Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining
buyrugʻi
Reaktiv quvvat kompensatsiyasi boʻyicha ishlarni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 5-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1864-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2008-yil 9-sentabrdagi 168-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1864, 2008-yil 10-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 40-41-son, 419-modda) bilan tasdiqlangan Reaktiv quvvat kompensatsiyasi boʻyicha ishlarni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq D. ISAQULOV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-iyul,
10-son
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2018-yil 26-iyuldagi 10-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Reaktiv quvvat kompensatsiyasi boʻyicha ishlarni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2-banddagi “50” soni “20” soni bilan almashtirilsin.
2. 3-banddagi “sanoat korxonalarining” degan soʻzlar “isteʼmolchilarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 15-banddagi “davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” degan soʻzlar “aksiyadorlik jamiyati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 26-banddan oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
5. 27-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Quvvat koeffitsiyentini pasayishi oqibatida elektr energiyasini qoʻshimcha texnologik yoʻqotishlarini hisoblash mazkur Nizom ilovasining 18-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.”.
6. 28-banddagi “Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-sonli qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. Nizom ilovasida:
a) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va (yoki) Magistral elektr tarmogʻidan taʼminlanadigan isteʼmolchilar uchun quvvat koeffitsiyentining normativ qiymati quyidagicha belgilanishi lozim:
|
0.4 kV |
tgφn = 0,25 |
|
6 — 10 kV 35 kV |
tgφn = 0,30 tgφn = 0,32 |
|
110 kV |
tgφn = 0,38 |
|
220 kV |
tgφn = 0,50 |
Agar isteʼmolchi podstansiyaning shinalariga ulangan boʻlsa u xolda tegishlicha podstansiyani elektr energiyasi bilan taʼminlovchi tarmoq kuchlanishdagi normativ qiymat hisobga olinadi.”.
b) 5-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
v) quyidagi mazmundagi 4-§ bilan toʻldirilsin:
“4-§. Quvvat koeffitsiyentini pasayishi oqibatida elektr energiyasini qoʻshimcha texnologik yoʻqotishlarini hisoblash
18. Hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun kerak boʻladigan birlamchi maʼlumotlar:
a) hisob davrida isteʼmolchiga amalda yetkazib berilgan aktiv va reaktiv elektr energiyasi miqdori Wa, Wr;
b) elektr taʼminoti shartnomasida belgilangan quvvat koeffitsiyenti (sos φshart);
v) Elektr energiyasini elektr tarmoqlari boʻylab uzatish va taqsimlashda texnologik yoʻqotishlarning normativlarini hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 2871, 2017-yil 31-mart) muvofiq hisoblangan isteʼmolchi ulangan elektr tarmoqlar boʻylab elektr energiyasini uzatish va taqsimlashda uning texnologik yoʻqotishlarning normativi (∆W Norm.ETY, %).
Hisob davrida isteʼmolchiga amalda yetkazib berilgan aktiv va reaktiv elektr energiyasi miqdoridan kelib chiqib, amaldagi quvvat koeffitsiyenti quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
Hisob davrida elektr energiyasini isteʼmolchiga yetkazib berishda isteʼmolchi ulangan tarmoqlarda sodir boʻladigan uning texnologik yoʻqotishlarining absolyut miqdori (∆W Norm.ETY)quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Bunda, Wa hisob davrida isteʼmolchiga yetkazib berilgan aktiv elektr energiyasi miqdori.
| Mazkur Metodikaning 17-bandiga asosan quvvat koeffitsiyenti kamayishi oqibatida elektr energiyasini elektr tarmoqlari boʻylab uzatishda uning texnologik yoʻqotishlari olinsa, hisob davrida isteʼmolchiga elektr energiyasi yetkazib berish uchun elektr tarmoqlardagi elektr energiyasi yoʻqotishlarining: |
elektr taʼminoti shartnomasi bilan cheklangan miqdori:
amaldagi miqdori:
Isteʼmolchida quvvat koeffitsiyenti elektr taʼminoti shartnomasida belgilangandan pasayishi oqibatida elektr tarmoqlarda sodir boʻladigan qoʻshimcha elektr energiyasi yoʻqotishlari quyidagi formula bilan aniqlanadi:
”.
8. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati va “Oʻrtaosiyoenergotarmoqloyiha” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R. GULYAMOV
2018-yil 25-iyul
“Oʻzbekenergo” AJ boshqaruvi raisi U. MUSTAFOYEV
2018-yil 17-iyul
“Oʻzkimyosanoat “ AJ boshqaruvi raisi A. ABDULLAYEV
2018-yil 9-iyul
“Oʻrtaosiyoenergotarmoqloyiha” AJ bosh direktori D. KULBATSKIY
2018-yil 3-iyul
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2018-y., 10/18/1864-2/1834-son)