02.08.2018 yildagi PQ-3894-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.02.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida sogʻliqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan yillarda mamlakatda sogʻliqni saqlashni boshqarishning yagona tizimini yaratish, tibbiyotning xususiy sektorini rivojlantirish, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirish va sogʻlom avlodni shakllantirish uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash borasida keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, ushbu sohada sogʻliqni saqlashni samarali isloh qilishga toʻsqinlik qilayotgan qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda. Xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, mamlakatimiz sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish boʻyicha uzoq muddatli strategiyaning mavjud emasligi oqibatida ushbu sohadagi islohotlar toʻliq boʻlmagan shaklda va tizimsiz tarzda amalga oshirilmoqda, bu esa aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish samaradorligi va sifatini oshirish imkonini bermayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, respublika sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishda sogʻliqni saqlashni boshqarishning xorijiy mamlakatlarda qoʻllanilayotgan muvaffaqiyatli tajribasi va aniq innovatsion modellari lozim darajada hisobga olinmayotganligi sohaga investitsiyalarni jalb etish va xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkonini bermayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, tibbiyot va farmatsevtika xodimlari, eng avvalo, respublikaning xususiy sogʻliqni saqlash tizimi tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning kasbiy malakasini oshirish va lozim darajada saqlash, ularning koʻnikmalari zamonaviy talablarga muvofiqligi ustidan taʼsirchan monitoring tizimi joriy etilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, xususiy sektorni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash orqali davlatning sogʻliqni saqlashga xarajatlarini maqbullashtirishga, shuningdek, xususiy tibbiyot tashkilotlarini budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilayotgan birlamchi tibbiy yordam koʻrsatish tizimiga integratsiya qilishga yetarlicha eʼtibor qaratilmayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, klinik protokollar va tibbiy standartlarning mukammal emasligi, shuningdek, innovatsion ishlanmalar va texnologiyalardan foydalanish darajasining pastligi aholiga tibbiy yordamni tashkil etishga zamonaviy uslub va yondashuvlarni joriy etish imkonini bermayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchidan, tibbiyot va farmatsevtika xodimlari toʻgʻrisida haqqoniy maʼlumotlar, shuningdek, ishonchli tibbiyot statistikasining yagona bazasi shakllantirilmaganligi sogʻliqni saqlash tizimi ahvolini munosib baholash va mavjud muammolarni hal etish boʻyicha samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bermayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchidan, hal etilmagan muammo va kamchiliklarning saqlanib qolayotganligi jamiyatda tibbiyot xodimlarining imidji va obroʻsiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda, ushbu kasb nufuzini va mamlakatimiz sogʻliqni saqlash tizimiga boʻlgan ishonchni pasaytirmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishni tubdan yaxshilash, respublika sogʻliqni saqlash sohasini boshqarish tizimining samaradorligini oshirish, shuningdek, sohaga chet el investitsiyalarini faol jalb qilish, umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar va innovatsion texnologiyalarni joriy etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasida sogʻliqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etishning strategik maqsadlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumeʼtirof etilgan xalqaro metodikalarga muvofiq aniqlanadigan mamlakat aholisi salomatligi koʻrsatkichlarining barqaror yaxshilanishini va sogʻliqni saqlash tizimidan qanoatlanganlik darajasini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki bosqichda mintaqada aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish samaradorligi boʻyicha yetakchi oʻrinlarni hamda keyinchalik sogʻliqni saqlash tizimi samaradorligining jahon reytinglarida munosib oʻrinni egallash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam hajmida xususiy sektor ulushini salmoqli darajada koʻpaytirish, ushbu xizmatning sifatini va undan foydalanish imkoniyatlarini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy iqtisodiyotning budjetni shakllantiradigan tarmogʻi sifatida tibbiy turizmni shakllantirish, keyinchalik uning mamlakat yalpi ichki mahsulotiga hissasini izchil oshirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika tibbiyot va farmatsevtika xodimlari, shu jumladan, boshqaruv kadrlariga xalqaro standartlarga muvofiq uzluksiz taʼlim berish va ular malakasini oshirishning zamonaviy tizimini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi (keyingi oʻrinlarda Milliy palata deb yuritiladi) tashkil etilsin, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish strategiyasini, ilgʻor xalqaro standartlar va jahondagi eng yaxshi amaliyotni hisobga olgan holda sogʻliqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy klinik qoʻllanmalar va protokollar, diagnostika va davolash sifatiga oid standartlar, shuningdek, moddiy-texnik jihozlash standartlarini ishlab chiqishni tashkil etish, ularning oʻz vaqtida joriy etilishini monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur statistik axborot bilan taʼminlash maqsadida tibbiyot statistikasini toʻplash va tahlil qilish tizimini takomillashtirish va raqamlashtirish, shuningdek, statistik koʻrsatkichlarni manipulyatsiya qilish imkoniyatini istisno etadigan xalqaro standartlar va metodikalarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika shifokorlari va provizorlarini roʻyxatga olish tizimini joriy etish, shuningdek, umumiy foydalanish uchun ochiq boʻlgan yagona elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro standartlarga javob beradigan sogʻliqni saqlash infratuzilmasini yaratishga, shu jumladan, tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash va ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish uchun moliyaviy mablagʻlar jalb etishga, shuningdek, sogʻliqni saqlash sohasida yangi tashkilotlar tashkil qilishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot xodimlarining obroʻsini, ushbu kasb nufuzi va mamlakatimiz sogʻliqni saqlash tizimiga boʻlgan ishonchni oshirish, tibbiyot xodimlariga odob-axloq qoidalarini singdirish, korrupsiya koʻrinishlariga barham berish va ularning oldini olish, shuningdek, ularning kasbiy faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini taʼminlash choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot xodimlari kasbiy malaka darajasi, shuningdek, ularning koʻnikmalari zamonaviy talablar va jahonning eng yaxshi amaliyotiga muvofiqligi ustidan, shu jumladan, ular faoliyatini yakka tartibda litsenziyalashni joriy etish orqali taʼsirchan monitoring tizimini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot xodimlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, ushbu sohaga zamonaviy standartlarni joriy etish, shuningdek, sogʻliqni saqlash sohasidagi yuqori malakali xorijiy ekspert va mutaxassislarni mamlakatga faol jalb qilish, mamlakatimiz mutaxassislari va ekspertlarining chet elda stajirovka oʻtashini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimiz tibbiyot tashkilotlarining bu boradagi faoliyatini va jahonning eng yaxshi amaliyotini chuqur oʻrganish asosida shifokor (tibbiy) xatolari, kasalliklarni notoʻgʻri diagnostika qilish va davolash holatlarini kamaytirishning taʼsirchan mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat sogʻliqni saqlashni boshqarish tizimiga, shu jumladan, tibbiyot tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish masalalarida xorijning eng yaxshi amaliyotini moslashtirilgan tarzda joriy etish, shuningdek, fuqarolarni tibbiy sugʻurtalashni joriy qilishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy, eng avvalo, toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalarini faol jalb qilish, shuningdek, sogʻliqni saqlashning xususiy tizimini jadal rivojlantirish maqsadida davlat-xususiy sheriklikning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va mamlakatimiz sogʻliqni saqlash tizimiga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy (xalqaro) tibbiyot va boshqa tashkilotlar bilan sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, shu jumladan, respublika sogʻliqni saqlash tizimiga grantlar, kreditlar, donorlik va boshqa mablagʻlarni jalb etish maqsadida uchrashuvlar, muzokaralar va boshqa tadbirlarni tashkil qilish, shuningdek, ushbu mablagʻlarning maqsadli va samarali ishlatilishini monitoring hamda nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
salohiyatli investorlar, ayniqsa, xorijiy investorlarga respublikaning xususiy sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish uchun investitsiya kiritish masalalari boʻyicha axborot, maslahat, huquqiy va boshqa shakllarda, shu jumladan, biznes-rejalar ishlab chiqish va taklif etilayotgan loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirish manbalarini jalb qilish orqali har tomonlama koʻmak koʻrsatish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, Milliy palata:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Jamiyat salomatligi va sogʻliqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti va uning hududiy boʻlinmalari negizida ularni moliyalashtirishning amaldagi tartibi saqlab qolingan holda tashkil etiladi hamda ularning huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻz tarkibiy boʻlinmalariga ega boʻladi, ularning tuzilmalari va nizomi Milliy palata raisi tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini birlashtiruvchi, respublika sogʻliqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish, shu jumladan, ushbu qarorning 1-bandida belgilangan strategik maqsadlarga erishishni taʼminlash uchun masʼul tashkilot hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish sohasida hamda vakolatiga kiritilgan boshqa masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, davlat boshqaruvi organlari, tibbiyot va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida sogʻliqni saqlashni boshqarish tizimini isloh qilish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishda sogʻliqni saqlash sohasidagi xorijiy (xalqaro) tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, sogʻliqni saqlash tizimiga grantlar, kreditlar, donorlik va boshqa mablagʻlarni jalb qilish hamda ularning maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan monitoring va nazoratni tashkil etish boʻyicha vakolatli tashkilot hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot, farmatsevtika va boshqa tashkilotlarning muassisi sifatida qatnashish, sogʻliqni saqlash sohasi xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida xizmat koʻrsatishni tashkil etish huquqiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 31-dekabrga qadar respublikada kasbiy faoliyatni amalga oshirayotgan shifokorlar va provizorlarni roʻyxatga olish tizimini joriy etishni, shuningdek, ular toʻgʻrisida umumiy foydalanish uchun ochiq boʻlgan yagona elektron maʼlumotlar bazasini yaratishni taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, 2021-yil 1-yanvardan shifokorlar va provizorlarning Milliy palatada roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritishi taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Milliy palata huzurida quyidagilar tashkil etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasida Sogʻliqni saqlashning innovatsion modelini joriy etish boʻyicha maslahat kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashga Milliy palata raisi rahbarlik qiladi hamda uning tarkibi sogʻliqni saqlash sohasidagi tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislari orasidan shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash sogʻliqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish boʻyicha Milliy palataning kollegial maslahat organi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash tarkibi Milliy palata raisi tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yuridik shaxs tashkil etmagan holda, mablagʻlari tijorat bankidagi maxsus, shu jumladan, valyuta hisobvaragʻida jamlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlashni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shifokorlar va provizorlarni roʻyxatga olishni amalga oshirishdan, shuningdek, ular faoliyatini litsenziyalashdan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatish va boshqa xoʻjalik faoliyatini amalga oshirishdan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini banklarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xayriya qiluvchilar — jismoniy va yuridik shaxslar, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki, Jamgʻarma mablagʻlari, shu jumladan, quyidagilarga yoʻnaltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy palatani saqlash, uning faoliyatini moddiy-texnik taʼminlash va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro standartlarga muvofiq ilgʻor tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlarini tashkil etish, shuningdek, ularni zamonaviy uskunalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy klinik qoʻllanmalar va protokollar, diagnostika va davolash sifatiga oid standartlar, tibbiyot tashkilotlarini moddiy-texnik jihozlash standartlarini ishlab chiqish va joriy etishni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlarining binolari, inshootlari va boshqa infratuzilmasini qurish, ularni zamonaviy uskunalar bilan, shu jumladan, lizing shartlarida jihozlashga qaytarish sharti bilan va imtiyozli asosda mablagʻ ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini xorijda tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, oʻqitish, malaka oshirish va tajriba almashishni respublikada tashkil etish uchun xorijiy mutaxassislarni jalb etish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika shifokorlari va provizorlari toʻgʻrisida umumiy foydalanish uchun ochiq boʻlgan yagona elektron maʼlumotlar bazasini yaratish va yuritish, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash sohasida xayriya faoliyatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy palata zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga qaratilgan boshqa tadbirlarni moliyalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Milliy palata 2018-yil oxiriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Jamiyat salomatligi va sogʻliqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazsin hamda Milliy palatani yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy palataga 2018-yilda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Jamiyat salomatligi va sogʻliqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti va uning hududiy boʻlinmalarini saqlash uchun nazarda tutilgan mablagʻlarning ajratilishini hamda keyingi yillarda mablagʻlar hajmlarining saqlab qolinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash sohasini boshqarish tizimini isloh qilish doirasida Milliy palataning asoslantirilgan hisob-kitoblari boʻyicha yetakchi xorijiy tashkilotlar, shu jumladan, “GMC Service International Ltd” (Buyuk Britaniya) tashkiloti vakillarining ekspert koʻmagini jalb etishga doir xarajatlarning moliyalashtirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy palataga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais rahbarlik qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy palata raisi mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlariga koʻra vazirning birinchi oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy palata raisi Milliy palata raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan birinchi oʻrinbosar va ikki nafar oʻrinbosarga ega;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy palata raisi xalqaro moliya institutlari, chet el hukumat moliya tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning mablagʻlarini jalb etishni nazarda tutadigan bitim va boshqa hujjatlarni, shuningdek, sogʻliqni saqlash sohasidagi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha investitsiya bitimlarini oʻrnatilgan tartibda imzolash huquqiga ega;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy palataning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari kompleksi tomonidan muvofiqlashtiriladi;
(8-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash masalalariga oid ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari Milliy palatada ekspertizadan oʻtkazilishi shart;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va sarflash, shuningdek, Milliy palata va uning boʻlinmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlari Kengash tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Milliy palata raisiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda Milliy palata tuzilmasiga belgilangan xodimlar soni doirasida oʻzgartirish kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari, ilmiy-taʼlim muassasalari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan, xorijiy tashkilotlar mutaxassislarini, shuningdek, boshqa ekspertlarni maslahatchi sifatida shartnoma asosida jalb etish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga — Milliy palataning Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, boshqa davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlar bilan samarali oʻzaro hamkorligi taʼminlanishi, shuningdek, sogʻliqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlarning sifatli amalga oshirilishi ustidan taʼsirchan nazorat oʻrnatilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga — Milliy palata va boshqa manfaatdor organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda sogʻliqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Milliy palata manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Milliy palata toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlashni nazarda tutadigan hukumat qarori loyihasini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Milliy palata 2022-yil 1-yanvarga qadar muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona ijtimoiy toʻlovdan tashqari, barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrnatilgan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha respublikada ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, kompyuter texnikasi, oʻqitishning texnik vositalari, adabiyotlar, multimedia mahsulotlari, qurilish materiallari, inventar va boshqa moddiy-texnika resurslari uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati 2018-yil yakunlariga koʻra Milliy palata faoliyatining samaradorligini oʻrgansin hamda 2019-yil 1-fevralga qadar muddatda uning faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek, shifokorlar va provizorlar faoliyatini yakka tartibda litsenziyalash tizimini joriy etish boʻyicha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Milliy palataning buyurtmanomalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb etilayotgan chet el mutaxassislari, shu jumladan, xalqaro ekspertlarga belgilangan tartibda kirish vizalarining konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Milliy palataning buyurtmanomalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb etilayotgan chet el mutaxassislari, shu jumladan, xalqaro ekspertlarga belgilangan tartibda davlat boji undirilmasdan koʻp martalik kirish vizalari berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, ularning vaqtinchalik yashash joylarida vaqtincha propiskaga qoʻyilishi va vaqtincha propiska muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Milliy palata buyurtmanomalariga binoan belgilangan tartibda respublikaga chet el mutaxassislari, shu jumladan, xalqaro ekspertlarni jalb etishga ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, ushbu chet el fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Milliy palatani belgilangan tartibda hukumat va shahar aloqasi bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov) Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir hafta muddatda Milliy palataning joylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Milliy palataga 6 ta, shu jumladan, 4 ta shaxsiy, 1 ta yuqori oʻtish qobiliyatiga ega boʻlgan va 1 ta navbatchi avtotransport vositasini sotib olish va saqlashga limit ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Milliy palata Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 2-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3894-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-avgustdagi PQ-3894-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Xodimlarning umumiy soni (yordamchi xodimlardan tashqari) — 74 nafar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordamchi xodimlarning soni belgilangan meʼyorlar asosida aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-avgustdagi PQ-3894-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish
shakli

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Sogʻliqni saqlash sohasi mutaxassislarining rivojlangan xorijiy davlatlarga, shu jumladan Buyuk Britaniyaga quyidagi maqsadlarda tashrifini tashkil qilish:

sogʻliqni saqlashni boshqarishning ilgʻor jahon amaliyotini oʻrganish, shuningdek,sogʻliqni saqlashni innovatsion rivojlantirish sohasida oʻzaro tajriba almashish;

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini boshqarishni isloh qilishda Milliy palata bilan hamkorlik qilish masalalarini hal etish maqsadida sogʻliqni saqlash sohasida vakolatli organlar va tashkilotlar vakillari, shu jumladan “GMC Service International Ltd” (Buyuk Britaniya) tashkiloti bilan uchrashuv va muhokamalar oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil avgust

Milliy palata,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,
vazirlik va idoralar

2.

Yetakchi xorijiy tashkilotlarning ekspertlari va vakillarini jalb qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasida sogʻliqni saqlashniboshqarish tizimining amaldagi holatini oʻrganish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil noyabr

Milliy palata,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,
vazirlikva idoralar

3.

Ilgʻor jahon amaliyotlari asosida va yetakchi xorijiy tashkilotlarning ekspertlari va vakillarini jalb qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasida sogʻliqni saqlashni boshqarish tizimini isloh qilish Strategiyasini ishlab chiqish hamda Strategiyani tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritish.

Strategiya loyihasi

2019-yil yanvar

Milliy palata,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,
vazirlikva idoralar

4.

Oʻzbekiston Respublikasida sogʻliqni saqlashni boshqarish tizimini isloh qilish Strategiyasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasini” ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

“Yoʻl xaritasi” loyihasi

2019-yil fevral

Milliy palata,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,
vazirlik va idoralar

5.

Buyuk Britaniyaning xalqaro savdo departamenti va boshqa xorijiy davlatlarning vakolatli vazirliklari va idoralari bilan birgalikda yetakchi tibbiyot taʼlim muassasalarini jalb qilish masalasini koʻrib chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil yanvar

Milliy palata,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, vazirlikva idoralar

6.

Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, davolashning innovatsion uslublarini joriy etish va respublikada tibbiyot turizmini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish maqsadida Milliy palata huzurida:

ilgʻor jahon amaliyotlariga muvofiq davlat-xususiy sheriklik asosida koʻp tarmoqli innovatsion tibbiyot klinikasini;

professor V. Kozyavkin (Ukraina) uslubi boʻyicha neyrofiziologik reabilitatsiya markazini tashkil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018 — 2020-yillar

Milliy palata,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Investitsiyalar boʻyicha
davlat qoʻmitasi,

vazirlik va idoralar

7.

Quyidagilarni ishlab chiqish va tasdiqlash:

Milliy palatada shifokorlar va provizorlarni toifalar kesimida roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisida nizom;

Roʻyxatga olingan shifokorlar va provizorlarning yagona elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizom.

Normativ-huquqiy
hujjat loyihasi

2019-yil noyabr

Milliy palata,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Adliya vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

vazirlik va idoralar

8.

Respublikada tibbiy va farmatsevtik faoliyatni olib borayotgan barcha shifokorlar va ovizorlarni roʻyxatga olish tizimini joriy etish, shuningdek, maʼlumoti, malakasi, ish staji, tajribasi va boshqa zarur maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan, roʻyxatga olingan shifokorlar va provizorlarning yagona barcha foydalanishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar bazasini ishga tushirish.

Amaliy chora-tadbirlar kompleksi

2018 — 2020-yillar

Milliy palata,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

9.

Kasalliklarni barvaqt profilaktika qilish va notoʻgʻri diagnostikasining oldini olish hamda kasalliklarni davolashning zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar kompleksi

2019-2020-yillar

Milliy palata,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

vazirlikva idoralar

10.

Mamlakat farmatsevtika sohasining amaldagi ishlab chiqarish-texnologik holatini oʻrganish va mazkur sohaga xorijiy innovatsion texnologiyalarini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar kompleksi

2019-2020-yillar

Milliy palata,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

vazirlik va idoralar

11.

Innovatsion sogʻliqni saqlash sohasida yetakchi xorijiy malakali kadrlarni jalb qilgan holda seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari va mahorat darslari turkumini, shu jumladan respublika hududlarida tashkil qilish.

2018-2019-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi

2018-yil noyabr

Milliy palata,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

vazirlik va idoralar

12.

2019 — 2021-yillarda zamonaviy klinik qoʻllanmalar va protokollar, diagnostikava davolash standartlari, shuningdek tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlarini moddiy-texnik jihozlash standartlarini ishlab chiqishva kadrlar bilan taʼminlash dasturlarini tayyorlash.

Takliflar

2019-yil mart

Milliy palata,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

vazirlik va idoralar

13.

Davlat tibbiyot muassasalarining amaldagi moddiy-texnik bazasini, shu jumladan mavjud asbob-uskunalarini xatlovdan oʻtkazishni amalga oshirish hamda hududlarning ehtiyojidan kelib chiqib, grantlar, imtiyozli kreditlar, homiylik va xayriya mablagʻlarini jalb qilgan holda tibbiyot jihozlarini bosqichma-bosqich yangilash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar dasturi

2019-yil mart

Milliy palata,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Bosh prokuratura,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

vazirlik va idoralar

14.

Respublika tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining odob-axloq qoidalari zamonaviy standartlarini ishlab chiqish.

Standartlar loyihasi

2019-yil dekabr

Milliy palata,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

vazirlik va idoralar

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2018-y., 07/18/3894/1615-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)