30.08.2018 yildagi PQ-3925-son
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T\r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Narxi

Moliyalashtirish manbalari

Bajaruvchilar

I. Nevrologiya sohasida tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) nizomi va tuzilmasini tasdiqlash.

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

2019-yil sentyabr

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Qudbiyev)

2.

Markaz faoliyatini tashkil etishda, zamon talablaridan kelib chiqqan holda, nevrologiya xizmati muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi idoraviy me’yoriy hujjatlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish va qayta ko‘rib chiqish.

Normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari

2019-yil yanvar

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

3.

Nevrologiya sohasida davolash-diagnostika xizmatlari ko‘rsatishning zamonaviy va ilmiy tasdiqlangan uslublari va texnologiyalarini hisobga olgan holda, nevrologik kasal bemorlarni diagnostika qilish va davolashning zamonaviy standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

2019-yil dekabr

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Adliya vazirligi (R. Davletov), “O‘zstandart “(J. Shukurov)

4.

Markazning nizomi, tuzilmasi va m�ddiy-texnik ta’minlash me’yorlarini tasdiqlash, shuningdek, uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil dekabr

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi(Sh. Qudbiyev)

II. Nevrologik kasalliklarni, shu jumladan insultantni barvaqt diagnostika qilish va oldini olish chora-tadbirlarini takomillashtirish

5.

Shahar (tuman) tibbiyot birlashmalarida nevrologiya bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda –Markaz bo‘linmalari) faoliyatini tashkil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2019-2020-yy.

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

6.

Nevrologik kasalliklar va uning asoratlari bilan og‘rigan bemorlarning yagona elektron bazasini yaratish.

Ma’lumotlar bazasi

2019-2020-yy.

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Moliya vazirligi (A. Haydarov)

7.

Markazning barcha bo‘linmalarida insultni boshdan kechirgan hamda epilepsiya bilan kasallangan bemorlarning populatsiya registrini joriy etish, keng tarqalgan nevrologik kasalliklar bo‘yicha skrining tadqiqotlarni takomillashtirish va bosqichma-bosqich joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2022-2023-yy.

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

Sanatoriya-kurort davolash-profilaktika muassasalari bazasida nevrologik kasalliklarni boshdan kechirgan bemorlarga reabilitatsiya yordamini ko‘rsatishni tashkil etish va amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2019-2020-yy.

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi (K. Rafikov)

9.

Nevrologiya kasalliklari bo‘yicha sanitariya-targ‘ibot ishlarini, shu jumladan aholi orasida nevrologik kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha ishlarni, quyidagilar orqali amalga oshirish:

ijtimoiy tele va radio ko‘rsatuvlarning qamrovi va sonini kengaytirish;

bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida materiallarni e’lon qilish;

nevrologik kasalliklar, shu jumladan insultantlar rivojlanishi omillari xatarlari to‘g‘risida mavzuga oid seminarlar o‘tkazish;

xavf-xatarlar rivojlanishini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

olib borilgan axborot-targ‘ibot chora-tadbirlari natijalarini monitoring qilish va baholash.

Axborot-targ‘ibot chora-tadbirlari kompleksi

Doimo

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), MTRK (A. Xodjayev), O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi (L. Tangriyev)

III. Nevrologiya sohasida kadrlar salohiyatini mustahkamlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

10.

Markaz va uning bo‘linmalari shifokorlari, nevrologlari va ilmiy xodimlarini zamonaviy klinika diagnostikasi va laboratoriya tahlillari natijalarini izohlash, shu jumladan yuqori texnologik asbob-uskunalarda nevrologik kasalliklarni davolash bo‘yicha zamonaviy metodlarga o‘qitish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

11.

Aholiga amaliy tibbiy yordam ko‘rsatish bilan bir qatorda, Markaz mutaxassislari tomonidan respublika hududlarida nevrolog shifokorlar uchun nevrologiya kasalliklari va insult bilan og‘rigan bemorlarni diagnostika qilish va davolashning yangi metodlarini joriy etish bo‘yicha mahorat darslarini tashkil etish.

Mahorat darslari dasturlari

Doimiy, dasturga muvofiq

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

12.

Yetakchi xorijiy tibbiyot markazlari va klinikalari bilan sheriklikni mustahkamlash orqali nevrologik kasalliklar va insult bilan og‘rigan bemorlarni diagnostika qilish va davolashning milliy amaliyotiga ilmiy tadqiqotlarning zamonaviy jahon tajribasini joriy etish.

Xorijiy davlatlarning yetakchi klinikalari mutaxassislari ishtirokida nevrologiya va insult bo‘yicha ilmiy konferensiyalar, trening va mahorat darslarini tashkil etish va o‘tkazish.

Memorandum va kelishuvlar

2019 — 2021-yy.

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), TIV (A. Komilov)

13.

Nevrologiya va neyroreabilitologiya mutaxassisliklari bo‘yicha klinik ordinaturada har yili 15 nafar nevrolog va
10 nafar neyroreabilitologlarni tayyorlash yo‘li orqali Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazining kadrlar salohiyatini mustahkamlash.

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

2019-2020-yy.

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

14.

Xorijiy markazlar va klinikalar bilan hamkorlik to‘g‘risidagi ikki tomonlama tuzilgan shartnomalar asosida har yili kamida 10 ta Markaz mutaxassislari malakasini oshirish.

Hamkorlik shartnomasi

2019-2020-yy.

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), TIV (A. Komilov)

15.

Insultni boshdan kechirgan shaxslar va nevrologik bemorlarni parvarish qilish bo‘yicha patronaj hamshiralar tayyorlashni o‘z ichiga olgan Avstriyaning “AUREUS” reabilitologlar jamiyati bilan birga keyinchalik joylarda mutaxassislarni tayyorlashni ko‘zda tutgan holda 5 yil davomida milliy neyroreabilitologlarni Avstriyaning nevrologiya klinikalarida o‘qitishni nazarda tutish masalalarini o‘rganish.

Hamkorlik shartnomasi

2018 — 2022-yy.

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), TIV (A. Komilov)

IV. Nevrologik kasalliklar va insultni oldini olish, diagnostika qilish va davolashning yangi metodlarini ishlab chiqish hamda joriy etishga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar olib borish

16.

Nevrologik kasalliklar va insultlarda birinchi va reabilitatsion yordam ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy platformaga muvofiq, nevrologik kasallanishni prognozlash va davolashning zamonaviy qarashlarini ishlab chiqish.

Ilmiy tadqiqotlar natijalari

2022-2023-yy.

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov)

17.

Nevrologiya kasalliklarini davolashning klinik kechishi va davolash natijalarining neyroimmunologik, molekulyar-biologik, molekulyar-genetik, itogenetik va molekulyar-genetik xususiyatlarini o‘rganish.

Ilmiy loyihalar

2022-2023-yy.

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

18.

Markaz amaliyotiga quyidagi zamonaviy davolash metodlarini joriy qilish:

tizimli trombolizis va tromboekstraksiya;

epilepsiyaning VNS — terapiyasi;

insultdan keyingi barvaqt reabilitatsiya usullari;

parkinsonizm bilan kasallanganlarni ultratovushli ablatsiya uslublari;

ergoterapiya, kinezioterapiya va robotlashtirilgan texnika yordamida nevrologik bemorlarni reabilitatsiya qilish uslublari;

umurtqa pog‘onasi va orqa miya hosilalarini jarrohlik davolash;

magnit va elektr stimulatsiyaning terapevtik usullari;

botulinoterapiya;

tana hujayralari yordamida insult va epilepsiyani davolash.

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

2022-2023-yy.

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

19.

Markaz bo‘linmalari amaliyotiga davolashning zamonaviy uslublarini joriy etish, shu jumladan:

insultdan keyingi barvaqt reabilitatsiyasi;

nevrologik bemorlarni kinezioterapiya va robotlashtirilgan texnika yordamida reabilitatsiya qilish, ergoterapiya;

magnit va elektr stimulatsiya terapiya bilan davolash.

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

2022-2023-yy.

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

V. Nevrologiya xizmati moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

20.

Toshkent davlat stomatologiya instituti huzuridagi Akademik litsey binolarini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

Loyiha-smeta hujjatlari

2018-yil dekabr

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Qurilish vazirligi (A. Tuxtayev), Moliya vazirligi (A. Haydarov)

21.

Toshkent davlat stomatologiya instituti huzuridagi Akade�ik litsey binolarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash.

Davlat rivojlantirish dasturlari doirasida

2019-2020-yy.

Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (S. Bekenov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Qurilish vazirligi (A. To‘xtayev)

22.

Davlat tibbiyot muassasalaridagi ixtisoslashtirilgan nevrologiya bo‘limlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy diagnostika va laboratoriya asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Davlat rivojlantirish dasturlari doirasida

2022-2023-yy.

11,6 mln AQSh dollari

O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi, xalqaro moliya institutlari va donor-davlatlarning kreditlari va grantlari

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (S. Bekenov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Moliya vazirligi (A. Haydarov)

23.

Markazni yuqori texnologik tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash.

Xalqaro moliya tashkilotlari va institutlari mablag‘larini jalb qilish

2022-2023-yy.

11 mln doll. SShA

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (S. Bekenov), Sog‘li�ni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Moliya vazirligi (A. Haydarov)

24.

Har bir hisob birligining texnik holatini xatlovdan o‘tkazgan holda, nevrologiya xizmati muassasalarining tibbiyot asbob-uskunalaridan foydalanish samaradorligi bo‘yicha yagona axborot ma’lumotlar bazasini yaratish.

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

2019 — 2021-yy.

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-yanvardagi PQ-103-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 07/22/103/0070-son)
 LexUZ sharhi