Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligini oʻz vaqtida qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan taʼminlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 10-maydagi PQ-3712-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligini oʻz vaqtida qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan taʼminlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 10-maydagi PQ-3712-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 24-avgust,
683-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-avgustdagi 683-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Qishloqni lizing shartlarida qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 70-modda):
a) 4-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “3 oydan” soʻzi “120 kundan” soʻzi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “70” va “uch oy” soʻzlari tegishli ravishda “80” va “avans toʻlangan kundan boshlab 120 kun” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
2-banddagi “1-oktabr” va “10-oktabr” soʻzlari “15-avgust” soʻzi bilan almashtirilsin;
3-banddagi “1-noyabr” soʻzi “1-sentabr” soʻzi bilan almashtirilsin;
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Jamgʻarma mablagʻ bilan taʼminlashning mavjud manbalarini hisobga olgan holda har yili 1-sentabrgacha “Oʻzagrolizing” AJga lizing operatsiyalarini oʻtkazish uchun kelgusi davrga ajratiladigan resurslar hajmi uchun kafolat xatini taqdim etadi”;
6-banddagi “1-dekabr” soʻzi “1-noyabr” soʻzi bilan almashtirilsin;
9-bandning ikkinchi xatboshidagi “avans sifatida” soʻzlaridan keyin “yetkazib berish muddati 120 kundan oshmagan holda” soʻzlari qoʻshilsin;
“3 oydan” soʻzi “120 kun” soʻzi bilan almashtirilsin;
“2016-yildan boshlab esa — 50 foizigacha” soʻzlari “2016-yildan boshlab — 50 foizigacha, 2018-yil 1-iyuldan esa — 60 foizigacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11. “Oʻzagrolizing” AJ shartnomada koʻrsatilgan yetkazib berish muddatidan 120 kundan kech boʻlmagan muddatda navbatdagi yil choragida yetkazib beriladigan zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining 30 foizi (2013-yildan boshlab — kamida 50, 2014-yildan boshlab — kamida 55, 2015-yildan boshlab — kamida 60, 2016-yildan boshlab — kamida 70, 2018-yil 1-iyuldan boshlab — 80 foizigacha) miqdorida ishlab chiqaruvchi korxonalarga yoki ularning rasmiy distribyuterlariga operatsiya hisob raqamidan avans toʻlovi toʻlaydi”;
12-bandning ikkinchi xatboshida:
“uch” soʻzi “oʻn” soʻzi bilan almashtirilsin;
“2016-yildan boshlab — 30 foizigacha” soʻzidan keyin “2018-yil 1-iyuldan — 20 foizigacha” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi texnikasini xarid qilish uchun har yillik shartnoma kampaniyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 14-iyuldagi 217-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 7-son, 55-modda):
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari 2018-yildan boshlab:
mahalliy va jahondagi yetakchi ishlab chiqaruvchilar ishtirokida bir yilda ikki marotaba oʻtkaziladigan hududiy yarmarkalar doirasida qishloq xoʻjaligi texnikasini xarid qilish uchun muvofiqlashtirilgan shartnoma kampaniyasi oʻtkazilishini, bunda fevral-mart oylarida joriy yil uchun qoʻshimcha shartnomalar tuzilishini, sentabr-oktabr oylarida kelgusi yil uchun shartnomalar tuzilishini taʼminlasinlar;
qishloq xoʻjaligi texnikasini xarid qilish uchun oʻtkazilgan shartnoma kampaniyasi yakunlari toʻgʻrisidagi axborotni joriy yilning 1-apreli va 1-noyabridan kechiktirilmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etsinlar.”
b) 3-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa vazirliklar, idoralar hamda qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjalik mashinasozligini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 7-apreldagi PQ-832-son qarori bilan tashkil qilingan Qishloq xoʻjalik texnikasiga boʻlgan har yilgi talab-ehtiyojni belgilash boʻyicha Maxsus komissiya ishlari doirasida 1-aprelga qadar joriy yil uchun, 1-dekabrdan kechikmasdan kelgusi kalendar yil uchun shartnoma kampaniyasi maʼlumotlari asosida qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqarish va yetkazib berish hajmi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.”;
v) Qishloq xoʻjaligi texnikasini xarid qilish uchun har yillik shartnoma kampaniyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Har yili xaridor tomonidan 1-aprelgacha — joriy yilda qishloq xoʻjaligi texnikasini sotib olishga, 1-noyabrigacha — kelgusi kalendar yilda qishloq xoʻjaligi texnikasi sotib olishga ishlab chiqaruvchi (vositachi, lizing tashkiloti) bilan shartnoma tuziladi;
10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Qishloq xoʻjaligi texnikasi uchun avans toʻlovi oldi-sotdi shartnomasida koʻrsatilgan yetkazib berish muddatidan 120 kundan kam boʻlmagan muddatda belgilangan narxning kamida 80 foizi miqdorida toʻlanadi.
Qishloq xoʻjaligi texnikasi sotib olish avans toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalangan holda lizing asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2012 — 2016-yillarda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi toʻgʻrisida” 2012-yil 21-maydagi PQ-1758-son qaroriga 5-ilovaga muvofiq quyidagi nisbatlarda haq toʻlash shartlarida amalga oshiriladi:
qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining 20 foizi — avans sifatida lizing oluvchilar tomonidan oʻz mablagʻlari hisobiga, 60 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtiriladi”.
11-bandda:
birinchi xatboshidagi “3 oylik” soʻzi “120 kun” soʻzi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “65” raqami va “3 oylik” soʻzi tegishli ravishda “75” raqami va “120 kun” soʻzi bilan almashtirilsin;
13-banddagi “70” raqami “80” raqami bilan almashtirilsin;
14-bandning uchinchi xatboshidagi “65” raqami “75” raqami bilan almashtirilsin;
15-banddagi “5” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin;
16-bandning uchinchi xatboshidagi “1-dekabr” soʻzi “15-noyabr” soʻzi bilan almashtirilsin;
ilovada:
“2-bosqich” pozitsiyasining “Muddatlar” ustunidagi “1-dekabrigacha” soʻzi “joriy yilning 1-apreligacha, keyingi yilning 1-noyabrigacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“3-bosqich” pozitsiyasining “Chora-tadbirlar” ustunidagi “70” raqami “80” raqami bilan almashtirilsin;
“3a-bosqich” pozitsiyasining “Chora-tadbirlar” ustunidagi “65” raqami “75” raqami bilan, “3 oylik” soʻzi “120 kun” soʻzi bilan almashtirilsin;
“6-bosqich” pozitsiyasining “Muddatlar” ustunidagi “5” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2018-y., 09/18/683/1795-son)