Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi oʻrtasida ekstraditsiya toʻgʻrisidagi Bitimni (Toshkent, 2018-yil 30-aprel) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-381-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018-yil 25-iyunda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi oʻrtasida ekstraditsiya toʻgʻrisidagi Bitimni (Toshkent, 2018-yil 30-aprel) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-381-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi toʻgʻrisidagi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasining xulosasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi ushbu qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun tayyorlasin.
3. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishni tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi guruh ushbu qonun loyihasini Qonunchilik palatasida tayyorlash, koʻrib chiqishning, shuningdek qabul qilishning barcha bosqichlarida kuzatib borishni taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-iyun,
1790-III-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2018-y., 04/18/1790-III/1669-son)