1-ILOVA
|
Tekshiruvlarning turlari |
Tekshiruvlarni oʻtkazish muddatlari | |
|
1. |
Qonunchilik buzilishi holatlari boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida yoki nazorat qiluvchi organlar tashabbusi bilan tadbirkorlik subyektlari faoliyatining xavf-tahlili natijalari asosida oʻtkaziladigan tekshiruvlar (kameral va sayyor soliq tekshiruvi hamda soliq auditi bundan mustasno). |
1 kundan 10 kungacha |
2-ILOVA
|
Tekshiruvlar (nazorat funksiyalari) |
Nazorat qiluvchi organ |
Tekshiruv muddati | |
|
1. |
Ishonchli axborotlar mavjud boʻlganida quyidagilarni qonunchilikda belgilangan tartibda olib quyish: tegishli ruxsatnomalarsiz ishlab chiqilgan va sotilgan alkogol va tamaki mahsulotlar; qalbaki aksiz markali yoki aksiz markasi mavjud boʻlmagan alkogol va tamaki mahsulotlar. Taqiqlangan tovarlar (xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish holatlarining hamda kuchli taʼsir qiluvchi moddalar noqonuniy aylanishining oldini olish boʻyicha tezkor tadbirlar oʻtkazish. |
Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi |
1 kun |
|
2. |
Qalbakilashtirilgan, muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlmagan va davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan mahsulotlar sotilishining oldini olish maqsadida faqatgina shunday mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish boʻyicha ishonchli axborotlar mavjud boʻlganda, dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, tayyorlash va ulgurji realizatsiya qilishni nazorat qilish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi |
1 kun |
|
21. |
Qalbakilashtirilgan, muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlmagan va davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan mahsulotlar, retsept bilan beriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlarning retseptsiz sotilishining oldini olish maqsadida faqatgina shunday mahsulotlarni chakana realizatsiya qilish boʻyicha ishonchli axborotlar mavjud boʻlganda, dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni nazorat qilish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
1 kun |
|
3. |
Atmosfera havosi, tuproqlar, yer usti va yer osti suvlarini ifloslantiruvchi manbalar, shuningdek, vakolatli organ bilan kelishilgan obyektlarda noqonuniy ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish va chiqindilar monitoringi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi |
1 kun |
|
4. |
Ruxsat beruvchi hujjatlar mavjudligi hamda shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya qilinganligini oʻrganish maqsadida barcha qurilish obyektlarida, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joy qurish obyektlarida, moliyalashtirish manbalaridan qatʼiy nazar, qisqa muddatli inspektorlik tekshiruvlar oʻtkazish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, tumanlar (shaharlar) bosh arxitektorlari |
1 kun |
|
41. |
Yoʻl qurilishi, yoʻl-qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishini nazorat qilish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi |
3 kundan oshmagan holda |
|
5. |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tekshiruvlar. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi |
30 kundan oshmagan holda |
|
6. |
Sanoat, radiatsiyaviy va yadro xavfsizlik talablariga rioya qilish holati ustidan, shuningdek vakolatli organ bilan kelishilgan obyektlarda uglevodorod xom ashyoli yer q?ʼridan foydalanish va muhofazasini nazorat qilish. |
“Sanoatgeokontexnazorat” DI |
10 kundan oshmagan holda |
|
7. |
“Oʻzbekenergo” AJ obyektlarida hamda 35 kV va undan yuqori kuchlanishdagi elektr tarmoqlarida ishlarni olib borishda xavfsizlikni nazorat qilish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetika sohasida nazorat qilish davlat inspeksiyasi |
5 kundan oshmagan holda |
|
8. |
Tabiiy, texnogen, terrorchilik-qoʻporuvchilik tusidagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish va ulardan himoya qilish masalalari boʻyicha, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan obyektlarda fuqaro muhofazasi talablariga rioya qilish ustidan nazorat olib borish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
10 kundan oshmagan holda |
|
9. |
Barcha tashkilotlarda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanishni tekshirish. Bunda koʻrsatilgan tekshiruvlar Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining buyruqlariga muvofiq amalga oshiriladi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat moliya nazorati bosh boshqarmasi |
10 kundan oshmagan holda |
|
10. |
Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha: uch oyda koʻpi bilan bir marotaba — umumiy ovqatlanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi, shu jumladan oziq-ovqat xom ashyosi, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda isteʼmolchilarni vodoprovod suvi bilan taʼminlaydigan, oqova suvlarni chiqarib tashlaydigan; olti oyda koʻpi bilan bir marotaba — qonun hujjatlariga koʻra xodimlari tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan savdo va aholiga xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadigan, shu jumladan sartaroshxona va kosmetologiya xizmatlarini koʻrsatuvchi; bir yilda koʻpi bilan bir marotaba — aholiga diagnostika, davolash-profilaktika xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar oʻtkazish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati |
10 kundan oshmagan holda |
|
101. |
Nodavlat tibbiy tashkilotlarda litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan ikki yarim yilda koʻpi bilan bir marotaba (qonun hujjatlari buzilishi holatlari boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va ijtimoiy tarmoqlardagi asoslangan maʼlumotlar boʻlgan holatlarda cheklanmagan miqdorda) tekshiruvlar oʻtkazish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi |
5 kundan oshmagan holda |
|
11. |
Davlat zaxiralari joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlarida nazorat funksiyalarini amalga oshirish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi |
10 kundan oshmagan holda |
|
12. |
Oʻsimlik va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanish qoidalariga rioya qilish hamda oʻsimliklar karantini boʻyicha tadbirlar oʻtkazilishi ustidan nazorat qilish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi |
1 kun |
|
13. |
Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan yerlardan maqsadli foydalanilishi, ijara shartnomasi boʻyicha majburiyatlarga muvofiq, ular tomonidan qishloq xoʻjaligi ekinlarini (gʻoʻza, don va boshqalar) ekish boʻyicha oʻrnatilgan talablarga rioya etilishini nazorat qilish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi |
5 kundan oshmagan holda |
|
14. |
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan belgilanmagan joylarda amalga oshirilayotgan, shuningdek kelib chiqishini isbotlovchi tegishli hujjatsiz goʻsht va sut mahsulotlari savdosi ustidan nazorat. |
Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
1 kun |
|
15. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan roʻyxatga muvofiq, avtomobillarga siqilgan va suyultirilgan gaz quyish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarida texnologik jarayon talablari, sanoat va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi ustidan bir yilda bir martadan koʻp boʻlmagan nazorat tadbirlari. |
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birga |
1 kun |
|
16. |
Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash boʻyicha ishlarni amalga oshirish ustidan nazorat oʻtkazishda tizimli tekshirishlar. |
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslari qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari bilan birgalikda |
5 kundan oshmagan holda |
|
171. |
Suv taʼminoti va suv chiqarish tizimlariga noqonuniy ulanish, hisoblash moslamalariga qasddan shikast yetkazganlik, hisoblash moslamalari koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish holatlarini, shuningdek, ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya korxonalari tomonidan suv taʼminoti va kanalizatsiya sohasida xizmat koʻrsatish qoidalariga amal qilinishi holatlarini tekshirish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi |
1 kun |
|
172 |
Asosli maʼlumotlar boʻlganda koʻp kvartirali uylardagi joylarning oʻzboshimchalik bilan qayta qurilishi va (yoki) qayta rejalashtirilishi holatlarini tekshirish hamda boshqarish organlari tomonidan koʻp kvartirali uylarda yuzaga kelgan avariya vaziyatlarini bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrilganligi ustidan nazorat qilish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Koʻp kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspeksiyasi |
1 kundan oshmagan holda |
|
18. |
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi vakolatiga kiradigan masalalarga doir tekshirishlar. |
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi |
30 kundan oshmagan holda |
|
19. |
Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlari, paxta shroti va sheluxasiga boʻlgan narxlarni asossiz va sunʼiy ravishda oshirish, ularni xarid qilish, yetkazib berish va sotishda suiisteʼmol qilinishlar va korrupsiya holatlarini aniqlash boʻyicha tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti |
1 kun |
|
20. |
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq kredit tashkilotlari faoliyati ustidan nazorat qilish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki |
30 kundan oshmagan holda |
|
21. |
Quyidagi holatlarni aniqlash va oldini olishda tezkor nazorat choralarini koʻrish: yonuvchan moddalar va qurilish materiallarini joylashtirish yoki ochiq alangalatishda atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik; maxsus texnik qurilmalarni qoʻllamagan holda bitumni eritish, dalalar va aholi punktlarida angʻiz, toʻqilgan xazon va daraxtlar novdalarini yoxud boshqa oʻsimlik qoldiqlarini yoqish; oqova suvlarni joy relyefiga yoki ochiq suv obyektlariga, shuningdek kommunal kanalizatsiya tizimiga meʼyoridan ortiq yoki ruxsatsiz tashlash; suvni tabiiy suv obyektlaridan suvdan maxsus foydalanish yoki maxsus isteʼmoli uchun ruxsatnomasiz olish; daraxtlarni noqonuniy kesish, yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni noqonuniy terish va tayyorlash yoki yoʻq qilish, noqonuniy bilan yovvoyi hayvonlarni (shu jumladan baliqlarni) noqonuniy ovlash; chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etmaslik; daryolar, soylar, kichik daryo va koʻllarning oʻzanlari va suvni muhofaza qilish zonalarini tozalash, shuningdek, ularning qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirishda qonun hujjatlari talablariga rioya etmaslik. |
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi |
1 kun |
|
22. |
Sayyor soliq tekshiruvlarini oʻtkazish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi |
10 kundan oshmagan holda |
|
221. |
Soliq auditini oʻtkazish* |
Oʻzbekiston ?yespublikasi Davlat soliq qoʻmitasi |
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan muddatlardan oshmagan holda |
|
23. |
Quyidagilarni nazorat qilish: yuk va yoʻlovchi tashishni tashkil etuvchi xoʻjaliklarda texnik vositalarning ishchi holatida tutish, ekspluatatsiya qilish va taʼminlash; idoraviy temir yoʻllariga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarida lokomotivlar, vagonlar, aloqa vositalari va signalizatsiya, elektr taʼminotining ishchi holatida tutilishini taʼminlash. |
“Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi |
10 kundan oshmagan holda |
|
25. |
Yuridik shaxs tugatilishi munosabati bilan oʻtkazilayotgan tekshiruvlar |
Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi |
30 kundan oshmagan holda |
|
26. |
Etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni hamda alkogolli mahsulotlar bilan savdo qiluvchi ulgurji korxonalarni quyidagi maqsadlarda tekshirish; oʻlchov jihozlari, plombalar va boshqa monitoring vositalarning butligi; etil spirti va alkogol mahsulotlari qoldiqlari; litsenziya olishda taqdim etilmagan isteʼmol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshimcha quvvatlar mavjud emasligi; uzum va mevadan tayyorlangan vino mahsulotlari sifatining amaldagi texnik talablarga mosligi. |
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi |
3 kundan oshmagan holda |
|
27. |
Yuridik shaxslar tomonidan yer qaʼrini geologik oʻrganish, foydali qazilmalarni qazib olish, mineral xom-ashyoni qayta ishlash, shuningdek, kon ishlarining geologik-marksheyderlik taʼminoti sohasida qonunchilik va normativ hujjatlar talablariga rioya etishi ustidan tekshiruvlar. |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi |
10 kundan oshmagan holda |
|
28. |
Yer qaʼri foydalanuvchilari tomonidan foydali qazilmalarni qazib olish (chiqarish)ning haqiqiy hajmlarining marksheyderlik oʻlchov xulosalariga muvofiqligi ustidan yiliga ikki martadan koʻp boʻlmagan monitoring oʻtkazish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda |
5 kundan oshmagan holda |
|
29. |
Yer qaʼri boyliklari va texnogen mineral hosilalardan oʻzboshimchalik bilan foydalanish, shuningdek, yer qaʼridan foydalanish uchun ruxsat hujjatlarini olmay turib, oʻzboshimchalik bilan foydali qazilmalarni qazib olishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha nazorat tadbirlarini oʻtkazish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi |
1 kun |
|
30. |
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tekshiruvlar. |
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi |
10 kundan oshmagan holda |
|
31. |
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi masalalari boʻyicha tekshiruvlar. |
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi |
1 kun |
|
32. |
Davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan yongʻin xavfliligiga koʻra obyektlar boʻyicha quyidagi muddatlarda: birinchi guruhga kiradigan obyektlarda — bir yilda koʻpi bilan bir marta; ikkinchi guruhga kiradigan obyektlarda — ikki yilda koʻpi bilan bir marta; uchinchi guruhga kiradigan obyektlarda — uch yilda koʻpi bilan bir marta yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi yuzasidan tekshiruvlar oʻtkazish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
10 kundan oshmagan holda |
|
33. |
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning Davlat nazorati departamenti vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tekshiruvlar. |
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi |
10 kundan oshmagan holda |
|
34. |
Oʻzbekiston Respublikasining “Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq xususiy bandlik agentliklari tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
10 kundan oshmagan holda |
|
35. |
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, ichki nazorat qoidalarini tasdiqlovchi davlat organlari va nazorat yuklatilgan organlar |
30 kundan oshmagan holda |
|
36. |
Nodavlat oʻrta maxsus, professional, oliy taʼlim va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim hamda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim tashkilotlarida, ishonchli axborotlar mavjud boʻlganda, tegishli litsenziya va tasdiqnomasiz, shuningdek litsenziya va tasdiqnomada nazarda tutilmagan yoʻnalishlarda taʼlim berish holatlarini, litsenziya va tasdiqnomada faoliyat manzili sifatida koʻrsatilmagan manzilda faoliyat yuritish (ofis, oʻqitish manzili) holatlarini tekshirish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
10 kundan oshmagan holda |
|
361. |
Nodavlat maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarida, ishonchli axborotlar mavjud boʻlganda, tegishli litsenziya va tasdiqnomasiz, shuningdek litsenziya va tasdiqnomada nazarda tutilmagan yoʻnalishlarda taʼlim berish holatlarini tekshirish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
10 kundan oshmagan holda |
|
362. |
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash va avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish taʼlim tashkilotlarida hamda avtomototransport vositalarini (trolleybus va tramvaydan tashqari) boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish boʻyicha imtihon markazlarida, ishonchli axborotlar mavjud boʻlganda, tegishli litsenziya va tasdiqnomasiz, shuningdek litsenziya va tasdiqnomada nazarda tutilmagan yoʻnalishlarda va faoliyat manzillarida taʼlim berish, shuningdek imtihon olish holatlarini tekshirish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi |
10 kundan oshmagan holda |
3-ILOVA
4-ILOVA