Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining xorijiy valyutadagi mablagʻlarini samarali boshqarishga yoʻnaltirilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining xorijiy valyutadagi mablagʻlarini samarali boshqarishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 6-avgust,
620-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-avgustdagi 620-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 10-iyuldagi 294-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 7-son, 38-modda) bilan tasdiqlangan Birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutani xarid qilish va sotish operatsiyalarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) quyidagi mazmundagi 71-band qoʻshilsin:
“71. Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining xorijiy valyutasiga Yagona gʻazna hisobvaragʻidan foydalangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi orqali gʻaznachilik xizmati koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
b) 30-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-sentabrdagi 416-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 92-modda) bilan tasdiqlangan Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 6-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Bunda Yagona gʻazna hisobvaragʻi bilan qamrab olingan budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning tashqi savdo kontraktlari boʻyicha toʻlovlarning amalga oshirilishi boʻyicha tegishli maʼlumot TSOYAEATga gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan kiritiladi”;
b) 8-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ekspertizadan oʻtkazilishi kerak boʻlgan kontraktlar boʻyicha kontrakt shartlariga Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining” soʻzlari “qonun hujjatlariga muvofiq tegishli vazirlik va idoralarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) quyidagi mazmundagi 81-band qoʻshilsin:
“81. Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning tashqi savdo amaliyotlari monitoringini amalga oshirish maqsadida gʻaznachilik boʻlinmalari toʻlovlarni amalga oshirishda yoki akkreditiv ochishda TSOYAEATdagi maʼlumotlarni kontrakt shartlari bilan solishtirishni amalga oshiradilar.
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan TSOYAEATga kiritilgan maʼlumotlar oʻrtasida farqlar mavjud boʻlmagan taqdirda gʻaznachilik boʻlinmalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu kontrakt boʻyicha operatsiyalarni amalga oshiradilar”;
g) 18-banddagi “tijorat banklari” soʻzlaridan keyin “budjet tashkilotlari, budjet mablagʻlari oluvchilar, gʻaznachilik boʻlinmalari” soʻzlari qoʻshilsin;
d) 1-ilovada:
1-bosqichning “Subyektlar” ustunidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari “tegishli vazirliklar va idoralar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-bosqichning “Tadbirlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Import kontraktlarini qonun hujjatlariga muvofiq ekspertizadan oʻtkazish”;
1-bosqichning “Bajarish muddatlari” ustuni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda”;
2-bosqichning “Bajarish muddatlari” ustunidagi “TIAISV” soʻzi “qonun hujjatlariga muvofiq” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-bosqichning “Subyektlar” ustunidagi “Vakolatli banklar” soʻzlari “Tijorat banklari, budjet tashkilotlari, budjet mablagʻlari oluvchilar, gʻaznachilik boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 09/18/620/1632-son; 15.05.2020-y., 09/20/283/0587, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)