Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar oʻrtasida hamkorlikdagi harbiy oʻquvlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi Bitimni (Bishkek, 2007-yil 27-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-368-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018-yil 1-iyunda kiritilgan “Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar oʻrtasida hamkorlikdagi harbiy oʻquvlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi Bitimni (Bishkek, 2007-yil 27-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-368-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-iyun,
1731-III-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2018-y., 04/18/1731-III/1735-son)