Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 6-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2364-5]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 23-avgustdagi 19/13-sonli ““Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2364-6, 14.09.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1.Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 24-martdagi 10/1-son qarori (roʻyxat raqami 2364, 2012-yil 15-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 20-son, 223-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 18-avgust,
27/7-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 18-avgustdagi 27/7-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Kafolat berish masalasi bank (filial)ning kredit qoʻmitasi tomonidan bank kredit siyosatida koʻrsatilgan kafolat berishning limitlari doirasida koʻrib chiqiladi.
Berilgan kafolatlarning hisobi Bosh bankda yuritiladi va uning toʻgʻri yuritilishi bank boshqaruvi raisi zimmasiga yuklatiladi.”.
2. Quyidagi mazmundagi 71-band bilan toʻldirilsin:
“71. Bank tomonidan kafolat berish qatʼiy hisobda turuvchi blankda rasmiylashtiriladi. Kafolat blanklari hisobi alohida daftarda qayd etib boriladi. Kafolat blanklari shakli bankning ichki tartiblarida yagona shaklda belgilanadi.
Kafolat blanklari Bosh bank va “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida yagona shakldagi maxsus himoya belgilari bilan taʼminlangan qogʻozda tayyorlanib, Bosh bank tomonidan bankning barcha filiallariga yetkaziladi.”.
3. 14-banddagi “Bosh bank” degan soʻzlar “bank (filial)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 10/18/2364-5/1842-son)