13.08.2018 yildagi 648-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.08.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 16-oktabrdagi PQ-3325-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini toʻliq shakllantirish va unga yuklangan vazifalarni sifatli bajarish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) Jamgʻarmaga yuklangan vazifalarni amalga oshirish, shu jumladan mustaqillik yillarida yaratilgan yuksak badiiy ahamiyatga ega tasviriy va amaliy sanʼat asarlarini sotib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan tushadigan mablagʻlaridan 2018-yilda 16,0 milliard soʻm ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarma Kengashi tomonidan unga yuklangan vazifalar doirasida Jamgʻarmaning rejalashtirilgan loyihalarini amalga oshirish uchun Jamgʻarmaning 2018-yilgi daromadlari va xarajatlari prognozi, shtatlar jadvali hamda 2018-yilda Jamgʻarmaning ijrochi direksiyasini va “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasini joriy taʼminlash boʻyicha xarajatlar smetasi, shuningdek, Jamgʻarmaning ijrochi direksiyasi va “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xodimlari mehnatiga xaq toʻlash, ularni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish sharoitlari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 1-noyabrdagi 886-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 11-son, 250-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamgʻarmaning ijrochi direksiyasi ajratilayotgan mablagʻlarning Jamgʻarma Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlar smetasiga qatʼiy rioya etgan holda samarali va maqsadli sarflanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Sayfullayev B.S. zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 13-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
648-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-avgustdagi 648-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 1-noyabrdagi 886-son qaroriga kiritilayotgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZGARTIRISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyatvazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatnirivojlantirish jamgʻarmasi ijrochi direksiyasining
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 32 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar soni belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2018-y., 09/18/648/1698-son)