Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QISHLOQNI LIZING SHARTLARIDA QISHLOQ XOʻJALIGI TEXNIKASI BILAN TAʼMINLASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Qishloq xoʻjaligini yuqori samarali zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan jihozlashni ragʻbatlantirish, qishloq xoʻjaligi mashinasozligini, shu jumladan yetakchi xorijiy kompaniyalar ishtirokida rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni shakllantirish, qishloqqa yetkazib berilayotgan traktorlar va oʻrim-yigʻim texnikasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Belgilansinki, respublika qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari tomonidan, shu jumladan yetakchi xorijiy kompaniyalar ishtirokida ishlab chiqarilgan traktorlar va oʻrim-yigʻim texnikasi (keyingi oʻrinlarda zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi deb ataladi) fermer va shirkat xoʻjaliklariga, mashina-traktor parklariga hamda “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga (keyingi oʻrinlarda lizing oluvchilar deb ataladi) quyidagi shartlarda lizingga berish yoʻli bilan yetkazib beriladi:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 131-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 11-son, 161-modda)
zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining 15 foizi (2013-yildan boshlab — kamida 15 foizi, 2015-yildan boshlab esa — kamida 20 foizi) avans sifatida lizing oluvchilar tomonidan oʻz mablagʻlari hisobiga toʻlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining 85 foizi (2013-yildan boshlab 85 foizigacha, 2015-yildan boshlab esa — 80 foizigacha) “Oʻzagrolizing” AJ tomonidan unga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda “Jamgʻarma” deb ataladi) tomonidan qarz asosida beriladigan mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi 350-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/350/1206-son)
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyuldagi 216-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 29-son, 334-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. “Oʻzagrolizing” AJga quyidagi funksiyalar yuklansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-iyundagi 442-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 26-son, 593-modda)
lizing oluvchilarning ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasini yetkazib berish yuzasidan berilgan buyurtmalarini umumlashtirish;
Jamgʻarmaning kafolat xatlari bilan tasdiqlangan moliyaviy manbalar asosida zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqarish va ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki ularning rasmiy distribyutorlari tomonidan yetkazib berish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirish;
joylashtirilgan buyurtmalarga muvofiq ishlab chiqariladigan va yetkazib beriladigan qishloq xoʻjaligi texnikasi uchun oʻz vaqtida avanslar toʻlash va uzil-kesil hisob-kitob qilish;
lizing shartnomalari tuzish va, ham yangi texnikani, ham belgilangan tartibda talab qilib olingan ilgari lizing oluvchilarga lizingga berilgan qishloq xoʻjaligi texnikasini lizingga berish;
lizing shartnomalari boʻyicha toʻlovlarning oʻz vaqtida undirilishini va ularning tegishli qismi Jamgʻarmaga oʻtkazilishini taʼminlash;
lizing toʻlovlari toʻgʻri hisoblab yozilishini hamda qonun hujjatlariga muvofiq ular yuzasidan hisob-kitoblar va hisobot yuritilishini taʼminlash.
(2-bandning ikkinchi — oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyuldagi 216-sonli qaroriga asosan ikkinchi — yettinchi xatboshiga almashtirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 29-son, 334-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma bilan tuzilgan har bir qarz shartnomasi boʻyicha ajratilgan mablagʻlarning hisobini oʻz vaqtida yuritish va ularni jadvalga asosan har chorakda qaytarish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-iyuldagi 454-son qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 27-son, 618-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Quyidagilar “Oʻzagrolizing” AJning:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-iyundagi 442-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 26-son, 593-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“Agrobank” ATB kompaniyaning barcha hisob-kitoblariga moliyaviy xizmat koʻrsatish, lizing oluvchilar bilan tuzilgan lizing shartnomalari boʻyicha, ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki ularning rasmiy distribyutorlari bilan tuzilgan yetkazib berish shartnomalari boʻyicha toʻlovlar va oʻzaro moliyaviy majburiyatlar oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazorat qilish vazifalarini bajaruvchi moliya agenti etib;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyuldagi 216-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 29-son, 334-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Sugʻurta tashkilotlari — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari lizingga berilayotgan texnikani sugʻurtalash vazifalarini bajaruvchi sugʻurta agentlari etib belgilansin;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyuldagi 216-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 29-son, 334-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Respublika qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari tomonidan, shu jumladan, yetakchi xorijiy kompaniyalar ishtirokida ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi texnikasini lizingga olish tartibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-martdagi 41-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 62-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamgʻarmaga har yili, 1-oktabrdan boshlab va uning kelgusi yilga daromadlari va xarajatlari balansi tasdiqlangungacha boʻlgan davrda, zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarilishini taʼminlash uchun ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki ularning rasmiy distribyutorlariga avans berish uchun “Oʻzagrolizing” AJ buyurtmanomalari boʻyicha mablagʻlar ajratishga ruxsat etilsin. Avans berish har oylik ulushlar bilan, oldi-sotdi shartnomasida koʻrsatilgan yetkazib berish muddatidan 120 kundan kechikmay, ushbu shartnomada kelgusi yilda yetkazib berish nazarda tutilgan hajmlar va yetkazib berish muddatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-avgustdagi 683-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2018-y., 09/18/683/1795-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar va “Oʻzagrolizing” AJ texnika qiymatining 80 foizi miqdorida avans toʻlovlarini olganidan soʻng lizing oluvchilarga qishloq xoʻjaligi texnikasining avans toʻlangan kundan boshlab 120 kun muddatda yetkazib berilishini taʼminlaydilar.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-avgustdagi 683-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2018-y., 09/18/683/1795-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. “Oʻzagrolizing” AJ lizing oluvchilar bilan lizing shartnomalari tuzishda:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-iyundagi 442-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 26-son, 593-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
lizing oluvchilarga texnikani faqat lizingning butun davri uchun olinayotgan texnika boʻyicha mulkiy tavakkalchiliklar sugʻurta polisi mavjud boʻlgandagina berishni;
Oldingi tahrirga qarang.
lizing kompaniya daromad foizining imtiyozli stavkasi Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizidan yuqori boʻlmasligini;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyuldagi 216-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 29-son, 334-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
fermer xoʻjaliklari uchun lizing muddati — 10 yil, 2017—2018-yillarda Jizzax va Sirdaryo viloyatlari fermer xoʻjaliklari uchun — 12 yilgacha, 2017-2018-yillarda Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining “Agroservis MTP” MCHJlari uchun — 10 yilgacha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati mashina-traktor parklari uchun — 10 yilgacha, qolgan lizing oluvchilar uchun – 7 yil;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-iyuldagi 454-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 27-son, 618-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
6. Belgilab qoʻyilsinki:
lizingga olingan qishloq xoʻjaligi texnikasining buzilishida aybdor boʻlgan lizing oluvchilar belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortishgacha boʻlgan darajada javob beradilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
lizing oluvchilar tomonidan lizing shartnomasida nazarda tutilgan lizing toʻlovlari oʻz vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda “Agrobank” ATB lizing egasining hisob raqamiga soʻzsiz bajarilishi kerak boʻlgan “Oʻzagrolizing” AJ tomonidan taqdim etilgan toʻlov talabnomalarini qoʻyadi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-iyundagi 442-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 26-son, 593-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
lizing toʻlovlari toʻgʻri hisoblab yozilishi hamda toʻlanishini, shuningdek Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi va ularning oʻz vaqtida qaytarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyuldagi 216-sonli qaroriga asosan uchinchi-toʻrtinchi xatboshiga almashtirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 29-son, 334-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
7. “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi umumdavlat va mahalliy soliqlarni toʻlashdan besh yil muddatga ozod qilinsin, boʻshaydigan mablagʻlar qishloqqa qishloq xoʻjaligi texnikasi yetkazib berishni mablagʻ bilan taʼminlash manbalarini toʻldirishga maqsadli yoʻnaltirilsin.
8. “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda barcha viloyatlar markazlarida “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi filiallari ochilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-iyundagi 442-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 26-son, 593-modda)
10. Toshkent shahar hokimligi “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi apparatini joylashtirish masalasini bir oy muddatda hal etsin.
Oʻzbekiston Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasini zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqa vositalari bilan taʼminlasin.
11. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat mulki qoʻmitasi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari bilan birgalikda xolding kompaniya korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin. Mazkur chora-tadbirlar:
turar joy va ijtimoiy sohaning boshqa obyektlari “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi korxonalari balansidan mahalliy hokimiyat organlariga berilishini;
foydalanilmayotgan asbob-uskunalar, binolar, inshootlar, qurilishi tugallanmagan obyektlar sotilishi yoki konservatsiya qilinishini oʻz ichiga oladi.
13. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 28-apreldagi 172-son qarorining 1 va 2-bandlaridagi “2000-yilda” soʻzlari “2000—2005-yillarda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 486-son qaroriga 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 2-noyabr,
424-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi texnikasini lizingga olish
(1-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-martdagi 41-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 62-modda)
TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Tartib respublika qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari (keyingi oʻrinlarda ishlab chiqaruvchi korxonalar deb ataladi) tomonidan ishlab chiqarilgan traktorlar va oʻrim-yigʻim texnikasini (keyingi oʻrinlarda zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi deb ataladi) lizingga olish mexanizmini belgilab beradi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyuldagi 216-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 29-son, 334-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Har yili 15-avgustgacha “Oʻzagrolizing” AJ fermer va shirkat xoʻjaliklari, mashina-traktor parklari va qishloq xoʻjaligiga xizmat qiluvchi “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlaridan (keyingi oʻrinlarda lizing oluvchilar deb ataladi) tushgan buyurtmanomalar asosida qishloq xoʻjaligining lizing shartlarida yetkazib beriladigan zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasiga boʻlgan ehtiyoji prognozini shakllantiradi.
Qishloq xoʻjaligining texnikaga boʻlgan ehtiyoji prognozidan kelib chiqib “Oʻzagrolizing” AJ va “Agrobank” ATB har yili 15-avgustdan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda “Jamgʻarma” deb ataladi) zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarishning, shuningdek lizing oluvchilarning toʻlovlarni amalga oshirishining prognoz hajmlarini hisobga oluvchi kelgusi yil uchun (oylarga boʻlgan holda) Jamgʻarma mablagʻlariga boʻlgan ehtiyoj prognozini taqdim etadilar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-avgustdagi 683-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2018-y., 09/18/683/1795-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Ishlab chiqariladigan va rasmiy distribyuterlar orqali sotiladigan zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasiga haq toʻlash uchun mablagʻlarga boʻlgan ehtiyoj prognozi asosida Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda har yili 1-sentabrgacha kelgusi yilga Jamgʻarma mablagʻlarini toʻldirish uchun zarur boʻlgan resurslarni va ularning manbalarini belgilaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-avgustdagi 683-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2018-y., 09/18/683/1795-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Jamgʻarma mablagʻ bilan taʼminlashning mavjud manbalarini hisobga olgan holda har yili 1 senyabrgacha “Oʻzagrolizing” AJga lizing operatsiyalarini oʻtkazish uchun kelgusi davrga ajratiladigan resurslar hajmi uchun kafolat xatini taqdim etadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-avgustdagi 683-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2018-y., 09/18/683/1795-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi, Jamgʻarmaning kafolat xatlari bilan tasdiqlangan manbalar asosida zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqarishga va ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki ularning rasmiy distribyuterlari tomonidan yetkazib berishga buyurtmanomalarni joylashtiradi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyuldagi 216-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 29-son, 334-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Buyurtmaga muvofiq “Oʻzagrolizing” AJ har yili 1-noyabrgacha keyingi yilda sotib olish maqsadida zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasini yetkazib berishga, uning haqini toʻlash va yetkazib berish muddatlarini koʻrsatgan holda, ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki ularning rasmiy distribyutorlari bilan oldi-sotdi shartnomalari tuzadi (shartnoma kompaniyasi).
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-avgustdagi 683-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2018-y., 09/18/683/1795-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyuldagi 216-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 29-son, 334-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma bilan moliyaviy resurslar ajratish uchun shartnoma tuzadi. Bunda lizing boʻyicha daromad foizi miqdori, shuningdek, lizing oluvchilar tomonidan toʻlanadigan lizing toʻlovlaridan ushlab qolinadigan kompaniya va bank xizmatlari uchun toʻlovlar miqdori kelishib olinadi;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyuldagi 216-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 29-son, 334-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“Agrobank” ATB bilan moliya agenti funksiyalarini bajarish yuzasidan;
(7-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 21-son, 252-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
sugʻurta tashkilotlari — Oʻzbekiston Respublikasi rezedentlari bilan sugʻurta agenti funksiyalarini bajarish yuzasidan shartnomalar tuzadi.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyuldagi 216-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 29-son, 334-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi oʻzining mintaqaviy filiallari orqali lizing oluvchilar bilan zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasining lizing shartnomalarini tuzadi. Har bir shartnomaga lizing toʻlovlari jadvali (lizing obyekti qiymatini va lizing oluvchining daromad foizini qoplash) ilova qilinadi. Bunda shartnomaning bir asl nusxasi “Agrobank” ATBga joʻnatiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyuldagi 216-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 29-son, 334-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Lizing oluvchilar:
Oldingi tahrirga qarang.
lizingga olinadigan zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining 15 foizini (2013-yildan boshlab — kamida 15 foizini, 2015-yildan boshlab esa – kamida 20 foizini) yetkazib berish muddati 120 kundan oshmagan holda “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasiga toʻlaydilar;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-avgustdagi 683-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2018-y., 09/18/683/1795-son)
lizingga olinadigan qishloq xoʻjaligi texnikasini oʻz mablagʻlari hisobiga yetakchi sugʻurta kompaniyalari — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlarida sugʻurta qiladilar;
Oldingi tahrirga qarang.
zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasining qoplanmagan qiymatini, shuningdek lizing beruvchining daromad foizini lizing muddati mobaynida (fermer xoʻjaliklari — 10 yil, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari fermer xoʻjaliklari 2017-2018-yillarda tuzilgan lizing shartnomalari boʻyicha — 12 yilgacha, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining “Agroservis MTP” MCHJlari 2017-2018-yillarda tuzilgan lizing shartnomalari boʻyicha — 10 yilgacha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining mashina-traktor parklari — 10 yilgacha, qolgan lizing oluvchilar — 7 yil) “Oʻzagrolizing” AJga toʻlaydilar.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-iyuldagi 454-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 27-son, 618-modda)
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyuldagi 216-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 29-son, 334-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi avans toʻlovini toʻlash uchun ishlab chiqaruvchi korxonalarga yoki ularning rasmiy disribyuterlariga shartnomada koʻrsatilgan yetkazib berish muddatidan 120 kun kechikmay Jamgʻarmaga lizing oluvchi tomonidan “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasiga 15 foiz (2013-yildan boshlab — kamida 15, 2015-yildan boshlab esa — kamida 20 foiz) miqdorida avans toʻlanishi sharti bilan yetkazib beriladigan zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining 15 foizigacha (2013-yildan boshlab — 35 foizigacha, 2004-yildan boshlab — 40 foizigacha, 2016-yildan boshlab — 50 foizigacha, 2018-yil 1-iyuldan esa — 60 foizigacha) pul mablagʻlari ajratishga buyurtmanomalarni taqdim etadi. Ushbu buyurtmanomalar asosida Jamgʻarma uch bank kuni mobaynida pul mablagʻlarini kelgusi davr uchun “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasining “Agrobank” ATBdagi Jamgʻarma mablagʻlari bilan operatsiyalar oʻtkazish uchun moʻljallangan maxsus hisob raqami (keyingi oʻrinlarda “Operatsiya hisob raqami” deyiladi)ga oʻtkazadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-avgustdagi 683-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2018-y., 09/18/683/1795-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. “Oʻzagrolizing” AJ shartnomada koʻrsatilgan yetkazib berish muddatidan 120 kundan kech boʻlmagan muddatda navbatdagi yil choragida yetkazib beriladigan zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining 30 foizi (2013-yildan boshlab — kamida 50, 2014-yildan boshlab — kamida 55, 2015-yildan boshlab — kamida 60, 2016-yildan boshlab — kamida 70, 2018-yil 1-iyuldan boshlab — 80 foizigacha) miqdorida ishlab chiqaruvchi korxonalarga yoki ularning rasmiy distribyuterlariga operatsiya hisob raqamidan avans toʻlovi toʻlaydi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-avgustdagi 683-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2018-y., 09/18/683/1795-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Ishlab chiqarilgan zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi tomonidan lizingga rasmiylashtirilgandan keyin shartnoma shartlariga muvofiq ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki ularning rasmiy distribyuterlari tomonidan lizing oluvchilarga toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi Jamgʻarmaga zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi lizing oluvchilarga yetkazib berilganligini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadi. Jamgʻarma uch bank kuni mobaynida kompaniya ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki ularning rasmiy disribyuterlari bilan uzil-kesil hisob-kitob qilishi uchun lizingga berilgan zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining 70 foizi (2013-yildan boshlab — 50 foizigacha, 2014-yildan boshlab — 45 foizigacha, 2015-yildan boshlab — 40 foizigacha, 2016-yildan boshlab — 30 foizigacha, 2018-yil 1-iyuldan — 20 foizigacha) miqdorida pul mablagʻlarini “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasining operatsiya hisob raqamiga oʻtkazadi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-avgustdagi 683-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2018-y., 09/18/683/1795-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Har oyda, kechi bilan oyning 5-kuni, “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi “Agrobank” ATBga oldingi oyda tuzilgan shartnomalar boʻyicha lizing toʻlovlari jadvallari nusxalarini taqdim etadi.
(13-band xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 21-son, 252-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Lizing oluvchilar lizing shartnomalarida belgilangan muddatlarda va miqdorlarda “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasiga lizing toʻlovlari toʻlaydilar. Koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar toʻliq miqdorda Operatsiya hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyuldagi 216-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 29-son, 334-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
15. “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi tuzilgan qarz shartnomalariga muvofiq jalb etilgan qarzlar boʻyicha asosiy qarz yuzasidan Jamgʻarma oldidagi qarzdorlikni olingan lizing toʻlovlari hisobidan toʻlaydi. Lizing boʻyicha foizlar “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi, Jamgʻarma va “Agrobank” ATB oʻrtasida tuzilgan tijorat agenti funksiyalarini bajarish shartnomasiga muvofiq taqsimlanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyuldagi 216-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 29-son, 334-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
16. “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi har bir kalendar choragi tugagandan keyin kechi bilan 20 kunda Jamgʻarmaga oʻtgan chorakdagi Operatsiya hisob raqamidagi pul mablagʻlari aylanishi toʻgʻrisidagi “Agrobank” ATB tomonidan tasdiqlangan hisobotni taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Lizing toʻlovlarini toʻlash boʻyicha majburiyatlar lizing oluvchilar tomonidan bajarilmagan taqdirda shartnoma shartlariga muvofiq “Agrobank” ATB lizing oluvchilarning hisob raqamiga “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan soʻzsiz bajarilishi kerak boʻlgan toʻlov talabnomalarini qoʻyadi. Lizing oluvchilardan koʻrsatib oʻtilgan toʻlov talabnomasi boʻyicha undirilgan pul mablagʻlari “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasining operatsiya hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyuldagi 216-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 29-son, 334-modda)
18. “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi, “Agrobank” ATB va ular boʻlinmalarining rahbarlari Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadsiz foydalanilganligi va hisob-kitoblar tartibi buzilganligi uchun qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(16—18-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 21-son, 252-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-iyundagi 442-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 26-son, 593-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 9-10-son, 134-modda; 2007-y., 25-26-son, 262-modda, 50-51-son, 517-modda; 2008-y., 10-11-son, 62-modda; 2009-y., 21-son, 252-modda; 2012-y., 29-son, 334-modda; 2017-y., 11-son, 161-modda, 26-son, 593-modda, 27-son, 618-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/350/1206-son, 25.08.2018-y., 09/18/683/1795-son; 13.07.2019-y., 09/19/578/3419-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 04.06.2025-y., 09/25/345/0491-son; 28.07.2025-y., 09/25/466/0655-son; 30.08.2025-y., 09/25/549/0791-son)