Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mehmonxona sohasiga qoʻshimcha investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Zamonaviy mehmonxona xizmatlari koʻrsatish uchun sharoitlar yaratish va mehmonxona komplekslaridan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha mehmonxona komplekslaridagi davlat aktivlarini (keyingi oʻrinlarda obyektlar deb ataladi) investorlar tomonidan ularni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish majburiyatini olgan holda ommaviy savdolarda sotish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qashqadaryo viloyati va Toshkent shahar hokimliklarining taklifiga rozilik berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi balansda turgan tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda, belgilangan tartibda, obyektlarni baholash va ommaviy savdolarga qoʻyishni taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
potensial, shu jumladan, xorijiy investorlarni keng xabardor qilish va obyektlarni sotib olishga jalb etish boʻyicha zarur choralar koʻrsinlar;
obyektlarni sotish yakunlariga koʻra har bir obyektni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish boʻyicha “yoʻl xaritalari” ishlab chiqishda koʻmaklashsinlar.
4. Davlat mulklarini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolari oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasi (S.R. Xolmuradov) ushbu qarorga ilovada koʻrsatilgan mehmonxona komplekslaridagi davlat aktivlarini, qonunchilikda belgilangan tartibda, investorlarga sotilishini taʼminlasin.
5. Belgilab qoʻyilsinki:
obyektlarni sotishda sotib olish toʻlovlarini toʻlashning maksimal muddati toʻlovlarni teng ulushlar bilan har chorakda toʻlagan holda 3 yilni tashkil qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
“Shahrisabz yulduzi” mehmonxona kompleksini sotishdan tushadigan mablagʻlar imzolangan bitimga muvofiq, “Shahrisabz yulduzi” mehmonxona kopmleksini qurish uchun Polsha Hukumati tomonidan ajratilgan kreditni qoplashga Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan ilgari yoʻnaltirilgan summalarni toʻlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufida qoldiriladigan mablagʻlar bundan mustasno;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu bandning uchinchi xatboshiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga tushgan mablagʻlardan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari bilan kelishgan holda foydalaniladi.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 14-avgust,
661-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi 661-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Davlat aktivlari ommaviy savdolarda sotiladigan mehmonxona komplekslari
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
|
Obyekt nomi |
Joylashgan oʻrni |
Davlat ulushi |
Balansda saqlovchi | |
|
1. |
“Shahrisabz yulduzi” DUK |
Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz sh., Ipak yoʻli koʻchasi, 2 |
100 % |
Qashqadaryo viloyati hokimligi |
|
2. |
“Otel Oʼzbekiston” QK MChJ |
Toshkent sh., Maxtumquli koʻchasi, 45 |
80,13 % |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/661/1763-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 06/21/6258/0651-son)