14.08.2018 yildagi 661-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 14.05.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehmonxona sohasiga qoʻshimcha investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zamonaviy mehmonxona xizmatlari koʻrsatish uchun sharoitlar yaratish va mehmonxona komplekslaridan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha mehmonxona komplekslaridagi davlat aktivlarini (keyingi oʻrinlarda obyektlar deb ataladi) investorlar tomonidan ularni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish majburiyatini olgan holda ommaviy savdolarda sotish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qashqadaryo viloyati va Toshkent shahar hokimliklarining taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi balansda turgan tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda, belgilangan tartibda, obyektlarni baholash va ommaviy savdolarga qoʻyishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
potensial, shu jumladan, xorijiy investorlarni keng xabardor qilish va obyektlarni sotib olishga jalb etish boʻyicha zarur choralar koʻrsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarni sotish yakunlariga koʻra har bir obyektni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish boʻyicha “yoʻl xaritalari” ishlab chiqishda koʻmaklashsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat mulklarini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolari oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasi (S.R. Xolmuradov) ushbu qarorga ilovada koʻrsatilgan mehmonxona komplekslaridagi davlat aktivlarini, qonunchilikda belgilangan tartibda, investorlarga sotilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarni sotishda sotib olish toʻlovlarini toʻlashning maksimal muddati toʻlovlarni teng ulushlar bilan har chorakda toʻlagan holda 3 yilni tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Shahrisabz yulduzi” mehmonxona kompleksini sotishdan tushadigan mablagʻlar imzolangan bitimga muvofiq, “Shahrisabz yulduzi” mehmonxona kopmleksini qurish uchun Polsha Hukumati tomonidan ajratilgan kreditni qoplashga Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan ilgari yoʻnaltirilgan summalarni toʻlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tasarrufida qoldiriladigan mablagʻlar bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu bandning uchinchi xatboshiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga tushgan mablagʻlardan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari bilan kelishgan holda foydalaniladi.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 14-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
661-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi 661-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlari ommaviy savdolarda sotiladigan mehmonxona komplekslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Obyekt nomi

Joylashgan oʻrni

Davlat ulushi

Balansda saqlovchi

1.

“Shahrisabz yulduzi” DUK

Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz sh., Ipak yoʻli koʻchasi, 2

100 %

Qashqadaryo viloyati hokimligi

2.

“Otel Oʼzbekiston” QK MChJ
(“Oʻzbekiston” mehmonxonasi binosini
boshqarish)

Toshkent sh., Maxtumquli koʻchasi, 45

80,13 %
(QK ustav fondidagi ulush)

Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/661/1763-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 06/21/6258/0651-son)