Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi QL-370-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 5-iyunda kiritilgan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi QL-370-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-iyun,
1793-III-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 04/18/1793--III/1671-son)