Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
FOYDALANILAYOTGAN ELEKTR ENERGIYASI UCHUN OʻZARO HISOB-KITOBLAR TIZIMINI TARTIBGA SOLISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga va aholiga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi uchun oʻzaro hisob-kitoblar masalalarini tubdan hal etish, elektr energiyasini yetkazib beruvchilar va undan foydalanuvchilar oʻrtasidagi hisob-kitoblarni oʻz vaqtida amalga oshirishning yaxlit tizimini yaratish, toʻlov muddati oʻtgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish hamda kelgusida ularning hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning issiqlik va elektr energiyasi boʻyicha debitorlik qarzlarni qisqartirish va tugatishga doir olib borilayotgan ishlarining qoniqarsizligi qayd etilsin.
Xoʻjalik hisobidagi tashkilotlarning elektr energiyasi boʻyicha toʻlov muddati oʻtgan debitorlik qarzi 2000-yil 1-noyabrdagi holatiga koʻra 19,3 mlrd soʻmni tashkil qilishi nomaqbul hol deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi mavjud qarzlarni tugatish yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻrsin, tasarrufidagi boʻlinmalar rahbarlarining qarzlarning yanada koʻpayishiga yoʻl qoʻymaslik uchun javobgarligini oshirsin, intizomsiz isteʼmolchilarga elektr energiyasi berishni toʻxtatishgacha boʻlgan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Energetika va elektrlashtirish vazirligidan kreditorlik qarzi boʻlgan vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar rahbarlariga olingan energiya uchun toʻlovning belgilangan muddatlarda soʻzsiz toʻlanishini taʼminlash, haqini toʻlamaganlik tufayli energiya berish toʻxtatilganligi bilan bogʻliq oqibatlar uchun qonun hujjatlariga muvofiq shaxsan javobgarlik yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Elektr va issiqlik energiyasi isteʼmolchilari hamda yetkazib beruvchilari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Energetika va elektrlashtirish vazirligi hamda uning tarkibiy boʻlinmalari jismoniy va yuridik shaxslardan foydalanilgan energiya uchun qarzlarni undirish toʻgʻrisida daʼvo va arizalar bilan sud organlariga murojaat qilishda oldindan davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi:
Energetika va elektrlashtirish vazirligi tizimi korxonalaridan muntazam ravishda eng koʻp qarzi boʻlgan vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, kompaniyalar, korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar rahbarlarining javobgarligini belgilasin;
toʻlovlar va hisob-kitoblarning belgilangan tartibi buzilishiga bundan buyon yoʻl qoʻymaslik maqsadida aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlik choralarini koʻrsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Energetika va elektrlashtirish vazirligi bilan birgalikda issiqlik hamda gidroelektrstansiyalar boʻyicha aylanma mablagʻlar normativlarini ikki hafta muddatda qayta koʻrib chiqsin, ularni stansiyalarning barqaror rejimda ishlashini va ularning xodimlariga ish haqining oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlaydigan miqdorlarda belgilasin.
5. Belgilab qoʻyilsinki:
elektr energiyasi Davlatlararo Bitimlar boʻyicha yetkazib berilganda Energetika va elektrlashtirish vazirligi boʻlinmalari bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadi;
Energetika va elektrlashtirish vazirligi tizimining deklarantlar hisoblanadigan korxona va tashkilotlariga energiya tizimi obyektlari uchun moʻljallab keltiriladigan tovarlar va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiriluvini bojxona toʻlovlarini toʻlashni uch oygacha muddatga, buning uchun penya olmasdan, kechiktirgan holda amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Tijorat banklariga:
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligiga issiqlik va elektr energiyasi isteʼmolchilarining muddatli qarzlari miqdori yuzasidan faktoring xizmatlari koʻrsatish;
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligiga vazirlik korxonalari va tashkilotlari boʻyicha tarmoq ichida har chorakda kamida bir marta hisob-kitoblar oʻtkazish uchun qisqa muddatli (ikki haftagacha) kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Issiqlik taʼminoti infratuzilmasini va issiqlik energiyasi uchun hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish maqsadida Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Toshkent shahar va Fargʻona viloyati hokimliklari bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
“Toshissiqlikmarkaz” korxonasini — Energetika va elektrlashtirish vazirligi balansidan Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Toshissiqlikenergiya” ishlab chiqarish birlashmasi balansiga;
“Fargʻonaissiqliktarmogʻi” korxonasini — Energetika va elektrlashtirish vazirligi balansidan Fargʻona viloyati hududiy-kommunal foydalanish birlashmasining Fargʻona viloyati “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasi balansiga berish toʻgʻrisida kelishilgan takliflar kiritsinlar.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Energetika va elektrlashtirish vazirligi bilan birgalikda:
Keyingi tahrirga qarang.
energiya tizimi korxona va tashkilotlarining isteʼmolchilarda uzluksiz ishlab chiqarish tartibi bilan bogʻliq sabablar tufayli vujudga kelgan debitorlik va kreditorlik qarzlari miqdorini;
aholi uchun koʻrsatiladigan kommunal xizmatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan tariflaridagi tafovutlardan vujudga kelgan debitorlik qarzlarni 5-F-son shakldagi statistik hisobotda alohida ustunda aks ettirsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 5-dekabr,
469-son
Elektr va issiqlik energiyasi isteʼmolchilari hamda yetkazib beruvchilari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Ushbu Nizom elektr va issiqlik energiyasi uchun toʻlov boʻyicha toʻlov muddati oʻtgan debitorlik qarzlarning paydo boʻlishini bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan va bir tomondan — Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi (keyingi oʻrinlarda “Energetika vazirligi” deb ataladi) va uning tashkilotlari hamda ikkinchi tomondan — xoʻjalik yurituvchi subyektlar — elektr va issiqlik energiyasi (keyingi oʻrinlarda “energiya” deb ataladi) isteʼmolchilari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni tartibga soladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Energetika vazirligining energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda “yetkazib beruvchilar” deb ataladi) va energiya qurilmalari bevosita energiya yetkazib beruvchilar tarmoqlariga ulangan isteʼmolchilar oʻrtasidagi munosabatlar ushbu Nizomning amal qilish sohasi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Quyidagilar isteʼmolchini energiya uzatish va energiya berish tarmogʻiga ulash uchun asos hisoblanadi:
energiya yetkazib beruvchi bilan belgilangan limit doirasida energiya yetkazib berish yuzasidan tuzilgan shartnoma;
1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha energiya berish yuzasidan topshiriq-buyurtmanoma.
4. Topshiriq-buyurtmanoma muayyan davr mobaynida kelishilgan miqdordagi energiyani isteʼmolchiga sotish uchun asos hisoblanadi. Energiyani topshiriq-buyurtmanomasiz sotishga yoʻl qoʻyilmaydi. Topshiriq-buyurtmanoma shartnomada belgilangan limitlar doirasida va sotishga moʻljallangan energiya qiymatining kamida 15 foizi isteʼmolchi tomonidan toʻlangandan keyin rasmiylashtiriladi. Haqi toʻlanmaganligi uchun energiya berish uzib qoʻyilgandan keyin bir oy mobaynida energiya tarmogʻiga takroran ulangan taqdirda oldindan toʻlov miqdori kamida 30 foiz miqdorida belgilanadi.
5. Yetkazib beruvchilar energiyani Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan tariflar boʻyicha sotishadi. Isteʼmolchilar uchun, tegishli hisoblash priborlari mavjud boʻlganda, sutkaning muayyan vaqtiga qarab tabaqalashtiriladigan tariflar darajasi belgilanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Energiyani yetkazib beruvchi va uning isteʼmolchisi oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar isteʼmolchi tomonidan pul mablagʻlarini yetkazib beruvchining hisob raqamiga (yoki bankdagi boshqa hisob raqamiga) oʻtkazish, shu jumladan toʻlovlarni maxsus hisob-raqamlari orqali oʻzaro hisob-kitoblar sxemasi (2-ilova) boʻyicha belgilangan tartibda toʻlash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Zarurat boʻlganda, Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi qaroriga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va moliya organlari bilan birgalikda, chorak oxirida aholiga sotiladigan issiqlik energiyasi uchun tariflardagi tafovutni toʻlashga sarflanadigan qismi boʻyicha toʻlovlar hisobiga, ularni 1-N hisobot shaklida aks ettirmasdan oʻzaro hisob-kitoblar sxemalarini (3-ilova) oʻtkazish yoʻli bilan issiqlik taʼminoti korxonalarining Energetika vazirligi oldidagi qarzi toʻlanadi.
“Suvoqova” boshqarmasining energiya isteʼmolchilari Energetika vazirligi bilan hisob-kitoblarni yetishmaydigan mablagʻlarni mahalliy budjetlardan olish yoʻli bilan har oyda amalga oshiradilar.
Qishloq xoʻjaligi korxonalari (shirkat, dehqon, fermer xoʻjaliklari va boshqalar) hamda “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi korxonalari olingan elektr va issiqlik energiyasi uchun hisob-kitoblarni maxsus hisob-raqamlar boʻyicha maqsadli mablagʻlar (transhlar) bilan, birinchi navbatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi orqali amalga oshiradilar. Bunda Energetika vazirligi olingan mablagʻlarning kamida 30 foizini energiya tizimi xodimlariga ish haqi toʻlash boʻyicha kreditorlik qarzlarni uzishga yoʻnaltiradi (4-ilova).
Keyingi tahrirga qarang.
Isteʼmolchining valyuta mablagʻlari va qarzi mavjud boʻlganda toʻlov yetkazib beruvchining talabiga koʻra valyuta mablagʻlarini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq respublika ichki bozorida sotish hisobiga soʻzsiz amalga oshiriladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining suv xoʻjaligidan foydalanish tashkilotlarini budjetdan mablagʻ bilan taʼminlash doirasida Moliya vazirligi elektr energiyasi uchun Energetika vazirligi bilan hisob-kitob qilishga ularning har oylik elektr energiyasi isteʼmoli qiymatining kamida 40 foizi miqdoridagi pul mablagʻlarini har oyda maqsadli yoʻnaltiradi.
Energetika vazirligi koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlarning 20 foizini Andijon va Tuyamoʻyin gidroelektrstansiyalaridan olingan elektr energiyasi uchun Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan hisob-kitoblarga yoʻnaltiradi, keyinchalik ushbu mablagʻlardan kichik energetikani rivojlantirishda foydalaniladi.
Moliya vazirligi Navoiy kon-metallurgiya kombinatidan qimmatli metallar xarid qilish uchun avans berish chogʻida har oyda unga elektr va issiqlik energiyasi uchun Energetika vazirligi bilan hisob-kitoblarga kombinatning energiya isteʼmoli qiymatining kamida 60 foizini maqsadli foydalanish uchun yoʻnaltiradi.
Koʻrsatib oʻtilgan qoidalarni amalga oshirish maqsadida energiya taʼminoti tashkilotlari hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi suv xoʻjaligi obyektlarining va Navoiy kon-metallurgiya kombinatining energiya isteʼmolchilari har oyning 5-kunigacha natura va pul ifodasida har oy boʻyicha hamda yil boshidan eʼtiboran ortib boruvchi yakun bilan aylanmalar boʻyicha solishtirish dalolatnomalarini tuzadilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Qimmatbaho metallar qoʻmitasi bilan birgalikda har oyning 7-kunigacha Moliya vazirligiga yigʻma solishtirish dalolatnomalarini taqdim etadi.
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining suv xoʻjaligi obyektlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar budjetdan mablagʻ bilan taʼminlash sxemalari asosida amalga oshiriladi (5 va 6-ilovalar).
Keyingi tahrirga qarang.
8. Isteʼmolchida energiya uchun toʻlov muddati oʻtgan qarzlar vujudga kelgan taqdirda energiya yetkazib beruvchining vakolatli xodimlari isteʼmolchiga energiya berishni toʻxtatishadi. Energiya yetkazib beruvchi tashkilotlarning haq toʻlanmaganligi uchun isteʼmolchiga energiya berishni toʻxtatishga vakolatli mansabdor shaxslari roʻyxati har yili Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qarzdor isteʼmolchilarga energiya bermaslik choralarini koʻrmagan energiya yetkazib beruvchilar rahbarlariga hamda zarar yetkazishda aybdor boʻlganlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar qoʻllanadi.
Iqtisodiyotning ular yuzasidan Hukumatning tegishli qarorlari qabul qilingan strategik tarmoqlaridagi isteʼmolchilariga energiya berish toʻxtatilmaydi, lekin toʻlov muddati oʻtgan qarzlar mavjud boʻlganda energiya berish tarifga 10 foiz miqdorida ustama qoʻshgan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Toʻlovni toʻlamaganlarni energiya taʼminotidan uzishga qarshilik koʻrsatish hokimiyat vakilining xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish sifatida baholanadi, aybdor shaxslarga nisbatan esa Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (198-modda va boshqalar)da hamda Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan choralar qoʻllanadi.
10. Ushbu Nizomga muvofiq ilgari uzib qoʻyilgan isteʼmolchilarni energiya taʼminoti tarmogʻiga takroriy ulash energiya yetkazib beruvchining koʻrsatib oʻtilgan vakolatli xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu Nizomga muvofiq ilgari uzib qoʻyilgan isteʼmolchilarni energiya taʼminoti tarmogʻiga ruxsatsiz ulashda aybdor boʻlgan shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida va Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan choralar qoʻllanadi.
11. Yetkazib beruvchi har oyda isteʼmolchidan bir oyda amalda foydalanilgan energiya toʻgʻrisida maʼlumotnoma oladi va hisob-kitob qiladi. Sotilgan energiya uchun toʻlov hujjatlari (hisob- faktura va toʻlov talabnomasi) yetkazib beruvchi tomonidan isteʼmolchiga bir oyda bir marta yozib beriladi.
Hisob-faktura va toʻlov talabnomasi, keyinchalik toʻlov operatsiyalarini soʻzsiz ijro etish uchun yetkazib beruvchi tomonidan isteʼmolchining xizmat koʻrsatuvchi bankiga yuboriladi.
12. Aholi va yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan boshqa elektr energiya isteʼmolchilari bilan berilayotgan energiya uchun hisob-kitoblar joylardagi uy-joy-kommunal xoʻjaligi subyekti — Yagona buyurtmachi xizmati orqali ham, tegishli shartnomalar asosida amalga oshirilishi mumkin.
13. Energetika vazirligi tizimida hisob-kitoblarning markazlashtirilganligi munosabati bilan uning qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha hisob-kitoblari hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Elektr va issiqlik energiyasi isteʼmolchilari hamda yetkazib beruvchilari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisida Nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
| | |
Namunaviy idoraviy shakl № ES | |
|
_________________________________ |
| | |
| | | | |
| | | | |
|
Isteʼmolchiga energiya berish uchun | |||
|
200 ___ yil “____”_______________ | |||
| Asos _________________________________________________________________________ | |||
| | |
shartnoma, sana | |
| Isteʼmolchi____________________ | Ijro etuvchi__________________________ | ||
Dyebitorlik qarz________________ |
_______________dan _______________ gacha | ||
| (mazkur kundagi hisob-kitoblarning holati) |
(topshiriq-buyurtmanomaning amal qilish muddati) | ||
| Oldindan haq toʻlash summasi ______ |
| | |
|
Soʻralgan energiyaning |
Tarif |
Summa |
Eslatma |
| | | | |
|
|
| | |
| Rahbar | ___________________ | | |
| Bosh buxgalter | ___________________ | | |
| Ijro etuvchi (inspektor, nazoratchi) ______________________ |
| ||
Elektr va issiqlik energiyasi isteʼmolchilari hamda yetkazib beruvchilari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisida Nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Isteʼmol qilingan energiya uchun tijorat banklarining qisqa muddatli kreditlari asosida oʻtkaziladigan oʻzaro hisob-kitoblarning
NAMUNAVIY SXEMASI
Eslatma Energetika va elektrlashtirish vazirligi korxonalari hamda energiya isteʼmolchilari oʻrtasida deibtorlik va kreditorlik qarzlari paydo boʻlib qolgan hollarda tijorat banklarining kreditlari asosida sxemalar boʻyicha oʻtkaziladigan oʻzaro hisob-kitoblar ikki-uch kun muddatda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Elektr va issiqlik energiyasi isteʼmolchilari hamda yetkazib beruvchilari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisida Nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
1-N hisobot shaklida aks ettirmasdan budjetga toʻlovlar boʻyicha oʻz vaqtida toʻlanmagan qarzlar (aholiga sotiladigan issiqlik energiyasi uchun tariflardagi tafovutni toʻlash) hisobiga Moliya vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va Energetika va elektrlashtirish vazirligi oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarning
NAMUNAVIY SXEMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Elektr va issiqlik energiyasi isteʼmolchilari hamda yetkazib beruvchilari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisida Nizomga
4-ILOVA
4-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi korxonalari va kimyo sanoati korxonalari tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun transhlar boʻyicha mablagʻlar oʻtishining
NAMUNAVIY SXEMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Eslatma Paxta, gʻalla va sholi yetishtiruvchi xoʻjaliklarga, shuningdek, qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi korxonalar va tashkilotlarga yetkazib beriladigan elektr energiyasi uchun energetika korxonalari bilan hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasining transhlari asosida 1-ilovaga muvofiq sxemalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Elektr va issiqlik energiyasi isteʼmolchilari hamda yetkazib beruvchilari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisida Nizomga
5-ILOVA
5-ILOVA
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanish tashkilotlari tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun pul mablagʻlari oʻtishining
NAMUNAVIY SXEMASI
Eslatma Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining suv xoʻjaligidan foydalanish tashkilotlariga yetkazib beriladigan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar budjetdan mablagʻ bilan taʼminlash sxemalari asosida amalga oshiriladi.
Moliya vazirligi suv xoʻjaligi tashkilotlarini budjetdan mablagʻ bilan taʼminlash doirasida suv xoʻjaligidan foydalanish tashkilotlarining elektr energiyasi uchun haq toʻlashga maqsadli yoʻnaltiriladigan aniq summalarni nazarda tutadi.
Yuqoridagi summalardan Energetika va elektrlashtirish vazirligi, oʻz navbatida Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi balansida turgan gidroelektrstansiyalar tomonidan yetkazib beriladigan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Elektr va issiqlik energiyasi isteʼmolchilari va ularni yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi oʻzaro hisob kitoblar tartibi toʻgʻrisida Nizomga
6 ILOVA
6 ILOVA
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining suv xoʻjaligi obyektlarini budjetdan mablagʻ bilan maqsadli taʼminlashning
NAMUNAVIY SXEMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Eslatma Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining suv xoʻjaligi obyektlari tomonidan isteʼmol qilinadigan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar, pul mablagʻlaridan tashqari, maqsadli sxemalar bilan ham amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.