17.08.2018 yildagi 674-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirishga doir qo‘shimcha sharoitlar tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3450-son qaroriga muvofiq hamda sog‘liqni saqlash tarmog‘iga ajratiladigan budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish, laboratoriya diagnostikasi sohasiga eng yangi texnologiyalarni jalb etish yo‘li bilan aholini sifatli laboratoriya-diagnostika xizmatlari bilan ta’minlash, laboratoriya axborotlari tizimini joriy etish, laboratoriya tadqiqotlari sifatini nazorat qilish tizimini modernizatsiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: