Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.01.2007 27.02.2001 yildagi 97-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.01.2007
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING USTYuRT VA HISOR MINTAQALARIDA UGLEVODORODLARNI RAZVEDKA QILISh VA QAZIB ChIQARISh BOʻYIChA “OʻZPEK LIMITED” KOMPANIYASI (BUYuK BRITANIYA) BILAN HAMKORLIK TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 16-yanvardagi PQ-567-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlarida geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazish, uglevodorod konlarini ochish va qazib chiqarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Ustyurt va Hisor mintaqalarida neft va gaz konlarini razvedka qilish va ularni qazishga bevosita chet el investitsiyalarini jalb qilish hisobiga utlevodorod xomashyosi resurs bazasini va uni qazib olishni koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Britaniyaning “Triniti Enerdji” kompaniyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida neft-gaz konlarini razvedka qilish va qazish boʻyicha ixtisoslashtirilgan “OʻzPEK Limited” shuʼba korxonasi tashkil etilganligi va u Buyuk Britaniyada roʻyxatdan oʻtkazilganligi, shoʻba korxona:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqishni tugallaganligi va Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy Ustyurt va Janubiy-Gʻarbiy Hisor litsenziyalangan hududlarida neft-gaz konlarini razvedka qilish va qazish xamda infratuzilma qurilishi boʻyicha kombinatsiyalashgan investitsiya loyihasini amalga oshirishga Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimni tayyorlaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
420 mln. AQSh dollari miqdoridagi mazkur investitsiya loyihasini, shu jumladan, birinchi besh yilda — 200 mln. AQSh dollaridan ortiq miqdordagi bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan bevosita investitsiyalar hisobiga amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud istiqbolli maydonlarda qidiruv-razvedka burgʻulash ishlarini va Markaziy Ustyurtning litsenziyalanadigan hududlarida yangi istiqbolli obyektlarni tayyorlash va burgʻulashga kirishish boʻyicha dala geofizika ishlarini olib borishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odamtosh gaz kondensati va Janubiy-Qizil bayroq neft-gaz konini foydalanishga topshirishi, razvedkagacha, foydalanish quduqlari qazishi va Janubiy-Gʻarbiy Hisorning litsenziyalanadigan hududlarida joylashgan kichik va past samarali konlarda uglevodorodlar qazib olishni tashkil etish imkonini beruvchi mintaqaning yagona infratuzilmasini qurishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishiga muvofiq Janubiy-Gʻarbiy Hisorning litsenziyalanadigan hududida yangi neft toʻplamlarini qidirish boʻyicha geologiya-razvedka ishlarini amalga oshirishni nazarda tutganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “OʻzPEK Limited” kompaniyasining investitsiya loyihasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Neft va gaz konlarini razvedka qilish hamda ularni qazib chiqarishga bevosita xorijiy sarmoyalarni jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 28-apreldagi PF-2598-son Farmoni bilan xorijiy investorlarga beriladigan rejimlar va imtiyozlar joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda mazkur investitsiya loyihasi boʻyicha Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimni ekspertizadan oʻtkazsin hamda 2001-yil 5-martgacha uni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining belgilangan tartibda “OʻzPEK Limited” kompaniyasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyinchalik navbatdagi uch yillik muddatga uzaytirish huquqi bilan besh yil muddatga Markaziy Ustyurt va Janubiy-Gʻarbiy Hisor hududlarida qidirish-razvedka qilish ishlarini amalga oshirish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn besh yil muddatga uzaytirish huquqi bilan yigirma besh yil muddatga, “OʻzPEK Limited” kompaniyasi bilan kelishilgan joʻgʻrofiy “koordinatlar doirasida, uglevodorodlar qazib chiqarish uchun litsenziya berishiga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va “OʻzPEK Limited” kompaniyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlangan vaqtdan boshlab bir oy muddatda mazkur loyiha monitoringini amalga oshirish va mazkur loyiha xorijiy investitsiyalarini hisobga olish uchun doimiy ishlaydigan Boshqaruvchi qoʻmita tashkil etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va “Oʻzdavstandart” markazi bilan birgalikda bojxona rasmiylashtiruvi tartibotini belgilovchi, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasiga keltiriladigan tovarlar, materiallar, texnologik jihozlar va oʻlchov vositalarining erkin aylanishi hamda ularni sertifikatlash uchun moʻljallangan, shuningdek uglevodorodlarni yoki ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqarish va mamlakatning oʻzida ishlab chiqarilgan mahsulotga hamda “OʻzPEK Limited” kompaniyasiga tegishli tovarning kelib chiqishiga sertifikatlar berish tartibini ishlab chiqsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatkontexnazorat” agentligi tomonidan “OʻzPEK Limited” kompaniyasiga kon tarmogʻi ajratiladi, shuningdek kompaniya qoʻllaydigan texnologiya boʻyicha ishlab chiqarish xavfsizligi yuzasidan ekspert xulosalari beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan Davlat geologiya qoʻmitasi bilan birgalikda xar yili “OʻzPEK Limited” kompaniyasiga yer usti va yer osti manbalaridan suv olish uchun zarur limit ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi tomonidan buyurtmachi mablagʻlari hisobiga Markaziy Ustyurt va Janubiy-Gʻarbiy Hisorning litsenziyalangan hududlarida topografiya-geodeziya, aerosuratga olish va kartografiya ishlari amalga oshiriladi, ushbu ishlar natijalarini belgilangan tartibda “OʻzPEK Limited” kompaniyasiga berish taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi tomonidan “OʻzPEK Limited” kompaniyasiga va uning subpudratchilariga aloqaning radioelektron vositalaridan va jihozlarning yuqori chastotali turlaridan foydalanishga ruxsatnomalar beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻzPEK Limited” kompaniyasi va uning xorijiy subpudratchilari loyihani amalga oshirishda atrof muhitiga yetkazilgan zarar uchun javob bermaydi, “OʻzPEK Limited” kompaniyasining yoki uning xorijiga subpudratchilarining qasddan qilingan xatti-harakatlari yoki harakatsizligi hollari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi “OʻzPEK Limited” kompaniyasi xodimlari va uning subpudratchilari hamda ularning oila aʼzolari uchun kamida bir yil muddat bilan koʻp martalik kelish vizalari rasmiylashtirishni, shuningdek ularni yashash joylarida roʻyxatdan oʻtkazishni rasmiylashtirish yigʻimlari va davlat boji undirmasdan taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 27-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97-son,