchun toʻlovni naqd pul mablagʻlari shaklida qabul qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Suyultirilgan uglevodorod gazi hisobini yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Suyultirilgan uglevodorod gazini uning hisobini yuritmagan holda yetkazib berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Yetkazib beriladigan suyultirilgan uglevodorod gazining miqdori va hajmi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat oʻlchov vositalari reyestriga kiritilgan va belgilangan tartibda tekshirishdan oʻtgan oʻlchov vositalarining koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Isteʼmolchilarga rezervuar sigʻimlari orqali sotiladigan suyultirilgan uglevodorod gazining hisobini yuritish hajmiy usulda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suyultirilgan uglevodorod gazini hisobga olishning individual priborlari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobga olishning individual priborlari boʻlmaganda, ular nosoz boʻlganda yoki gaz uskunalarining parametrlariga muvofiq boʻlmaganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan isteʼmol qilish normalari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobni yuritish priborlarining tekshirish muddati oʻtib ketganda — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan isteʼmol qilish normalari boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Oʻlchov tarozilari va suyultirilgan uglevodorod gazi hisobini yuritish priborlari, ularning foydalanishga yaroqliligini tasdiqlovchi hujjatlarga hamda ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan buning uchun nazarda tutilgan joylarda belgilangan shakldagi tamgʻa yoki plombalarga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Suyultirilgan uglevodorod gazi hisobini yuritishning oʻlchash vositalarining texnik holati va oʻz vaqtida koʻrikdan oʻtkazilishi uchun javobgarlik priborlarning egasiga yuklatiladi. Bunda isteʼmolchilarda mavjud hisobga olish priborlarini oʻz vaqtida qiyoslovdan oʻtkazishni tashkil qilish uchun javobgarlik gaz taʼminoti tashkilotiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Isteʼmolchilar ularning kvartiralarida yoki xonadonlarida oʻrnatilgan gaz hisoblash uskunalarining saqlanishi va butunligi uchun javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Suyultirilgan uglevodorod gazining hisobini yuritishning va oʻlchash vositalarining metrologik nazorati “Oʻzstandart” agentligining metrologik xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Suyultirilgan uglevodorod gazi hisobini yuritishni oʻlchash vositalarini montaj qilish, ulardan foydalanish va qiyoslovdan oʻtkazish texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Suyultirilgan uglevodorod gazi isteʼmoli hisobini yuritish priborlarini plombalash gaz taʼminoti tashkilotlarining vakillari tomonidan isteʼmolchining ishtirokida dalolatnoma tuzilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Suyultirilgan uglevodorod gazi isteʼmoli hisobini yuritish pribori oʻrnatilgandan keyin gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Suyultirilgan gazning gaz hisoblash priborini davlat tomonidan tekshirish davriyligi “Oʻzstandart” agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Suyultirilgan uglevodorod gazi isteʼmoli hisobini yuritish priborini almashtirish, taʼmirlash, xizmat koʻrsatish, davlat tomonidan tekshirish va sozligini monitoring qilish uchun yechib olish gaz taʼminoti tashkilotining vakillari tomonidan isteʼmolchining ishtirokida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va tekshirish uchun yechib olingan suyultirilgan uglevodorod gazini isteʼmol qilishning hisobini yuritish priborini oʻrnatish gaz taʼminoti tashkilotining vakillari tomonidan bir vaqtning oʻzida plombalangan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Gaz taʼminoti tashkiloti xodimining suyultirilgan uglevodorod gazini isteʼmol qilishning hisobini yuritish pribori yoniga borishga yoʻl qoʻyilmasligi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Isteʼmolchi tuzilgan dalolatnoma bilan tanishishi, uning bosh tortishi holatida esa, tegishli bosh tortish haqida belgi qoʻyilgan dalolatnomani imzolashi shart. Bosh tortish ikkita guvoh yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakili tomonidan tasdiqlanishi lozim. Dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan isteʼmolchi uning sababini tushuntirishga haqlidir, ushbu tushuntirish dalolatnomada aks ettirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Gaz taʼminoti tashkilotlari va isteʼmolchining huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Gaz taʼminoti tashkiloti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suyultirilgan uglevodorod gazini isteʼmolchilarga oʻz vaqtida va uzluksiz yetkazib berishni ushbu Nizomga, tasdiqlanadigan jadvallarga va hajmlarga muvofiq yetkazib berishni amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib beruvchi zavodning suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berishda kutilayotgan kechikishlar yoki yetkazib berish toʻxtatilishi toʻgʻrisidagi xabarnomasi olingan kundan boshlab bu haqda oʻn kalendar kun ichida isteʼmolchini xabardor qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilarga xonada oʻrnatilgan maishiy gaz asboblaridan xavfsiz foydalanish masalalari boʻyicha albatta eslatma berilgan holda yoʻl-yoʻriq berishga majburdir. Bunda yoʻriqnoma gaz taʼminoti tashkilotining masʼul mutaxassisi tomonidan isteʼmolchining tilxati bilan, maxsus raqamlangan va ip oʻtkazib tikilgan jurnalda belgi qoʻyilgan holda oʻtkazilishi lozim. Eslatmada gaz taʼminoti tashkilotining avariya xizmati telefon raqamlari koʻrsatilishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unga tegishli boʻlgan binolar va inshootlarni, texnologik asbob-uskunalarni, tashish vositalarini soz holda saqlashga va tiklash-taʼmirlash ishlarini amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilarning ichki gaz tarmoqlarini, gazdan foydalanuvchi va texnologik asbob-uskunalarining texnik taftishini va profilaktik xizmat koʻrsatishni jadvalga muvofiq oʻtkazishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik va gazdan foydalanuvchi uskunaning nosozliklarini bartaraf etish choralarini koʻrishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilarning suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish va undan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan murojaatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilarga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish uchun avtotransport vositalarida nazorat tarozisi boʻlishini taʼminlashga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gaz taʼminoti tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Gaz taʼminoti tashkiloti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchidan suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanishda qonun hujjatlari, texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va shartnomaviy majburiyatlarga rioya etishni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchi tomonidan ushbu Nizomning 65-bandida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmagan hollarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish shartnomasini bajarishdan bir tomonlama tartibda bosh tortish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 65 va 67-bandlarida nazarda tutilgan hollarda aniqlangan buzilishlar bartaraf etilmaguncha oldindan ogohlantirmasdan suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berishni toʻxtatib qoʻyish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Isteʼmolchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suyultirilgan uglevodorod gazidan oqilona, maishiy ehtiyojlar uchun (ovqat tayyorlash uchun) foydalanishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gazdan foydalanuvchi uskunani yoki maishiy gaz ballonini soz holatda amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq saqlab turishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gaz taʼminoti tashkiloti vakillarining (tegishli guvohnoma koʻrsatilganda) gazdan foydalanuvchi uskunani va maishiy gaz ballonini koʻzdan kechirish, profilaktik xizmat koʻrsatish va tekshirish uchun erkin kirish imkonini taʼminlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gaz asboblaridan foydalanishga bolalarni, oʻz harakatlarini nazorat qila olmaydigan va suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanish boʻyicha yoʻl-yoʻriq berilmagan shaxslarni qoʻymaslikka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gazdan foydalanuvchi uskunalar va maishiy gaz ballonlari oʻrnatilgan xonalardan uxlash va dam olish uchun foydalanmaslikka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gaz asboblarini toza holda saqlashga, asboblarning yondirgichlarini ovqat tayyorlash jarayonida ifloslanishdan asrashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gazlashtirish loyihasi va/yoki eskizining saqlanishini taʼminlashga hamda gaz taʼminoti tashkiloti va vakolatli davlat organlari vakilining talabiga binoan uni taqdim etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suyultirilgan uglevodorod gazining hidi xonalar, yertoʻla, yoʻlak ichi, hovli yoki koʻchada sezilganda hamda gazdan foydalanuvchi uskuna va gaz ballonining nuqsonlari aniqlanganda “104” telefon raqami boʻyicha avariya xizmatiga xabar berishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odamlarni gazlangan muhitdan evakuatsiya qilish, elektr yoritishni yoqish va oʻchirishning oldini olish, ochiq alanga va uchqunlar paydo boʻlishining oldini olish choralarini koʻrishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suyultirilgan uglevodorod gazi isteʼmoli hisobini yuritish priborilarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ular ishiga aralashmaslikka, ularning qasddan buzilishiga yoʻl qoʻymaslikka va oʻrnatilgan plombalarning butunligini taʼminlashga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Isteʼmolchi gaz taʼminoti tashkilotidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish shartnomasini uzaytirish yoki bekor qilishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaviy majburiyatlarga rioya etishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berishni vaqtincha toʻxtatib turishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gaz taʼminoti tashkilotining xodimi ishtirokida suyultirilgan uglevodorod gazini nazorat tartibida oʻlchashni talab qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzboshimchalik bilan gazlashtirishga, gazdan foydalanuvchi uskunani mustaqil ravishda joyidan koʻchirish, almashtirish va taʼmirlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gazdan foydalanuvchi uskuna oʻrnatilgan xonalarni normativ talablarga muvofiq boʻlmagan tarzda qayta rejalashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suyultirilgan uglevodorod gazidan shamollatish yoʻllarini tekshirish va tozalash toʻgʻrisida dalolatnoma boʻlmaganda yoki uning amal qilish muddati tugaganidan keyin foydalanishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suyultirilgan uglevodorod gazidan belgilangan maqsadlardan tashqari hamda xonalarni isitish uchun foydalanishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suyultirilgan uglevodorod gazining sizib chiqishi holatini aniqlash uchun ochiq alangadan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Aholiga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish boʻyicha
‎NAMUNAVIY SHARTNOMA

‎‎20 ___ y. “___” _______________

‎‎_____-son

‎‎_______________________ shahri

‎‎(shartnoma imzolangan joy)

Ustav va 20____yil “_____”______________da berilgan __________________-son Ishonchnomaga asosan ish koʻruvchi “___________________________gaz” filiali (keyingi oʻrinlarda gaz taʼminoti tashkiloti deb ataladi) nomidan uning rahbari ___________________ bir tarafdan, _______________viloyati, ____________tumani (shahri), ____________ koʻchasi, ____-uy, ____-kvartira egasi fuqaro ___________________________ (keyingi oʻrinlarda isteʼmolchi deb ataladi), 20 ___yil “___” ________da ____________________________ tomonidan berilgan pasport ________ seriyasi _________ raqami, _________________________, ikkinchi tarafdan quyidagilar toʻgʻrisida ushbu Shartnomani tuzishdi:‎‎

‎‎I. Shartnomaning predmeti

‎‎1.1. Gaz taʼminoti tashkiloti suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish, isteʼmolchi esa suyultirilgan uglevodorod gazini maishiy ehtiyoj uchun foydalanishga qabul qilish va haqini toʻlash majburiyatini oladi.

‎‎II. Yetkazib beriladigan suyultirilgan uglevodorod gazining sifati va hajmi

‎‎2.1. Gaz taʼminoti tashkiloti suyultirilgan uglevodorod gazini GOST 20448-90 “Gazi uglevodorodnie sjijennie toplivnie dlya kommunalno-bitovogo potrebleniya” talablariga muvofiq yetkazib berish majburiyatini oladi.
‎2.2. Gaz taʼminoti tashkiloti isteʼmolchiga maishiy ehtiyoj uchun bir oyda ______ kg (m3) suyultirilgan uglevodorod

‎gazini yetkazib berish majburiyatini oladi. Yetkazib berilgan gaz qayta sotilmaydi.
‎Yetkazib berish respublika boʻyicha suyultirilgan uglevodorod gazi resurslari va taqsimotining tasdiqlangan balansi doirasida tuman (shahar) hokimligi tomonidan tasdiqlangan jadvallarga muvofiq amalga oshiriladi.

‎‎III. Taraflarning huquq va majburiyatlari

‎‎3.1. Gaz taʼminoti tashkiloti:
‎a) ushbu Shartnomaning 3.4-bandi talablariga rioya qilinmagan taqdirda tegishli dalolatnoma rasmiylashtirgan holda isteʼmolchiga suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berishni toʻxtatish;
‎b) isteʼmolchidan suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanishda amaldagi normativ hujjatlarga rioya etishni talab qilish huquqiga ega.
‎3.2. Gaz taʼminoti tashkiloti:
‎a) tasdiqlangan jadvalga muvofiq suyultirilgan uglevodorod gazini oʻz vaqtida yetkazib berishga;
‎b) isteʼmolchiga belgilangan tartibda suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanish toʻgʻrisida yoʻl-yoʻriq berishga;
‎v) suyultirilgan uglevodorod gazi bilan toʻldirilgan maishiy gaz ballonlarini loyiha yoki eskiz asosida oʻrnatib berishga;
‎g) texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan maishiy gaz ballonlaridan foydalanishga yoʻl qoʻymaslikka;
‎d) maishiy gaz ballonlarini muvofiqlik sertifikati boʻlmagan rezinali shlanglarga ulamaslikka;
‎e) isteʼmolchining buyurtmalari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlashga;
‎j) yetkazib beruvchi zavodning kutilayotgan kechikishlar yoki suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berilishi toʻxtatilishi haqidagi bildirishnomasi olingan kundan boshlab oʻn kalendar kun mobaynida bu haqda isteʼmolchini xabardor qilishga;
‎z) isteʼmolchidagi maishiy gaz ballonini suyultirilgan uglevodorod gazi bilan toʻldirish uchun yigʻish va olib ketishga;
‎i) maishiy gaz ballonini va gazdan foydalanish uskunasini oʻrnatishda amaldagi normativ hujjatlar talablariga rioya qilishga;
‎k) gazdan foydalanish uskunasini tasdiqlangan jadvallar va tariflarga muvofiq har yili profilaktik koʻrikdan oʻtkazishga;
‎l) isteʼmolchining buyurtmanomalari boʻyicha texnologik va gazdan foydalanish uskunasining nosozliklarini maxsus jurnalda roʻyxatdan oʻtkazgan holda bartaraf etish choralarini koʻrishga;
‎m) nosozliklar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzishga, keyinchalik uni uch yil mobaynida saqlashga majburdir.
‎3.3. Isteʼmolchi:
‎a) suyultirilgan uglevodorod gazi belgilangan sifatda yetkazib berilishini talab qilishga;
‎b) belgilangan sifatga muvofiq boʻlmagan suyultirilgan uglevodorod gazini qabul qilishni rad etishga;
‎v) suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berilishini vaqtincha toʻxtatishni talab qilishga;
‎g) suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berishda tuzilgan shartnomani uzaytirishga yoki gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan shartnoma majburiyatlariga rioya qilinmaganda uni yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnomani bekor qilish huquqiga egadir.
‎3.4. Isteʼmolchi:
‎a) suyultirilgan uglevodorod gazidan oqilona va faqat maishiy maqsadlar uchun foydalanishga;
‎b) gazdan foydalanish uskunasini (individual, guruhli gaz balloni va rezervuar sigʻim) oʻrnatishga loyiha yoki eskizga ega boʻlishga;
‎v) gazlashtirish loyihasi yoki eskizi saqlanishini taʼminlashga va uni gaz taʼminoti tashkiloti va vakolatli davlat organlari vakilining talabiga koʻra koʻrsatishga;
‎g) suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berilganligi uchun tasdiqlangan tarifga muvofiq haq toʻlashga;
‎d) gaz priborlari va maishiy gaz ballonlaridan (individual, guruhli) xavfsiz foydalanishni taʼminlashga;
‎e) xonada, gaz priborlari va maishiy gaz ballonlari oʻrnatilgan joylarda gaz hidi aniqlanganda darhol gazdan foydalanishni toʻxtatish choralarini koʻrishga, xonani shamollatishga va bu haqda darhol gaz taʼminoti tashkilotiga xabar berishga;
‎j) gazdan foydalanish uskunasi, maishiy gaz balloni (individual, guruhli) va shamollatish yoʻllarini amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq soz holatda saqlashga;
‎z) gazdan foydalanish uskunasini va maishiy gaz ballonini koʻzdan kechirish uchun gaz taʼminoti tashkilotining vakillari erkin kirishini taʼminlashga (tegishli guvohnoma koʻrsatilganda) majburdir.

‎‎IV. Hisob-kitoblar tartibi

‎‎4.1. Yetkazib beriladigan suyultirilgan gaz narxi 1 kg (m3) uchun _____ soʻmni tashkil etadi. Hisob-kitob oʻlchov birligi

‎uchun belgilangan yagona chakana narxga muvofiq amalga oshiriladi. Belgilangan chakana narx oʻzgarganda hisob-kitob oʻzgargan narx boʻyicha amalga oshiriladi.
‎4.2. Isteʼmolchi yetkazib berilgan suyultirilgan uglevodorod gazi uchun olish holati boʻyicha 100 foiz haq toʻlaydi. Isteʼmolchi yetkazib beriladigan suyultirilgan uglevodorod gazi uchun oldindan haq toʻlashi mumkin. Bunda uzil-kesil oʻzaro hisob-kitob suyultirilgan uglevodorod gazi haqiqatda yetkazib berilgandan keyin yetkazib berish sanasida oʻlchov birligi uchun belgilangan yagona chakana narxga muvofiq amalga oshiriladi. Chakana narx oʻzgarganda hisob-kitob oʻzgargan narx boʻyicha bajariladi. Olingan suyultirilgan uglevodorod gaziga haq toʻlash isteʼmolchilarning tanloviga koʻra toʻlovlarni qabul qilishning istalgan punktlari orqali amalga oshiriladi.
‎4.3. Isteʼmolchi gaz taʼminoti tashkilotiga suyultirilgan uglevodorod gazini olish uchun toʻlovni tasdiqlaydigan hujjatni taqdim etadi.

‎‎V. Shartnomaning amal qilish muddati

‎‎5.1. Ushbu Shartnoma imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi va bir yil mobaynida amal qiladi.
‎Shartnomaning amal qilish muddati tamom boʻlgach, agar taraflardan hech biri Shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi talab bilan murojaat qilmagan boʻlsa, u kelgusi yilga uzaytirilgan deb hisoblanadi.
‎5.2. Shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma shaklda rasmiylashtirilishi va taraflar tomonidan imzolanishi kerak.

‎‎VI. Taraflarning javobgarligi

‎‎‎‎6.1. Shartnomaviy majburiyatlar bajarilmagan yoki zarur tarzda bajarilmagan taqdirda taraflar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

‎‎VII. Fors-major

‎‎7.1. Yengib boʻlmaydigan kuch holatlari (fors-major) — bu taraflarning irodasi va harakatlariga bogʻliq boʻlmagan tabiiy hodisalar (zilzila, koʻchki, dovul, qurgʻoqchilik va shu kabilar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlaridan kelib chiqib import va eksportga taqiqlar va shu kabilar) tufayli kelib chiqqan, ular munosabati bilan taraflar ushbu sharoitlarda qabul qilingan majburiyatlarni bajara olmaydigan favqulodda, oldini olib boʻlmaydigan va oldindan koʻrilmagan holat.
‎7.2. Taraflar, agar majburi?tlarni zarur tarzda bajarish uchun ularga bogʻliq barcha choralar koʻrilganligini isbot qilsalar, aybdor deb hisoblanmaydilar.
‎7.3. Ushbu Shartnoma ijrosiga toʻsqinlik qiluvchi fors-major holatlari yuz bergan taqdirda taraflar aloqa vositalari orqali bir-birlarini xabardor qilishlari kerak.
‎7.4. Gaz taʼminoti tashkiloti ishlab chiqaruvchi zavodlarda avariya yuz bergan hollarda suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berilmaganligi uchun javob bermaydi.

‎‎VIII. Nizolarni hal etish tartibi

‎‎8.1. Kelishmovchiliklar va nizoli masalalar yuzaga kelgan taqdirda taraflar, qoidaga koʻra, ularni sudgacha hal etish choralarini koʻradilar.
‎8.2. Taraflar oʻrtasidagi taraflarning oʻzaro kelishuviga muvofiq hal qilinmagan har qanday nizomlar sud tomonidan hal etiladi.

‎‎IX. Yakunlovchi qoidalar

‎‎9.1. Ushbu Shartnoma taraflarning oʻzaro kelishuviga koʻra yoki Shartnoma qoidalari buzilgan taqdirda — bir tomonlama tartibda bekor qilinishi mumkin.
‎9.2. Ushbu Shartnoma Shartnomaning har bir tarafi uchun ikki nusxada tuzildi, har ikki nusxa bir xil yuridik kuchga egadir.
‎9.3. Ushbu Shartnomada nazarda tutilmagan holatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

‎‎X. Taraflarning rekvizitlari

‎‎Gaz taʼminoti tashkiloti

‎‎Isteʼmolchi

‎‎______________________________________
‎‎Pochta manzili: _________________________
‎KTUT kodi: ____________________________
‎XXTUT: _______________________________
‎Aloqa qilinadigan telefon: _______________
‎Toʻlovlar uchun bankdagi hisob-kitob raqami:
‎______________________________________
‎ Bank nomi: ____________________________
‎MFO__________________________________
‎STIR _________________________________
‎Rahbar ________________________________
‎‎______________________________________
‎______________________________________
‎ Yashash manzili: ________________________
‎______________________________________
‎Aloqa qilinadigan telefonlar: mobil: ______________________________________
‎uy telefoni: ___________________________
‎Pasportga oid maʼlumotlar: ______________
‎______________________________________
‎______________________________________
‎Shaxsiy hisob raqami: ___________________
(F.I.O.)‎

‎‎_________________________________
‎‎(F.I.O., imzo)

M.Oʻ.‎

‎‎________________________

(imzo)‎

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Ijtimoiy soha obyektlariga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish boʻyicha
‎NAMUNAVIY SHARTNOMA

‎‎20 ___ y. “___” _______________

‎‎_____-son

‎‎_______________________ shahri

‎‎(shartnoma imzolangan joy)

Ustav va 20__yil “___”_______da berilgan ______________-son Ishonchnomaga asosan ish koʻruvchi “___________________________gaz” filiali (keyingi oʻrinlarda gaz taʼminoti tashkiloti deb ataladi) nomidan uning rahbari ____________________ bir tarafdan, _____________________________________________

‎‎(tashkilotning nomi)

‎‎(keyingi oʻrinlarda isteʼmolchi deb ataladi) ikkinchi tarafdan quyidagilar toʻgʻrisida ushbu Shartnomani tuzishdi:

‎‎I. Shartnomaning predmeti

1.1. Gaz taʼminoti tashkiloti suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish, isteʼmolchi esa suyultirilgan uglevodorod gazini maishiy ehtiyoj uchun foydalanishga qabul qilish va haqini toʻlash majburiyatini oladi.

II. Yetkazib beriladigan suyultirilgan uglevodorod gazining sifati va hajmi

2.1. Gaz taʼminoti tashkiloti suyultirilgan uglevodorod gazini GOST 20448-90 “Gazi uglevodorodnie sjijennie toplivnie dlya kommunalno-bitovogo potrebleniya” talablariga muvofiq yetkazib berish majburiyatini oladi.
‎2.2. Gaz taʼminoti tashkiloti isteʼmolchiga maishiy ehtiyoj uchun bir oyda ______ kg (m3) suyultirilgan uglevodorod

‎gazini yetkazib berish majburiyatini oladi. Yetkazib berilgan gaz qayta sotilmaydi.
‎Yetkazib berish respublika boʻyicha suyultirilgan uglevodorod gazi resurslari va taqsimotining tasdiqlangan balansi doirasida amalga oshiriladi.

‎‎III. Taraflarning huquq va majburiyatlari

3.1. Gaz taʼminoti tashkiloti:
‎a) ushbu Shartnomaning 3.4-bandi talablariga rioya qilinmagan taqdirda tegishli dalolatnoma rasmiylashtirgan holda isteʼmolchiga suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berishni toʻxtatish;
‎b) isteʼmolchidan suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanishda amaldagi normativ hujjatlarga rioya etishni talab qilish huquqiga ega.
‎3.2. Gaz taʼminoti tashkiloti:
‎a) tasdiqlangan jadvalga muvofiq suyultirilgan uglevodorod gazini oʻz vaqtida yetkazib berishga;
‎b) isteʼmolchiga belgilangan tartibda suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanish toʻgʻrisida yoʻl-yoʻriq berishga;
‎v) suyultirilgan uglevodorod gazi bilan toʻldirilgan maishiy gaz ballonlarini loyiha yoki eskiz asosida oʻrnatib berishga;
‎g) texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan maishiy gaz ballonlaridan foydalanishga yoʻl qoʻymaslikka;
‎d) maishiy gaz ballonlarini muvofiqlik sertifikati boʻlmagan rezinali shlanglarga ulamaslikka;
‎e) isteʼmolchining buyurtmalari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlashga;
‎j) yetkazib beruvchi zavodning kutilayotgan kechikishlar yoki suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berilishi toʻxtatilishi haqidagi bildirishnomasi olingan kundan boshlab oʻn kalendar kun mobaynida bu haqda isteʼmolchini xabardor qilishga;
‎z) isteʼmolchidagi maishiy gaz ballonini suyultirilgan uglevodorod gazi bilan toʻldirish uchun yigʻish va olib ketishga;
‎i) maishiy gaz ballonini va gazdan foydalanish uskunasini oʻrnatishda amaldagi normativ hujjatlar talablariga rioya qilishga;
‎k) gazdan foydalanish uskunasini tasdiqlangan jadvallar va tariflarga muvofiq har yili profilaktik koʻrikdan oʻtkazishga;
‎l) isteʼmolchining buyurtmanomalari boʻyicha texnologik va gazdan foydalanish uskunasining nosozliklarini maxsus jurnalda roʻyxatdan oʻtkazgan holda bartaraf etish choralarini koʻrishga;
‎m) nosozliklar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzishga, keyinchalik uni uch yil mobaynida saqlashga majburdir.
‎3.3. Isteʼmolchi:
‎a) suyultirilgan uglevodorod gazi belgilangan sifatda yetkazib berilishini talab qilishga;
‎b) belgilangan sifatga muvofiq boʻlmagan suyultirilgan uglevodorod gazini qabul qilishni rad etishga;
‎v) suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berilishini vaqtincha toʻxtatishni talab qilishga;
‎g) suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berishda tuzilgan shartnomani uzaytirishga yoki gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan shartnoma majburiyatlariga rioya qilinmaganda uni yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnomani bekor qilish huquqiga egadir.
‎3.4. Isteʼmolchi:
‎a) suyultirilgan uglevodorod gazidan oqilona va faqat maishiy maqsadlar uchun foydalanishga;
‎b) gazdan foydalanish uskunasini (individual, guruhli gaz balloni va rezervuar sigʻim) oʻrnatishga loyiha yoki eskizga ega boʻlishga;
‎v) gazlashtirish loyihasi yoki eskizi saqlanishini taʼminlashga va uni gaz taʼminoti tashkiloti va vakolatli davlat organlari vakilining talabiga koʻra koʻrsatishga;
‎g) suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berilganligi uchun tasdiqlangan tarifga muvofiq haq toʻlashga;
‎d) gaz priborlari va maishiy gaz ballonlaridan (individual, guruhli) xavfsiz foydalanishni taʼminlashga;
‎e) xonada, gaz priborlari va maishiy gaz ballonlari oʻrnatilgan joylarda gaz hidi aniqlanganda darhol gazdan foydalanishni toʻxtatish choralarini koʻrishga, xonani shamollatishga va bu haqda darhol gaz taʼminoti tashkilotiga xabar berishga;
‎j) gazdan foydalanish uskunasi, maishiy gaz balloni (individual, guruhli) va shamollatish yoʻllarini amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq soz holatda saqlashga;
‎z) gazdan foydalanish uskunasini va maishiy gaz ballonini koʻzdan kechirish uchun gaz taʼminoti tashkilotining vakillari erkin kirishini taʼminlashga (tegishli guvohnoma koʻrsatilganda) majburdir.

‎‎IV. Hisob-kitoblar tartibi

4.1. Isteʼmolchi yetkazib beriladigan suyultirilgan uglevodorod gazining bir oylik hajmining _____ foizi miqdorida oldindan haq toʻlaydi. Uzil-kesil hisob-kitob suyultirilgan uglevodorod gazi haqiqatda yetkazib berilgandan keyin amalga oshiriladi.
‎Hisob-kitob oʻlchov birligi uchun belgilangan yagona chakana narxga muvofiq amalga oshiriladi. Belgilangan chakana narx oʻzgarganda hisob-kitob oʻzgargan narx boʻyicha amalga oshiriladi.
‎4.2. Toʻlov toʻlov summasini isteʼmolchining hisob-kitob raqamidan oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
‎4.3. Suyultirilgan uglevodorod gazi gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan isteʼmolchi tomonidan toʻlovni tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilganidan keyin yetkazib beriladi.

‎‎V. Shartnomaning amal qilish muddati

5.1. Ushbu Shartnoma imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi va bir yil mobaynida amal qiladi.
‎Shartnomaning amal qilish muddati tamom boʻlgach, agar taraflardan hech biri Shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi talab bilan murojaat qilmagan boʻlsa, u kelgusi yilga uzaytirilgan deb hisoblanadi.
‎5.2. Shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma shaklda rasmiylashtirilishi va taraflar tomonidan imzolanishi kerak.

‎‎VI. Taraflarning javobgarligi

‎‎‎‎6.1. Shartnomaviy majburiyatlar bajarilmagan yoki zarur tarzda bajarilmagan taqdirda taraflar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

‎‎VII. Fors-major

7.1. Yengib boʻlmaydigan kuch holatlari (fors-major) — bu taraflarning irodasi va harakatlariga bogʻliq boʻlmagan tabiiy hodisalar (zilzila, koʻchki, dovul, qurgʻoqchilik va shu kabilar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlaridan kelib chiqib import va eksportga taqiqlar va shu kabilar) tufayli kelib chiqqan, ular munosabati bilan taraflar ushbu sharoitlarda qabul qilingan majburiyatlarni bajara olmaydigan favqulodda, oldini olib boʻlmaydigan va oldindan koʻrilmagan holat.
‎7.2. Taraflar, agar majburiyatlarni zarur tarzda bajarish uchun ularga bogʻliq barcha choralar koʻrilganligini isbot qilsalar, aybdor deb hisoblanmaydilar.
‎7.3. Ushbu Shartnoma ijrosiga toʻsqinlik qiluvchi fors-major holatlari yuz bergan taqdirda taraflar aloqa vositalari orqali bir-birlarini xabardor qilishlari kerak.
‎7.4. Gaz taʼminoti tashkiloti ishlab chiqaruvchi zavodlarda avariya yuz bergan hollarda suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berilmaganligi uchun javob bermaydi.

‎‎VIII. Nizolarni hal etish tartibi

8.1. Kelishmovchiliklar va nizoli masalalar yuzaga kelgan taqdirda taraflar, qoidaga koʻra, ularni sudgacha hal etish choralarini koʻradilar.
‎8.2. Taraflar oʻrtasidagi taraflarning oʻzaro kelishuviga muvofiq hal qilinmagan har qanday nizomlar sud tomonidan hal etiladi.

‎‎IX. Yakunlovchi qoidalar

9.1. Taraflarning roziligi bilan ushbu Shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishiga yoʻl qoʻyiladi. Barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma shaklda kiritiladi va vakolatli shaxslar tomonidan imzolanadi.
‎9.2. Ushbu Shartnoma Shartnomaning har bir tarafi uchun ikki nusxada tuzildi, har ikki nusxa bir xil yuridik kuchga egadir.
‎9.3. Ushbu Shartnomada nazarda tutilmagan holatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

‎‎X. Taraflarning rekvizitlari

‎‎Gaz taʼminoti tashkiloti

‎‎Isteʼmolchi

‎‎______________________________________
‎‎Pochta manzili: _________________________
‎‎XXTUT kodi: ___________________________
‎Aloqa qilinadigan telefon: _______________
‎Toʻlov uchun bankdagi hisob raqami:
‎______________________________________
‎ Bank nomi: ____________________________
‎MFO__________________________________
‎STIR _________________________________
‎Rahbar ________________________________
‎‎______________________________________
‎Pochta manzili: _________________________
‎ XXTUT kodi: __________________________
‎‎Aloqa qilinadigan telefon: ______________
‎Bankning nomi: _________________________
‎‎______________________________________
‎______________________________________
‎MFO: ________________________________
‎STIR: ________________________________ ‎Rahbar: _______________________________
(F.I.O.)‎

‎‎‎‎(F.I.O.)

M.Oʻ.‎

‎‎________________________

M.Oʻ.‎‎

‎‎‎‎________________________

(imzo)‎

(imzo)‎

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga suyultirilgan uglevodorod gazini taqsimlash va yetkazib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Isteʼmolchiga maishiy gaz ballonini vaqtincha foydalanishga berish toʻgʻrisida
‎NAMUNAVIY SHARTNOMA

‎‎20 ___ y. “___” _______________

‎‎_____-son

‎‎_______________________ shahri

‎‎(shartnoma imzolangan joy)

Ustav va 20__yil “___”_______da berilgan ______________-son Ishonchnomaga asosan ish koʻruvchi “___________________________gaz” filiali (keyingi oʻrinlarda gaz taʼminoti tashkiloti deb ataladi) nomidan uning rahbari ____________________ bir tarafdan, _____________________________________ (keyingi oʻrinlarda isteʼmolchi deb ataladi) ikkinchi tarafdan quyidagilar toʻgʻrisida ushbu Shartnomani tuzishdi:

‎‎I. Shartnomaning predmeti

1.1. Gaz taʼminoti tashkiloti oʻz balansidagi maishiy gaz ballonini toʻlov undirmasdan vaqtincha foydalanishga berish, isteʼmolchi esa maishiy gaz ballonlaridan xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda foydalanishni oʻz zimmasiga oladi.

II. Yetkazib beriladigan maishiy gaz ballonining sifati va narxi

2.1. Beriladigan maishiy gaz balloni GOST 15860-84 “Balloni stalnie svarnie dlya sjijennix uglevodorodnix gazov na davleniye do 1,6 MPa” talablariga muvofiq boʻlishi shart.
‎Maishiy gaz ballonini ishlatish muddati u sinovdan oʻtkazilgandan keyin maishiy gaz ballonini tekshirish punktida aniqlanadi.
‎2.2. Beriladigan maishiy gaz balloni tamgʻasida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi zarur:
‎tayyorlovchi zavodning tovar belgisi ___________________________________________________________________
‎zavod raqami _____________________________________________________________________________________
‎sigʻimi __________________________________________________________________________________________
‎tashishda himoyalovchi rezina halqaning mavjudligi ______________________________________________________
‎ishlab chiqarilgan yil, oy va keyingi tekshirish yili _____________________________________________________
‎ishlab chiqaruvchi korxonaning sifat tamgʻasi ___________________________________________________________
‎ballonning ishchi bosimi ___________________________________________________________________________
‎Gaz ballonlarini taʼmirlash va tekshirish gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
‎2.3. Berilayotgan maishiy gaz balloni gaz taʼminoti tashkilotining maxsus jurnalida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
‎2.4. Berilayotgan gaz ballonining qiymati ____________soʻmni tashkil etadi.

‎‎III. Taraflarning huquq va majburiyatlari

3.1. Gaz taʼminoti tashkiloti:
‎a) maishiy gaz ballonidan foydalanishda isteʼmolchidan amaldagi normativ hujjatlarga rioya qilishni talab etish;
‎b) amaldagi Shartnoma va normativ hujjatlar talablari buzilganda ushbu Shartnomani ogohlantirishsiz bekor qilish va vaqtincha foydalanish uchun berilgan maishiy gaz ballonini qaytarishni talab qilish;
‎v) qoʻshimcha maishiy gaz balloniga ehtiyoj yuzaga kelganda gaz balloni isteʼmolchining gaz balloni ajratish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish;
‎g) maishiy gaz ballonidan almashtirib foydalanish huquqiga egadir.
‎3.2. Gaz taʼminoti tashkiloti:
‎a) maxsus jurnalda isteʼmolchining imzosi bilan roʻyxatdan oʻtkazgan holda maishiy gaz ballonidan xavfsiz foydalanish boʻyicha yoʻl-yoʻriq berishga;
‎b) maishiy gaz ballonini tashishda texnik va yongʻin xavfsizligiga rioya qilishga majburdir.
‎3.3. Isteʼmolchi:
‎a) gaz taʼminoti tashkilotidan shartnoma majburiyatlariga rioya qilishni talab etish;
‎b) GOST 15860-84 “Balloni stalnie svarnie dlya sjijennix uglevodorodnix gazov na davleniye do 1,6 MPa” sifat talablariga javob bermaydigan maishiy gaz ballonini qabul qilmaslik huquqiga egadir.
‎3.4. Isteʼmolchi:
‎a) amaldagi normativ-texnik hujjatlarga muvofiq maishiy gaz ballonlaridan foydalanishga;
‎b) gazdan foydalanish uskunasini va maishiy gaz ballonini koʻzdan kechirish uchun gaz taʼminoti tashkilotining vakillari erkin kirishini taʼminlashga (tegishli guvohnoma koʻrsatilganda);
‎v) maishiy gaz ballonining tashqi tomoniga yoki boshqa joylariga shikast yetkazmaslikka, uni yoʻqotib qoʻymaslikka va uchinchi shaxslarga bermaslikka;
‎g) maishiy gaz ballonini gaz taʼminoti tashkilotiga tegishli boʻlmagan gaz toʻldirish stansiyalari va punktlarida toʻldirmaslikka;
‎d) gaz taʼminoti tashkiloti bilan majburiy tartibga kelishgan holda maishiy gaz ballonini oʻrnatish ishlarini bajarishga;
‎e) maishiy gaz balloni yoʻqotilganda uning qiymatini toʻlashga;
‎j) almashtirib beriladigan maishiy gaz ballonidan foydalanishga majburdir.

IV. Shartnomaning amal qilish muddati

4.1. Ushbu Shartnoma imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi va bir yil mobaynida amal qiladi.
‎Shartnomaning amal qilish muddati tamom boʻlgach, agar taraflardan hech biri Shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi talab bilan murojaat qilmagan boʻlsa, u kelgusi yilga uzaytirilgan deb hisoblanadi.
‎4.2. Shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma shaklda rasmiylashtirilishi va taraflar tomonidan imzolanishi kerak.

‎‎V. Taraflarning javobgarligi

5.1. Shartnomaviy majburiyatlar bajarilmagan yoki zarur tarzda bajarilmagan taqdirda taraflar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

‎‎VI. Fors-major

6.1. Yengib boʻlmaydigan kuch holatlari (fors-major) — bu taraflarning irodasi va harakatlariga bogʻliq boʻlmagan tabiiy hodisalar (zilzila, koʻchki, dovul, qurgʻoqchilik va shu kabilar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlaridan kelib chiqib import va eksportga taqiqlar va shu kabilar) tufayli kelib chiqqan, ular munosabati bilan taraflar ushbu sharoitlarda qabul qilingan majburiyatlarni bajara olmaydigan favqulodda, oldini olib boʻlmaydigan va oldindan koʻrilmagan holat.
‎6.2. Taraflar, agar majburiyatlarni zarur tarzda bajarish uchun ularga bogʻliq barcha choralar koʻrilganligini isbot qilsalar, aybdor deb hisoblanmaydilar.
‎6.3. Ushbu Shartnoma ijrosiga toʻsqinlik qiluvchi fors-major holatlari yuz bergan taqdirda taraflar aloqa vositalari orqali bir-birlarini xabardor qilishlari kerak.

‎‎VII. Nizolarni hal etish tartibi

7.1. Kelishmovchiliklar va nizoli masalalar yuzaga kelgan taqdirda taraflar, qoidaga koʻra, ularni sudgacha hal etish choralarini koʻradilar.
‎7.2. Taraflar oʻrtasidagi taraflarning oʻzaro kelishuviga muvofiq hal qilinmagan har qanday nizomlar sud tomonidan hal etiladi.

VIII. Yakunlovchi qoidalar

8.1. Ushbu Shartnoma taraflarning oʻzaro roziligi boʻyicha yoki Shartnoma qoidalari jiddiy ravishda buzilgan taqdirda — bir tomonlama tartibda bekor qilinishi mumkin.
‎8.2. Ushbu Shartnoma Shartnomaning har bir tarafi uchun ikki nusxada tuzildi, har ikki nusxa bir xil yuridik kuchga egadir.
‎8.3. Ushbu Shartnomada nazarda tutilmagan holatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

IX. Taraflarning rekvizitlari

‎‎Gaz taʼminoti tashkiloti

‎‎Isteʼmolchi

‎‎______________________________________
‎‎Pochta manzili: _________________________
‎‎XXTUT kodi: ___________________________
‎Aloqa qilinadigan telefon: _______________
‎Toʻlov uchun bankdagi hisob raqami:
‎______________________________________
‎ Bank nomi: ____________________________
‎MFO: _________________________________
‎STIR: _________________________________
‎Rahbar: ________________________________
‎‎______________________________________
‎Pochta manzili: _________________________
‎ XXTUT kodi: __________________________
‎‎Aloqa qilinadigan telefon: ______________
‎Bankning nomi: _________________________
‎‎______________________________________
‎______________________________________
‎MFO: ________________________________
‎STIR: ________________________________ ‎Rahbar: _______________________________
(F.I.O.)‎

‎‎‎‎(F.I.O.)

M.Oʻ.‎

‎‎________________________

M.Oʻ.‎‎

‎‎‎‎________________________

(imzo)‎

(imzo)‎

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga maishiy gaz ballonlarini taqsimlash va yetkazib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-avgustdagi 646-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suyultirilgan uglevodorod gazini aholi uchun belgilangan narxlar boʻyicha isteʼmol qiluvchi ijtimoiy soha obyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat maktabgacha taʼlim muassasalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maktab-internatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ixtisoslashtirilgan maktablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Mehribonlik” uylari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bolalar shaharchalari
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. SOS — Oʻzbekiston bolalar qishloqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Muruvvat” va “Saxovat” internat-uylari
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Klinikalar va shifoxonalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Poliklinikalar, ambulatoriya muassasalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qishloq vrachlik punktlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sanitariya-epidemiologiya stansiyalari
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-avgustdagi 646-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilda maishiy gaz ballonlarini tayyorlash hamda aholi va ijtimoiy soha obyektlariga yetkazib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jadvali
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

dona

T/r

Hududlar nomi

Jami reja

2018-yil yanvar — iyul

2018-yil avgust — dekabr oylari topshirigʻi

Jami

“Oʻztransgaz”
AJ

shu jumladan, Kasaba uyushmalari Kengashi Federatsiyasi bilan birgalikda

avgust

shu jumladan:

sentabr

oktabr

“Oʻztransgaz” AJ

shu jumladan, Kasaba uyushmalari Kengashi Federatsiyasi bilan birgalikda

Kasaba uyushmalari Kengashi Federatsiyasi bilan birgalikda

1.

Qoraqalpogʻiston
Respublikasi

4 042

1 042

13 400

4 500

4 500

4 400

17 442

1 042

2.

Andijon viloyati

34 272

582

67 180

22 400

870

22 400

22 380

101 452

1 452

3.

Buxoro viloyati

9 903

884

15 981

5 400

5 400

5 181

25 884

884

4.

Jizzax viloyati

3 192

1 192

5 000

1 800

1 800

1 400

8 192

1 192

5.

Qashqadaryo viloyati

66 255

1 499

85 244

29 000

29 000

27 244

151 499

1 499

6.

Navoiy viloyati

6 912

674

8 821

3 000

3 000

2 821

15 733

674

7.

Namangan viloyati

37 794

1 019

32 930

11 000

11 000

10 930

70 724

1 019

8.

Samarqand viloyati

15 238

1 238

13 684

4 600

4 600

4 484

28 922

1 238

9.

Surxondaryo viloyati

67 288

1 386

67 288

1 386

10.

Sirdaryo viloyati

9 971

749

9 971

749

11.

Toshkent viloyati

18 489

2 088

13 599

4 500

4 500

4 599

32 088

2 088

12.

Fargʻona viloyati

54 446

1 531

55 567

18 600

18 600

18 367

110 013

1 531

13.

Xorazm viloyati

1 200

409

9 709

3 200

3 200

3 309

10 909

409

Jami

329 002

14 293

321 115

108 000

870

108 000

105 115

650 117

15 163

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/646/1887-son; 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 31.05.2024-y., 09/24/316/0385-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 18.04.2026-y., 09/26/180/0381-son; 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)