Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.11.2021 24.07.2018 yildagi 573-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.11.2021
Hujjat 25.07.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik kollejlari bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida Nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qaroriga muvofiq hamda mamlakat hududlari uchun malakali yuridik kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab yuridik kollejlari bitiruvchilari Toshkent davlat yuridik universitetiga hududiy adliya organlarining yoʻllanmalari boʻyicha kirish test sinovlarisiz yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish orqali bakalavrlarni tayyorlashning maxsus uch yillik dasturi boʻyicha va oʻqishning tugashidan soʻng taqsimotga muvofiq uch yil davomida uzluksiz ishlab berish majburiyatini olgan holda kirishga haqli ekanligi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik kollejlari bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik kollejlari bitiruvchilariga hududiy adliya organlari tomonidan berilgan yoʻllanmalarning yagona reyestri” Axborot tizimini yaratish va joriy etishni 2019-yil 1-martigacha taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 24-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
573-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-iyuldagi 573-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik kollejlari bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy adliya organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik kollejlari bitiruvchilariga yoʻllanmalar berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyentlarni Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi oʻrinlarda TDYU deb ataladi) bakalavriatiga test sinovlarisiz yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali bakalavrlarni tayyorlashning maxsus uch yillik dasturi boʻyicha oʻqishga qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqish tugagandan soʻng TDYU bakalavriati bitiruvchilarining taqsimotga muvofiq uzluksiz ishlab berishini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyent — TDYU bakalavriatiga test sinovlarisiz yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali bakalavrlarni tayyorlashning maxsus uch yillik dasturi asosida hududiy adliya organi yoʻllanmasi boʻyicha kirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik kolleji bitiruvchisi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik kollejlari bitiruvchilariga hududiy adliya organlari tomonidan berilgan yoʻllanmalarning yagona reyestri (keyingi oʻrinlarda Yoʻllanmalar yagona reyestri deb ataladi) — hududiy adliya organlari tomonidan berilgan yoʻllanmalar haqidagi maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan tarzda yigʻish (kiritish), qayta ishlash, aktuallashtirish, yangilash, saqlash va tahlil qilishga moʻljallangan axborot tizimi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqsimot komissiyasi — bitiruvchilarning uzluksiz ishlashini taʼminlash, shuningdek uzluksiz ishlash jarayonini muvofiqlashtirish va nazorat qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi bilan Adliya vazirligi masʼul xodimlari, hududiy adliya organlari va TDYU rahbar xodimlaridan iborat tarkibda tashkil etiladigan komissiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suhbat komissiyasi — TDYU bakalavriatiga qabul qilish uchun abituriyentlar bilan yakka tartibda suhbat oʻtkazish maqsadida TDYU taqdimotiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi bilan tashkil etiladigan komissiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TDYU qabul komissiyasi — har yili TDYU rektori buyrugʻi bilan tashkil etiladigan TDYU bakalavriatiga qabulni tashkil etishni, shu jumladan abituriyentlar hujjatlarini qabul qilish va ularga maslahat xizmatlari koʻrsatishni amalga oshiruvchi komissiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus komissiya — har yili hududiy adliya organi boshligʻi buyrugʻi bilan tashkil etiladigan yuridik kollejlar bitiruvchilariga yoʻllanmalar berish masalasini koʻrib chiquvchi komissiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy adliya organlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. TDYU bakalavriatiga abituriyentlarni qabul qilish kvotalardan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda Adliya vazirligi deb ataladi) tomonidan mamlakat hududlari boʻyicha belgilanadigan oʻrinlar soniga mos ravishda amalga oshiriladi. Talabalar oʻqishi qonunchilikka muvofiq toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. TDYU bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish Davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tomonidan yakka tartibda suhbat natijalariga koʻra reyting tizimi boʻyicha toʻplangan ballar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Abituriyentlar uchun yakka tartibdagi suhbat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mohiyati va ahamiyatini tushunishni (davlat va jamiyat qurilishi, qonun ustuvorligini taʼminlash, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish, shuningdek ijtimoiy soha va boshqa sohalardagi islohotlar haqida tasavvur va fikrlash qobiliyatining mavjudligi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslikni tanlashda motivatsiya (huquqshunos kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga doimiy qiziqish koʻrsatish, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi darajasida yurisprudensiya sohasidagi bilim va kasbiy koʻnikmalarning mavjudligi);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy-kasbiy xususiyatlarni (oʻqishga qobiliyat, kasbiy vazifalarni hal qilishda amaliy faoliyat, intizomlilik, hamjihatlik, masʼuliyatlilik, qaror qabul qilishda mustaqillik darajasi, shaxsiy yutuqlar mavjudligi, shuningdek oʻz ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet tilini bilish darajasini (oʻz fikrlarini tahlil qilish va ifodalash qobiliyatining mavjudligi, chet tilidagi maxsus atamalarni tushunish malakasi, qoida tariqasida, V1 darajasida) aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. TDYU bakalavriatiga abituriyentlarni oʻqishga qabul qilishni tashkil etish mazkur Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Hududiy adliya organlari tomonidan yoʻllanmalar berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Umumiy shartlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Maxsus komissiya har yili, qoida tariqasida, tegishli oʻquv yilining 10-mayidan kechikmay tuziladi. Maxsus komissiya tarkibiga adliya organlari va muassasalari xodimlari bilan bir qatorda, hududdagi boshqa tashkilotlar, shu jumladan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Mahalla” jamgʻarmasi vakillari ham ularning rahbarlari bilan kelishilgan holda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya oʻz faoliyatini kollegiallik, oshkoralik, xolislik va betaraflik prinsiplari asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiyaga komissiyaning boshqa aʼzolari faoliyatini oʻzaro umumiy muvofiqlashtiruvchi rais boshchilik qiladi. Maxsus komissiya faoliyatini tashkiliy taʼminlash uning kotibiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yuridik kollejlar bitiruvchilari har yili 25-maydan kechikmay maxsus komissiyaga yoʻllanma berishni soʻrab ariza bilan murojaat qiladi. Bunda maxsus komissiya faqatgina komissiya tashkil etilgan tegishli oʻquv yili bitiruvchilarining arizalarini koʻrib chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Arizaga mazkur Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan yoʻllanma olish uchun minimal talablarni tasdiqlovchi hujjatlar, oʻqish joyidan tavsifnoma ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Maxsus komissiya har yili 1-iyundan 10-iyunga qadar yuridik kollejlar bitiruvchilarining arizalarini koʻrib chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizalar Maxsus komissiya majlislarida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Maxsus komissiyaning majlislar oʻtkazish jadvali hududiy adliya organlari boshliqlari buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Majlisga taklif etilgan yuridik kollejlar bitiruvchilari roʻyxati buyruqqa ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Majlislar oʻtkazish jadvali yuridik kollej veb-saytida, qoida tariqasida, majlis boshlanishiga kamida bir hafta qolganda eʼlon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Maxsus komissiya majlisi, qoida tariqasida, yuridik kollej binolarida oʻtkaziladi. Maxsus komissiya majlisi komissiya aʼzolari umumiy sonining kamida 2/3 qismi ishida ishtirok etgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Maxsus komissiya majlisida yuridik kollej bitiruvchisi yuksak huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini, shuningdek maʼnaviy-axloqiy fazilatlarini aniqlash uchun suhbatdan oʻtadi. Shuningdek, komissiya taqdim etilgan hujjatlar boʻyicha qoʻshimcha savollar berishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yoʻllanma berish masalasi koʻrib chiqilayotganda, maxsus komissiya quyidagi asosiy minimal talablarni hisobga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik kollej bitiruvchisining oʻzlashtirish koʻrsatkichi reyting natijalari boʻyicha yuridik kollejdagi barcha fanlardan 71 va undan ortiq foizni tashkil qilishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik kollej bitiruvchisining yuridik kollej ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroki (maʼnaviy-maʼrifiy va jamoat ishlari, loyihalar va tanlovlarda ishtirok etishi va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik kollej bitiruvchisining yuridik kollejda oʻrnatilgan ichki tartib qoidalar, odob-axloq qoidalariga rioya etishi va namunali xulq-atvorga egaligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda koʻrsatilgan asosiy minimal talablarga tegishli masalalarni koʻrib chiqishda, bitiruvchining yuridik kollejdagi butun oʻqish davri hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yuridik kollej bitiruvchisiga yoʻllanma berish yoki yoʻllanma berishni rad etish haqidagi maxsus komissiya qarori majlisda ishtirok etgan komissiya aʼzolarining oʻz qarorini komissiya majlisi bayonnomasida asoslab, koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya majlisi bayonnomasi majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan imzolanib, rais tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Yoʻllanmalar berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Maxsus komissiyaning qarori asosida hududiy adliya organi boshligʻi tomonidan yoʻllanma berish yoki yoʻllanma berishni rad etish haqidagi yakuniy qaror qabul qilinadi. Bunda yuridik kollej bitiruvchisiga yoʻllanma berish haqida qabul qilingan qaror xolisligi uchun shaxsiy javobgarlik hududiy adliya organi boshligʻi zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kollej ichki tartib-qoidalarini buzganlik uchun intizomiy chora qoʻllanilgan yuridik kollej bitiruvchisiga yoʻllanma berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Taqdim etiladigan yoʻllanmalarning umumiy soni yuridik kollej jami bitiruvchilari sonining 30 foizidan oshmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yoʻllanma berish hududiy adliya organi boshligʻi buyrugʻi bilan yoʻllanma olgan yuridik kollej bitiruvchilari roʻyxatini koʻrsatgan holda rasmiylashtiriladi. Yoʻllanma olgan yuridik kollej bitiruvchisiga buyruqdan koʻchirma beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Yoʻllanma berish haqidagi buyruqlar bir kun ichida feldyegerlik xizmati orqali Yoʻllanmalar yagona reyestriga tegishli maʼlumotlarni kiritish uchun Adliya vazirligiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Hujjatlarni qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Abituriyentlarni qabul qilish oʻrinlari soni haqidagi maʼlumot, TDYU veb-saytiga, qoida tariqasida, hujjatlar qabul qilish boshlanishidan bir oy oldin joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Abituriyentlarning oʻqishga qabul qilish haqidagi arizalari TDYU qabul komissiyasi tomonidan 15-iyundan 30-iyungacha qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. TDYU bakalavriatiga qabul qilish uchun hujjatlar Internet jahon axborot tarmogʻi orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyentlar real vaqt rejimida TDYU rektori nomiga oʻqishga qabul qilish haqidagi arizani mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq elektron shaklda toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Qabul qilish toʻgʻrisidagi elektron arizaga quyidagilar elektron shaklda ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyent pasporti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diplom va ilovasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3,5 x 4,5 sm hajmidagi rangli fotosurat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga ilova qilinayotgan har bir hujjat haqiqiyligi saqlanishini taʼminlovchi (har bir dyuymga 200 nuqtadan kam boʻlmagan) alohida fayl koʻrinishida boʻlishi kerak. Har bir fayl oʻlchami 10 Mbdan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani hujjatlar “PDF” (portable document format) formatida skaner qilingan nusxalari koʻrinishida ilova qilingan holda joʻnatishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Agar barcha zarur hujjatlar mazkur Nizomning 22, 23 va 24-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq taqdim etilgan va Yoʻllanmalar yagona reyestrida yoʻllanma mavjud boʻlgan taqdirda, 72 soat ichida noyob raqam berish orqali ariza roʻyxatga olinadi va abituriyentga belgilangan muddatda hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etish haqida xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar komissiya tomonidan qabul qilingan vaqt ariza uchun noyob raqam olingan vaqt hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Agar taqdim etilgan hujjatlar mazkur Nizomning 22, 23 va 24-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmagan va Yoʻllanmalar yagona reyestrida yoʻllanma mavjud boʻlmagan taqdirda, 72 soat ichida arizada koʻrsatilgan elektron pochta manzil boʻyicha abituriyentga tegishli xabarnoma yuboriladi. Bunda abituriyentga koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni tuzatish va hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagunga qadar ularni takroran taqdim etish imkoniyati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar qabul qilishning belgilangan muddatlari tugagandan soʻng hujjatlarga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish qatʼiyan man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Roʻyxatga olingan qabul qilish toʻgʻrisidagi arizalar soni har kuni TDYU saytida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakka tartibdagi suhbatni oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Yakka tartibdagi suhbat 1-iyuldan 10-iyulgacha suhbat komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Suhbat komissiyasi tarkibiga Adliya vazirligi va TDYU xodimlari bilan bir qatorda, boshqa tashkilotlar vakillari tashkilot rahbarlari bilan kelishilgan holda kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suhbat komissiyasi oʻz faoliyatini kollegiallik, oshkoralik, xolislik va betaraflik prinsiplari asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suhbat komissiyasiga komissiyaning boshqa aʼzolari faoliyatini oʻzaro umumiy muvofiqlashtiruvchi rais boshchilik qiladi. Suhbat komissiyasi faoliyatini tashkiliy taʼminlash uning kotibiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazilishiga qadar maslahatlar tashkil etiladi, maslahatlar jadvali TDYU qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Yakka tartibdagi suhbatni oʻtkazish uchun bino va auditoriyalarni tayyorlashni tashkil etish uchun javobgarlik TDYU qabul komissiyasi masʼul kotibining bakalavriatga oʻqishga qabul qilish boʻyicha oʻrinbosari zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish jadvali TDYU veb-saytida, qoida tariqasida, suhbat boshlanishidan 10 kun oldin joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Yakka tartibdagi suhbat TDYUdagi taʼlim tillarida oʻtkaziladi. Yakka tartibdagi suhbat tili abituriyentning oʻzi tomonidan aniqlanib, uning oʻqishga qabul qilish haqidagi arizasida koʻrsatiladi. Uning TDYUdagi keyingi oʻquv faoliyati yakka tartibdagi suhbat oʻtkazilgan til boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Abituriyentlar yakka tartibdagi suhbatdan oʻtishlari uchun tegishli navbat boʻyicha kiritiladi. Yakka tartibdagi suhbatdan avval abituriyent pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatni taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Abituriyentning yakka tartibdagi suhbatga uyali telefon va boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, lugʻat, kitob va shpargalkalar olib kirishi va foydalanishi qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Yakka tartibdagi suhbatni oʻtkazish davomida suhbat komissiyasi tomonidan abituriyentga mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan mezonlardan kelib chiqqan holda savollar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi suhbatni oʻtkazish davomida abituriyentga qoʻshimcha savollar berilishi mumkin. Bitta abituriyent bilan yakka tartibdagi suhbat 20 daqiqagacha davom etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi suhbat natijalari 100 ballik tizimda ballar qoʻyish yoʻli bilan baholanadi. Mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan har bir mezon boʻyicha maksimal ball 25 ballni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Chet tilini V1 va undan yuqori darajada bilishini tasdiqlovchi amaldagi davlat namunasidagi malaka sertifikatiga yoki chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi xalqaro sertifikatlarga, tegishlicha CEFR (Common European Framework of Reference) boʻyicha V1 va undan yuqori darajaga, IELTS (International English Language Testing System) 5.5 va undan yuqori ballga, TOEFL (Test of English as a Foreign Language) boʻyicha 70 va undan yuqori ballga, TestDaF (Test Deutsch als Fremdsprache für ausländische Studienbewerber) boʻyicha TDN3 darajasiga ega boʻlgan abituriyentlar chet tili boʻyicha yakka tartibdagi suhbatdan ozod etiladi va ularga maksimal ball (25 ball) qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Yakka tartibdagi suhbat natijalarini aniqlash uchun suhbat komissiyasining har bir aʼzosi boshqa aʼzolardan mustaqil holda mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi baholash varaqasini toʻldiradi va uni suhbat komissiyasi kotibiga taqdim etadi. Suhbat komissiyasi kotibi abituriyentga suhbat komissiyasi aʼzolari tomonidan qoʻyilgan oʻrtacha ballni hisoblab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi suhbat natijalari reyting tizimi boʻyicha, abituriyentga qoʻyilgan ballar (0 dan 100 gacha oraliqda) asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtihon komissiyasi bayonnomasida abituriyentlar roʻyxati hududlar boʻyicha, Adliya vazirligi tomonidan belgilangan oʻrinlar soniga mos ravishda kamayib borish tartibida, eng yuqori ball olgan abituriyentdan boshlab joylashtiriladi. Bunda bir hudud uchun ajratilgan oʻrinlarni boshqa hududlardagi abituriyentlar hisobidan toʻldirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Yakka tartibdagi suhbat jarayoni va natijalari suhbat komissiyasining barcha aʼzolari tomonidan imzolanadigan va rais tomonidan tasdiqlanadigan bayonnomada qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi suhbat jarayoni va natijalarini qayd etishda video va audioyozuvlardan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Suhbat natijalari TDYU veb-saytida suhbat oʻtkazilgandan soʻng ertangi ish kunida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Abituriyentlarni qabul qilish quyidagi hollarda amalga oshirilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jadval boʻyicha yakka tartibdagi suhbatga kelmaganda (0 ball qoʻyiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi suhbatda belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball toʻplanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. TDYU bakalavriatiga abituriyentlarni qabul qilish uchun yakka tartibdagi suhbatni qayta oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Yakka tartibdagi suhbat natijalari ustidan shikoyat qilinmaydi va apellatsiya tartibida koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Yakka tartibdagi suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlar yakka tartibdagi suhbat oʻtkazilgan vaqtdan boshlab uch kun davomida hujjatlarning aslini taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarda, shu jumladan elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlarda soxtalashtirish va qalbakilashtirish aniqlangan taqdirda abituriyent yakka tartibdagi suhbatdan chetlashtiriladi (TDYU talabalar safidan chetlashtiriladi), hujjatlari esa belgilangan tartibda huquqni muhofaza etuvchi organlarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Suhbat natijalari 25-iyulga qadar TDYU bakalavriatiga abituriyentlarni qabul qilish haqida qaror qabul qilish uchun Davlat komissiyasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Qabul qilishni rasmiylashtirish, oʻqish uchun toʻlov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. TDYU bakalavriatiga qabul qilish toʻgʻrisidagi Davlat komissiyasi qarori, qoida tariqasida, 25-avgustdan kechiktirmasdan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish Davlat komissiyasi qaroriga asosan TDYU va yuridik hamda jismoniy shaxslar oʻrtasida kontrakt (shartnoma) tuzish va kontrakt toʻlovi miqdori 15-sentabrdan kechiktirmay, oʻtkazilgandan soʻng TDYU rektori buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan namunadagi shartnoma blankalari Davlat komissiyasi qarori qabul qilingan kundan boshlab beriladi hamda TDYU rahbari va bosh buxgalteri imzosi bilan yuridik shaxslar uchun 3 nusxada va jismoniy shaxslar uchun 2 nusxada rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasi qaroriga koʻra TDYU bakalavriatiga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya qilingan abituriyentlar uchun toʻlovlar har yili qonunchilik va shartnoma shartlarida koʻrsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarni 2-sentabrdan boshlab darslarga qatnashishga ruxsat etish toʻgʻrisida buyruq rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. TDYU bakalavriatiga hududiy adliya organlarining yoʻllanmalariga koʻra oʻqishga qabul qilingan talabalar maxsus uch yillik dastur boʻyicha taʼlim oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Taqsimotga muvofiq uzluksiz ishlab berishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Bitiruvchilarni uzluksiz ishlab berish uchun taqsimlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. TDYU bakalavriati bitiruvchilarini (keyingi oʻrinlarda bitiruvchi deb ataladi) uzluksiz ishlab berish uchun taqsimlash har yili taqsimot komissiyasi tomonidan davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan arizalarga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqsimlash jarayonida taqsimot komissiyasi bitiruvchining reyting natijalarini, oilaviy holatini va taklif etilgan ish oʻrnida ishlash xohishini hisobga oladi. Eng yuqori reyting natijasiga ega boʻlgan bitiruvchilar oʻz tanlovi boʻyicha mavjud ish oʻrinlariga ishga joylashishda birinchi navbatda talabgor boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqsimot komissiyasi tomonidan bitiruvchilarni TDYUda oʻqish uchun yoʻllanma berilgan hududdagi tegishli tashkilotlardagi boʻsh ish oʻrinlariga uzluksiz ishlab berish uchun taqsimlash amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Taqsimot komissiyasi faoliyatini tashkil etish tartibi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Bitiruvchi magistraturaga oʻqishga kirganda uch yil davomida uzluksiz ishlab berish majburiyati mazkur Nizomga muvofiq magistraturani tamomlagandan soʻng boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Bitiruvchilarni ishga taqsimlash, qoida tariqasida, bitiruvchi oʻqishni tamomlagandan soʻng, bir oydan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Taqsimot komissiyasi qarori asosida hududiy adliya organlari mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda, tashkilotni aniq koʻrsatgan holda, bitiruvchiga ishga yoʻllanma rasmiylashtiradi va taqdim etadi. Bir vaqtning oʻzida bitiruvchiga yoʻllanma bilan birga mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq ishga kelgani va joylashgani haqidagi hujjat ham beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Ishga yoʻllanma berilganidan keyin hududiy adliya organi, tegishli tashkilot — ish beruvchi, TDYU va bitiruvchi oʻrtasida uzluksiz ishlab berishning aniq shartlarini hamda bitiruvchining majburiyatlarini aniq belgilab beruvchi toʻrt tomonlama shartnoma 4 nusxada tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma namunasi belgilangan tartibda Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. TDYU taqsimot komissiyasining bitiruvchini ishga taqsimlash haqidagi qarori qabul qilingandan soʻng uch kundan kechiktirmay ishga yuborilayotgan har bir bitiruvchiga oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomdan koʻchirma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Bitiruvchilarni ishga qabul qilish va ularning mehnat faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Bitiruvchilar ishga taqsimlanganidan keyin bir oydan oshmagan muddatda toʻrt tomonlama shartnomada koʻrsatilgan ish joyida hozir boʻlishlari va mehnat faoliyatini boshlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Ish beruvchi toʻrt tomonlama shartnomaga va ishga yoʻllanmaga muvofiq bitiruvchi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomasi tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Ish beruvchi bitiruvchi tomonidan taqdim etilgan bitiruvchining ishga kelgani va joylashgani haqidagi hujjatni toʻldiradi va keyinchalik uni TDYUga taqdim etish uchun oʻn kun muddat ichida hududiy adliya organiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TDYU bitiruvchining ishga kelgani va joylashgani haqidagi hujjat asosida mazkur Nizomning 6-ilovasidagi jurnalga muvofiq har bir bitiruvchi hisobini yuritib borishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Bitiruvchining uch yillik uzluksiz ishlab berish muddati quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻllanma berilgan hududdagi turli tashkilotlarda va lavozimlarda ishlash muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmat va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni oʻtash muddatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy mehnat taʼtili muddati uch yillik uzluksiz ishlab berish muddatiga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Taqsimot boʻyicha uzluksiz ishlab berishga yuborilgan bitiruvchi ishga joylashgandan soʻng, ish beruvchi unga tegishli mehnat sharoitlari yaratadi, zarur hollarda turar joy bilan taʼminlash choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Bitiruvchining uch yillik uzluksiz ishlab berish muddati tugagandan soʻng ishni davom ettirish haqidagi masala mehnat qonunchiligiga muvofiq ish beruvchi va xodim oʻrtasida oʻzaro kelishuvga asosan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Bitiruvchi uzluksiz ishlab berish muddati davomida u taqsimot boʻyicha yuborilgan tashkilot tugatilsa, mehnat shartnomasi (kontrakt) ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinsa, bitiruvchi hududiy adliya organini 3 kun ichida xabardor qilishi shart. Hududiy adliya organining murojaati boʻyicha taqsimot komissiyasi tegishli hududdagi boshqa tashkilotlarda mavjud boʻsh ish oʻrinlariga ular taqdim etgan talabnomalar asosida bitiruvchini taqsimlashni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Ushbu Nizomga muvofiq uzluksiz ishlab berish uchun taqsimlangan bitiruvchida uzluksiz ishlab berish joyini oʻzgartirish uchun asosli sabablar vujudga kelgan taqdirda (nikoh tuzish, doimiy yashash uchun respublikaning boshqa hududiga koʻchib ketish va boshqalar) bitiruvchi taqsimot komissiyasiga uzluksiz ishlab berish joyini oʻzgartirish uchun tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan holda murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya oʻn besh kun ichida bitiruvchining murojaatini va taqdim etilgan tasdiqlovchi hujjatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha bitiruvchiga majburiy ishlab berish uchun boshqa joyni ushbu Nizom talablariga muvofiq belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Bitiruvchilarning uzluksiz ishlab berishdan bosh tortishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Bitiruvchi uzluksiz ishlab berishdan bosh tortgan hollarda, TDYUda oʻqishni bitirgan vaqtda amalda boʻlgan shartnoma summasining yigirma besh barobari miqdorida TDYUga kompensatsiya toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Uzluksiz ishlab berish muddati davomida mehnat shartnomasi (kontrakt) bitiruvchining tashabbusi bilan bekor qilinsa, hududiy adliya organi bu haqda ish beruvchidan bildirishnoma olgandan soʻng 1 kun ichida taqsimot komissiyasiga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya 3 kun ichida bitiruvchi tomonidan kompensatsiya miqdorini toʻlashni taʼminlash, shuningdek sud tartibida undirish uchun TDYUga tegishli materiallarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda kompensatsiya miqdori bitiruvchi tomonidan ishlab berilgan vaqtga proporsional hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Bitiruvchi uzluksiz ishlab berishdan bosh tortishi bilan bogʻliq TDYUga toʻlaydigan kompensatsiya miqdorini toʻliq hajmda universitet rivojlantirish Jamgʻarmasi hisobiga toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Mazkur Nizomga muvofiq bitiruvchi mehnatga layoqatsizligi tufayli uzluksiz ishlab berolmagan holatlarda uning keyingi mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi qaror taqsimot komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat layoqatini yoʻqotgani sababli (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda) uzluksiz ishlab berish imkoniyatiga ega boʻlmagan bitiruvchilar taqsimot komissiyasi qarori asosida kompensatsiya toʻlashdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Hududiy adliya organi tomonidan berilgan yoʻllanma ikki yil davomida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Yoʻllanma olmagan yuridik kollej bitiruvchilarining hujjatlari maxsus komissiya qarori chiqqandan soʻng bir yil davomida saqlanadi va undan soʻng belgilangan tartibda yoʻq qilinadi yoki shu muddat davomida bitiruvchining yozma arizasiga koʻra unga qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. TDYU bakalavriatiga qabul qilingan abituriyentlarning yakka tartibdagi suhbat natijalaridan tegishli koʻchirmalar ularning shaxsiy yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TDYU bakalavriatiga qabul qilinmagan abituriyentlarning yakka tartibdagi suhbat natijalari 6 oy davomida saqlanadi va undan soʻng belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. TDYU bitiruvchiga diplomning asl nusxasini u uzluksiz ishlab berish muddatini tamomlaganidan soʻng bir hafta muddatda mehnat daftarchasidagi yozuv va bitiruvchi uzluksiz ishlab bergan tashkilotning yozma tasdigʻi asosida beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. TDYU mazkur Nizomga muvofiq uzluksiz ishlab berishdan bosh tortgan bitiruvchilarga oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomning asl nusxasini ular kompensatsiyani toʻliq miqdorda toʻlagandan soʻng beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Uzluksiz ishlab berish muddati davomida bitiruvchi bilan mehnat shartnomasi (kontrakt) bekor qilinsa, 1 kun ichida ish beruvchi hududiy adliya organiga buyruq nusxasini ilova qilgan holda xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob berishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik kollejlari bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik kollejlari bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik kollejlari bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎‎‎Toshkent davlat yuridik universiteti rektori

‎‎_________‎‎_________________________ga

‎‎(F.I.O.)‎

‎‎‎______________________________________
‎____________________________________dan

(abituriyentning F.I.O. (toʻliq yoziladi))

‎‎Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga
‎maxsus uch yillik dastur boʻyicha oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida
‎A R I Z A

‎‎Menga “yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishiga oʻqishga kirish uchun ___________________________________________
‎‎oʻquv tilida oʻtkaziladigan yakka tartibdagi suhbatda qatnashishga ‎ruxsat berishingizni soʻrayman. ‎‎(oʻzbek, rus) ‎

‎‎________________________________________________________________________________________________
‎(yuridik kollej nomi)

‎‎_____________________________________________________________________ ni _________ yilda tugatganman.
‎‎Maʼlumotim haqidagi hujjat (diplom): seriya _____________ № ___________________________________________
‎‎Yakka tartibdagi suhbatni_________________________________________________________________ tilda oʻtaman.

‎‎(oʻzbek, rus)

‎Tugʻilgan vaqtim va joyim: _________yil ________ ___________, _________________________________________

(yil)‎

(kun)‎

(oy)‎

‎‎(tugʻilgan joyi)

‎‎Doimiy turar joyim: ______________________________________________________________________________
‎(viloyat, shahar, tuman, koʻcha, uy va xonadon raqami toʻliq)

‎‎________________________________________________________________________________________________
‎‎Pasport maʼlumotlarim: ___________ ___________, ____________________________________________________

(seriya) ‎

(raqam)‎

‎‎(kim tomonidan va qachon berilgan)

‎‎________________________________________________________________________________________________
‎‎Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish qoidalari bilan tanishdim.

‎‎__________________________

_____________

‎‎____________________________

‎‎(abituriyentning F.I.O.)

‎‎(imzo)

‎‎(ariza topshirilgan sana)

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi Nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga maxsus uch yillik dastur boʻyicha oʻqishga qabul qilish uchun yakka tartibdagi suhbatda abituriyentlar javobini
‎BAHOLASh VARAQASI

‎‎‎‎Sana ______________

Abituriyentning F.I.O._____________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________

T/r‎

Suhbat mezonlari

Ballar‎‎

1.‎

Mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mohiyati va ahamiyatini tushunish ‎‎‎

2.‎

Ixtisoslikni tanlashda motivatsiya ‎‎‎

3.‎

Shaxsiy-kasbiy xususiyatlar ‎‎‎

4.‎

Chet tilini bilish darajasi ‎‎‎


‎Izoh:____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________.

‎‎
‎Suhbat komissiyasi aʼzosi:
‎‎_____________________________________________________‎________

‎‎______________________

‎‎(F.I.O.)

‎‎(imzo)

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik kollejlari bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi Nizomga
4-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

____-son IShGA YOʻLLANMA

‎‎“___”____________ 20__ y.

Toshkent sh.

Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan _____________________________________________________ga

‎‎‎‎uch yil davomida uzluksiz ishlab berish uchun yoʻllanma berildi.‎‎(bitiruvchining F.I.O)
Taqsimot komissiyasi qaroriga koʻra ___________________________________________________________________

(bitiruvchi F.I.O)

__________________________________________________________________ ga uzluksiz ishlab berishga yuborildi.

‎ (bitiruvchi yuborilgan tashkilot nomi)

‎‎‎
‎‎_____________________________________________________

‎‎____________

‎‎_______________________

‎(lavozim nomi)

‎‎(imzo, muhr)

‎‎(hududiy adliya organi boshligʻining F.I.O.)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik kollejlari bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi Nizomga
5-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bitiruvchining ishga kelgani va joylashgani
‎haqidagi hujjat

‎‎“___”____________ 20__ y.

t./sh. __________

________________________________________________________________________________________________

(tashkilot-ish beruvchi nomi)

Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan va _____-son ishga yoʻllanma olgan _________________________
‎________________________________________________________________________________________________

(bitiruvchi F.I.O)

______________________“___” ___________ 20 __ y. ishga yetib kelganini xabar qilamiz.

‎‎( kelish sanasi)

“__”____________20___ y. ____-son mehnat shartnomasi va “__” ______________ 20____ y.___-son buyruqqa asosan
‎‎__________________________________________________________________________lavozimiga qabul qilindi. ‎‎‎‎‎

(lavozim nomi) ‎‎

‎‎_____________________________________________________

‎‎____________

‎‎______________________

‎(lavozim nomi)

‎‎(imzo, muhr)

(tashkilot rahbari-ish beruvchining F.I.O.)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik kollejlari bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi Nizomga
6-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TDYU bitiruvchisiga berilgan yoʻllanmalar va ularning ishga joylashganini hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JURNALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Familiyasi, ismi, otasining ismi

Jinsi

Tugʻilgan yili

Oilaviy holati

Doimiy yashash joyi

Yoʻnalish nomi

Taqsimot boʻyicha

tashkilot nomi

Bitiruvchi imzosi

Ishga kelgani va joylashgani haqidagi hujjatni olgani haqida qayd

Bakalavriatni tamomlagandan soʻng magistraturada oʻqishni davom ettirishi

Uch yil uzluksiz ishlab berilgani haqidagi maʼlumot

Qoʻshimcha maʼlumotlar