19.09.2018 yildagi PF-5542-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.09.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda diniy bagʻrikenglik va vijdon erkinligini taʼminlashga, shuningdek, yoshlarni terroristik, ekstremistik va boshqa buzgʻunchi gʻoyalar taʼsiridan samarali himoya qilishga qaratilgan jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buning natijasida birgina 2017-yilda 18 mingdan ziyod sodir etgan qilmishiga pushaymon boʻlgan hamda tinch turmush tarziga qaytgan fuqarolar terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar faoliyatida ishtirok etishga moyil boʻlgan shaxslar roʻyxatidan chiqarildi. Ularning 10 mingdan ziyodiga ish bilan taʼminlash, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishda amaliy yordam koʻrsatildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan, oʻz qilmishining huquqqa xilofligini anglab yetgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan fuqarolarga Vataniga, oilasi bagʻriga, tinch hayotga qaytish imkonini berish maqsadida, shuningdek, insonparvarlik prinsiplariga asoslangan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha Respublika idoralararo komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2018-yil 1-noyabrdan shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar (keyingi oʻrinlarda — taqiqlangan tashkilotlar) tarkibiga adashib kirib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Komissiya xulosasiga asosan jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tomonidan salbiy xulosa chiqarilgan taqdirda barcha holatlar qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari quyidagi hollarda, ushbu Farmonga muvofiq, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida shaxsan arz qilib kelsa, qilmishidan chin koʻngildan pushaymon boʻlsa va tuzalish yoʻliga oʻtgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyat va boshqa huquqqa xilof qilmishlarni fosh etishda faol yordam bergan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqiqlangan tashkilotlar safiga aldov yoʻli bilan jalb etilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqiqlangan tashkilotlarning gʻoyaviy yoki maʼnaviy rahnamosi boʻlmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jangovar harakatlarda va qoʻporuvchilik harakatlarini sodir etishda ishtirok etmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida taqiqlangan tashkilotlarda oʻquv, maxsus yoki harbiy tayyorgarlikdan oʻtmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida chiqish yoki harakatlanishni amalga oshirmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro terrorizmni moliyalashtirishda ishtirok etmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terroristik, ekstremistik va boshqa buzgʻunchi gʻoyalar mavjud boʻlgan materiallarni adashib yoki axborot-kommunikatsiya vositalarida tarqatishga qasd qilmagan va bunday maqsadni koʻzlamagan holda saqlagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Komissiyaga (O. Murodov) quyidagi vakolatlar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqiqlangan tashkilotlar tarkibiga adashib kirib qolgan fuqarolarning jinoiy javobgarlikdan ozod etish toʻgʻrisidagi murojaatlarini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat etgan fuqarolarning shaxsini, shu jumladan, ularning sodir etilgan jinoyatlarga daxldorligini har tomonlama tekshirish orqali oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilingan xulosalarni dastlabki tergov organlariga oʻrnatilgan tartibda taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sodir etgan qilmishiga pushaymon boʻlgan va aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida arz qilib murojaat etgan fuqarolarga nisbatan taqiqlangan tashkilotlar aʼzolari tomonidan salbiy taʼsir etilishining oldini olish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish uchun vakolatli organlarga topshiriqlar yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan shaxslarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatilishida, shu jumladan, bandligini taʼminlash borasida koʻmaklashish va monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan shaxslar bilan profilaktik-tushuntirish ishlarini olib borish boʻyicha vakolatli organlar va tashkilotlarga topshiriqlar yuborish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Farmon fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishini huquqiy jihatdan rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqiqlangan tashkilotlar tarkibiga adashib kirib qolgan fuqarolarning qilmishiga pushaymonligi hamda aybini boʻyniga olishi toʻgʻrisidagi arizasi xorijda ularning yashash joyi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalariga yoxud Oʻzbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlariga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Farmon bilan jinoiy javobgarlikdan ozod etilib, taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish bilan bogʻliq jinoyatni qayta sodir etgan shaxsning takroriy murojaati koʻrib chiqilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tomonidan oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qaror barcha davlat organlari va tashkilotlar tomonidan ijro etilishi majburiydir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning ishchi organi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Oliy sud bilan birgalikda bir oy muddatda taqiqlangan tashkilotlar tarkibiga adashib kirib qolgan fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish va jinoiy javobgarlikdan ozod etish mexanizmlarini nazarda tutuvchi Nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi ushbu Farmon mazmun-mohiyatini, shuningdek, uning ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni muntazam ravishda aholi oʻrtasida keng yoritib borilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 6-sentabrdagi “Terrorchi guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan Oʻzbekiston fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish toʻgʻrisida”gi PF-2712-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 19-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5542-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-sentabrdagi PF-5542-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha Respublika idoralararo komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

O.B. Murodov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, komissiya raisi

2.

B.A. Dexkanov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari

3.

D.A. Nazarmuxamedov

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari

4.

D.X. Igamov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari

5.

D.B. Kodirov

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Bosh boshqarma boshligʻi

6.

lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati boshqarma boshligʻi

7.

B.B. Toshtemirov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshligʻi

8.

I.J. Bobomuradov

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosari

9.

A.T. Abdullayev

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Tergov boshqarmasi boshligʻi

10.

Sh.S. Javlonov

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi raisi

11.

O.P. Tadjiyev

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisining birinchi oʻrinbosari

12.

Z.B. Maxkamova

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

13.

B.Z. Asadov

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

14.

N.A. Abulxasan

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining oʻrinbosari

15.

X.B. Ismatbekov

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi fatvo boʻlimi boshligʻi

16.

R.R. Tlavberdiyev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari — axborot-tahlil boʻlimi boshligʻi, komissiya kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2018-y., 04/18/5542/1946-son; 11.12.2019 g., № 06/19/5892/4134; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2023-y., 06/23/75/0292-son)