Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Buyrugʻi
Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 14-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2146-9]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 20-avgustdagi 65-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2146, 2010-yil 11-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 40-41-son, 356-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 10-avgust,
117-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 10-avgustdagi 117-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 75-banddagi “Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” degan soʻzlar “Iqtisodiy jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 80-bandda:
1) ikkinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligini (qishloq xoʻjaligi) saqlash, qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari zararkunandalariga qarshi kurashish xizmati, veterinar laboratoriyalar, urugʻchilik inspeksiyalari, “Davtexnazorat” boʻlimlari va inspeksiyalari,” degan soʻzlar “Qishloq xoʻjaligi vazirligini saqlash, qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari zararkunandalariga qarshi kurashish xizmati, veterinar laboratoriyalar, urugʻchilik inspeksiyalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) beshinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligini (suv xoʻjaligi) saqlash, suv xoʻjaligi tashkilotlari, qutqaruv xizmati, suvdagi stansiya va postlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi” degan soʻzlar “Suv xoʻjaligi vazirligini saqlash, suv xoʻjaligi tashkilotlari, qutqaruv xizmati, suvdagi stansiya va postlari, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 82-banddagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasini” degan soʻzlar “Qurilish vazirligini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 1-ilovada:
1) 3 012 0 0 va 3 012 1 0 qatorlar chiqarib tashlansin;
2) 3 017 1 0 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 018 0 0 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi “Obod qishloq” jamgʻarmasi;
3 018 1 0 Respublika mablagʻlari;
3 018 2 0 Hududiy mablagʻlar;
3 018 2 1 Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika darajasidagi, viloyatlarning viloyat darajasidagi va Toshkent shahrining shahar darajasidagi mablagʻlari;
3 018 2 2 Tumanlar va shaharlar darajasidagi mablagʻlar;
3 019 0 0 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi;
3 019 1 0 Respublika mablagʻlari;
3 019 2 0 Hududiy mablagʻlar;
3 019 2 1 Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika darajasidagi, viloyatlarning viloyat darajasidagi va Toshkent shahrining shahar darajasidagi mablagʻlari;
3 019 2 2 Tumanlar va shaharlar darajasidagi mablagʻlar;
3 020 0 0 “Obod mahalla” jamgʻarmasi;
3 020 1 0 Respublika mablagʻlari;
3 020 2 0 Hududiy mablagʻlar;
3 020 2 1 Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika darajasidagi, viloyatlarning viloyat darajasidagi va Toshkent shahrining shahar darajasidagi mablagʻlari;
3 020 2 2 Tumanlar va shaharlar darajasidagi mablagʻlar;
3 021 0 0 “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi;
3 021 1 0 Respublika mablagʻlari;
3 021 2 0 Hududiy mablagʻlar;
3 021 2 1 Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika darajasidagi, viloyatlarning viloyat darajasidagi va Toshkent shahrining shahar darajasidagi mablagʻlari;
3 021 2 2 Tumanlar va shaharlar darajasidagi mablagʻlar;
3 022 0 0 Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi;
3 022 1 0 Respublika mablagʻlari;
3 022 2 0 Hududiy mablagʻlar;
3 022 2 1 Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika darajasidagi, viloyatlarning viloyat darajasidagi va Toshkent shahrining shahar darajasidagi mablagʻlari;
3 022 2 2 Tumanlar va shaharlar darajasidagi mablagʻlar”;
3) 4 028 2 1 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“4 800 0 0 Tashqi hisob-kitoblar boʻyicha maqsadli mablagʻlar;
4 800 1 0 Respublika mablagʻlari;
4 800 2 0 Hududiy mablagʻlar;
4 800 2 1 Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika darajasidagi, viloyatlarning viloyat darajasidagi va Toshkent shahrining shahar darajasidagi mablagʻlari;
4 800 2 2 Tumanlar va shaharlar darajasidagi mablagʻlar”;
4) quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“7 000 0 0 Majburiyatlar boʻyicha hisob-kitoblar;
7 000 1 0 Respublika mablagʻlari;
7 000 2 0 Hududiy mablagʻlar;
7 000 2 1 Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika darajasidagi, viloyatlarning viloyat darajasidagi va Toshkent shahrining shahar darajasidagi mablagʻlari;
7 000 2 2 Tumanlar va shaharlar darajasidagi mablagʻlar;
7 001 0 0 Hisob-kitob kliring palatasi;
7 001 1 0 Respublika mablagʻlari”.
5. 2-ilovada:
1) 3 332 106 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“3 332 107 Budjet hisobidan ajratilgan tushumlar”;
2) 3 422 214 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3 422 214 Traktorlar, traktor tirkamalari, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari, oʻziyurar mashinalar, shuningdek qishloq xoʻjaligi texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish, davlat raqam belgilari, texnik pasportlar va guvohnomalar berish uchun undiriladigan yigʻimlar”;
3) 3 422 240 qatordagi “qilishga ruxsat berish” degan soʻzlar “qilish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilganligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 3 422 261 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 422 282 Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasiga yigʻimlar;
3 422 286 Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma uchun yigʻimlar;
3 422 287 Traktorlar, traktor tirkamalari, melioratsiya va yoʻl qurilish texnikalari, oʻzi yurar mashinalar, shuningdek qishloq xoʻjaligi texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun yigʻimlar;
3 422 288 Traktorlar, traktor tirkamalari, melioratsiya va yoʻl qurilish texnikalari, oʻzi yurar mashinalar, shuningdek qishloq xoʻjaligi texnikalarini guvohnomalari uchun yigʻimlar;
3 422 289 Traktorlar, traktor tirkamalari, melioratsiya va yoʻl qurilish texnikalari, oʻzi yurar mashinalar, shuningdek qishloq xoʻjaligi texnikalarini raqam belgilari uchun yigʻimlar;
3 422 290 Traktorlar, traktor tirkamalari, melioratsiya va yoʻl qurilish texnikalari, oʻzi yurar mashinalar, shuningdek qishloq xoʻjaligi texnikalarini texnik pasporti uchun yigʻimlar;
3 422 291 Xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun yigʻimlar;
3 422 292 Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish va oʻzgartirish boʻyicha yigʻimlar”;
5) 3 430 107 qatordagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” degan soʻzlar “Qurilish vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 3 430 145 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 430 148 Qishloq xoʻjaligi sohasidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun jarima sanksiyalari;
3 430 149 Inspeksiya xodimlari tomonidan solinadigan jarimalar;
3 430 150 Oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun jarima sanksiyalari;
3 430 151 Suv isteʼmoli sohasidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun jarima sanksiyalari”;
7) 3 450 723 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 450 800 Oʻtkazib beriladigan daromadlar;
3 450 801 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari;
3 450 802 Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
3 450 803 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi mablagʻlari;
3 450 804 Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi “Toza ichimlik suv” jamgʻarmasi mablagʻlari;
3 450 805 Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
3 450 806 Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari”;
8) 3 450 901 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar”.
6. 4 ilovada:
1) 7 016 900 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 016 901 FHDY boʻlimlarini saqlash xarajatlari”;
2) 7 019 903 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“7 019 904 “Obod qishloq” jamgʻarmasiga ajratiladigan mablagʻlar;
7 019 905 “Obod mahalla” jamgʻarmasiga ajratiladigan mablagʻlar”;
3) 7 033 602 qatordagi “boshqarmalarini” degan soʻz “organlarini” degan soʻz bilan almashtirilsin;
4) 7 033 606 qator chiqarib tashlansin;
5) 7 034 100 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 034 200 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatini saqlash xarajatlari”;
6) 7 036 300 va 7 036 400 qatorlardagi “Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” degan soʻzlar “Iqtisodiy jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 7 036 600 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 036 900 Boshqa xarajatlar;
7 036 901 Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining markaziy apparatini saqlash xarajatlari;
7 036 902 Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining hududiy organlarini saqlash xarajatlari”;
8) 7 042 101 qatordagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligini (qishloq xoʻjaligi)” degan soʻzlar “Qishloq xoʻjaligi vazirligini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 7 042 107 qator chiqarib tashlansin;
10) 7 042 401 qatordagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligini (suv xoʻjaligi)” degan soʻzlar “Suv xoʻjaligi vazirligini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 7 042 404 qatordagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar “Suv xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 7 042 405, 7 042 406, 7 042 950 va 7 042 960 qatorlar chiqarib tashlansin;
13) 7 043 201 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“7 043 202 Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasini saqlash xarajatlari;
7 043 203 Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi hududiy boʻlimlarini saqlash xarajatlari”;
14) 7 043 500 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“7 043 501 Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasini saqlash xarajatlari;
7 043 502 Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi hududiy boʻlimlarini saqlash xarajatlari”;
15) 7 044 210 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 044 220 Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasini saqlash xarajatlari”;
16) 7 049 990 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 049 991 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi”;
17) 7 083 640 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 083 700 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi”;
18) 7 094 400 qator chiqarib tashlansin;
19) 7 102 417 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 102 418 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining pensiya va nafaqa xarajatlari”
20) 7 106 400 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“7 106 900 Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha boshqa xarajatlar;
7 106 901 1941 — 1945-yillardagi urush faxriylari va unga tenglashtirilgan shaxslar uchun asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlarini bepul berish xarajatlari;
7 106 902 1941 — 1945-yillardagi urush faxriylari va unga tenglashtirilgan shaxslar uchun zarur kiyim-kechak va poyabzal bilan bepul taʼminlash xarajatlari;
7 106 903 Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondiga ajratiladigan mablagʻlar”;
21) 7 109 209 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 109 210 Respublika budjetidan Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga ajratiladigan mablagʻlar”;
22) 7 109 405 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“7 109 500 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi jamgʻarmalar;
7 109 501 “Obod qishloq” jamgʻarmasi xarajatlari;
7 109 502 “Obod mahalla” jamgʻarmasi xarajatlari”.
7. 5 va 5a-ilovalardagi 48 21 130 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“48 21 140 Elektron davlat xaridlarida ishtirok etish uchun zakalat toʻlovi xarajatlari”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2018-y., 10/18/2146-9/1880-son)