Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.10.2004 15.11.2000 yildagi 444-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.10.2004
Hujjat 15.11.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PENSIYA TAʼMINOTI TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-oktabrdagi 490-sonli “Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasini boshqarishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya taʼminoti tizimidagi boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha majburiy badallar toʻliq yigʻilishini koʻpaytirish, amaldagi boshqaruv tuzilmalarini qisqartirish hamda pensiyalar va nafaqalar toʻlashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2001-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasining budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga aylantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasini shakllantirishning asosiy manbalari ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning, yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning, shuningdek dehqon xoʻjaliklari aʼzolarining ixtiyoriy sugʻurta badallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning majburiy sugʻurta badallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning sotilgan mahsulotlar (bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar) haqiqiy hajmidan majburiy ajratmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatidan oldin va imtiyozli pensiyalar tayinlanishi munosabati bilan qoplanadigan mablagʻlar, shuningdek “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq regress talablar (daʼvolar) boʻyicha ish beruvchilar va fuqarolardan undiriladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vaqtida sugʻurta badallari toʻlanmaganligi va mablagʻ ajratilmaganligi uchun hisoblangan jarimalar va penya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga mablagʻ ajratish va badallar miqdori hamda ularni toʻlash muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy toʻlovlar davlat soliqlari va yigʻimlariga tenglashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining daromadlari va xarajatlari har yili Oʻzbekiston Respublikasining yigʻma budjeti tarkibiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy badallar va ajratmalarni hisoblab chiqish va toʻlash tartibi buzilganligi uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan moliyaviy jazolar qoʻllaniladi, shu jumladan toʻlovlar oʻz vaqtida toʻlanmaganligi uchun penya hisoblanadi, aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan esa amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq maʼmuriy va jinoiy javobgarlik chora-tadbirlari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga mablagʻ toʻplash va mablagʻ toʻliq tushishi ustidan nazorat qilish funksiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga yuklash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga tushumlarning ishonchli va muntazam ravishda toʻliq tushishini taʼminlash boʻyicha markaziy apparat, viloyat, tuman va shahar soliq inspeksiyalariga yuklangan funksiyalarni hisobga olgan holda ular tuzilmasiga xodimlarning belgilangan soni doirasida tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 1-yanvargacha budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga mablagʻlar tushishini hisobga olish va nazorat qilish funksiyalarini bajaruvchi kadrlarni oʻqitsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ijtimoiy sugʻurtasi daromadlari prognozini soʻzsiz bajarish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Ijtimoiy taʼminot vazirligi bilan mustahkam oʻzaro hamkorlikni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligining Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasining markaziy apparati (ijroiya direksiya), hududiy boʻlinmalari, tuman (shahar) boʻlimlarini 2001-yil 1-yanvardan boshlab tugatish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi boshqaruv tuzilmalarini, shu jumladan, uning hududiy boʻlinmalarini tugatish tartibotlari oʻtkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat vazirligi bilan birgalikda tugatilish munosabati bilan boʻshab qoladigan xodimlarni ishga joylashtirish va ijtimoiy himoya qilish masalalari hal etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi tugatilgan Pensiya jamgʻarmasi markaziy apparati va uning hududiy tuzilmalarining mol-mulkini, asosiy va aylanma mablagʻlarini vazirlik markaziy apparati va uning hududiy tuzilmalarining balansiga qabul qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligiga budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasini boshqarish boʻyicha quyidagi funksiyalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari kelib tushishi va ularni sarflashning har yilgi hamda choraklar boʻyicha prognoz balanslarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiyalar, shuningdek ijtimoiy taʼminot organlari tomonidan toʻlanadigan nafaqalarni oʻz vaqtida hisoblash va toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiyalar, davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalarni toʻlash xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiyalar va ijtimoiy taʼminot organlari tomonidan toʻlanadigan nafaqalarning toʻgʻri hisoblanishini hamda ularning oʻz vaqtida toʻlanishini nazorat qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vaziri va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar ijtimoiy taʼminot organlarining rahbarlari budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlarini boshqaruvchilar hisoblanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Moliya vazirligi Ijtimoiy taʼminot vazirligi markaziy apparati tuzilmasida xodimlari soni besh kishidan iborat boʻlgan budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlari boʻlimini tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Nuroniy” jamgʻarmasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari kelib tushishi va ulardan maqsadli foydalanish uchun jamoat nazorati funksiyasini “Nuroniy” jamgʻarmasi huzuridagi “Nazorat kengashi” jamoat komissiyasiga yuklash toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Nuroniy” jamgʻarmasi ijroiya apparati va uning viloyatlar boʻlinmalarining shtatdagi xodimlari sonini “Nazorat kengashi” jamoat komissiyalarining ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish uchun bittadan shtat birligiga koʻpaytirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ijtimoiy taʼminot vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi, Mehnat vazirligi va “Nuroniy” jamgʻarmasi bilan birgalikda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ularni sarflash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. 2001-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 15-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
444-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 15-noyabrdagi 444- son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzurida Pensiya jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1996-yil 27-dekabrdagi 459-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 12-son, 37-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning mehnat stajini hisobga olish va ularning pensiya jamgʻarmasiga badallar ajratish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1998-yil 28-yanvardagi 47-son qaroriga 2-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998y., 1-son, 4-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish va ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 1999-yil 30-apreldagi 202-son qaroriga 1-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999y., 4-son, 22-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda ularning baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2000-yil 11-apreldagi 140-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 4-son, 18-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2000-yil 2-oktabrdagi 375-son qaroriga ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000y., 10-son, 63-modda).