Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OʻZBEKISTON — YAPONIYA MARKAZINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi va Yaponiya oʻrtasida iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash, ikki mamlakat oʻrtasidagi madaniy va gumanitar aloqalarni mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston — Yaponiya markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar:
Yaponiya Hukumati tomonidan loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar, materiallar va texnik vositalar sotib olish boʻyicha, shuningdek Yaponiya mutaxassislari va oʻqituvchilarining boʻlish xarajatlarini qoplash uchun begʻaraz yordam asosida moliyaviy mablagʻlar berilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Oʻzbekiston — Yaponiya markazining Oʻzbekiston tomonidan muassis boʻlishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(2-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
3. Quyidagilar markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasida Yaponiyaning iqtisodiy rivojlanish tajribasiga asoslangan maxsus oʻquv dasturlarini oʻtkazish;
Yaponiyada tanlov asosida Oʻzbekiston mutaxassislarining iqtisodiy oʻquvini tashkil etish;
Yaponiya va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi madaniy va gumanitar aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashga koʻmaklashish.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Oʻzbekiston — Yaponiya markazini Xalqaro savdo-koʻrgazma kompleksining “Xalqaro hamkorlik markazi” aksiyadorlik jamiyati binosiga joylashtirsin va tekin tegishli joylar bersin.
5. Quyidagilar Oʻzbekiston — Yaponiya markazining joriy faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash manbalari hisoblanishi belgilab qoʻyilsin:
Yaponiya Hukumatining noloyiha turidagi grantlari tegishli shartlarida berilgan mablagʻlar hajmida maxsus bank hisobida jamlanadigan soʻmlardagi mablagʻlar;
ustav maqsadlariga muvofiq shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar uchun markazning xoʻjalik faoliyatidan olingan mablagʻlar;
vazirliklar va idoralar, kompaniyalar, banklar, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy ravishdagi homiylik badallari.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 1-maydagi PQ-339-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2006-y., 5-son, 244-modda)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston — Yaponiya markazini nodavlat notijorat tashkiloti sifatida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha Oʻzbekiston — Yaponiya markazi loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga konsullik yigʻimlari undirmasdan kirish vizalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha Oʻzbekiston — Yaponiya markazi loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarni yashash joyida vaqtinchalik roʻyxatga olishni, kirish vizalari va vaqtinchalik roʻyxatda turish muddatlarini uzaytirishni davlat boji undirmasdan amalga oshirsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 16-yanvar,
31-son