27.07.2018 yildagi PF-5490-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 24.07.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatda tadbirkorlik faoliyatining toʻsqinliksiz amalga oshirilishini taʼminlash, biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu maqsadda muqobil tekshiruvlar va rejadan tashqari tekshiruvlarning barcha turlari bekor qilindi, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi bir qator litsenziyalanadigan faoliyat turlari va ruxsat berish tartib-taomillari qisqartirildi hamda soddalashtirildi. Mazkur chora-tadbirlar mamlakatda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishga va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro miqyosdagi reytingiga ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, tadbirkorlik faoliyati sohasida bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda, ularning hal etilishi biznesni rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish, mamlakatga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatli himoyasini taʼminlash imkonini beradi. Xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, nazorat qiluvchi organlar va insofli tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida ishonchli hamkorlikni oʻrnatishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining qabul qilinganligi amaldagi tekshiruvlar tizimini, davlat nazoratining boshqa turlarini, shuningdek, soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish tartibini tubdan qayta koʻrib chiqishni talab etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, qonun hujjatlarida zamon talablariga javob bermaydigan ayrim huquqiy mexanizmlarning mavjudligi sababli soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar, penyalar va moliyaviy jarimalar boʻyicha qarzdorliklar sunʼiy yoʻl bilan yigʻilib bormoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlari buzilishiga olib kelayotgan davlat organlarining samarasiz va ortiqcha nazorat funksiyalari amal qilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarning tashkiliy jihatlari va tartib-taomillarini kompleks tartibga solish hamda ularning qonuniyligi monitoringini olib borishning yagona yaxlit tizimi mavjud emasligi nazorat qiluvchi organlar faoliyatining shaffofligini taʼminlash va oʻtkaziladigan tekshiruvlarning asosliligini xolis baholash imkonini bermayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, oʻtkaziladigan tekshiruvlarning ochiqligi, oshkoraligi va xolisligini taʼminlovchi nazorat qiluvchi organlar faoliyati ustidan mustaqil jamoatchilik nazorati tizimi joriy etilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchidan, koʻchmas mulk obyektlarini buzib, davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplashning amaldagi mexanizmidagi kamchiliklar ularning huquq va qonuniy manfaatlari buzilishiga olib kelmoqda, tadbirkorlik subyektlarining davlatga boʻlgan ishonchiga putur yetkazmoqda, shuningdek, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini pasaytirmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biznesni rivojlantirishdagi byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, tadbirkorlik subyektlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini yanada kuchaytirish, mamlakatda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasining mazkur Farmon kuchga kirgan vaqtda mavjud boʻlgan qatʼiy belgilangan soliq va ushbu qarzdorlik uchun hisoblangan penyalar boʻyicha qarzdorlikni, shuningdek, moliyaviy jarimalar va sud xarajatlari (sud chiqimlari bundan mustasno) boʻyicha quyidagilarga hisoblangan qarzdorlikni hisobdan chiqarish haqidagi taklifi maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-aprelga qadar yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxslarga va 2018-yil 1-apreldan moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan (shu jumladan, faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan) yakka tartibdagi tadbirkorlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanganligi uchun bir yillik qatʼiy belgilangan soliq summasi hisoblangan jismoniy shaxslarga.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan qarzdorliklarni hisobdan chiqarish, mazkur bandning tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan shaxslar 2019-yil 1-iyulga qadar muddatda tadbirkorlik faoliyatini tiklagan yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hollarda amalga oshirilishi belgilansin.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil26-dekabrdagi PF-5607-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 06/18/5607/2385-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalari bilan birgalikda ushbu bandda koʻrsatilgan shaxslarning tadbirkorlik va moliya-xoʻjalik faoliyatini tiklashda, shuningdek, ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazishda faol yordam bersin, bajarilgan ishlar natijalari toʻgʻrisidagi oylik hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan faoliyat olib borayotgan jismoniy shaxslardan tegishli faoliyat turi boʻyicha belgilangan stavkadan kelib chiqib hisoblangan bir yillik miqdordagi qatʼiy belgilangan soliqni bir yoʻla undirish tartibi bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Oliy sud bilan birgalikda uch oy muddatda tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga hisoblangan undirish umidsiz boʻlgan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar, mazkur qarzdorlik uchun hisoblangan penyalar boʻyicha qarzdorlikni, shuningdek, moliyaviy jarimalar va sud xarajatlari (sud chiqimlari bundan mustasno) boʻyicha qarzdorlikni xatlovdan oʻtkazsin, keyinchalik koʻrsatilgan qarzdorliklarni belgilangan tartibda hisobdan chiqarish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Markaziy banki, Moliya vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi boʻlgan va ikki oy davomida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirmayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyatini toʻxtatish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya-xoʻjalik faoliyatni amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatish tartibini soddalashtirish, shuningdek, faoliyat koʻrsatmayotgan tashkilotlar va muassislari uzoq muddat bedarak boʻlgan tashkilotlarning umidsiz qarzdorligini hisobdan chiqarish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2018-yil 1-sentabrdan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan rejali tekshiruvlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan nazorat tartibidagi tekshiruvlar bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki, 2018-yil 1-sentabrdan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqish tegishli tadbirkorlik subyektlari tomonidan qonunbuzarlik sodir etish xavfi darajasidan kelib chiqib, tekshiruvni tashabbus qilishni nazarda tutuvchi “xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PF-5690-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y., 06/19/5690/2772-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan barcha tekshiruvlar Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatga olinishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatga olinmagan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlar noqonuniy hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkazilgan tekshiruvlarning natijalari nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruv tamomlangandan keyin uch kun davomida Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimiga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, 2019-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish va nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar oʻtkazilishining qonuniyligi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PF-5690-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y., 06/19/5690/2772-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ bilan kelishilgan holda tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlar turlarining roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatdan oʻtkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlardan boshqa tashkilotlarga oʻtkazilayotgan ayrim nazorat funksiyalari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2018-yil 1-sentabrdan amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Nazorat qiluvchi organlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishgan holda 2018-yil 1-sentabrga qadar muddatda oʻz faoliyatiga “xavfni tahlil etish” tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi tegishli nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi nazorat qiluvchi organlarga “xavfni tahlil etish” tizimini oʻz faoliyatiga joriy etishda koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Bosh prokuratura bilan birgalikda 2018-yil 1-sentabrga qadar muddatda Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimining boshlangʻich versiyasini ishlab chiqsin hamda 2019-yil 1-yanvardan uning quyidagilarga imkon beruvchi toʻliq versiyasini ishga tushirsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) vakolatli organga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlarni oʻtkazish yuzasidan qabul qilingan qarorlarning asosliligini oʻrganish va tekshiruvlarni oʻtkazishga noyob kod bilan ruxsat berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qiluvchi organlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tekshiruvlar oʻtkazish tartibiga rioya etilayotganligi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) nazorat qiluvchi organlarga oʻtkazilgan tekshiruvlar natijalarini kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tadbirkorlik subyektlariga oʻz soʻrovlariga koʻra oʻtkazilayotgan tekshiruv haqidagi axborotni qisqa xabar (SMS) koʻrinishida hamda real vaqt rejimida Internet tarmogʻi orqali olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan birgalikda 2018-yil 1-sentabrga qadar muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ushbu Farmon qoidalarini inobatga olgan holda “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini oʻrnatilgan tartibda kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirgunga qadar amal qiladigan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va oʻtkazish tartibi haqidagi vaqtinchalik nizomni hamda Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimini yuritish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-iyundagi “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5087-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik subyektlari — Palata aʼzolarining faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlar monitoringini amalga oshirishi hamda tekshiruvlarda ishtirok etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarga tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlar ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish hamda yakunlari yuzasidan har chorakda vakolatli organga axborot taqdim qilish tavsiya etilsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PF-5690-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y., 06/19/5690/2772-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar oʻtkazish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Markaziy bankining 2018-yil 1-sentabrdan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlarga Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillarni bank korporativ kartalari orqali sotib olish huquqini berish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi deb yuritiladi) va Adliya vazirligining 2018-yil 1-oktabrdan koʻchmas mulkka (yer uchastkalari, bino va inshootlar, koʻp yillik dov-daraxtlarga) boʻlgan huquqni roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtirishni bekor qilish, tegishli yozuvni koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va ular bilan tuzilgan bitimlar davlat reyestriga elektron shaklda kiritish tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. 2018-yil 1-oktabrdan shunday tartib joriy etilsinki, unga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulkka boʻlgan egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar toʻgʻrisidagi, shu jumladan, ushbu huquqlarning vujudga kelishi, oʻtishi, cheklanishi va bekor qilinishi, shuningdek, ular bilan tuzilgan bitimlar haqidagi axborot mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat notarial idoralari, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy tuzilmalari, shuningdek, boshqa vakolatli organlar tomonidan “Davergeodezkadastr” qoʻmitasining hududiy organlariga tegishli xatti-harakatlar sodir etilgan kundan boshlab bir kun muddatda axborot-kommunikatsiya tizimlaridan foydalangan holda taqdim etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davergeodezkadastr” qoʻmitasining hududiy organlari ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan axborotga asosan koʻchmas mulkka boʻlgan tegishli huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar murojaat qilganda, davlat va boshqa tashkilotlar soʻrov yuborganda “Davergeodezkadastr” qoʻmitasining hududiy organlari koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va ular bilan tuzilgan bitimlar davlat reyestridan tegishli huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi elektron va (yoki) qogʻoz shakldagi koʻchirmani taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda ushbu bandning talablaridan kelib chiqqan holda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va ular bilan tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini qayta koʻrib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplashning quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi mexanizmini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarmani (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning aniq manbalarini belgilash, ularda mahalliy budjetlarning daromad qismi mablagʻlari jalb qilinishini nazarda tutish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishini Jamgʻarma bilan majburiy tarzda kelishish tartibini joriy etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning aniq manbalarini nazarda tutgan holda, Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi hukumat qarorini qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. 2018-yil 1-sentabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 4-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil D.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 27-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5490-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ bilan kelishilgan holda tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlar turlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

T/r

Tekshiruvlarning turlari

Tekshiruvlarni oʻtkazish muddatlari

1.

Qonunchilik buzilishi holatlari boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida yoki nazorat qiluvchi organlar tashabbusi bilan tadbirkorlik subyektlari faoliyatining xavf-tahlili natijalari asosida oʻtkaziladigan tekshiruvlar.

1 kundan

10 kungacha

2.

Quyidagi holatlarda oʻtkaziladigan moliya-xoʻjalik faoliyatining tekshiruvlari:

Moliya yili davomida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha soliq qonunchiligining muntazam buzilishi holatlari;

Eng kam ish haqining yuz barobaridan ortiq miqdorda soliq qonunchiligi buzilishi holatlari aniqlanganida (davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan choralar koʻrilganidan soʻng);

ustav jamgʻarmasida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq qonunchiligi buzilishi holatlarining aniqlanishi.

30 kundan oshmagan

holda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tegishli tekshiruvdan oʻtkazishning mazkur Farmon bilan belgilangan eng uzoq muddati nazorat qiluvchi organlarning asoslantirilgan talabnomasi asosida faqat bir marta Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ruxsati bilan uzaytirilishi mumkin. Bunda tegishli tekshiruvning uzaytirilgan muddati asosiy muddatidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur roʻyxatning 2-bandida nazarda tutilgan tekshiruvlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar Strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-5308-son Farmoniga muvofiq tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tekshirish eʼlon qilingan ikki yillik moratoriy oʻtgach amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishni vakolatli organ bilan kelishish Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatdan oʻtkazilgan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatdan oʻtkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tekshiruvlar (nazorat funksiyalari)

Nazorat qiluvchi organ

Tekshiruv muddati

1.

Ishonchli axborotlar mavjud boʻlganida quyidagilarni qonunchilikda belgilangan tartibda olib quyish:

tegishli ruxsatnomalarsiz ishlab chiqilgan va sotilgan alkogol va tamaki mahsulotlar;

qalbaki aksiz markali yoki aksiz markasi mavjud boʻlmagan alkogol va tamaki mahsulotlar.

Taqiqlangan tovarlar (xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish holatlarining oldini olish boʻyicha tezkor tadbirlar oʻtkazish.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi

1 kun

2.

Sifatsiz va/yoki kontrafakt mahsulotlar sotilishini oldini olish maqsadida, faqatgina shunday mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish boʻyicha ishonchli axborotlar mavjud boʻlganda, ishlab chiqarilayotgan yoki sotilayotgan dori mahsulotlarini nazorat qilish.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

1 kun

3.

Atmosfera havosi, tuproqlar, yer usti va yer osti suvlarini ifloslantiruvchi manbalar, shuningdek, vakolatli organ bilan kelishilgan obyektlarda noqonuniy ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish va chiqindilar monitoringi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni

muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi

1 kun

4.

Ruxsat beruvchi hujjatlar mavjudligi hamda shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya qilinganligini oʻrganish maqsadida barcha qurilish obyektlarida, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joy qurish obyektlarida, moliyalashtirish manbalaridan qatʼiy nazar, qisqa muddatli inspektorlik tekshiruvlar oʻtkazish.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat qilish

inspeksiyasi, tumanlar (shaharlar) bosh arxitektorlari

1 kun

5.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tekshiruvlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

30 kundan oshmagan holda

6.

Sanoat, radiatsiyaviy va yadro xavfsizlik talablariga rioya qilish holati ustidan, shuningdek vakolatli organ bilan kelishilgan obyektlarda uglevodorod xom ashyoli yer qaʼridan foydalanish va muhofazasini nazorat qilish.

“Sanoatgeokontexnazorat” DI

10 kundan oshmagan holda

7.

“Oʻzbekenergo” AJ obyektlarida hamda 35 kV va undan yuqori kuchlanishdagi elektr tarmoqlarida ishlarni olib borishda xavfsizlikni nazorat qilish.

Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetika sohasida nazorat qilish davlat inspeksiyasi

5 kundan oshmagan holda

8.

Tabiiy, texnogen, terrorchilik-qoʻporuvchilik tusidagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish va ulardan himoya qilish masalalari boʻyicha, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan obyektlarda fuqaro muhofazasi talablariga rioya qilish ustidan nazorat olib borish.

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar

vazirligi

10 kundan oshmagan holda

9.

Barcha tashkilotlarda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanishni tekshirish.

Bunda koʻrsatilgan tekshiruvlar Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining buyruqlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat moliya nazorati bosh boshqarmasi

10 kundan oshmagan holda

10.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha:

uch oyda koʻpi bilan bir marotaba — umumiy ovqatlanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi, shu jumladan oziq-ovqat xom ashyosi, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va isteʼmolchilarni vodoprovod suvi bilan taʼminlaydigan, oqova suvlarni chiqarib tashlaydigan;

olti oyda koʻpi bilan bir marotaba — qonun hujjatlariga koʻra xodimlari tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan savdo va aholiga xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadigan, shu jumladan sartaroshxona va kosmetologiya xizmatlarini koʻrsatuvchi;

bir yilda koʻpi bilan bir marotaba — aholiga diagnostika, davolash-profilaktika xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar oʻtkazish.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi

1 kun

101.

Nodavlat tibbiy tashkilotlarda litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan ikki yarim yilda koʻpi bilan bir marotaba (qonun hujjatlari buzilishi holatlari boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va ijtimoiy tarmoqlardagi asoslangan maʼlumotlar boʻlgan holatlarda cheklanmagan miqdorda) tekshiruvlar oʻtkazish.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi

5 kundan oshmagan holda

11.

Davlat zaxiralari joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlarida nazorat funksiyalarini amalga oshirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi

10 kundan oshmagan holda

12.

Respublika hududini xorijiy davlatlardan karantin va boshqa xavfli zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlar kirib kelishidan muhofaza qilish, karantin va boshqa xavfli zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarni oʻz vaqtida aniqlash, ularning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik va yoʻq qilishni tashkil etish, shuningdek, oʻsimlik va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanish qoidalariga rioya qilish hamda oʻsimliklar karantini boʻyicha tadbirlar oʻtkazilishi ustidan nazorat qilish.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi

1 kun

13.

Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan yerlardan maqsadli foydalanilishi, ijara shartnomasi boʻyicha majburiyatlarga muvofiq, ular tomonidan qishloq xoʻjaligi ekinlarini (gʻoʻza, don va boshqalar) ekish boʻyicha oʻrnatilgan talablarga rioya etilishini nazorat qilish.

Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi

5 kundan oshmagan holda

14.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan belgilanmagan joylarda amalga oshirilayotgan, shuningdek kelib chiqishini isbotlovchi tegishli hujjatsiz goʻsht va sut mahsulotlari savdosi ustidan nazorat.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi

1 kun

15.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan roʻyxatga muvofiq, avtomobillarga siqilgan va suyultirilgan gaz quyish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarida texnologik jarayon talablari, sanoat va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi ustidan bir yilda bir martadan koʻp boʻlmagan nazorat tadbirlari.

Sanoat ?avfsizligi davlat qoʻmitasi Oʻzbek?ston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birga

1 kun

16.

Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash boʻyicha ishlarni amalga oshirish ustidan nazorat oʻtkazishda tizimli tekshirishlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni

muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Suv xoʻjaligi vazirligi,

Davlat geologiya va mineral resurslari qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari bilan birgalikda

5 kundan oshmagan holda

17.

Elektr, gaz quvurlar va gaz taqsimoti tarmoqlariga, suv taʼminoti va suv chiqarish tizimlariga noqonuniy ulanish, shuningdek, hisoblash moslamalariga qasddan shikast yetkazganlik, hisoblash moslamalari koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish holatlarini tekshirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi

1 kun

18.

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi vakolatiga kiradigan masalalarga doir tekshirishlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi

30 kundan oshmagan holda

19.

Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlari, paxta shroti va sheluxasiga boʻlgan narxlarni asossiz va sunʼiy ravishda oshirish, ularni xarid qilish, yetkazib berish va sotishda suiisteʼmol qilinishlar va korrupsiya holatlarini aniqlash boʻyicha tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi

kurashish departamenti

1 kun

20.

Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq kredit tashkilotlari faoliyati ustidan nazorat qilish.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki

30 kundan oshmagan holda

21.

Xazonlarni, gʻalla ekinlari yigʻib olinganidan keyin dalalarda somonlarni yoqishni, daraxtlar va butalarni noqonuniy kesish, ochiq olovni qoʻllagan holda baland uylar tomlarida bitum eritishni va hayvonlarni noqonuniy ovlashning oldini olish boʻyicha tezkor nazorat tadbirlarini oʻtkazish.

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni

muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

1 kun

22.

Belgilangan tartibda rasmiy ravishda oʻz faoliyatini toʻxtatgan davrda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini davom ettirayotgan jismoniy shaxslar faoliyatida tekshirishlar oʻtkazish.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi

1 kun

23.

Quyidagilarni nazorat qilish:

yuk va yoʻlovchi tashishni tashkil etuvchi xoʻjaliklarda texnik vositalarning ishchi holatida tutish, ekspluatatsiya qilish va taʼminlash;

idoraviy temir yoʻllariga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarida lokomotivlar, vagonlar, aloqa vositalari va signalizatsiya, elektr taʼminotining ishchi holatida tutilishini taʼminlash.

“Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi

10 kundan oshmagan holda

24.

Parvozlar xavfsizligi masalalari boʻyicha oʻtkazilayotgan tekshiruvlar.

“Davavianazorat” davlat inspeksiyasi

1 kun

25.

Yuridik shaxs tugatilishi munosabati bilan oʻtkazilayotgan tekshiruvlar

Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi

30 kundan oshmagan holda

26.

Etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni hamda alkogolli mahsulotlar bilan savdo qiluvchi ulgurji korxonalarni quyidagi maqsadlarda tekshirish;

oʻlchov jihozlari, plombalar va boshqa monitoring vositalarning butligi;

etil spirti va alkogol mahsulotlari qoldiqlari;

litsenziya olishda taqdim etilmagan isteʼmol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshimcha quvvatlar mavjud emasligi;

uzum va mevadan tayyorlangan vino mahsulotlari sifatining amaldagi texnik talablarga mosligi.

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi

3 kundan oshmagan holda

27.

Yuridik shaxslar tomonidan yer qaʼrini geologik oʻrganish, foydali qazilmalarni qazib olish, mineral xom-ashyoni qayta ishlash, shuningdek, kon ishlarining geologik-marksheyderlik taʼminoti sohasida qonunchilik va normativ hujjatlar talablariga rioya etishi ustidan tekshiruvlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi

10 kundan oshmagan holda

28.

Yer qaʼri foydalanuvchilari tomonidan foydali qazilmalarni qazib olish (chiqarish)ning haqiqiy hajmlarining marksheyderlik oʻlchov xulosalariga muvofiqligi ustidan yiliga ikki martadan koʻp boʻlmagan monitoring oʻtkazish.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi

Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda

5 kundan oshmagan holda

29.

Yer qaʼri boyliklari va texnogen mineral hosilalardan oʻzboshimchalik bilan foydalanish, shuningdek, yer qaʼridan foydalanish uchun ruxsat hujjatlarini olmay turib, oʻzboshimchalik bilan foydali qazilmalarni qazib olishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha nazorat tadbirlarini oʻtkazish.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi

Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi

1 kun

30.

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tekshiruvlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

10 kundan oshmagan holda

31.

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tekshiruvlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi

1 kun

32.

Davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan yongʻin xavfliligiga koʻra obyektlar boʻyicha quyidagi muddatlarda:

birinchi guruhga kiradigan obyektlarda — bir yilda koʻpi bilan bir marta;

ikkinchi guruhga kiradigan obyektlarda — ikki yilda koʻpi bilan bir marta;

uchinchi guruhga kiradigan obyektlarda — uch yilda koʻpi bilan bir marta yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi yuzasidan tekshiruvlar oʻtkazish.

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi

10 kundan

oshmagan

holda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu ilovada koʻrsatilgan nazorat funksiyalari nazorat organlarining tegishli hududiy tuzilmalari tomonidan amalga oshirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4, 10, 14, 16, 17, 19, 31 va 32-bandlarda koʻrsatilgan nazorat funksiyalari yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan ham amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bandida koʻrsatilgan nazorat funksiyalari 2018-yil 1-avgustdan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tegishli tekshirishni oʻtkazishning qonunchilikda belgilangan maksimal muddati nazorat organlarining asoslantirilgan buyurtmanomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ruxsati bilan faqat bir marta uzaytirilishi mumkin. Bunda tegishli tekshiruvning uzaytirilgan muddati tekshiruvning asosiy muddatidan oshmasligi lozim.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi PF-6033-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6033/1094-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlardan boshqa tashkilotlarga oʻtkazilayotgan ayrim nazorat funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son Farmoniga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 8-avgustdagi “Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-1503-son Farmonining 2 — 4 bandlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 8-iyundagi “Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashining yangilangan tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-2008-son Farmoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 19-noyabrdagi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi PF-2114-son Farmonining 1-bandi ikkinchi — toʻrtinchi, oltinchi, yettinchi va toʻqqizinchi xatboshilari, 3-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilari, 5, 6 va 11-bandlari, shuningdek, 2-ilovasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 3-avgustdagi “Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-2678-son Farmoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-3665-son Farmonining 1-bandi ikkinchi — beshinchi xatboshilari, 3, 4 va 6-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1998-yil 19-noyabrdagi PF-2114-sonli Farmoniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-3694-son Farmoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-4087-son Farmoni ilovasining 3-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 4-apreldagi “Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishlarni yanada qisqartirish va ular faoliyatini nazorat qilishni tashkil etish tizimini takomillashtirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-4296-son Farmonining 1-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilari.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 26-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida”gi PF-4522-son Farmoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4725-son Farmonining 2-bandi ikkinchi — toʻrtinchi va yettinchi xatboshilari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-sonli Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2777-sonli qarori) PF-5027-son Farmoni ilovasining 1, 2, 4 — 8-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 5-oktabrdagi PF-3665-son Farmoniga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi PF-5102-son Farmoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi “Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2777-son qarorining 2-bandi uchinchi xatboshi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-3454-son qarori 11-ilovasi izohining 3-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son, 02.11.2018-y., 06/18/5566/2153-son, 28.12.2018-y., 06/18/5607/2385-son; 06.02.2019-y., 06/19/5656/2586-son; 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son; 16.03.2019-y., 06/19/5690/2772-son; 11.04.2019-y., 06/19/5707/2923-son; 04.10.2019-y., 06/19/5846/3866-son; 31.10.2019-y., 06/19/5863/3979-son; 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son; 28.11.2019-y., 06/19/5884/4081-son; 28.11.2019-y., 06/19/5884/4081-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; 24.07.2020-y., 06/20/6033/1094-son, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son; 09.03.2021-y., 06/21/6184/0192-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son, 03.06.2021-y., 06/21/6240/0514-son, 09.06.2021-y., 07/21/5140/0538-son, 29.06.2021-y., 06/21/6252/0617-son, 16.07.2021-y., 06/21/6262/0680-son; 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son; 22.01.2022-y., 06/22/55/0055-son, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son; 04.08.2022-y., 06/22/182/0710-son; 26.05.2023-y., 06/23/77/0298-son; 14.06.2023-y., 06/23/94/0362-son; 16.06.2023-y., 06/23/96/0379-son; 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 21.07.2023-y., 06/23/110/0506-son; 03.08.2023-y., 06/23/125/0553-son; 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son; 24.01.2024-y., 06/24/20/0063-son; 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son; 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son; 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son; 25.07.2024-y., 06/24/104/0551-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son; 15.10.2024-y., 06/24/156/0816-son; 24.10.2024-y., 06/24/162/0847-son; 24.10.2024-y., 06/24/164/0843-son; 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son; 20.05.2025-y., 06/25/87/0451-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)