16.01.2001 yildagi 31-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 08.09.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OʻZBEKISTON — YAPONIYA MARKAZINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Yaponiya oʻrtasida iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash, ikki mamlakat oʻrtasidagi madaniy va gumanitar aloqalarni mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston — Yaponiya markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaponiya Hukumati tomonidan loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar, materiallar va texnik vositalar sotib olish boʻyicha, shuningdek Yaponiya mutaxassislari va oʻqituvchilarining boʻlish xarajatlarini qoplash uchun begʻaraz yordam asosida moliyaviy mablagʻlar berilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Oʻzbekiston — Yaponiya markazining Oʻzbekiston tomonidan muassis boʻlishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(2-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida Yaponiyaning iqtisodiy rivojlanish tajribasiga asoslangan maxsus oʻquv dasturlarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaponiyada tanlov asosida Oʻzbekiston mutaxassislarining iqtisodiy oʻquvini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaponiya va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi madaniy va gumanitar aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Oʻzbekiston — Yaponiya markazini Xalqaro savdo-koʻrgazma kompleksining “Xalqaro hamkorlik markazi” aksiyadorlik jamiyati binosiga joylashtirsin va tekin tegishli joylar bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Oʻzbekiston — Yaponiya markazining joriy faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash manbalari hisoblanishi belgilab qoʻyilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaponiya Hukumatining noloyiha turidagi grantlari tegishli shartlarida berilgan mablagʻlar hajmida maxsus bank hisobida jamlanadigan soʻmlardagi mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav maqsadlariga muvofiq shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar uchun markazning xoʻjalik faoliyatidan olingan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralar, kompaniyalar, banklar, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy ravishdagi homiylik badallari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilardan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston — Yaponiya markazi boʻshagan mablagʻlarni markaz faoliyatini kengaytirishga yoʻnaltirish sharti bilan besh yil muddatga Yoʻl jamgʻarmasiga ajratmalardan, shuningdek maxsus oʻquv va madaniy dasturlarni tashkil etish va oʻtkazishdan olingan daromadlardan umumdavlat, mahalliy soliqlar va yigʻimlardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaponiya tomonidan yetkazib beriladigan texnika va asbob-uskunalar, shuningdek markaz faoliyatiga jalb qilingan xorijiy mutaxassislarning mol-mulki bojxona bojlaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaz loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislar jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliqdan ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston — Yaponiya markazini nodavlat notijorat tashkiloti sifatida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha Oʻzbekiston — Yaponiya markazi loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga konsullik yigʻimlari undirmasdan kirish vizalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha Oʻzbekiston — Yaponiya markazi loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarni yashash joyida vaqtinchalik roʻyxatga olishni, kirish vizalari va vaqtinchalik roʻyxatda turish muddatlarini uzaytirishni davlat boji undirmasdan amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 16-yanvar,

31-son