17.08.2018 yildagi PF-5515-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 09.10.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish boʻyicha huquqiy eksperiment toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda respublikamizda hududlarni kompleks rivojlantirishga, joylarda yuzaga kelayotgan muammolarni oʻz vaqtida va samarali hal qilishga qodir mahalliy ijro etuvchi hokimiyat tuzilmasini takomillashtirishga qaratilgan mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Toshkent shahrida ishlarning haqiqiy ahvolini oʻrganish iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantirish va modernizatsiya qilish, investitsiyalarni jalb etish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholining eng muhim muammolarini tezkor hal qilishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammo va kamchiliklar mavjudligidan dalolat bermoqda. Xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishda kompleks yondashuv hamda hokimlar va ular oʻrinbosarlarining davlat boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalari bilan yaqin oʻzaro hamkorligi yoʻlga qoʻyilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, mahalliy davlat hokimiyati organlariga oʻziga xos boʻlmagan bir qator vazifa va funksiyalar yuklatilgan boʻlib, ularni amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy va moliyaviy mexanizmlari mavjud emas, oqibatda hokimliklar huzurida maʼmuriy va boshqaruv funksiyalariga ega boʻlgan alohida kvazidavlat korxona va tashkilotlar tuzilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, davlat hokimiyati vakolatlariga ega boʻlgan koʻp sonli idoralararo hududiy kollegial organlar (komissiyalar, kengashlar)ning mavjudligi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazifa va funksiyalari almashishiga, qabul qilinayotgan qarorlar va aniq natijalarga erishish uchun masʼuliyatning yoʻqolib borishiga olib kelmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, Toshkent shahrining tasdiqlangan bosh rejasi mavjud emasligi tartibsiz qurilishlarga olib kelmoqda, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini yanada kengaytirishga imkon bermayapti, shuningdek, ijtimoiy obyektlarni kompleks joylashtirish va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirishni hisobga olgan holda poytaxtni faol ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga toʻsqinlik qilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishning amaldagi tartibi ularga yuklatilgan vazifalar, funksiyalar va masʼuliyat hajmiga mos kelmaydi, bu esa ularning ish samaradorligiga taʼsir qilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchidan, deputatlik va jamoatchilik nazorati mexanizmlari lozim darajada ishga solinmagan, xalq deputatlari Kengashlari faoliyatini tashkil etishning amaldagi tartibi mahalliy ijro etuvchi organlar faoliyati ustidan nazoratni toʻliq taʼminlamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, ularning tegishli hududdagi eng muhim muammolarni hal qilishdagi rolini kuchaytirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi va Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasining vazifalariga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligining 2018-yil 1-sentabrdan Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish boʻyicha huquqiy eksperiment oʻtkazish haqidagi quyidagilarni nazarda tutuvchi taklifi qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar va uning tarkibiga kiruvchi tumanlar (keyingi oʻrinlarda tumanlar deb yuritiladi) hokimliklari boshqaruv apparatlari negizida xalq deputatlari Kengashi tasdiqlagan budjet doirasida tegishli hokim tomonidan tuzilmasi va shtatlari belgilanadigan va oʻzgartiriladigan Toshkent shahar va tumanlar hokimlari devonlarini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Toshkent shahar hududiy boshqarmalari rahbarlarini Toshkent shahar hokimi tomonidan tegishli vazir bilan kelishilgan holda, ularning tuman boʻlinmalari rahbarlarini esa tegishli hududiy davlat boshqaruvi organi rahbari bilan kelishilgan holda tuman hokimi tomonidan lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimi va uning oʻrinbosarlari ishtirokidagi davlat hokimiyati vakolatlariga ega boʻlgan hududiy idoralararo kollegial organlar (komissiyalar, kengashlar va boshqalar)ni ularning vazifa va funksiyalarini tegishli hududiy davlat boshqaruvi organlariga bergan holda keskin qisqartirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar tegishlicha Toshkent shahar va tumanlar hokimlari boʻysunuviga hamda Toshkent shahar va tumanlar hokimlari devonlari tuzilmasiga oʻtkazilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar iqtisodiyot va kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi hamda tumanlarning iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish boʻlimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligi moliya bosh boshqarmasi va tuman hokimliklarining moliya boʻlimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi va tumanlar qurilish boʻlimlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi va tumanlar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining Toshkent shahri boʻyicha hududiy boshqarmasi va investitsiyalar boʻyicha tuman boʻlimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toshkent shahrida mazkur Farmonning 2-bandida koʻrsatilgan davlat boshqaruvi organlari ishini tashkil etishning quyidagi tartibi oʻrnatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) respublika davlat boshqaruvi organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli sohalarda yagona davlat siyosatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi hududiy organlari faoliyatini uslubiy taʼminlash va muvofiqlashtirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tuzilmalarni malakali kadrlar bilan taʼminlashga qaratilgan yagona kadrlar siyosatini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Toshkent shahar va tumanlar hokimlari Toshkent shahri va tumanlardagi hududiy davlat boshqaruvi organlari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ularga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Toshkent shahridagi hududiy davlat boshqaruvi organlari Toshkent shahar hokimiga boʻysunadi va oʻz faoliyati toʻgʻrisida tegishli respublika davlat boshqaruvi organiga hisobot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Toshkent shahri tumanlaridagi hududiy davlat boshqaruvi organlari tuman hokimiga boʻysunadi va oʻz faoliyati toʻgʻrisida Toshkent shahridagi tegishli hududiy davlat boshqaruvi organiga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toshkent shahar hokimligining quyidagi takliflari maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi huzuridagi Kanallarni saqlash, foydalanish va taʼmirlash boʻyicha ixtisoslashgan boshqarma negizida asosiy vazifalari quyidagilardan iborat boʻlgan Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasini tashkil etish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri hududida joylashgan kanallar va ulardagi inshootlarni saqlash boʻyicha yagona texnika siyosatini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri hududida joylashgan kanallar va suv xoʻjaligi inshootlarining tegishli sanitar holati va texnik ishonchliligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kanallardan ishonchli foydalanish va ularni ishchi holatda saqlash uchun tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kanallarni sanitar tozalashni kompleks va tubdan yaxshilash, kanallarga tutash hududlarni sanitar, ekologik meʼyor va qoidalarga muvofiq obodonlashtirish vazifalarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kanallarning shahardan oʻtadigan qismlarini, ular oʻzanlarini betonlash yoʻli bilan rekonstruksiya qilish, qirgʻoq boʻylarida zamonaviy landshaft meʼmorchiligi usullarini qoʻllagan holda rekreatsion hududlarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan mablagʻlar, moddiy-texnika resurslari, maxsus texnika va asbob-uskunalardan foydalanish samaradorligini, jumladan suv va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etgan holda oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat tuzilmasida asosiy vazifalari quyidagilardan iborat boʻlgan Toshkent shahar transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish departamentini tashkil etish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar transportini tartibga solish va rivojlantirishning samarali mexanizmlarini tashkil etish, boshqarish, ishlab chiqish va qoʻllash tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport va yoʻl-transport infratuzilmasi, shuningdek, avtomobil toʻxtash joylarini rivojlantirish sohasida shahar dasturlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar yoʻlovchi transporti faoliyat yuritishining ishonchliligi, xavfsizligi va qulayligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻllar, yoʻl obyektlari va yoʻl-transport inshootlaridan foydalanish samaradorligini taʼminlash uchun yoʻl harakatini tashkil etishning xavfsiz va samarali dasturlari va chizmalarini, shu jumladan yoʻl harakatini tartibga solish tizimlarini, zamonaviy intellektual axborot-kommunikatsiya tizimlarini rejalashtirish, loyihalash va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar tashkilotlari, shu jumladan kommunal va ekspluatatsiya tashkilotlarining yoʻl-transport infratuzilmasi va yoʻl obyektlarini qurish va ulardan foydalanish sohasidagi faoliyatini tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimi tugatilib, Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimi tugatilib, Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari — Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari — Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi lavozimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimi devoni rahbari lavozimi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimi va tumanlar hokimlari 1 va 2-ilovalarga muvofiq namunaviy tuzilmalarga asosan tegishli hududda ijro etuvchi hokimiyatga rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar va tumanlar xalq deputatlari Kengashlari faoliyatining tashkiliy, moliyaviy, moddiy-texnikaviy va boshqa taʼminoti ularning mazkur Farmonga muvofiq tashkil etiladigan kotibiyatlari tomonidan, hokimlar va ular oʻrinbosarlarining taʼminoti esa — tegishli hokim devoni tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish departamenti Toshkent shahar hokimiga boʻysunadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi, shuningdek, Toshkent shahar transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish departamentining shtat birliklari Toshkent shahar hokimi tomonidan belgilanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti va Toshkent shahar budjeti oʻrtasida taqsimlanadigan soliqlarning tasdiqlangan parametrlaridan oshirib bajarilgan summaning 50 foizi Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga tegishli qismi Toshkent shahri mahalliy budjetiga oʻtkaziladi.
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil26-dekabrdagi PF-5607-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 06/18/5607/2385-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimi va uning oʻrinbosarlari ishtirokidagi hududiy idoralararo kollegial organlar (komissiyalar, kengashlar) ularning vazifa va funksiyalarini 3-ilovaga muvofiq vakolatli organlarga oʻtkazgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi davlat unitar korxonalari 4-ilovaga muvofiq oʻrnatilgan tartibda tugatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Toshkent shahar va tumanlar xalq deputatlari Kengashlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan va deputatlar orasidan boʻlgan xalq deputatlari Kengashi kotibi boshchilik qiladigan doimiy asosda faoliyat yurituvchi xalq deputatlari Kengashi kotibiyatini tashkil etish, shuningdek, uning tuzilmasini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati ustidan deputatlik, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish yuzasidan, shu jumladan hokimlar va davlat boshqaruvi hududiy organlari faoliyatini tizimli va tanqidiy tahlil qilish boʻyicha xalq deputatlari Kengashining har oylik ish rejalarini tasdiqlash va ijro etish orqali ishlarni kuchaytirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetlar daromadlari prognozini oshirib bajarish hisobiga xalq deputatlari Kengashlari kotibiyatlari xodimlarining faoliyatini baholash natijasiga koʻra ularning lavozim maoshlariga lavozim maoshining 200 foiziga qadar miqdorda ustama belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar budjeti mablagʻlari hisobidan uning zaxira fondi miqdori doirasida va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligini keyinchalik xabardor etgan holda Toshkent shahri nomidan yuridik va jismoniy shaxslar foydasiga kafolat va kafillik berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Toshkent shahar hokimi va tumanlar hokimlariga mahalliy budjetlar daromadlari prognozini oshirib bajarish hisobiga Toshkent shahar hokimi va tumanlar hokimlari devoni, shuningdek, davlat boshqaruvi hududiy organlari xodimlarining faoliyatini baholash natijasiga koʻra ularning lavozim maoshlariga lavozim maoshining 200 foiziga qadar miqdorda ustama belgilash huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Toshkent shahri hududida 2018-yil 1-oktabrdan quyidagilar amalga kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti va Toshkent shahar budjeti oʻrtasida qayta taqsimlanadigan alohida turdagi tushumlar boʻyicha ajratmalar 5-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar budjetlari daromadiga toʻliq hajmda kiritiladigan qoʻshimcha tushumlar 6-ilovaga* muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Toshkent shahrining boshqaruv tizimini tubdan isloh qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “yoʻl xaritasi”) 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilarga:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari “yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan nazorat va monitoringni amalga oshirish vazifasi;
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF–5650-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimi, vazirlik va idoralar rahbarlariga “yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Toshkent shahar hokimi 2018-yil 1-oktabrga qadar muddatda Toshkent shahrining bosh rejasi konsepsiyasi va Toshkent shahrining bosh rejasi loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha xalqaro tanlov oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrining bosh rejasi konsepsiyasi va Toshkent shahrining bosh rejasi loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi funksiyasi Toshkent shahar hokimi devoniga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagilar Toshkent shahrining bosh rejasi konsepsiyasi va Toshkent shahrining bosh rejasi loyihalarini ishlab chiqishning moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarining davlat-xususiy sheriklik shartlarida jalb etiladigan mablagʻlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Toshkent shahar hokimi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-yanvarga qadar Toshkent shahrining bosh rejasi konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-dekabrga qadar tasdiqlangan Toshkent shahrining bosh rejasi konsepsiyasi asosida Toshkent shahrining bosh rejasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirlik va idoralar Toshkent shahar hokimi devoniga Toshkent shahrining bosh rejasi konsepsiyasi va Toshkent shahrining bosh rejasi loyihalarini ishlab chiqishda koʻmaklashsin, oʻz vakolatlari doirasida ushbu hujjatlarning oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi uchun zarur boʻlgan materiallar bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Belgilab qoʻyilsinki, Toshkent shahrining bosh rejasi tasdiqlangunga va poytaxtni arxitektura jihatidan rivojlantirishning istiqbollari aniq belgilangunga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrining eski shahar qismida buzish, rekonstruksiya qilish va kapital qurilish boʻyicha ishlarni olib borish taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrining boshqa tumanlarida yangi turar joy massivlarini qurishda ijtimoiy obyektlarni kompleks joylashtirish va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish majburiy tartibda nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Toshkent shahar hokimiga rentabelli investitsiya loyihalariga aholining boʻsh mablagʻlarini Toshkent shahrining obligatsiyalari yoki yangi tashkil etilayotgan xoʻjalik jamiyatlari aksiyalari shaklida qimmatli qogʻozlarni chiqarish orqali jalb etishga ruxsat berilsin.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Kapital bozorini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar hokimiga qimmatli qogʻozlarni chiqarish hamda joylashtirishda koʻmaklashsin.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Toshkent shahar hokimi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yagona buyurtmachi xizmati” IK, “Kapital qurilish boshqarmasi”, “Toshkent uy-joy qurilish boshqarmasi” va “Moddiy-texnik taʼminot boshqarmasi” davlat unitar korxonalari negizida davlat unitar korxonasi shaklidagi “Toshkent qurilish invest” injiniring kompaniyasini tashkil etish hamda uni Toshkent shahri hududida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashni tashkillashtirish boʻyicha yagona buyurtmachi sifatida belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maʼmuriy binolardan foydalanish departamenti” davlat unitar korxonasi negizida davlat unitar korxonasi shaklidagi Munitsipal aktivlarni boshqarish markazini tashkil etish hamda uning zimmasiga munitsipal mulkni, shu jumladan munitsipal mulk hisoblangan davlat korxonalari va xoʻjalik jamiyatlari ustav fondidagi ulushlarni samarali boshqarish vazifalarini yuklash haqidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimiga munitsipal aktivlarni boshqarish va ularni ijaraga berishdan tushadigan daromadlarning bir qismini, jumladan Toshkent shahar hokimi devonining faoliyatini moddiy-texnik taʼminlash va uning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish uchun yoʻnaltirishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq tashqi reklama obyektlarining inshootlarini joylashtirish uchun taqdim etiladigan hududlar roʻyxatlarini shakllantirish Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi tomonidan ichki ishlar organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, ruxsatnoma berishdan kelib tushadigan barcha mablagʻlar elektron auksion savdolarini oʻtkazish xarajatlarini chegirib tashlagan holda Toshkent shahri tumanlari budjetlariga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Toshkent shahar hokimi real vaqt rejimida quyidagi imkoniyatlarni taqdim etuvchi Toshkent shahri va tumanlar hokimlari devonining interfaol portallarini yaratishni taʼminlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) fuqarolardan mahalliy budjetning muayyan qismini, shu jumladan Toshkent shahrini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasining mablagʻlarini, Toshkent shahri obligatsiyalarini chiqarish hisobidan jalb etilayotgan mablagʻlarni eng koʻp ovoz olgan maqsadlarga yoʻnaltirish boʻyicha takliflar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mahalliy budjetga tushumlarni kuzatish, shuningdek, amalga oshirilayotgan tadbirlarni va ularga sarflangan mablagʻlarni shaffofligi va ochiqligini taʼminlagan holda qayd etish orqali ularning sarflanishini monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Toshkent shahri va tumanlar hokimlari devonlarining tegishli hudud aholisi bilan quyidagilar orqali hamkorligini amalga oshirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
poytaxt aholisidan uy-joy kommunal, transport va boshqa infratuzilmani takomillashtirish, hududlarni obodonlashtirish masalalari boʻyicha takliflarni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokimlar va hokim devoni xodimlarining poytaxt aholisi taklif va mulohazalariga tezkor javob berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
poytaxt aholisi takliflari va mulohazalarining ijrosini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida arzon uy-joyga talabgor shaxslarning navbati va roʻyxatini ochiq shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni rivojlantirish, obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturlarini joylashtirish, tadbirkorlik subyektlarining takliflarini qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
poytaxt aholisi ovoz berishi yakunlari boʻyicha tumanlar hokimlari va hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining reytingini aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari Toshkent shahar va tumanlar Kengashlariga Toshkent shahri va tumanlari ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati ustidan samarali deputatlik nazoratini tashkil etish hamda amalga oshirishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga koʻrib chiqish uchun kiritilayotgan masalalarni xalq deputatlari Kengashlari yigʻilishlarida muhokama qilish amaliyotini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari Kengashlari murojaatlari boʻyicha hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini oʻz majlislarida koʻrib chiqish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi bir oy muddatda Toshkent shahrida kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish sohasida qonunchilikka rioya etilishi va huquq-tartibotni taʼminlash uchun masʼul boʻlinmalarni belgilash boʻyicha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mahalliy davlat hokimiyati organlariga xos boʻlmagan va bir-birini takrorlovchi funksiyalarni aniqlash nuqtai nazaridan qonun hujjatlarini xatlovdan oʻtkazsin, natijasi boʻyicha ularni optimallashtirish yuzasidan takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda ommaviy mulkni respublika va munitsipal mulkka aniq ajratish yuzasidan takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, tartibga solish boʻyicha qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-dekabrga qadar muddatda xalqaro tajribani inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga “Oʻzbekiston Respublikasi poytaxtining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida oʻtkazilgan huquqiy eksperiment yakunlariga koʻra, 2019-yil 1-iyulga qadar muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu Farmonga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti va Toshkent shahri mahalliy budjeti parametrlariga oʻzgartishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Moliya vazirligining Davlat moliya nazorati bosh boshqarmasi mazkur Farmon talablari ijro etilishida mahalliy budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan tizimli ravishda nazoratni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 17-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5515-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-avgustdagi PF-5515-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar ijro hokimiyati organlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TUZILMASI

Izoh. Toshkent shahar ijro hokimiyati organlari tuzilmasi va shtatlari xalq deputatlari Kengashi tasdiqlagan budjet doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda hokim tomonidan belgilanadi va oʻzgartiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-avgustdagi PF-5515-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar tumanlari ijro hokimiyati organlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Primechaniye. Toshkent shahar tumanlari ijro hokimiyati organlari tuzilmasi va shtatlari tegishli xalq deputatlari Kengashi tasdiqlagan budjet doirasida Toshkent shahar hokimi bilan kelishilgan holda tuman hokimi tomonidan belgilanadi va oʻzgartiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Olmazor tumani hokimi apparatida.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-avgustdagi PF-5515-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimi va uning oʻrinbosarlari ishtirokidagi tugatilayotgan hududiy idoralararo kollegial organlar (komissiyalar, kengashlar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Idoralararo kollegial organlar nomi

Tugatilayotgan idoralararo kollegial organlarning vakolatlari topshirilayotgan davlat organi

1.

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Yongʻin xavfsizligi komissiyasi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi

2.

Toshkent shahar yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash komissiyasi

3.

Toshkent shahar ommaviy tadbirlar oʻtkazishni nazorat qilish komissiyasi

4.

Toshkent shahri huquqbuzarliklar profiliktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiyasi

5.

Toshkent shahar nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha kengash

Toshkent shahar Prokuraturasi

6.

Toshkent shahar qora va rangli metall parchalari, chiqindilarini ishlab chiqarish va qayta ishlashni nazorat qilish hamda muvofiqlashtirish komissiyasi

Toshkent shahar Iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi

7.

Toshkent shahar kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha muvofiqlashtirish kengashi

8.

Toshkent shahar tiklanadigan energiya manbalarining energiya samaradorligi va ularni rivojlantirish masalalari komissiyasi

9.

Mukammal qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish komissiyasi

10.

Toshkent shahar tadbirkorlik subyektlarining tanlov takliflarini koʻrib chiqish komissiyasi

11.

Toshkent sanoat korxonalarining iqtisodiy oʻsishini taʼminlash boʻyicha doimiy komissiya

12.

Toshkent shahar OIV-infeksiya tarqalib ketishining oldini olish tadbirlarini muvofiqlashtirish komissiyasi

Toshkent shahar Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi

13.

2014 — 2018-yillarda Oʻzbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va oʻsmirlar salomatligini saqlash boʻyicha davlat dasturini amalga oshirish komissiyasi

14.

Dori vositalari va tibbiy buyumlarning chakana savdosini litsenziyalash komissiyasi

15.

Toshkent shahrida nikohlarni tibbiy tekshirishni muvofiqlashtirish komissiyasi

16.

Toshkent shahrida shaharsozlik obyektlarini joylashtirish boʻyicha yer uchastkalarini ajratish va qurilish ishlari bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish komissiyasi

Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi

Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi

17.

Toshkent shahrida yangi ish oʻrinlarini yaratish va bandlik boʻyicha dasturning maqsadli koʻrsatkichlarini soʻzsiz bajarish yuzasidan muvofiqlashtirilgan ishlarni tashkillashtirish boʻyicha shahar doimiy ishchi komissiyasi

Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi

18.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-yanvardagi “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar oʻrtasida kooperatsiyani kengaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-3706-sonli Farmonini amalga oshirish boʻyicha Toshkent shahar komissiyasi

19.

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi xorijiy tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil qilish sohasida nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini litsenziyalash boʻyicha hududiy komissiyasi

Toshkent shahar Xalq taʼlimi bosh boshqarmasi (maktabdan tashqari taʼlim sohasidagi faoliyatni litsenziyalash boʻyicha vakolatlarni topshirgan holda)

20.

Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga oʻtkazilgan yerlarni ishlash va tekshirish boʻyicha komissiya

Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi

21.

Toshkent shahar hududida qogʻoz chiqindilarini toʻplash, tayyorlash va qayta ishlash uchun yetkazib berish masalalari boʻyicha komissiya

Toshkent shahar Iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi

22.

Toshkent shahar hokimligi reklama-axborot faoliyati boʻyicha komissiyasi

Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi

23.

Toshkent shahar yer uchastkalarini qayta koʻrib chiqish va kompleks iqtisodiy baholash boʻyicha komissiyasi

Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi

24.

Toshkent shahar lotin alifbosiga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish komissiyasi

Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi

25.

Toʻylarni, oilaviy tadbirlarni, marosimlarni va xotira tadbirlariga bagʻishlangan masalalarni tartibga solish komissiyasi

26.

Toshkent shahar alkogol mahsulotlarining chakana savdosiga litsenziya berish komissiyasi

Toshkent shahar tumanlari hokimlarining apparati

27.

Toshkent shahri kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha Hududiy muvofiqlashtirish kengashi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi

28.

2016 ― 2020-yillarda bolalar musiqa va sanʼat maktabi faoliyatini yanada takomillashtirish davlat dasturini muvofiqlashtirish boʻyicha Toshkent shahar hududiy komissiyasi

Toshkent shahar Xalq taʼlimi bosh boshqarmasi

29.

Toshkent shahar axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo kengashi

Axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo kengashi

30.

Toshkent shahar uy-joy kommunal xoʻjaligida tarif va islohotlar dasturini bajarish monitoringi boʻyicha komissiyasi

Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-avgustdagi PF-5515-son Farmoniga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi oʻrnatilgan tartibda tugatiladigan davlat unitar korxonalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Korxona nomi

Izoh

1.

“Kapital qurilish boshqarmasi” DUK

“Toshkent qurilish invest IK” DUKga qoʻshilish orqali qayta tashkil etiladi

2.

“Yagona buyurtmachi xizmati IK” DUK

3.

“Toshkent uy-joy qurilish” DUK

4.

“Moddiy-texnik taʼminot boshqarmasi” DK

5.

“Toshkent shahar hokimligi investitsiyalar, innovatsiyalar, turizmni rivojlantirish va xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish boshqarmasi” DUK

Munitsipal aktivlarini boshqarish markaziga qoʻshilishi orqali qayta tashkil etiladi

6.

“Toshkent shaxar axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” DUK

vazifa va funksiyalari Toshkent shahar hokimi apparatining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻlimiga oʻtkazilgan holda tugatiladi

7.

“Toshkent Xalqaro biznes markazi” DUK

Munitsipal aktivlarini boshqarish markaziga qoʻshilishi orqali qayta tashkil etiladi

8.

“Toshkent shahar hokimligi maʼmuriy binolardan foydalanish direksiyasi” DUK

vazifa va funksiyalari Toshkent shahar hokimi apparatining ishlar boshqarmasiga oʻtkazilgan holda tugatiladi

9.

“Oʻzbekiston — Koreya axborot texnologiyalari oʻquv markazi” DUK

Faoliyatni davom ettirishga zarurat yoʻqligi munosabati bilan tugatiladi

10.

“Toshkent texnotrans logistik” DUK

11.

“Landshaft dizayn markazi” DUK

12.

“Tashkent tender konsalting” DUK

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-avgustdagi PF-5515-son Farmoniga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti va Toshkent shahar budjeti oʻrtasida qayta taqsimlanadigan alohida turdagi tushumlar boʻyicha ajratmalar miqdori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Tushumlar turi

Ajratmalar miqdori, foiz hisobida

Toshkent shahar budjeti

Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti

Vakolatli organ yoki Davlat xizmatlari agentligining maxsus hisobi

I. LITSENZIYA BERISH UCHUN DAVLAT BOJLARI

1.

Nodavlat taʼlim xizmati koʻrsatish sohasida faoliyatni amalga oshirishga litsenziya berish va uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun davlat boji (maktabgacha va maktabdan atshqari taʼlim qismida).

80

20

2.

Dori vositalari va tibbiy buyumlarning chakana realizatsiyasini amalga oshirishga litsenziya berish va uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun davlat boji.

80

20

3.

Turistik faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya olish uchun davlat boji.

80

20

4.

Veterinariya faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya olish uchun davlat boji.

80

20

5.

Telekommunikatsiya sohasida faoliyatni amalga oshirishga litsenziya berish uchun davlat boji

(teleradioeshittirishlarni (translyatsiya)tarqatish tarmoqlarining xizmat koʻrsatish qismida – kabel tarmogʻi boʻyicha teleradiodasturlarni qayta translyatsiya qilish va maʼlumotlar yetkazuvchi tarmoqlar provayderining, shu jumladan Internet, maʼlumotlar yetkazuvchi operatorlarning tarmoqlari orqali xizmat koʻrsatish).

50

50

6.

Oʻzbekoziqovqatzaxira meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari tomonidan amalga oshiriladigan isteʼmol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirishga litsenziya berish uchun davlat boji.

80

20

7.

Ulgurji savdoni amalga oshirish uchun litsenziya berishga davlat boji.

100

II. RUXSATNOMA BERISHDAN TUSHGAN YIGʻIMLAR

8.

Konsert-tomosha tadbirlarini tashkillashtirish uchun ruxsatnoma berish yigʻimi.

80

20

9.

Davlat mulki boʻlgan yer uchastkalari, binolar va inshootlarda reklama konstruksiyalarini inshootlarda oʻrnatishga ruxsatnoma berish, shuningdek tashqi reklama oʻrnatilgan obyektlar uchun har oyda toʻlanadigan yigʻimlar.

100*

III. BOSHQA TUSHUMLAR

10.

Yoʻl harakati xavfsizligi buzilgani uchun jarimalardan kelgan tushumlar.

15

30

55

11.

Auksion oʻtkazish orqali avtotransport vositalariuchun oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan davlat raqami belgisini berishdan kelgan tushumlar.

50

20

12.

Miunitsipal mulkni ijaraga berishdan kelib tushadigan mablagʻlar.

75

25**

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* elektron auksion savdolarini oʻtkazish harajatlaridan tashqari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** davlat mulkini balans saqlovchisiga ― 15 foiz, Davlat mulkining ijara markaziga ― 10 foiz.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-avgustdagi PF-5515-son Farmoniga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri tumanlarining budjetlari daromadiga toʻliq hajmda kiritiladigan qoʻshimcha tushumlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Tushumlar nomlanishi

Sana

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 113-, 114-, 119- va 121-moddalari boʻyicha soliq huquqbuzarliklari uchun jarimadan kelib tushadigan tushumlar.

2018 yil,
1-sentabrdan

2.

Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 49-3-, 50-, 51-1-, 64-, 99-, 109-, 110-, 161-, 164-, 165-, 165-1-, 176-, 178-, 186-1- moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun jarimadan keladigan tushumlar.

2018 yil,
1-sentabrdan

3.

Yakka tadbirkorlardan suv resurslaridan foydalanganlik uchun undirilgan soliq tushumlari.

2018 yil,
1-sentabrdan

4.

Jismoniy shaxslarning mulkini ijaraga berishdan keluvchi daromadlaridan soliq tushumlari .

2019 yil,
1-yanvardan

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Izoh. Vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga yoʻnaltiriladigan ajratmalardan tashqari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-avgustdagi PF-5515-sonli Farmoniga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrining boshqaruv tizimini tubdan isloh qilish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. POYTAXTNING KOMPLEKS IJTIMOIY-IQTISODIY
RIVOJLANISHINI TAʼMINLASH

1.

Toshkent shahar bosh rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash, shu jumladan quyidagilar nazarda tutiladi:

shaharning noyob arxitektura-shaharsozlik qiyofasini yaratish;

poytaxtning maʼmuriy chegarasini kengaytirish istiqbollari;

poytaxtning arxitektura jihatdan rivojlanishi yoʻnalishlarini aniq belgilash va shahar hududidan samarali foydalanish;

yashil shahar, piyoda yurishga moʻljallangan koʻchalar, parklar va xiyobonlar koʻp boʻlgan ekologik toza muhitni shakllantirish;

poytaxtning markaziy qismini boʻshatish uchun shahar darajasidagi yirik periferiyada (chetda) markaz tizimini yaratish;

uy-joy, ijtimoiy, madaniy va turistik ahamiyatidagi obyektlarni, ishlab chiqarish infratuzilmasini kompleks joylashtirish, shuningdek muhandislik va yoʻl-transport kommunikatsiyalarini va boshqalarni ildam rivojlantirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2019-yil
1-dekabrgacha

Toshkent shahar hokimi,
Qurilish vazirligi,

Toshkentboshplan LITI DUK, manfaatdor vazirliklar va idoralar

2.

2019 ― 2025-yillarda Toshkent shahrini rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash, unda quyidagilar nazarda tutilgan:

shahar rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;

aqlli shahar va yashil shahar tizimlarini joriy etish;

mahalliy davlat hokimiyati organlariningaholi va biznes bilan oʻzaro hamkorlik mexanizmini takomillashtirish;

faoliyatning yuqori samarali va innovatsion turlarini rivojlantirish;

shaharning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish,

kommunal xoʻjaligi, yoʻl-transport infratuzilmasini obodonlashtirish va yaxshilashga investitsiyalarni jalb qilish;

tadbirkorlik va turizmni hamda aholining boʻsh vaqti uchun infratuzilmani rivojlantirish;

shaharning arxitektura qiyofasini yangilash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil
1-dekabrgacha

Toshkent shahar hokimi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

3.

Oʻzbekiston Respublikasi poytaxtining maqomi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining Qonun loyihasini ishlab chiqish, unda quyidagilar nazarda tutiladi:

poytaxtning alohida huquqiy maqomini belgilash;

poytaxtning hududiy organlari bilan respublika organlarining asosiy oʻzaro hamkorlik prinsiplarini oʻrnatish;

Toshkent shahrida uning poytaxt maqomiga egaligi va boshqa munosabati bilan bu yerda faoliyat koʻrsatayotgan davlat boshqaruvi organlari zimmasiga yuklanayotgan qoʻshimcha vazifa va funksiyalar.

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi

2018-yil
1-dekabrgacha

Adliya vazirligi,
Toshkent shahar hokimi apparati, manfaatdor vazirliklar va idoralar

4.

Respublika va munitsipal mulkning aniq roʻyxatini tasdiqlash bilan birga ommaviy mulkni respublika va munitsipal mulkka aniq ajratish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2018-yil
15-noyabrgacha

Adliya vazirligi,
Davlat raqobat qoʻmitasi,
Moliya vazirligi,
Toshkent shahar hokimi

5.

Quyidagilarni tegishlicha Toshkent shahar va tumanlar hokimlari boʻysunuviga hamda Toshkent shahar va tumanlar hokimlari devonlari tuzilmasiga oʻtkazish:

Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi hamda tumanlarning iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish boʻlimlari;

Toshkent shahar hokimligi Moliya bosh boshqarmasi va tuman hokimliklarining moliya boʻlimlari;

Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi va tumanlar qurilish boʻlimlari;

Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi va tumanlar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimlari;

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining Toshkent shahri boʻyicha hududiy boshqarmasi va investitsiyalar boʻyicha tuman boʻlimlari.

Kompleks tadbirlar

2018-yil
10-sentabrgacha

Toshkent shahar hokimi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi,
Xalq taʼlimi vazirligi,
Qurilish vazirligi,
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

Oʻtkaziladigan huquqiy eksperiment talablarini hisobga olgan holda koʻrsatilgan bosh boshqarmalar toʻgʻrisida yangi tahrirdagi nizomlarni tasdiqlash.

Toshkent shahar hokimi qarori

2018-yil
30-sentabrgacha

6.

Toshkent shahar va tumanlari xalq deputatlari Kengashlari faoliyatining samaradorligini quyidagicha oshirish:

tegishli mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan, davlat muassasasi shaklidagi doimiy asosda faoliyat yurituvchi

Toshkent shahar va tumanlar xalq deputatlari Kengashlari kotibiyatini tashkil etish;

xalq deputatlari Kengashlari kotibiyatining tuzilmasini tasdiqlash;

kotibiyatga rahbarlik qilishni xalq deputatlari Kengashlari deputatlari orasidan biriga yuklash;

kotibiyat tarkibini xalq deputatlari Kengashlari deputatlari orasidan jamlash;

xalq deputatlari tegishli Kengashlarining joriy faoliyatini taʼminlash majburiyatlarini kotibiyat zimmasiga yuklash.

Toshkent shahri va Toshkent shahar tumanlari xalq deputatlari Kengashlarining qarori

2018-yil
10-sentabrgacha

Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi

7.

Real vaqtdagi quyidagi imkoniyatlarni taqdim etuvchi Toshkent shahri va tumanlar hokimlari devonining interfaol portallarini yaratish orqali mahalliy budjet daromadi va sarflarining shaffofligini taʼminlash:

fuqarolardan mahalliy budjetning muayyan qismi mablagʻlarini eng koʻp ovoz olgan maqsadlarga yoʻnaltirish boʻyicha takliflar olish;

mahalliy budjetga tushumlarni kuzatish, shuningdek, amalga oshirilayotgan tadbirlarni va ularga sarflangan mablagʻlarning shaffofligi va ochiqligini taʼminlagan holda qayd etish orqali ularning sarflanishini monitoring qilish.

Toshkent shahar hokimi qarori

2018-yil
1-oktabrgacha

Toshkent shahar hokimi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Moliya vazirligi

8.

Joylarda kelib chiqadigan muammolarni yechishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish masalasini quyidagilar orqali ishlab chiqish:

mulk va yer soligʻini yigʻish boʻyicha vazifani fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari zimmasiga yuklash;

tuman hokimliklari har bir mahalla boʻyicha mulk va yer soligʻi yigʻishdan tushadigan mablagʻlarning muayyan qismini ularga yoʻnaltirgan holda alohida hisob raqamlarini ochish;

toʻplangan mablagʻlarni mahalla aholisi taklifiga binoan ishlatish (yoʻllarni taʼmirlash, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va hokazo);

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini soliq toʻlovlarini qabul qilish uchun elektron terminallar bilan taʼminlash.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil
1-oktabrgacha

Adliya vazirligi,
Toshkent shahar hokimi,
Moliya vazirligi,
Davlat soliq qoʻmitasi,
“Mahalla” jamgʻarmasi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

9.

Yangi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati samaradorligini quyidagicha yoʻl bilan oshirish:

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda davlat-xususiy sheriklik shartlarida tadbirkorlik subyektlariga koʻp qavatli uylar qurishi uchun yer maydonlarini berish, keyinchalik mazkur uylarda tadbirkorlik subyektlari tomonidan birinchi qavatlarda namunaviy loyihalar boʻyicha maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun xonalarni begʻaraz berish;

maktabgacha taʼlim tashkilotlariga autsorsing shartlarida toʻgʻri ovqatlanishni taʼminlashni tashkillashtirish.

Toshkent shahar hokimi qarori

doimiy asosda

Toshkent shahar hokimi,
aktabgacha taʼlim vazirligi,
Moliya vazirligi

10.

Toshkent shahrida kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi faoliyatini tashkil etib, shu jumladan quyidagilar nazarda tutilsin:

Boshqarmaning tashkiliy tuzilmasi va Nizomini tasdiqlash;

Boshqarmaning moddiy-texnik bazasini takomillashtirish;

kanallarga tutash hududlarda suv yigʻuvchi mashina va mexanizmlarni oʻrnatish, shuningdek, vaqtincha, doimiy inshootlar va imoratlar barpo etish ishlarini Boshqarma bilan kelishish.

Toshkent shahar hokimi qarori

2018-yil
15-sentabrgacha

Toshkent shahar hokimi

II. TOSHKENT SHAHAR VA TOSHKENT SHAHRIDAGI TUMANLAR
HOKIMLARI FAOLIYATINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH

11.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tartibga solish sohasida ularga xos boʻlmagan va bir-birini takrorlovchi vazifa va funksiyalarni tizimlashtirish va chiqarib tashlash maqsadida qonun hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tartibga solish va takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi

2018-yil
15-oktabrgacha

Adliya vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, manfaatdor vazirliklar va idoralar

12.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qurilish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmalari rahbarlarini Toshkent shahar hokimi tomonidan tegishli vazir bilan kelishilgan holda, ularning tuman boʻlinmalari rahbarlarini esa Toshkent shahrining tegishli hududiy davlat boshqaruvi organi rahbari bilan kelishilgan holda tuman hokimi tomonidan lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etishni nazarda tutuvchi tartibini kiritish.

Ichki idoraviy hujjatlari

2018-yil
30-sentabrgacha

Toshkent shahar hokimi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

13.

Mahalliy budjetlar daromadlari prognozini oshirib bajarish hisobiga xalq deputatlari Kengashlari kotibiyati, Toshkent shahar hokimi va tumanlar hokimlari devoni, shuningdek, davlat boshqaruvi hududiy tuzilmalari xodimlarining faoliyatini baholash natijasiga koʻra ularning lavozim maoshlariga lavozim maoshining 200 foiziga qadar miqdorda ustama belgilashni nazarda tutuvchi tartibni tasdiqlash.

Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi qarori

2018-yil
15-oktabrgacha

Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi,
manfaat?or vazirliklar va idoralar

14.

Toshkent shahar hokimi devoni va uning tarkibiga kiruvchi tumanlarning tarkibiy boʻlinmalari (hokim devoni, tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi, tashkiliy-kadrlar boʻlimi, tashqi iqtisodiy va xalqaro aloqalar boʻlimi va boshqalar ) toʻgʻrisida nizomlarni tasdiqlash.

Toshkent shahar va tumanlar hokimlarining qarori

2018-yil
15-sentabrgacha

Toshkent shahar hokimi

15.

Toshkent shahar va tumanlari hokimlarining devonlari, tashkiliy-nazorat va axborot-tahliliy ishlarining samaradorligini quyidagi yoʻl bilan oshirish:

hokimlar devonlarining tashkiliy-nazorat va axborot-tahliliy ishlarining aniq shakli va usullarini oʻrnatish;

Toshkent shahar hokimi devoni tashkiliy-nazorat va axborot-tahliliy boshqarmasi tomonidan Toshkent shahar tumanlarining ijtimoiy-iqtisodiy holatini har xaftada kompleks oʻrganish;

Toshkent shahrining har bir tumani boʻyicha ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlanishi, shu jumladan tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, yangi ish oʻrinlarini yaratish, arzon uy-joylar va boshqa obyektlar qurish boʻyicha chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Yoʻl xaritasini har chorakda tayyorlash;

ichki tekshiruvlar, birinchi navbatda ijro intizomining buzilishini aniqlashga qaratilgan mexanizmlarini joriy etish.

Toshkent shahar hokimi qarori

2018-yil
15-sentabrgacha

Toshkent shahar hokimi

16.

Toshkent shahar va tumanlar hokimlari hamda ularning oʻrinboarlarining ish samaradorligini oshirish choralarini quyidagi yoʻl bilan amalga oshirish:

har bir hokim va uning oʻrinbosarlarining aniq kun tartibi hamda hokimlar va ularning oʻrinbosarlarining har haftalik ish rejasini tasdiqlash tartibini joriy etish;

hokim devonining tashkiliy-nazorat va tahliliy boshqarmasi tomonidan xokimlar va oʻrinbosarlari ish rejalarini har haftada yigʻib borish va bajarilishi holatini tahlil qilish;

hokim devonining tashkiliy-nazorat va tahliliy boshqarmasi tomonidan tegishli hokimga tahliliy hisobotni aniqlangan muammolari va ularning yechimi boʻyicha takliflari bilan birga hamda keyingi haftaning ish rejasi loyihasini kiritish.

Toshkent shahar hokimi qarori

2018-yil
15-sentabrgacha

Toshkent shahar hokimi

17.

Toshkent shahar va tumanlar hokimlari real vaqt rejimida hokimlar devoni tegishli hududlar aholisi bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshirishdaquyidagi imkoniyatlarni taqdim etuvchi interfaol portallarini yaratish:

poytaxt aholisining uy-joy kommunal, transport va boshqa infratuzilma, hududlarni obodonlashtirish masalalari boʻyicha takliflari va mulohazalarini qabul qilish;

xokimlar va xokim devonlari xodimlarining poytaxt aholisi taklif va mulohazalariga operativ tarzda harakat qilish;

poytaxt aholisi taklif va mulohazalari ijrosini nazorat qilish;

Toshkent shahrida arzon uy-joyga talabgorlarning navbati va shaxslar roʻyxatini ochiq shakllantirish;

hududlarni rivojlantirish dasturlarini joylashtirish, obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish, tadbirkorlik subyektlarining takliflarini qabul qilish;

poytaxt aholisining ovoz berish yakunlariga koʻra tuman hokimlari va davlat boshqaruvining hududiy organlari rahbarlari reytingini aniqlash.

Toshkent shahar hokimi qarori

2018-yil
1-oktabrgacha

Toshkent shahar hokimi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Moliya vazirligi

18.

Hokimliklar huzuridagi unitar korxonalarni quyidagicha optimallashtirish:

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi 12 ta unitar korxonalarni (Yagona buyurtmachi xizmati IK DUK, Kapital qurilish boshqarmasi DUK, Toshkent uy-joy qurilish DUK, Moddiy-texnik taʼminot boshqarmasi DK, Toshkent shahar hokimiyati investitsiyalar, innovatsiyalar, turizmni rivojlantirish va xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish boshqarmasi DUK, Toshkent shaxar axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi DUK, Oʻzbekiston — Koreya axborot texnologiyalari oʻquv markazi DK, Toshkent texnotrans logistik DUK, Toshkent Xalqaro biznes markazi DUK, Landshaft dizayn markazi DUK, Tashkent tender konsalting DUK, Toshkent shahar hokimligi maʼmuriy binolardan foydalanish direksiyasi DUK) tugatish;

tashkil etiladigan Munitsipal mulkni boshqarish markaziga 6 ta unitar korxonalarni topshirish (Poytaxt qurilish va xizmat DUK, Binolardan foydalanish departamenti DK, Oromgoh DUK, Toshkent agro zaxira xizmat DUK, Toshkent shahar hokimiyati xoʻjalik hisobidagi maxsus korxona DUK);

Toshkent shahar tumanlari hokimliklari huzuridagi 17 ta davlat unitar korxonalarini tugatish;

tugatilayotgan unitar korxonalarning foydalanilmayotgan bino va inshootlarini keyinchalik ulardan samarali foydalanish uchun Munitsipal aktivlarni boshqarish markaziga topshirish;

Toshkent shahar tumanlari hokimliklari devoni huzurida davlat unitar korxonalarini tashkil qilishni taqiqlash.

Munitsipal mulk boʻlgan foydalanilmayotgan bino va inshootlarni keyinchalik Munitsipal aktivlarni boshqarish markaziga berish uchun ularni xatlovdan oʻtkazish.

Toshkent shahar hokimi qarori

2018-yil
1-oktabrgacha

Toshkent shahar hokimi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

III. IQTISODIYOTNI VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH

19.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan maʼqullangan yoki ishlab chiqilgan rentabelli investitsiya loyihalariga aholining boʻsh mablagʻlarini Toshkent shahrining obligatsiyalari yoki yangi tashkil etilayotgan xoʻjalik jamiyatlari aksiyalari shaklida qimmatli qogʻozlarni chiqarish orqali jalb etish.

Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi qarori

zaruratga qarab

Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi,
Moliya vazirligi,
Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi

20.

Dehqon bozorlari, savdo komplekslari, umumiy ovqatlanish obyektlari faoliyatini takomillashtirish hamda mablagʻlar toʻliq kelib tushishini quyidagicha taʼminlash:

a) dehqon bozorlari va savdo komplekslarida savdo joylari uchun shaffof elektron taqsimlash va toʻlov tizimini joriy qilish, unda quyidagilar nazarda tutiladi:

savdo uchun joy oluvchi shaxsning tanlovi va navbati boʻyicha elektron katalogdan elektron talon-ruxsatnoma olishi uchun maxsus bankomatlar oʻrnatish;

joy oluvchi shaxsning tanloviga koʻra bir kun yoki undan koʻproq kunga talon-ruxsatnomani olish uchun oldindan toʻlov qilish;

b) dehqon bozorlariva savdo komplekslari hududlarida (yonida)gi avtoturargohlarga kirishda (chiqishda) hisobga olish va toʻlovni qabul qilishda odam ishtirokisiz avtomatlashtirilgan tizimni joriy qilish;

v) Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik shaxsni tashkil qilmasdan yakka tartibda tadbirkorlik bilan shugʻullanish mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatiga dehqon bozorlari va savdo komplekslarida tovarlar tashish xizmatini kiritish, xizmatlar koʻrsatish uchun aravachalarni ijaraga berish imkonini taqdim etish va tashish bilan shugʻullanuvchi shaxslarga eng kam ish haqi miqdorining 1 baravari hajmida qatʼiy belgilangan soliq stavkasini oʻrnatish;

g) umumiy ovqatlanish punktlari va savdo shahobchalariga soat 23-00 dan keyin faoliyat olib borishlari uchun alohida oylik toʻlovi evaziga ruxsat berish tartibini joriy qilish.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil
15-oktabrgacha

Toshkent shahar hokimi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

21.

Toshkent shahar dehqon bozorlari va savdo komplekslarining rentabelligini quyidagi yoʻllar bilan oshirish:

Toshkent shahrining dehqon bozorlari va savdo komplekslari tomonidan Toshbozorsavdo assotsiatsiyasini tugatishda tashabbus koʻrsatish;

dehqon bozorlari va savdo komplekslari ustav jamgʻarmasidagi Toshkent shahar hokimi devoni ulushlarini boshqarish funksiyalarini Munitsipal aktivlarni boshqarish markaziga topshirish;

2-3 ta norentabel dehqon bozorlarining ulushini boshqaruvchi kompaniyalarning ishonchli boshqaruviga sinov tariqasida topshirish, olingan sof foydadan kelib chiqib ularga mukofot haqi toʻlash sharti bilan berish;

dehqon bozorlari va savdo kompleksi hududlarida (yonida) joylashgan avtoturargohlarni tadbirkorlik subyektlariga davlat-sheriklik shartlarida ishonchli boshqaruvga berish.

Tashkiliy-huquqiy tadbirlar

2018-yil
1-oktabrgacha

Toshkent shahar hokimi,
tadbirkorlik subyektlari,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

22.

Poytaxt favvoralarini quyidagi yoʻl bilan qurish va holatini yaxshilash:

a) Toshkent favvorasi DUKni Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi boshqaruviga berish;

b) favvoralarga tutash hududlarni yoki ularni qurish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga uch yildan oʻn yilgacha muddatga begʻaraz foydalanish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlarida berish, unda quyidagilar nazarda tutiladi:

favvorani tadbirkorlik subyekti mablagʻlari hisobiga qurish va mukammal taʼmirlash;

favvoraga tutash hududlardan savdo yoki koʻngilochar joy sifatida foydalanish;

favvoraning bekamu koʻst ishlashini hamda tutash hududlarni unda koʻchmas mulk obyekti qurishni taqiqlagan holda obodonlashtirish ishlarini taʼminlash.

Toshkent shahar hokimi qarori

2018-yil
1-sentabrgacha

Toshkent shahar hokimi,
tadbirkorlik subyektlari,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

23.

Tashqi reklama obyektlari qurilmalarini joylashtirishga ruxsatnoma berish va reklama faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijrosini nazorat qilish tizimini quyidagicha takomillashtirish:

tashqi reklama obyektlarining qurilmalarini joylashtirish uchun taqdim etiladigan hududlar roʻyxatlarini shakllantirish Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan ichki ishlar organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda amalga oshirish tartibini oʻrnatish;

tashqi reklama obyektlari qurilmalarini joylashtirishga ruxsatnoma berishdan kelib tushadigan barcha mablagʻlarni mahalliy budjetlarga yoʻnaltirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil
1-oktabrgacha

Qurilish vazirligi, IIV,
Davlat raqobat qoʻmitasi,
Toshkent shahar hokimi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

24.

Yer uchastkalarini koʻp xonadonli uylar qurish uchun tadbirkorlik subyektlariga davlat-xususiy sheriklik shartlarida berish, unda tadbirkorlik subyektlari tomonidan keyinchalik aholining muhtoj qatlamlariga taqdim etish uchun kvartiralarning maʼlum qismini munitsipal uy-joy fondiga berilishi nazarda tutilgan.

Tashkiliy-huquqiy tadbirlar

doimiy asosda

Toshkent shahar hokimi,
tadbirkorlik subyektlari,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

IV. KAPITAL QURILISH, KOMMUNIKATSIYALAR VA KOMMUNAL
XOʻJALIK SOHASINI TAKOMILLASHTIRISH

25.

Noturar obyektlar qurilishi uchun ajratilgan yer uchastkalarini oʻzlashtirish samaradorligini quyidagi yoʻl bilan oshirish:

noturar obyektlar qurilishi uchun ajratilgan yer uchastkalarini oʻzlashtirish muddatini 3 yildan 2 yilga qisqartirish;

noturar obyektlar qurilishi uchun ajratilgan yer uchastkalarini oʻzlashtirishning aniq mezonlarini belgilash.

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2018-yil
1-oktabrgacha

Adliya vazirligi,
Davergeodezkadastr,
Toshkent shahar hokimi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

26.

Jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilgan yer uchastkalaridan oqilona foydalanish choralarini koʻrish, unda:

jismoniy va yuridik shaxslarga noturar obyektlar qurish uchun ajratilgan Toshkent shahridagi yer uchastkalarini oʻzlashtirish zarurligi toʻgʻrisida yozma talabnoma yuborish;

noturar obyektlar qurish uchun ajratilgan jismoniy va yuridik shaxslarning oʻzlashtirilmagan yerlarini olib qoʻyish.

Toshkent shahar hokimi qarori

2018-yil
1-sentabrgacha

keyinchalik — doimiy

Toshkent shahar hokimi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

27.

Tugatilayotgan Yagona buyurtmachi xizmati IK, Kapital qurilish boshqarmasi, Toshkent uy-joy qurilish boshqarmasi va Moddiy-texnik taʼminot boshqarmasi davlat unitar korxonalari negizida Toshkent shahri hududida obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashni tashkillashtirish boʻyicha yagona buyurtmachi sifatidadavlat unitar korxonasi shaklidagi Toshkent qurilish invest injiniring kompaniyasini tashkil etish.

Toshkent shahar hokimi qarori

2018-yil
15-sentabrgacha

Toshkent shahar hokimi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

28.

Toshkent shahri hududida boʻlgan yer uchastkalari va binolaridan oqilona foydalanish va fuqarolarning mulkiy huquqlarini eski va avariya holatidagi uy-joylarni bosqichma-bosqich buzish tadbirlarini olib borish, undagi fuqarolarni boshqa joyga koʻchirish orqali himoyasini taʼminlash, boʻshayotgan hududlarda keyinchalik maydoni 20 gektardan kam boʻlmagan, koʻp qavatli uylardan va boshqa Local City (shahar ichida shahar) prinsipi boʻyicha zarur infratuzilmadan iborat turar-joy komplekslarini qurish.

Huquqiy va tashkiliy-texnik tadbirlar

2018 ― 2020-yillar davomida

Toshkent shahar hokimi,

tadbirkorlik subyektlari,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

29.

Turar-joy obyektlarini noturar joy obyektlari toifasiga oʻtkazayotganda shaharsozlik norma va qoidalariga rioya qilishni taʼminlash boʻyicha choralar koʻrish, unda quyidagilar nazarda tutiladi:

turar-joy obyektlari noturar joy obyektlari toifasiga oʻtkazilgan koʻp qavatli uylarning birinchi qavatlari shaharsozlik norma va qoidalariga qatʼiy mosligi nuqtai nazaridan, qoida buzilishlarini bartaraf etish choralarini koʻrgan holda ularni xatlovdan oʻtkazish;

xatlovdan oʻtkazish davrida koʻp qavatli uylarning birinchi qavatlarida turar-joy obyektlarini noturar-joy obyektlari toifasiga qayta oʻzgartirish va oʻtkazishni taqiqlash;

aholi oʻrtasida turar-joy va noturar-joy obyektlarini oʻzboshimchalik bilan qayta qurish va planini oʻzgartirishning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini oʻtkazish.

Kompleks chora-tadbirlar

2018-yil
1-noyabrgacha

Toshkent shahar hokimi,
Bosh prokuratura,
Qurilish vazirligi,
Davergeodezkadastr,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

Xatlov yakuniga koʻra turar-joy obyektlarini noturar-joy obyektlari toifasiga oʻtkazish tartibini qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil
1-dekabrgacha

30.

Davlat-sheriklik shartlarida Toshkent shahar hokimi devonining muvaqqat uy-joy fondida birinchi galda avariya holatidagi va eskirgan uy-joylarni buzish zonalarida bir nechta koʻp qavatli uylar qurish, ijara shartnomasiga koʻra bu uylarda fuqarolarning vaqtincha yashashlari uchun kvartira taqdim etiladi.

Tashkiliy tadbirlar

2018-2019-yillar davomida

Toshkent shahar hokimi,
tadbirkorlik subyektlari,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

31.

Maishiy va qurilish chiqindilarini yigʻish va tashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni takomillashtirish hamda ularni qayta ishlash boʻyicha loyihalarni tuzish, unda:

Toshkent shahar Maxsustrans DUK va uning filiallarini hamda Chiqindilarni qayta yuklash va utilizatsiya kilish DUKni (Maxsustrans DUKga birlashtirgan holda) tegishli ravishda Toshkent shahar va tumanlar hokimlari hamda Toshkent shahar va tumanlar hokimlari devonlari tasarrufiga oʻtkazish;

yer uchastkalarini tadbirkorlik subyektlariga maishiy va qurilish chiqindilarini qabul qilish, utilizatsiya qilish va ikkimlamchi xom ashyoga qayta ishlash boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun keyinchalik daromadning bir qismini mahalliy budjetga yoʻnaltirish majburiyati bilan davlat-sheriklik shartlarida topshirish.

Tashkiliy-huquqiy tadbirlar

2018-yil
1-noyabrgacha

Toshkent shahar hokimi,
Davlat ekologiya qoʻmitasi,
tadbirkorlik subyektlari,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

32.

Toshkent shahrining eskirgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini quyidagi yoʻl bilan almashtirishni taʼm?nlash:

Toshkent shahrining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari eskirganligini aniqlash nuqtai nazaridan ularni xatlovdan oʻtkazish;

Toshkent shahrining eskirgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini almashtirish uchun mablagʻlar, birinchi galda xalqaro moliya institutlarining mablagʻlarini jalb qilish.

Tashkiliy-texnik tadbirlar

2019-yil
1-oktabrgacha

Toshkent shahar hokimi,
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 06/18/5515/1775-son, 28.12.2018-y., 06/18/5607/2385-son; 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son, 23.11.2019-y., 06/19/5881/4045-son; 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son, 28.11.2020-y., 06/20/6119/1570-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son; 23.07.2024-y., 06/24/102/0541-son)