Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining xorijiy valyutadagi mablagʻlarini samarali boshqarishga yoʻnaltirilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining xorijiy valyutadagi mablagʻlarini samarali boshqarishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 6-avgust,
620-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-avgustdagi 620-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 10-iyuldagi 294-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 7-son, 38-modda) bilan tasdiqlangan Birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutani xarid qilish va sotish operatsiyalarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) quyidagi mazmundagi 71-band qoʻshilsin:
“71. Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining xorijiy valyutasiga Yagona gʻazna hisobvaragʻidan foydalangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi orqali gʻaznachilik xizmati koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
b) 30-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-sonli qaroriga asosan 2020-yil 16-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/283/0587)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 09/18/620/1632-son; 15.05.2020-y., 09/20/283/0587, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)