1-ILOVA
2-ILOVA
| T/r | Tadbirlar nomlanishi | Amalga oshirish | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
| 1. | Sogʻliqni saqlash sohasi mutaxassislarining rivojlangan xorijiy davlatlarga, shu jumladan Buyuk Britaniyaga quyidagi maqsadlarda tashrifini tashkil qilish: sogʻliqni saqlashni boshqarishning ilgʻor jahon amaliyotini oʻrganish, shuningdek,sogʻliqni saqlashni innovatsion rivojlantirish sohasida oʻzaro tajriba almashish; Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini boshqarishni isloh qilishda Milliy palata bilan hamkorlik qilish masalalarini hal etish maqsadida sogʻliqni saqlash sohasida vakolatli organlar va tashkilotlar vakillari, shu jumladan “GMC Service International Ltd” (Buyuk Britaniya) tashkiloti bilan uchrashuv va muhokamalar oʻtkazish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2018-yil avgust | Milliy palata, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, |
| 2. | Yetakchi xorijiy tashkilotlarning ekspertlari va vakillarini jalb qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasida sogʻliqni saqlashniboshqarish tizimining amaldagi holatini oʻrganish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2018-yil noyabr | Milliy palata, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, |
| 3. | Ilgʻor jahon amaliyotlari asosida va yetakchi xorijiy tashkilotlarning ekspertlari va vakillarini jalb qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasida sogʻliqni saqlashni boshqarish tizimini isloh qilish Strategiyasini ishlab chiqish hamda Strategiyani tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritish. | Strategiya loyihasi | 2019-yil yanvar | Milliy palata, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, |
| 4. | Oʻzbekiston Respublikasida sogʻliqni saqlashni boshqarish tizimini isloh qilish Strategiyasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasini” ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | “Yoʻl xaritasi” loyihasi | 2019-yil fevral | Milliy palata, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, |
| 5. | Buyuk Britaniyaning xalqaro savdo departamenti va boshqa xorijiy davlatlarning vakolatli vazirliklari va idoralari bilan birgalikda yetakchi tibbiyot taʼlim muassasalarini jalb qilish masalasini koʻrib chiqish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2019-yil yanvar | Milliy palata, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, vazirlikva idoralar |
| 6. | Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, davolashning innovatsion uslublarini joriy etish va respublikada tibbiyot turizmini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish maqsadida Milliy palata huzurida: ilgʻor jahon amaliyotlariga muvofiq davlat-xususiy sheriklik asosida koʻp tarmoqli innovatsion tibbiyot klinikasini; professor V. Kozyavkin (Ukraina) uslubi boʻyicha neyrofiziologik reabilitatsiya markazini tashkil qilish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2018 — 2020-yillar | Milliy palata, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha vazirlik va idoralar |
| 7. | Quyidagilarni ishlab chiqish va tasdiqlash: Milliy palatada shifokorlar va provizorlarni toifalar kesimida roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisida nizom; Roʻyxatga olingan shifokorlar va provizorlarning yagona elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizom. | Normativ-huquqiy | 2019-yil noyabr | Milliy palata, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, vazirlik va idoralar |
| 8. | Respublikada tibbiy va farmatsevtik faoliyatni olib borayotgan barcha shifokorlar va ovizorlarni roʻyxatga olish tizimini joriy etish, shuningdek, maʼlumoti, malakasi, ish staji, tajribasi va boshqa zarur maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan, roʻyxatga olingan shifokorlar va provizorlarning yagona barcha foydalanishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar bazasini ishga tushirish. | Amaliy chora-tadbirlar kompleksi | 2018 — 2020-yillar | Milliy palata, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
| 9. | Kasalliklarni barvaqt profilaktika qilish va notoʻgʻri diagnostikasining oldini olish hamda kasalliklarni davolashning zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish. | Amaliy chora-tadbirlar kompleksi | 2019-2020-yillar | Milliy palata, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, vazirlikva idoralar |
| 10. | Mamlakat farmatsevtika sohasining amaldagi ishlab chiqarish-texnologik holatini oʻrganish va mazkur sohaga xorijiy innovatsion texnologiyalarini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | Amaliy chora-tadbirlar kompleksi | 2019-2020-yillar | Milliy palata, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, vazirlik va idoralar |
| 11. | Innovatsion sogʻliqni saqlash sohasida yetakchi xorijiy malakali kadrlarni jalb qilgan holda seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari va mahorat darslari turkumini, shu jumladan respublika hududlarida tashkil qilish. | 2018-2019-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi | 2018-yil noyabr | Milliy palata, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, vazirlik va idoralar |
| 12. | 2019 — 2021-yillarda zamonaviy klinik qoʻllanmalar va protokollar, diagnostikava davolash standartlari, shuningdek tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlarini moddiy-texnik jihozlash standartlarini ishlab chiqishva kadrlar bilan taʼminlash dasturlarini tayyorlash. | Takliflar | 2019-yil mart | Milliy palata, Sogʻliqni saqlash vazirligi, vazirlik va idoralar |
| 13. | Davlat tibbiyot muassasalarining amaldagi moddiy-texnik bazasini, shu jumladan mavjud asbob-uskunalarini xatlovdan oʻtkazishni amalga oshirish hamda hududlarning ehtiyojidan kelib chiqib, grantlar, imtiyozli kreditlar, homiylik va xayriya mablagʻlarini jalb qilgan holda tibbiyot jihozlarini bosqichma-bosqich yangilash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2019-yil mart | Milliy palata, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bosh prokuratura, Innovatsion rivojlanish vazirligi, vazirlik va idoralar |
| 14. | Respublika tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining odob-axloq qoidalari zamonaviy standartlarini ishlab chiqish. | Standartlar loyihasi | 2019-yil dekabr | Milliy palata, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, vazirlik va idoralar |