Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2000-yil 2-avgustdagi 300-son qarorining 10-bandini va Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarning ayrim turlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 25-avgustdagi 333-son qarorining 3-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1997-yil 7-avgustdagi 392-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarning 7-bandi;
Vazirlar Mahkamasining “Importni tariflar bilan boshqarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 24-fevraldagi 80-son qaroriga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2000-yil 24-oktabr,
412-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412–son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritiladigan
oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 12-oktabrdagi 398-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995y., 10-son, 39-modda) bilan tasdiqlangan xoldinglar toʻgʻrisidagi nizomning II boʻlimi 2-bandining birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Bosh boshqarmasining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 10-oktabrdagi 354-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 19-son, 150-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 364-modda)
4. Vazirlar Mahkamasining “Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish tartibini tasdiqlash haqida” 1997-yil 25-iyundagi 321-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997y., 6-son, 23-modda):
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish tartibi 1-boʻlimi 3-bandining birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasida” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 165-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 31-son, 261-modda)
6. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarning ayrim turlarini chakana sotish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1997-yil 23-oktabrdagi 485-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997y., 10-son, 36-modda)ning 2-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 3-son, 27-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 20-son, 187-modda)
10. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-iyuldagi 368-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999y., 7-son, 44-modda) bilan tasdiqlangan Shaharlararo — viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlarni joylashtirish uchun ochiq tenderlar oʻtkazishni tashkil etish masalalari boʻyicha idoralararo komissiya toʻgʻrisidagi Nizomning 4-bandidagi “Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari “Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pillachilikning ozuqa bazasini mustahkamlash va ipakchilik mahsulotlari yetishtirish hajmlarini koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 15-martdagi 96-son qarori 8-bandining birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari “Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 25-oktabrdagi 422-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 20-son, 142-modda)
13. Vazirlar Mahkamasining “Import isteʼmol tovarlari olib kelish va sotishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 24-iyundagi 242-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 31-modda)ning:
1-bandi uchinchi xatboshidagi “oʻsimlik moyi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
3-bandi ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-son li qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
15. Vazirlar Mahkamasining “2000-yildagi Oʻzbekiston Respublikasi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi va Davlat budjeti toʻgʻrisida” 1999-yil 31-dekabrdagi 554-son qaroriga 8-2-ilovalardagi:
TIF TN boʻyicha tovar kodining 19 tovar guruhi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“19 (190110000 va 1902 dan tashqari)”;
“Qandolatchilik mahsulotlari”, “Kiyimlar va trikotaj kiyim-kechaklar (bolalarnikidan tashqari)”, “Video va audioapparat”, “Mebel, tibbiyot mebellaridan tashqari” va TIF TN boʻyicha ularga tegishli kodlar va stavkalar chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 2000-y., 10-son, 69-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 20-son, 142-modda; 2002-y., 19-son, 150-modda; 2003-y., 3-son, 27-modda; 20-son, 187-modda; 2006-y., 46-47-son, 458-modda; 2010-y., 31-son, 261-modda, 42-43-son, 364-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/738/1133-son)