Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 7-oktabrdagi 434-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda ayrimlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Valyuta tizimini boshqarishni Hukumatning birjadan tashqari valyuta bozorini rivojlantirish boʻyicha qabul qilgan qarorlariga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining oʻzlarining ixtisoslashtirilgan almashtirish shoxobchalari orqali chet el naqd valyutasini respublika hududida erkin xarid qilish va sotish operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan banklar tarmogʻini kengaytirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin, ularning roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Milliy valyutaning ichki erkin muomalada boʻlishi uchun resurslarni koʻpaytirish toʻgʻrisida” 1994-yil 8-noyabrdagi 540-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 23-noyabrdagi 566-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1995-yil 23-martdagi 94-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish va valyuta almashtirish operatsiyalarini kengaytirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 30-iyundagi 250-son qaroriga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 5-dekabr,
467-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-yanvardagi 34-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 1-2-son, 5-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-dekabrdagi 467-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritilayotgan
OʻZGARTIRIShLAR
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston respublika valyuta birjasida operatsiyalar hajmini kengaytirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 23-noyabrdagi 566-son qaroriga ilovada:
1.2-bandning “b” kichik bandi chiqarib tashlansin;
3.1-3.3-bandlar chiqarib tashlansin;
4-boʻlimning nomidagi “valyuta birjalari orqali” soʻzlari chiqarib tashlansin;
4.3-banddagi “namunaviy” soʻzi va “(Markaziy bankning 1993-yil 22-iyundagi 40-son xatiga 2-ilova)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
5.1 va 5.2-bandlar chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Isteʼmol tovarlarini import qilish uchun markazlashtirilgan valyuta resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida” 1996-yil 19-noyabrdagi 405-son qarorida:
2-bandning uchinchi xatboshidagi va 2-ilovaning nomidagi “markazlashtirilgan valyuta resurslari hisobidan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2-ilova matnidagi “markazlashtirilgan valyuta resurslari hisobidan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2-ilovaning 9-bandidagi beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
2-ilovaning 15-bandidagi “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi huzuridagi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-ilovaning 20-bandidagi “markazlashtirilgan resurslar hisobidan hamda Oʻzbekiston respublika valyuta birjasida” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 11-son, 173-modda; 2001-y., 1-2-son, 5-modda; 2002-y., 19-son, 150-modda; 2003-y., 19-son, 178-modda)