Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining
buyrugʻi
Havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish qoidalarining 115-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 27-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2238-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-martdagi PF-5379-son “Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 11-apreldagi 45-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2238, 2011-yil 29-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011y., 26-son, 275-modda) bilan tasdiqlangan Havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish qoidalarining 115-bandidagi “Milliy” degan soʻz “Davlat” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 24-iyul,
116-N-son
Kelishilgan:
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2018-yil 24-iyul
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R. GULYAMOV
2018-yil 24-iyul
Davlat xavfsizlik xizmati raisi I. ABDULLAYEV
2018-yil 24-iyul
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. AZIMOV
2018-yil 24-iyul
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri A. AXMEDXADJAYEV
2018-yil 24-iyul
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori v.b. B. XAKIMOV
2018-yil 24-iyul
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 10/18/2238-3/1581-son)