Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 1877 va 331-moddalariga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-349-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2018-yil 30-martda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 1877 va 331-moddalariga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-349-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-iyun,
1740-III-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2018-y., 04/18/1740-III/1741-son)