Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 6-apreldagi 274-son qarori)
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 6-apreldagi 274-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 27-iyul,
585-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-iyuldagi 585-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-martdagi 159-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi Nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 13-son, 208-modda):
a) 10-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“har oyda tegishli oyning 1-sanasigacha boʻlgan muddatda navbatdagi oy uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasiga Rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan Orolboʻyi hududlarini rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirishga ajratiladigan mablagʻlar doirasida mablagʻlar oʻtkazadi”;
b) quyidagi mazmundagi 121-band qoʻshilsin:
“121. Moliya vazirligi:
har yili 15-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi bilan birgalikda Rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirishga moʻljallangan mablagʻlarni oʻtkazish jadvalini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasiga Rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni shakllantirish va moliyalashtirish uchun uch yillik davrga mablagʻlar ajratish prognoz hajmlarini taqdim etadi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-apreldagi 222-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 17-son, 294-modda, 28-son, 649-modda):
a) 9-bandning “a” kichik bandiga quyidagi mazmundagi oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“har yili 15-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi bilan birgalikda Rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun moʻljallangan mablagʻlarni oʻtkazish jadvalini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasiga Rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni shakllantirish va moliyalashtirish uchun uch yillik davrga mablagʻlar ajratish prognoz hajmlarini taqdim etadi”.
b) 16-bandga quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“har oyda tegishli oyning 1-sanasigacha boʻlgan muddatda navbatdagi oy uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasiga Rivojlanish davlat dasturiga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirishga ajratiladigan mablagʻlar doirasida mablagʻlar oʻtkazadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 740-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 38-son, 1049-modda) quyidagi mazmundagi 151-band qoʻshilsin:
“151. Ijro etuvchi direksiya:
har yili 15-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi bilan birgalikda Rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun moʻljallangan mablagʻlarni oʻtkazish jadvalini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
har yili avgust oyigacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasiga Rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni shakllantirish va moliyalashtirish uchun uch yillik davrga mablagʻlar ajratish prognoz hajmlarini taqdim etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasiga har oyda tegishli oyning 1-sanasigacha boʻlgan muddatda navbatdagi oy uchun Rivojlanish davlat dasturiga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirishga ajratiluvchi mablagʻlar doirasida mablagʻlarni oʻtkazib beradi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 09/18/585/1583-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)