Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tashqi reklamani joylashtirish sohasidagi faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Reklama bozorida sogʻlom raqobat muhitini yaratish, respublika aholi punktlari qiyofasini yaxshilash, shuningdek, tashqi reklama sohasidagi faoliyatni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2018-yil 1-dekabrdan boshlab:
tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish uchun yer uchastkalari, davlat mulki boʻlgan bino va inshootlar roʻyxatini shakllantirish, tavsiya etiladigan reklama konstruksiyalari turlari va ularni joylashtirish xaritalari (sxemalari)ni tuzish hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ichki ishlar, qurilish organlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) yer uchastkalarida, shuningdek, va davlat mulki boʻlgan bino va inshootlarda joylashtirish huquqini berish “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida ochiq elektron auksionlar orqali amalga oshiriladi, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno;
“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida ochiq elektron auksionlar orqali berilgan tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) yer uchastkalarida, shuningdek, davlat mulki boʻlgan bino va inshootlarda joylashtirish huquqiga shartnomalar tuzish tuman (shahar) hokimlari tomonidan amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) yer uchastkalarida va davlat mulki boʻlgan bino va inshootlarda joylashtirish huquqini elektron auksion natijalari asosida sotishdan tushgan mablagʻlar, shuningdek oʻrnatilgan tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) uchun oylik toʻlovlar tumanlar (shaharlar) budjetiga yoʻnaltiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
tashqi reklama joylashtirish huquqi uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadigan miqdorda yigʻim undiriladi, undirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
tashqi reklamani joylashtirish huquqini berish boʻyicha shartnomalar tuzishni tuman (shahar) hokimliklari amalga oshiradi, tashqi reklamani joylashtirish huquqini berish uchun yigʻimlarning 90 foizi tuman (shahar) budjetiga, 10 foizi esa — “Tasviriy oyina” ijodiy birlashmasi va uning hududiy filiallariga milliy gʻoya va maʼnaviyat targʻiboti tadbirlarini moliyalashtirish, uning apparati xodimlarini taʼminlash uchun yoʻnaltiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
ijtimoiy reklama maʼlumotini joylashtirishning eng kam muddati har bir tashqi reklama obyekti boʻyicha amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu bandning yettinchi xatboshida koʻrsatilgan mablagʻlarning oʻz vaqtida va toʻgʻri yoʻnaltirilishi yuzasidan tizimli nazorat oʻrnatsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, tashqi reklama obyektlarini yer uchastkalarida va davlat mulki boʻlgan bino va inshootlarda joylashtirish huquqini “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida ochiq elektron auksionlar orqali sotishning boshlangʻich narxi:
Keyingi tahrirga qarang.
yer uchastkalari uchun — ushbu yer uchastkasi uchun belgilangan yer soligʻining 10 barobari miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda koʻzda tutilgan foydalanish muddatining har bir yili uchun;
davlat mulki boʻlgan bino va inshootlar uchun — bino va inshootning fasad qismi hamda perimetri boʻyicha, shuningdek har bir reklama peshlavha uchun koʻzda tutilgan foydalanish muddatining 1 kv.m. uchun eng kam ijara haqi miqdorida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan 2018-yil 1-dekabrdan boshlab, tashqi reklama inshootlariga egalik huquqlarini, shu jumladan, joylari pasportlarini rasmiylashtirishni tadbirkorlik subyektlariga Davlat xizmatlari koʻrsatish markazi tomonidan “yagona darcha” tamoyili boʻyicha amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qurilish vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti loyihasini bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda:
bir oy muddatda — tumanlar (shaharlar)da joylashgan davlat hokimiyati organlari binolari, madaniy-tarixiy va diniy obyektlarda reklamadan xoli hududlarni aniqlash, shuningdek, ushbu hududlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aholiga hamda tadbirkorlik subyektlariga yetkazishni;
2019-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda — reklamadan xoli hududlarda joylashtirilgan yoki qonunchilikka rioya etilmagan holda oʻrnatilgan tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) egalari bilan shartnomalarni bekor qilishni;
tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish uchun qonunchilikka muvofiq avval tuzilgan shartnomalarni, berilgan pasportlarni, guvohnomalarni, ruxsatnomalarni va boshqa huquq beruvchi hujjatlarning mazkur qarorda belgilangan muddatlarga uzaytirilishini, ushbu obyektlar bilan bir hududda (zonada) joylashgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqni “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida oʻtkazilgan ochiq elektron auksionlarda sotish natijalari asosida aniqlanadigan miqdordagi yigʻim summasi toʻliq toʻlanganidan soʻng amalga oshirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Belgilansinki:
yer uchastkalariga tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqi 10 yilgacha, davlat mulki boʻlgan bino va inshootlarga 5 yilgacha beriladi;
shartnoma imzolangan kundan boshlab 3 oy mobaynida yer uchastkalariga, shuningdek, davlat mulki boʻlgan bino va inshootlarga tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) joylashtirilmagan taqdirda, tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqi bekor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Belgilansinki, oldindan ogohlantirishni taʼminlash, profilaktika samaradorligini oshirish va qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida reklama bozori subyektlari, shu jumladan “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi va uning hududiy filiallari Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va (yoki) uning hududiy organlaridan koʻrib chiqish uchun taqdim etilgan reklama maʼlumotlarning gʻoyalari, mavzulari va eskizlari boʻyicha ixtiyoriy ravishda xulosalar olish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi va manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) noqonuniy joylashtirganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni belgilash;
tashqi reklamani joylashtirishda reklama beruvchining xohishiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilidan va boshqa tillardan foydalanish talablarini belgilash;
ijtimoiy reklamaning minimal hajmini tashqi reklamani joylashtirishning umumiy bir yil vaqtidan 20 foizigacha oshirishni nazarda tutuvchi meʼyoriy-huquqiy hujjat loyihasini kiritsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bosh rejalar, batafsil rejalashtirish loyihalari va boshqa shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilgan taqdirda, tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) qurilish joylariga kiritilishini taʼminlaydi, shuningdek, binolarni qurish (taʼmirlash) boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini va tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) shaharsozlik norma va qoidalari talablariga muvofiqligi yuzasidan belgilangan tartibda xulosalar berilishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Qurilish vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni kiritsin:
a) quyidagilarning:
tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini), shu jumladan binolarning tashqi qurilmalari va fasadlarini qurish, ijtimoiy-jamoatchilik faolligi, tarixiy-madaniy qadriyatlarga qarab aniqlanadigan shaharlarning va shahar zonalarining kategoriyasini hisobga olgan holda ruxsat etiladigan toifa va koʻrinish, dizaynerlik yechimlari va reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish tartibi;
tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish uchun beriladigan yer uchastkalari, davlat mulki boʻlgan bino va inshootlar roʻyxatini, ularning soni, hajmi va shaharlar yoki shahar zonalari kategoriyasiga muvofiq holda shakllantirish tartibi;
“tashqi reklama” tushunchasini aniqlashtirgan holda tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) yer uchastkalari, davlat mulki boʻlgan bino va inshootlarda joylashtirish huquqini elektron auksionlar orqali sotish tartibi;
tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish toʻlovlari miqdorini aniqlash, shu jumladan ijtimoiy yoki tijorat reklama maʼlumotlarini mavjudligidan qatʼi nazar, shuningdek, tashqi reklamani joylashtirish uchun yigʻimlarning tabaqalashtirilgan miqdorlarini belgilash tartibi;
tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) xavfsizligining texnik reglamenti;
muayyan maydonda ruxsat etiladigan reklama konstruksiyalari miqdordan kelib chiqib hisoblanadigan tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari)ni oʻrnatish normativlari tasdiqlanishini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini;
b) qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 30-avgust,
702-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2018-y., 09/18/702/1826-son; 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son; 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)