Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 15-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2850-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi va “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 22-noyabrdagi 88-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2850, 2016-yil 22-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 51-son, 593-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 10-avgust,
118-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 10-avgustdagi 118-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “davlat qoʻmitasi huzuridagi Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi” degan soʻzlar “vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 20-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Debitor qarzdorliklar summalari qoldiqlari oʻz vaqtida yoki hisobot oyi tugaguniga qadar oʻtkazilmagan hollarda mablagʻlar joriy oyning oxirgi ish kunida “OʻRMV” ATda avtomatlashtirilgan tarzda tegishli budjetlar daromadlariga oʻtkaziladi.”.
3. 26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“26. Budjet tizimi budjetlari, shuningdek BMJ budjetlari daromadlariga kirim qilish uchun asos boʻlmagan YaGʻHga kelib tushgan mablagʻlar gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan aniqlanmagan tushumlar sifatida qabul qilinadi. Agar uch ish kuni mobaynida ushbu tushumlarni aniqlash hamda ularni tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga kirim qilish imkoni boʻlmasa, uchinchi ish kunida, biroq joriy yilning 31-dekabridan kechiktirmasdan Yagona gʻazna hisobvaragʻidan toʻlanishi (qaytarilishi) lozim boʻlgan aniqlanmagan tushumlar “OʻRMV” ATda avtomatlashtirilgan tarzda mablagʻlar qaysi bank hisob raqamlaridan kelib tushgan boʻlsa shu bank hisob raqamlariga qaytariladi.”.
4. 42-bandda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“UzASBO” DM ulangan budjet tashkilotlari, DMJ va BMJlar notoʻgʻri yoki ortiqcha kelib tushgan mablagʻlarni shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan “UzASBO” DMda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron toʻlov topshiriqnomalarni gʻaznachilik boʻlinmalariga yuborish orqali qaytaradi.”.
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
5. 57-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“57. Kapital qoʻyilma buyurtmachilari yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish yoki hisobga olish uchun gʻaznachilik boʻlinmalariga shartnomaning ikkita asli va bitta nusxasi bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ikki asl nusxada Toʻlovlar jadvali;
tovarning qiymati bir shartnoma boʻyicha eng kam ish haqining ikki ming besh yuz baravaridan olti ming baravarigacha boʻlgan miqdorni tashkil etganda tanlov ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqish va baholash bayonnomasi nusxasi;
ishlarning, xizmatlarning qiymati eng kam ish haqining yigirma besh baravaridan olti ming baravarigacha boʻlgan miqdorni tashkil etganda tanlov ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqish va baholash bayonnomasi nusxasi;
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati bir shartnoma boʻyicha eng kam ish haqining olti ming baravaridan ortiq summani tashkil etganda tender ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqish va baholash bayonnomasi nusxasi;
agar investitsiya loyihalari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari bilan buyurtmachilarga tender oʻtkazmasdan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzish huquqi berilgan taqdirda, xarid qilish tartib-taomili davlat xaridining summasidan qatʼi nazar tanlov oʻtkazish orqali amalga oshirilganda takliflarni koʻrib chiqish va baholash bayonnomasi nusxasi;
tanlov savdolari natijalari hisobotining Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan kelishilgan nusxasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining qurilish-montaj ishlarini bajarishga (qurilishning butun davri uchun berilgan) ruxsati nusxasi;
manzilli roʻyxat (loyiha-tadqiqot ishlarining manzilli roʻyxati) nusxasi;
qurilish obyekti titul roʻyxati nusxasi;
pudrat tashkilotining qurilish tavakkalchiliklarini sugʻurtalash yuzasidan shartnomasi nusxasi;
davlat ekologiya ekspertizasi xulosasi nusxasi (zarur boʻlganda);
Bunda shartnomalarda tomonlar yuridik xizmatlarining yoki jalb qilingan advokatlarning imzosi boʻlishi shart.”.
6. 712-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“712. “UzASBO” DMga ulangan kapital qoʻyilma buyurtmachilari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yetkazib beruvchini tanlab shartnoma tuzganidan soʻng tanlov (tender) ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqish va baholash bayonnomasi hamda shartnoma (qonun hujjatlariga muvofiq bajarish muddati bir yildan ortiq muddatni tashkil etadigan shartnomalar boʻyicha shartnomaga qoʻshimcha kelishuv) maʼlumotlarini “UzASBO” DMga kiritadi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda gʻaznachilik boʻlinmalariga yuboradi.”;
ikkinchi va uchinchi xatboshilari “tanlov (tender)” degan soʻzlardan keyin “ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqish va baholash” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
7. 73-bandning ikkinchi xatboshisi “belgilangan hollar” degan soʻzlardan keyin “va elektron davlat xaridlar orqali tuzilgan shartnomalar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
8. 87-bandda:
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tovarning qiymati bir shartnoma boʻyicha eng kam ish haqining ikki ming besh yuz baravaridan olti ming baravarigacha boʻlgan miqdorni tashkil etganda tanlov ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqish va baholash bayonnomasi nusxasi;
ishlarning, xizmatlarning qiymati eng kam ish haqining yigirma besh baravaridan olti ming baravarigacha boʻlgan miqdorni tashkil etganda tanlov ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqish va baholash bayonnomasi nusxasi;”;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati bir shartnoma boʻyicha eng kam ish haqining olti ming baravaridan ortiq summani tashkil etganda tender ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqish va baholash bayonnomasi nusxasi;”;
beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishincha oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
9. 88-bandning “v” kichik bandining toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
10. 91-bandda:
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tovarning qiymati bir shartnoma boʻyicha eng kam ish haqining ikki ming besh yuz baravaridan olti ming baravarigacha boʻlgan miqdorni tashkil etganda tanlov ishtirokchilarining takliflarni koʻrib chiqish va baholash bayonnomasi nusxasi;
ishlarning, xizmatlarning qiymati eng kam ish haqining yigirma besh baravaridan olti ming baravarigacha boʻlgan miqdorni tashkil etganda tanlov ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqish va baholash bayonnomasi nusxasi;”;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati bir shartnoma boʻyicha eng kam ish haqining olti ming baravaridan ortiq summani tashkil etganda tender ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqish va baholash bayonnomasi nusxasi;”;
beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
11. 93-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
12. 1091-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari “tanlov (tender)” degan soʻzlardan keyin “ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqish va baholash” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
13. 124-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilardagi “komissiyasi” degan soʻzlar “ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqish va baholash” degan soʻzlar bilan almashtirilsin”.
14. 160-bandda:
birinchi xatboshidan “oʻn ish kunidan kechikmasdan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
15. 177-bandda:
birinchi xatboshidan “besh ish kunidan kechikmasdan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
16. Quyidagi mazmundagi 1793-band bilan toʻldirilsin:
“1793. Buyurtmachilar elektron davlat xaridlari orqali tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qabul qilib olganlaridan soʻng uch ish kuni muddatida bu haqdagi maʼlumotlarni “UzASBO” DMga kiritishlari va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda “OʻRMV” ATga yuborishlari lozim.”.
17. 228-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“228. Qoʻshimcha vaqt davrida Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti, tumanlar va shaharlar budjetlarining tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga tegishliligi boʻyicha oʻtgan yil mobaynida ishlatilmagan:”;
ikkinchi xatboshi “Toshkent shahri shahar budjetining” degan soʻzlardan keyin “tumanlar va shaharlar budjetining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
18. 229-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“229. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetining zaxira jamgʻarmalaridan ajratilgan, shuningdek oʻtgan moliya yili uchun davlat tashqi qarzini toʻlanishiga oldin ajratilgan va oʻtkazilgan mablagʻlarning oʻtgan moliya yili mobaynida foydalanilmagan qismining majburiy ravishda tegishliligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti, tumanlar va shaharlar budjetlariga qaytarib oʻtkazilishi moliya yili yakunlangandan keyin keyingi yilning 10-yanvaridan kechikmagan muddatda amalga oshiriladi.”.
19. Qoidalarning 4-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
20. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
2018-yil 10-avgust
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2018-y., 10/18/2850-2/1918-son)