Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini boʻnak toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 6-sentabrda 2065-4-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 11-yanvardagi 4, 2018-83 va 315-V-5-sonli “Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini boʻnak toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2065-5, 21.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 7-yanvardagi 2, 2010-1, 39/4-son qarori (roʻyxat raqami 2065, 2010-yil 14-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 1-2-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini boʻnak toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 3-avgust,
116-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 3-avgust,
2018-50-son
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 3-avgust,
315-B-4-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 3-avgustdagi 116, 2018-50 va 315-V-4-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini boʻnak toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 5-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ulgurji savdo faoliyati bilan shugʻullanish uchun litsenziyaga ega korxonalar oʻzlarining asosiy va ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarini boshqa tijorat banklarida ochganliklari toʻgʻrisidagi axborot Bank depozitorlarining milliy axborot bazasidan kelib tushgan kundan boshlab, davlat soliq xizmati organlari bir ish kuni ichida mazkur tijorat banklariga ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda xabarnoma yuboradi.”.
2. 6-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Xabarnoma soliq toʻlovchiga yozma shaklda yoki uning shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda yuboriladi.”.
3. 12-bandda:
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“oʻziga xizmat koʻrsatuvchi bank bilan amalga oshirilgan valyuta operatsiyalari hamda valyuta birjasida ilgari konvertatsiya qilingan xorijiy valyutani sotishdan kelib tushgan mablagʻlar;”.
Oʻn birinchi — oʻn uchinchi xatboshilar tegishlicha oʻn ikkinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
4. 16-banddagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Yagona soliq toʻlovi boʻyicha ortiqcha toʻlangan summa soliq toʻlovchining arizasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 10-bobida nazarda tutilgan tartibda qaytariladi.
Ariza soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yozma shaklda yoki soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda beriladi.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2018-y., 09/18/2065-4/1851-son)