Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2022 13.04.2001 yildagi 173-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2022
Hujjat 19.05.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAVOIY DAVLAT KONChILIK INSTITUTI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI HAMDA KON-METALLURGIYA SANOATI KORXONALARINI YUQORI MALAKALI MUTAXASSISLAR BILAN TAʼMINLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi PF-94-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kon-metallurgiya sanoati uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil qilishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 12-apreldagi PF-2829-son Farmoniga muvofiq hamda Navoiy davlat konchilik institutining yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash yuzasidan samarali faoliyat koʻrsatishi uchun shart-sharoitlar yaratish korxonalarini hamda respublika kon-metallurgiya ishlab chiqarishlarini mutaxassislar bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(kirish qismi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-maydagi 237-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2004-y., 20-son, 236-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 2001-yil 1-iyulgacha belgilangan tartibda Navoiy davlat konchilik institutini texnika kolleji, biznes-maktab va litsey-internat bilan birgalikda “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni tarkibiga bepul oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi vazifalarini roʻyobga chiqarish yuzasidan Navoiy davlat konchilik institutining oʻquv-metodika taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oliy oʻquv yurtlarini moliyalashtirishning tasdiqlangan normativlari boʻyicha har yili Navoiy davlat konchilik institutining budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanishini saqlab qolsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Navoiy davlat konchilik instituti, “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-2001 oʻquv yili tugagandan soʻng institut, uning fakultetlari va kafedralari tuzilmasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritsinlar, institut ustavini tasdiqlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda, “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni korxonalari hamda respublika kon-metallurgiya tarmogʻining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, bakalavriat va magistratura taʼlim dasturlari boʻyicha soha mutaxassisliklari roʻyxatini qayta koʻrib chiqsinlar, oʻquv rejalari va dasturlarini qayta tasdiqlasinlar, ilgʻor pedagogika texnologiyalarini, shu jumladan oʻqitishning dual tizimini joriy etishni hisobga olgan holda oʻquv jarayonining tashkil etilishiga oʻzgartirishlar kiritsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi oʻquv yili boshlangunga qadar institut kafedralari va fakultetlarini yuqori malakali pedagog kadrlar bilan, shu jumladan “Qizilqumnodirmetalloltin” konsernining kon ishlari va metallurgiya boʻyicha tajribali ishlab chiqarish mutaxassislarini, shuningdek xorijiy davlatlarning yetakchi oʻquv va ishlab chiqarish markazlaridan mutaxassislar taklif etish hisobiga butlash chora-tadbirlarini koʻrsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy davlat konchilik instituti, kon-metallurgiya yoʻnalishidagi kasb-hunar kollejlari pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari dasturini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy mamlakatlarning kon-metallurgiya yoʻnalishidagi yetakchi oliy oʻquv yurtlari, ilmiy va ishlab chiqarish markazlari bilan hamkorlik qilish, talabalar, oʻqituvchilar va ilmiy xodimlar ayirboshlashni rivojlantirish dasturini ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni raisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda attestatsiya komissiyasi tashkil etsin hamda 2001-yil 1-sentabrgacha Navoiy davlat konchilik institutining professor-oʻqituvchilar tarkibini attestatsiyadan oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni va respublika kon-metallurgiya tarmogʻining buyurtmanomalarini hisobga olgan holda 2001-2002 oʻquv yilida Navoiy davlat konchilik institutiga talabalar qabul qilish rejasi yuzasidan belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Navoiy kon-metallurgiya kombinati:
(7-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-maydagi 237-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2004-y., 20-son, 236-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy davlat konchilik institutini kombinat mablagʻlari hisobiga zamonaviy oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, oʻqitishning texnik vositalari va kompyuter texnikasi, yangi darsliklar va oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yilda va keyingi yillarda kombinat mablagʻlari hisobiga Navoiy davlat konchilik institutini joriy va mukammal tuzatish, institut oʻquv korpuslari hamda yotoqxonalarini rekonstruksiya qilish va jihozlash, shuningdek taklif etilgan oʻqituvchi-professorlar tarkibiga uy-joy berish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy davlat konchilik instituti professor-oʻqituvchilari va xodimlariga Navoiy kon-metallurgiya kombinati xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish haqidagi amaldagi qoidani joriy etish, ushbu maqsadlar uchun kombinat ixtiyorida qoladigan foydadan mablagʻ ajratish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Navoiy davlat konchilik institutining 2 ming talabaga moʻljallangan oʻquv-laboratoriya korpusi va Navoiy shahrida 400 oʻrinli yotoqxona qurilishi va jihozlanishishi 2002-yildan boshlab Respublika investitsiya dasturlariga kiritishni nazarda tutsinlar, ushbu obyektlar qurilishi 2004-yil 1-avgustgacha tugallanadi va foydalanishga topshiriladi.
(8-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyuldagi 112-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy kon-metallurgiya kombinati koʻrsatib oʻtilgan obyektlarning tegishli texnik qismi mavjud boʻlgan tender hujjatlarini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va ushbu obyektlar qurilishi boʻyicha bajaruvchini aniqlash yuzasidan tender oʻtkazsin.
(8-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-maydagi 237-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2004-y., 20-son, 236-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyati hokimligi ushbu obyektlar qurilishi uchun belgilangan tartibda bir oy muddatda yer uchastkasi ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Moliya vazirligi hamda Markaziy bank bilan birgalikda konsern yoʻllanmalari boʻyicha chet mamlakatlar oliy oʻquv yurtlarida oʻqishni xohlovchi shaxslarni tanlov boʻyicha tanlash va ularni oʻqitish haqini toʻlash tartibini, shuningdek oʻqishni tugatgach ularning konsern korxonalariga ishga qaytib kelishini kafolatlovchi shartlarni ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Navoiy kon-metallurgiya kombinati yoʻllanmalari boʻyicha oʻqigan va konsern korxonalarida ishlaydigan mutaxassislarga chet mamlakatlarda berilgan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomlarni Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qaroriga 2-ilovaning 7-bandiga muvofiq tan olish va nostrifikatsiyalashni belgilangan tartibda amalga oshirsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-maydagi 237-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2004-y., 20-son, 236-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Navoiy, Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlari hokimliklari oliy oʻquv yurtlarini tugatganlarga, MDH mamlakatlaridan taklif etilgan yuqori malakali mutaxassislarga va ularning oila aʼzolariga ularning Navoiy kon-metallurgiya kombinatida ishlash davri uchun respublikada boʻlishiga ruxsatnomalarni va ularni roʻyxatdan oʻtkazishni koʻpi bilan uch oy muddatda rasmiylashtirsinlar.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-maydagi 237-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2004-y., 20-son, 236-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida belgilangan tartibda takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari H.S. Karomatov va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 13-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
173-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 4-son, 42-modda; 2004-y., 20-son, 236-modda)