Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi oʻrtasida ekstraditsiya toʻgʻrisidagi Bitimni (Toshkent, 2018-yil 30-aprel) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL–381-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018-yil 25-iyunda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi oʻrtasida ekstraditsiya toʻgʻrisidagi Bitimni (Toshkent, 2018-yil 30-aprel) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-381-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-iyun,
1799-III-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 04/18/1799-III/1677-son)