02.11.2000 yildagi 424-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.05.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QISHLOQNI LIZING SHARTLARIDA QISHLOQ XOʻJALIGI TEXNIKASI BILAN TAʼMINLASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligini yuqori samarali zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan jihozlashni ragʻbatlantirish, qishloq xoʻjaligi mashinasozligini, shu jumladan yetakchi xorijiy kompaniyalar ishtirokida rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni shakllantirish, qishloqqa yetkazib berilayotgan traktorlar va oʻrim-yigʻim texnikasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, 2001—2014-yillar mobaynida, eksperiment tariqasida, respublika qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari tomonidan, shu jumladan yetakchi xorijiy kompaniyalar ishtirokida ishlab chiqarilayotgan zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi (traktorlar va oʻrim-yigʻim texnikasi) mashina-traktor parklariga, qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlar)ga va fermer xoʻjaliklariga ularni quyidagi shartlarda lizingga berish yoʻli bilan yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
traktorlar va oʻrim-yigʻim texnikasi qiymatining 15 foizi avans sifatida mashina-traktor parklarining hududiy birlashmalari, muqobil mashina-traktor parklari, qishloq xoʻjaligi kooperativlari va fermer xoʻjaliklari tomonidan oʻz mablagʻlari hisobiga toʻlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
traktorlar va oʻrim-yigʻim texnikasi qiymatining 85 foizi “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi tomonidan unga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini texnika bilan taʼminlashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda “Jamgʻarma” deb yuritiladi) qarz asosida beradigan mablagʻlar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadi.
(1-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-martdagi 41-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 62-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasiga quyidagi funksiyalar yuklansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzagromashservis” uyushmasi mashina-traktor parklarining hududiy birlashmalari, muqobil mashina-traktor parklari, qishloq xoʻjaligi kooperativlari va fermer xoʻjaliklarining respublika qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalarida ishlab chiqariladigan qishloq xoʻjaligi texnikasini yetkazib berish yuzasidan berilgan buyurtmalarini umumlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning kafolat xatlari bilan tasdiqlangan moliyaviy manbalar asosida respublika qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalarida qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirish;
(2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-martdagi 41-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 62-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylashtirilgan buyurtmalarga muvofiq ishlab chiqariladigan qishloq xoʻjaligi texnikasi uchun oʻz vaqtida avanslar toʻlash va uzil-kesil hisob-kitob qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing shartnomalari tuzish va qishloq xoʻjaligi texnikasini mashina-traktor parklariga, qishloq xoʻjaligi kooperativlariga va fermer xoʻjaliklariga lizingga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing shartnomalari boʻyicha toʻlovlarning oʻz vaqtida tushishini nazorat qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasining:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agrobank” ATB kompaniyaning barcha hisob-kitoblariga moliyaviy xizmat koʻrsatish, lizing oluvchilar bilan tuzilgan lizing shartnomalari boʻyicha, qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan tuzilgan yetkazib berish shartnomalari boʻyicha toʻlovlar va oʻzaro moliyaviy majburiyatlar oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazorat qilish vazifalarini bajaruvchi moliya agenti etib;
(3-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 21-son, 252-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzagrosugʻurta” kompaniyasi lizingga berilayotgan texnikani sugʻurtalash vazifalarini bajaruvchi sugʻurta agenti etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Respublika qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari tomonidan, shu jumladan, yetakchi xorijiy kompaniyalar ishtirokida ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi texnikasini lizingga olish tartibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-martdagi 41-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 62-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” lizing kompaniyasi mashina-traktor parklari hududiy birlashmalari, muqobil mashina-traktor parklari, qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlar) va fermer xoʻjaliklari bilan lizing shartnomalari tuzishda:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing oluvchilarga texnikani faqat lizingning butun davri uchun olinayotgan texnika boʻyicha mulkiy tavakkalchiliklar sugʻurta polisi mavjud boʻlgandagina berishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing kompaniya daromadi (marjasi)ning imtiyozli stavkasi Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizidan yuqori boʻlmasligini;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaliklari uchun lizing muddati — 10 yil, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati mashina-traktor parklari uchun — 10 yilgacha, qolgan lizing oluvchilar uchun — 7 yil;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 12-dekabrdagi 254-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 50-51-son, 517-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizingga olingan qishloq xoʻjaligi texnikasining buzilishida aybdor boʻlgan lizing oluvchilar belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortishgacha boʻlgan darajada javob beradilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashina-traktor parklari hududiy birlashmasi, muqobil mashina-traktor parki, qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkati), fermer xoʻjaligi tomonidan jadvalda nazarda tutilgan lizing toʻlovlari oʻz vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda “Agrobank” ATB lizing egasining hisob raqamiga soʻzsiz bajarilishi kerak boʻlgan toʻlov talabnomalari qoʻyadi.
(6-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 21-son, 252-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi umumdavlat va mahalliy soliqlarni toʻlashdan besh yil muddatga ozod qilinsin, boʻshaydigan mablagʻlar qishloqqa qishloq xoʻjaligi texnikasi yetkazib berishni mablagʻ bilan taʼminlash manbalarini toʻldirishga maqsadli yoʻnaltirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda barcha viloyatlar markazlarida “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi filiallari ochilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi ijro etuvchi apparatining 2-ilovaga muvofiq tuzilmasiga va uning xodimlari cheklangan sonining (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) 20 kishidan iborat boʻlishiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi boshqaruvi raisi maqomi, maishiy taʼminot, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha vazirga, rais oʻrinbosari vazir oʻrinbosariga tenglashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Toshkent shahar hokimligi “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi apparatini joylashtirish masalasini bir oy muddatda hal etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasini zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqa vositalari bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat mulki qoʻmitasi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari bilan birgalikda xolding kompaniya korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin. Mazkur chora-tadbirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joy va ijtimoiy sohaning boshqa obyektlari “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi korxonalari balansidan mahalliy hokimiyat organlariga berilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanilmayotgan asbob-uskunalar, binolar, inshootlar, qurilishi tugallanmagan obyektlar sotilishi yoki konservatsiya qilinishini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 28-apreldagi 172-son qarorining 1 va 2-bandlaridagi “2000-yilda” soʻzlari “2000—2005-yillarda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 486-son qaroriga 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 2-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
424-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi texnikasini lizingga olish
(1-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-martdagi 41-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 62-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Tartib respublika qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi texnikasi (traktorlar va oʻrim-yigʻim texnikasi)ni lizingga olish mexanizmini belgilab beradi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-martdagi 41-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 62-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har yili, 1-oktabrdan kechiktirmasdan, “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi “Oʻzagromashservis” uyushmasi mashina-traktor parklarining hududiy birlashmalari, muqobil mashina-traktor parklari, qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlar) va fermer xoʻjaliklaridan tushgan buyurtmanomalar asosida qishloq xoʻjaligining lizing boʻyicha yetkazib beriladigan texnikaga boʻlgan ehtiyoji prognozini shakllantiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligining texnikaga boʻlgan ehtiyoji prognozidan kelib chiqib “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi va “Agrobank” ATB Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini texnika bilan taʼminlashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda “Jamgʻarma” deyiladi)ga traktorlar va oʻrim-yigʻim texnikasi ishlab chiqarish, shuningdek, lizing oluvchilar tomonidan toʻlovlarni amalga oshirishning prognoz hajmlarini hisobga oluvchi kelgusi yil uchun (choraklarga boʻlgan holda) Jamgʻarma mablagʻlariga boʻlgan ehtiyoj prognozini taqdim etadilar.
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 21-son, 252-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishlab chiqariladigan qishloq xoʻjaligi texnikasiga haq toʻlash uchun mablagʻlarga boʻlgan ehtiyoj prognozi asosida Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda kelgusi yilga Jamgʻarma mablagʻlarini toʻldirish uchun zarur boʻlgan resurslarni va ularning manbalarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mablagʻ bilan taʼminlashning mavjud manbalarini hisobga olgan holda Jamgʻarma “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasiga lizing operatsiyalarini oʻtkazish uchun kelgusi davrga ajratiladigan resurslar hajmi uchun kafolat xatlari taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi, Jamgʻarmaning kafolat xatlari bilan tasdiqlangan manbalar asosida respublika qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalariga qishloq xoʻjaligi mashinalari (traktorlar va oʻrim-yigʻim texnikasi)ga buyurtmani davrlarga boʻlgan holda joylashtiradi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-martdagi 41-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 62-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Buyurtmaga muvofiq “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan traktorlar va oʻrim-yigʻim texnikasini yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuzadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi kelgusi yil uchun:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma bilan moliyaviy resurslar ajratish uchun shartnoma tuzadi. Bunda lizing boʻyicha daromad (marja) miqdori, shuningdek, lizing oluvchilar tomonidan toʻlanadigan lizing toʻlovlaridan ushlab qolinadigan kompaniya xizmatlari uchun toʻlovlar miqdori kelishib olinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agrobank” ATB bilan moliya agenti funksiyalarini bajarish yuzasidan;
(7-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 21-son, 252-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzagrosugʻurta” kompaniyasi bilan sugʻurta agenti funksiyalarini bajarish yuzasidan shartnomalar tuzadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi oʻzining mintaqaviy filiallari orqali mashina-traktor parklarining hududiy birlashmalari, muqobil mashina-traktor parklari, qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlar) va fermer xoʻjaliklari bilan traktorlar va oʻrim-yigʻim texnikasi lizingi shartnomalarini tuzadi. Har bir shartnomaga lizing toʻlovlari jadvali (lizing boʻyicha foizlar qoʻshilgan asosiy summa) ilova qilinadi. Bunda shartnomaning bir asl nusxasi “Agrobank” ATBga joʻnatiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 21-son, 252-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Lizing oluvchilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasiga lizingga olinadigan texnika qiymatining 15 foizini avans sifatida toʻlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz mablagʻlari hisobiga lizingga olinadigan qishloq xoʻjaligi texnikasini “Oʻzagrosugʻurta” kompaniyasida sugʻurta qildiradilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasiga texnika qiymatining qolgan 85 foizini va foizlarni lizing muddati mobaynida (fermer xoʻjaliklari — 10 yil mobaynida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati mashina-traktor parklari — 10 yilgacha muddatda, qolgan lizing oluvchilar — 7 yil mobaynida) toʻlaydilar.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 12-dekabrdagi 254-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 50-51-son, 517-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi pul mablagʻlari ajratish uchun Jamgʻarmaga buyurtmanomalar taqdim etadi. Ushbu buyurtmanomalar asosida Jamgʻarma uch bank kuni mobaynida pul mablagʻlarini kelgusi davr uchun “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasining “Agrobank” ATBdagi Jamgʻarma mablagʻlari bilan operatsiyalar oʻtkazish uchun moʻljallangan maxsus hisob raqami (keyingi oʻrinlarda “Operatsiya hisob raqami” deyiladi)ga oʻtkazadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 21-son, 252-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi “Agrobank” ATBda ochilgan va Jamgʻarma mablagʻlari bilan operatsiyalar oʻtkazish uchun moʻljallangan Operatsiya hisob raqamidan qishloq xoʻjaligi mashinalari ishlab chiqaruvchi zavodga navbatdagi chorak uchun joylashtirilgan buyurtma umumiy hajmining 30 foizi miqdorida (tegishli chorak boshlanishidan kamida 30 kalendar kun oldin) avans beradi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 21-son, 252-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tayyor qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan mashina-traktor parklariga (shu jumladan, muqobil mashina-traktor parklariga), qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat)larga va fermer xoʻjaliklariga yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi mashinalari lizing oluvchilar tomonidan olinganligi tasdiqlangan taqdirda “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi uch bank kuni mobaynida Operatsiya hisob raqamidan lizingga berilgan qishloq xoʻjaligi mashinalari qiymatining 70 foizi miqdoridagi pul mablagʻlarini ishlab chiqaruvchi zavodga oʻtkazadi (uzil-kesil hisob-kitob qiladi).
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Har oyda, kechi bilan oyning 5-kuni, “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi “Agrobank” ATBga oldingi oyda tuzilgan shartnomalar boʻyicha lizing toʻlovlari jadvallari nusxalarini taqdim etadi.
(13-band xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 21-son, 252-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Lizing oluvchilar mashina-traktor parklarining hududiy birlashmalari, muqobil mashina-traktor parklari, qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlar) va fermer xoʻjaliklari lizing shartnomalarida belgilangan muddatlarda va miqdorlarda “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasiga lizing toʻlovlari toʻlaydilar. Koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar toʻliq miqdorda Operatsiya hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi lizing boʻyicha olingan foizlardan xizmat koʻrsatish haqi sifatida tijorat agenti vazifalarini bajarish yuzasidan tuzilgan shartnomada belgilangan miqdorda mablagʻ ushlab qoladi, lizing oluvchilardan olingan summaning qolgan qismini uch kun muddatda Jamgʻarmaning bankdagi hisob raqamiga oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi har bir kalendar choragi tugagandan keyin kechi bilan 20 kunda Jamgʻarmaga oʻtgan chorakdagi Operatsiya hisob raqamidagi pul mablagʻlari aylanishi toʻgʻrisidagi “Agrobank” ATB tomonidan tasdiqlangan hisobotni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Lizing oluvchilar tomonidan jadvalda nazarda tutilgan lizing toʻlovlari oʻz vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda, “Agrobank” ATB lizing oluvchining bankdagi hisob raqamiga soʻzsiz bajarilishi kerak boʻlgan toʻlov talabnomasini qoʻyadi. Lizing oluvchilardan toʻlov talabnomasi boʻyicha undirilgan pul mablagʻlari Operatsiya hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi, “Agrobank” ATB va ular boʻlinmalarining rahbarlari Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadsiz foydalanilganligi va hisob-kitoblar tartibi buzilganligi uchun qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(16—18-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 21-son, 252-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi ijro etuvchi apparatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Xodimlarning umumiy soni — 20 kishi (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 9-10-son, 134-modda; 2007-y., 25-26-son, 262-modda, 50-51-son, 517-modda; 2008-y., 10-11-son, 62-modda; 2009-y., 21-son, 252-modda; 2012-y., 29-son, 334-modda; 2017-y., 11-son, 161-modda, 26-son, 593-modda, 27-son, 618-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/350/1206-son, 25.08.2018-y., 09/18/683/1795-son; 13.07.2019-y., 09/19/578/3419-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 04.06.2025-y., 09/25/345/0491-son; 28.07.2025-y., 09/25/466/0655-son; 30.08.2025-y., 09/25/549/0791-son)