O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xorijiy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida
“Ta’lim to‘g‘risida”gi hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son Farmoni talablarini bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olishlari uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqasi qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi huzurida jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olishiga ko‘maklashish bo‘yicha maslahat kengashini (keyingi o‘rinlarda Maslahat kengashi deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
2. Quyidagilar Maslahat kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy ta’lim muassasalariga hujjatlar topshirishi, ta’lim olishi va ta’lim muassasalarini tugatganidan keyin ish bilan ta’minlanishi yuzasidan ularga tavsiyalar berish;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy ta’lim muassasalariga hujjatlar topshirishi, ta’lim olishi va ta’lim muassasalarini tugatganidan keyin ish bilan ta’minlanishi yuzasidan ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olishi uchun tavsiya etiladigan ta’lim muassasalarining har yillik ro‘yxatini shakllantirishda ishtirok etish;
O‘zbekiston musulmonlari idorasi va uning joylardagi vakilliklari bilan hamkorlikda fuqarolarga xorijiy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olish bo‘yicha ma’lumotlar berish;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga ularning xorijiy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olishiga amaliy yordam ko‘rsatishda ishtirok etish.
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi va Tashqi ishlar vazirligining O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olishi uchun tavsiya etiladigan ta’lim muassasalari ro‘yxatini har yili 1-yanvargacha O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlash tartibini joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bir oy muddatda Maslahat kengashi tarkibini hamda Maslahat kengashi to‘g‘risida nizomni tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2018-yil 1-sentabrga qadar xorijiy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini shakllantirsin va uning doimiy ravishda yangilab borilishini ta’minlasin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari diniy ta’lim olayotgan hamda o‘qishga kirish uchun hujjat topshirayotgan xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni o‘rnatish, shuningdek, o‘zaro tizimli ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yishni ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda har yillik rejaga asosan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari diniy ta’lim olayotgan xorijiy davlatlardagi elchixonalar va konsulliklar orqali mazkur davlatlardagi ta’lim muassasalarida diniy ta’lim olayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan doimiy hamkorlik olib borish va ularga har tomonlama ko‘maklashish, xorijiy mamlakatlardagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga davlatimizning tinchliksevar siyosati, demokratik huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurish borasida O‘zbekistonning maqsad va vazifalarini, shuningdek, bugungi kunda mamlakat hayotining barcha sohalarida erishilayotgan muvaffaqiyatlarni keng targ‘ib qilishni ta’minlasin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi har yili O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olishi tavsiya etiladigan ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlanganidan keyin mazkur ro‘yxat ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi hamda keng jamoatchilik e’tiboriga yetkazilishini, shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va uning joylardagi vakilliklari bilan hamkorlikda joylarda tadbirlar o‘tkazib, fuqarolarga xorijiy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olish bo‘yicha ma’lumotlar berilishini ta’minlasin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va uning joylardagi vakilliklari, diniy ta’lim muassasalari va masjidlarga o‘zlarining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytlarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olishi bo‘yicha tavsiyalar, ma’lumotlarni joylashtirib borish tavsiya etilsin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
10. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “Ziyo” media markazi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mazkur qarorning mazmun va mohiyatini ochib beruvchi teleko‘rsatuvlar hamda radioeshittirishlar tayyorlash va maqolalar chop etish tavsiya etilsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi J.K. Akramov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 13-avgust,
651-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2018-y., 09/18/651/1701-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)